85
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida pensiyalar miqdori, bir tomondan,
jamiyatda eng kam daromadlarni himoyasini ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikka
erishish imkonini beradi, ikkinchi tomondan ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash
imkonini beruvchi pensiyaga chiqish oldidagi ish haqi darajasi bilan bog‘liq.
Shunday qilib, davlat pensiya tizimida joriy pensiya majburiyatlarini qoplash uchun
zaruriy badal turlarini yig‘ish amalga oshiriladi. Pensiya miqdori esa, pensiya
jamg‘armasining faoliyat natijasiga, moliya bozoriga, mablag‘larni samarali
investitsiyalash darajasiga bog‘liq bo‘lmay, investitsion moyillikning susayishi kabi
qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Pensiya tizimining davlat (solidar) va jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimi
bu ikki bir-biridan prinsipial farq qiluvchi modellari o‘rtasida ko‘pgina oraliq
variantlar mavjud bo‘lib, ulardan har biri tizimdagi kamchiliklarni kamaytirish va
ularning ustunligini kuchaytirishiga yo‘naltirilgandir. Bu tegishli tashkiliy-huquqiy
tarkibni yaratishga urinishda o‘z ifodasini topadi. Bunday tarkibni umumlashgan
shaklda uch darajali tizim shaklida ko‘rishimiz mumkin:
•
davlat nazorati ostida amalga oshiriluvchi umumiy va majburiy pensiya
tizimi. Mazkur modelda pensiya miqdori ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, ish
beruvchi va yollanma ishlovchidan olinadigan badallarni qayta taqsimlash tamoyili
asosida moliyalashtiriladi;
•
majburiy ijtimoiy ta’minot tizimi orqali beriladigan va minimal
ta’minot stajini “to‘plagan” kishilar uchun davlat budjeti dotatsiyasidan
foydalanuvchi ijtimoiy pensiya tizimi;
•
to‘la kapitallashtirish va jamg‘arish tamoyiliga asoslangan, individual
hisoblarni yuritish orqali amalga oshiriladigan xususiy pensiya tizimi.
Pensiya ta’minotining mazkur modeli quyidagi yondoshuvlarga
asoslanadi:
birinchidan, mamlakatning barcha fuqarolarini kambag‘allikdan ijtimoiy
himoyalash uning vazifasidir (ijtimoiy pensiyalar);
ikkinchidan, umumiy ta’minot tizimi uch darajali tizimning muhim elementi
hisoblanadi hamda barcha iqtisodiy faol aholiga qarilik bo‘yicha pensiyani “ishlab
topish” ni ta’minlaydi;
uchinchidan, qo‘shimcha ixtiyoriy ta’minot tizimi, u har bir ishlovchi
fuqaroga xususiy jamg‘armalar qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: