16
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan oʼzaro
muvofiqlashtirilgan holda xoʼjalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli
ravishda
tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni
markazlashtirilgan holda boshqarishga obʼektiv ehtiyoj paydo boʼladi.
Shunga
koʼra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining maʼlum
darajasida obʼektiv zaruriyatga aylanadi.
Davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagi chora-
tadbirlardan iborat:
- tashkiliy-boshqaruv;
- me’yoriy-huquqiy;
- moliyaviy-iqtisodiy;
- ijtimoiy-psixologik.
Fiskal siyosatning muhim qismi soliq siyosatidir:
Soliq siyosati – soliqlarni joriy etish, soliqqa
oid huquqiy baza yaratish, joriy
etilgan
soliqlarning
amaliyotda
ishlash
mexanizmini
shakllantirish
va
samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari
tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
fiskal maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat,
hududiy va
mahalliy dasturlarini moliyalashtirish maqsadida milliy daromadning bir qismini
budjet tizimiga jalb etish;
iqtisodiy maqsad – ijtimoiy ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish, milliy daromad va YAIMni hududlararo, tarmoqlararo va ijtimoiy
qayta
taqsimlash, talab va taklifni boshqarish, tadbirkorlik va investitsion faoliyatni
rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyotga soliq mexanizmi orqali ta’sir ko‘rsatish;
ijtimoiy maqsad – aholining kam ta’minlangan qatlami, nogironlar va urush
holatlari qatnashchilariga soliqdan imtiyoz va engilliklar taqdim etish hamda soliqqa
tortishning progressiv tizimi hisobiga aholi daromadlari darajasidagi tengsizlikni
ma’lum darajada yo‘qotish;
ekologik maqsad – ekologik to‘lovlar va moliyaviy jarimalarning rolini
kuchaytirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni
ta’minlash;
nazorat maqsadi – davlat budjetiga tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq
tushishini, shuningdek, soliq qonunchiligiga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida
sayyor va kameral tekshirishlarni o‘tkazish. Soliq
nazorati tufayli olinadigan
ma’lumotlar davlat tomonidan ham soliqlarning o‘zini rejalashtirishda, ham
mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida taktik va strategik
qarorlarni qabul qilishda
foydalaniladi;
xalqaro maqsad – ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish, bojxona
to‘lovlarini qisqartirish va milliy soliq tizimlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash
bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama bitimlarni tuzish orqali boshqa mamlakatlar bilan
iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash.