O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


O’quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta`minlash bo’yicha talablar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə23/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
7.4 O’quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta`minlash bo’yicha talablar
Bakalavriat asosiy ta`lim dasturini amalga oshirish o’qitilayotgan fanning ixtisosliligiga mos, odatda, bazaviy ta`limga ega bo’lgan ilmiy-pedagogik kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan shug’ullanayotgan kadrlar bilan ta`minlanishi kerak.
Ixtisoslik fanlari o’qituvchilari o’qitilayotgan fan ixtisosligiga mos bazaviy ta`limga yoki ilmiy darajaga ega bo’lishlari kerak. Ta`lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashkilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari va etakchi mutaxassislari o’qituvchilikka jalb etilishi mumkin.
7.5 Ta`lim jarayonini o’quv-metodik va axborot resurslari bilan ta`minlash talablari
Asosiy ta`lim dasturi asosiy ta`lim dasturining hamma o’quv kurslari, fanlari (modullari) bo’yicha o’quv-metodik hujjatlar va materiallar bilan ta`minlanishi kerak.
Asosiy ta`lim dasturining amalga oshirilishi har bir o’qiyotgan asosiy ta`lim dasturidagi fan (modul)larning to’liq ro’yxati bo’yicha shakllanadigan ma`lumotlar bazasi va kutubxona fondidan foydalanish huquqi bilan ta`minlanishi kerak.
Asosiy ta`lim dasturi bo’yicha har bir o’qiyotgan o’rnatilgan me`yorlarga mos ravishda ta`lim dasturiga kiruvchi kasbiy tsiklning har bir fani bo’yicha o’quv va o’quv-metodik chop etilgan yoki elektron nashrlar bilan ta`minlanishi kerak.
Axborot-resurs markazining asosiy fondi oxirgi 10 yilda (gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy tsiklning bazaviy fanlari uchun – oxirgi 5 yilda) chop etilgan hamma tsikllarning bazaviy qismi fanlari bo’yicha o’quv adabiyotining chop etilgan yoki elektron nashrlari bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak.
O’quv adabiyotidan tashqari qo’shimcha adabiyot fondi rasmiy ma`lumotnoma-bibiliografik va davriy nashrlarni o’z ichiga olishi kerak.
Ta`lim dasturini to’liq amalga oshirish uchun OTMning ARMda ta`lim yo’nalishining o’quv rejasida keltirilgan fanlar bo’yicha yaratilgan o’quv-uslubiy adabiyotlar va chet elda chop etilgan hamda internet tizimidagi axborot manbalari har bir talabaga etarli darajada bo’lishi kerak.
Mamlakatimizdagi va chet eldagi oliy ta`lim muassasalari, korxonalari va tashkilotlari bilan operativ ravishda axborot almashish, zamonaviy kasbiy ma`lumotlar bazalari, axborotlar va qidiruv tizimlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta`minlangan bo’lishi kerak.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin