2 BO’LIM. BIRLAMCHI MA`LUMOTLAR TO’PLASH METODLARI Ma`lumotlar yig’ish metodlari tasnifi Tadqiqotning dala bosqichi. empirik ma`lumotlarning ahamiyati. Tadqiqotning maqsad va vazifalariga ko’ra ma`lumotlar yig’ish metodlarini tanlash. Ma`lumotlar yig’ish metodlarini umumiy tasnifi. Adabiyotlar, hujjatlar, birlamchi ma`lumotlar tahdili. Aksiologik; biografik; kuzatish; ekspert baholash; so’rov; afzalliklarni bilish; kross-madaniy taqqoslash; monografik; juftli taqqoslash metodlari,
Hujjatlarni tahlil qilish metodi
Hujjatlar Ijtimoiy ishdama`lumotlarning eng muhim manbai sifatida. hujjat tushunchasi. hujjatlar tasnifi: ma`lumotlarni qayd etilishiga ko’ra; ma`lumotlarni olish usuliga ko’ra; mualliflik xarakteriga ko’ra; ma`lumotlarga “yaqinlik" darajasiga ko’ra. YOzma hujjatlar; davlat va markaziy arxivlar; tashkilot va korxona arxivlari; hisobot statistikalari; ilmiy nashrlar; matbuot; shaxsiy hujjatlar; empirik ma`lumotlar arxivi. Ixonografik hujjatlar (kino-video va fotohujjatlar). Fonetik hujjatlar. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda hujjatlarni tahlil qilish metodidan foydalanishning ustunlik va kamchilik tomonlari.
Hujjatlarni tahlil qilish metodlari: An`anaviy (klassik) formallashgan (miqdoriy, kontent-analiz). Hujjatlarni tahlil qilishning an`anaviy usullarining umumiy tavsiflari; matnlarning ko’p qirraligi, hujjatlar mazmuni va yaratish maqsadlari; mazmunni sharhlash va ob`ektivlik. Hujjatlarni klassik tahlil qilish turlari. Hujjatlarni tahlil qilish metodi bilan boshqa birlamchi ma`lumotlar to’plash metodlari urtasidagi nisbat. Hujjatlarni ichki va tashki tahlil qilish. Huquqiy va psixologik tahlil.
Kontent-analiz metodi Kontent analiz hujjatlarlarni formal tahlil qilish vositasi sifatida. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda bu metoddan foydalanish imkoniyatlari. Hujjatlarni formal tahlil qilishning metodologik masalalari. Hujjatlar tili muammosi.
Kontent-analiz moxiyati, uning umumiy tavsifi, kuchli va kuchsiz tomonlari. Semantiq, sintaksis, pragmatik va miqdoriy tahlil. Konetn - analiz texnikasi. “Mazmun birligi”, “kuzatish birligi”, “O’lchash (hisob- kitob) birligi” tushunchalari. Mazmun birliklarini loyihalashtirish usullari. Kontent-analizni amalga oshirish metodikasi. Hujjatlarni tanlash va hujjat tipidagi ma`lumotlarning sifati. Jamoatchilik fikrini o’rganishda kontent-analiz metodlaridan foydalanishning afzalliklari.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotdarda statistik ma`lumotlardan foydalanish
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda statistik ma`lumotlardan foydalanishning zarurligi va imkoniyatlari. Kvotali tanlashni asoslashda statistik ma`lumotlarning tutgan o’rni, sotsial ko’rsatkichlar tizimini tuzish. Statistik organlar strukturasi. Statistika turlari va statistik hisobot shakllari (hisobot, byulletenlar, statistik to’plam va boshqa). Tashkilotda buxgalteriya hisoboti. Davriy va bir yula (vaqtli) hisobot. Aholi statistikasi (aholini ro’yxatga olish). YAngi informatsion texnologiyalar yordamida olinadigan statistika. Avtomatlashgan informatsion tizimlar. elektron pochtalar. Informatsion ma`lumotlar banki.
So’rov metodi So’rov tushunchasi. So’rov ma`lumotlarining sifatiy mezonlari. O’lchov instrumentining ilmiy asoslanganligi: 1) relevantlik, 2) betaraflik (ob`ektivlik), 3) kira olishlik, 4) farqlantiruvchi qobiliyat. So’rovning asosiy bosqichlari: 1-bosqich adaptatsiya (razvedka, mashq, zondaj), 2-bosqich qo’yilgan maqsadga erishish (asosiy ma`lumotlar yig’ish), 3-bosqich so’rovni tugatish. So’rov ko’rinishlari: o’zaro ta`sirning xarakteriga ko’ra (anketa orqali va interv’yu), o’tkazish joyiga ko’ra (yashash joyi yoki ish joyi), tadqiqotchi bilan respondent o’rtasidagi muloqot vositasiga ko’ra (matbuot, pochta, yakkama-yakka suhbat, telefon). So’rovning turli turlarnining ustunlik va kamchilik tomonlari.