O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Anketa (so’rov varaqasi) orqali so’rov o’tkazish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə32/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Anketa (so’rov varaqasi) orqali so’rov o’tkazish
So’rov varaqasi orqali so’rov o’tkazish spetsifikasi birlamchi Ijtimoiy ishda ma`lumotlar yig’ish metodi sifatida. Anketani so’rovning turli ko’rinishlari. Anketali so’rovning ustunlik va kamchiliklari.
Anketali so’rov bosqichlari va protseduralari. Ijtimoiy ishda so’rov varaqasi (anketa) so’rovning asosiy instrumenti sifatida. So’rov varaqasining mantiqiy va tashkiliy tuzilishi, uni loyihalashtirishning asosiy tamoyillari va qoidalari. Kirish qismining o’rni va ahamiyati: tadqiqot maqsadlarini tushuntirish, javob berish qoidasini bayon etish, anonim xarakterda ekanligini kafolatlash. So’rov varaqasining asosiy qismi: dasturli savollarni tadqiqot savollariga o’tkazish; mazmun bloklarini loyihalash; so’rov varaqasining mantiqiy chizmasini tuzish. So’rov varaqasining yakuniy qismi: “pasport savollar” qo’yiladigan talablar. So’rov varaqasi kompozitsiyasi va uni rasmiylashtirish. Anketali so’rovni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlar. Pilotaj tadqiqot tushunchasi. So’rov varaqasini tarqatish va yig’ib olish texnikasi.
Anketa (so’rov varaqasi) tuzish
So’rovning faza va bosqichlariga ko’ra savollarning ketma-ketlik tamoyili. Savollarning joylashtirish mantiqi. Savollarni qo’yish texnikasi. Anketani respondent xarakteriga mos kelishi. Savol shakllarini tanlash mezonlari. Savollar mazmuni. Faktlar haqidagi savollar. Bilim haqidagi savollar. Nuqtai-nazar, yul-yo’riq, hatti-harakat motivlari haqidagi savollar. Bilimni aniqlash uchun ishlatiladigan savollar. YOpiq, ochiq, yarim ochiq yoki yarim yopiq savollarni tuzish. Ochiq savollarni qayta ishlash. Anketada savollarning turli turi va ko’rinishlarini joylashish tamoyili. Maqsadiga ko’ra savol turlari: mazmunli (yoki natijali) va funktsional. Funktsional-psixologik savollar. Fil’tr savollar. Nazorat savollar. Ochiq va yopiq savollar (dixotomik, trixotomik, al’ternativ va “menyu-savol”). Dialog-savollar. Illyustratsiya savollari. SHkalali savollar.
Pochta va telefon orqali so’rov o’tkazish
Pochta orqali so’rov o’tkazish anketali so’rovning bir ko’rinishi sifatida. Uning ustunlik va kamchiliklari. Pochta orkali so’rov o’tkazishning metodik-tashkiliy vazifalari va uning instrumentariysi - pochta so’rov varaqasini ishlab chiqish. Pochta so’rov varaqasining o’ziga xosligi: mazmunini oddiyligi, savol va javoblar tuzishning qisqa va lo’ndaligi.
Pochta orqali so’rov o’tkazishda tanlashning o’ziga xosligi. Pochta so’rovi o’tkazish orqali olingan ma`lumotlarning ishonchlilik muammosi. Javoblarni olish va uni bartaraf etish muammolari. So’rov varaqalarini qaytarilishini oshirish usullari: eslatma yuborish, mukofot taklif etish, qo’shimcha xat jo’natish va boshqalar. So’rov varaqasi orkali so’rov o’tkazishda uchraydigan xato va qiyinchiliklar.
Matbuot orkali so’rov - pochta orqali so’rov o’tkazishning ko’rinishi. Uning xususiyatlari. tanlash muammosi, ma`lumotlarni reprezentativlik darajasi. Ma`lumotlarni qayta ishlash.
Telefon orqali so’rov o’tkazish va uning xususiyatlari. Uning ustunlik va kamchiliklari. Telefon orqali so’rov o’tkazishning metodik-tashkiliy vazifalari va uning instrumentariysi, So’rov varaqasining o’ziga xosligi. Reprezentativlik muammosi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin