O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə28/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Dasturda ko’rsatilgan mavzular ma`ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Tarozi”, “Matbuot konferentsiyasi”, “Aqliy hujum”, “CHarxpalak” singari metodlari orqali hamda POVER POINT slaydlari yordamida o’tkaziladi.


ASOSIY QISM
I BO’LIM. IJTIMOIY ISHDAGI TADQIQOTNING NAZARIY- METODOLOGIK QISMI
Sotsiologiya tadqiqotlar metodologiyasi, metodikasi, texnikasi va protsedurasi
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot jarayonining asosiy tushunchalari: metodologiya, metodika, texnika, protsedura, Tadqiqot metodologiyasi va metodini aniqlash, ularning o’xshashligi va farqlari. Metod va metodologiya tushunchalarining aloqasi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot texnikasi ma`lumotlar yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilishning tashkiliy va metodologik vositalarining majmui sifazida. Protsedura texnik usul va operatsiyalar ketma-ketligini mantiqiy tuzilishi sifatida. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning printsipial strukturasi.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot; asosiy bosqichlari va uning turlari
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot tushunchasi, Ijtimoiy ishda bilish tizimida uning funktsiyalari. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning amaliy qo’llanishi.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot bosqichlari to’g’risidagi turli qarashlar. Tayyorlov bosqichi; dala ishlari; ma`lumotlarni qayta ishlash; hisobot yozish. Asosiy harakat turlari: tadqiqot dasturini tayyorlash, ma`lumotlar yig’ish, ma`lumotlar tahlili.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning tasniflash mezonlari va asosiy turlari. Fundamental, amaliy, kompleks tadqiqotlar. Razvedkali, pilotaj, tasviriy, analitik, bashoratga oid tadqiqotlar. Monogrifik va tanlanma tadqiqot. Qiyosiy, panel, trend tadqiqotlar. Longityud tadqiqot. Sotsial monitoring.
Ijtimoiy ish fanining 3 o’zaro bog’langan darajalari:1) ijtimoiy ish amaliy soha sifatida nazariya va metodologiya 2) Ijtimoiy ish o’kuv sohasi sifatida 3) Ijtimoiy ishda ilmiy soha sifatidagi tadqiqotlar. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning 4 bosqichi: 1) tadqiqotni tayyorlash 2) birlamchi ma`lumotlar yig’ish 3) ma`lumotlarni qayta ishlash 4) ma`lumotlar tahlili, hisobot.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning 3 asosiy turlari:
I. Razvedkali tadqiqotlar. Foydalanish sohasi, asosiy vazifalari. ekspress tadqiqot razvedkali tadqiqotning turi sifatida. Jamoatchilik fikrining vazifalari. Tadqiqotning bu turida ma`lumotlar yig’ish metodlari.
II. Tasvirlovchi tadqiqotlar. Uni qo’llash sohalari tasvirlovchi tadqiqot dasturi. Tahlil ob`ekti. Tasvirlovchi tadqiqotda ma`lumotlar yig’ish metodlarini tanlash. Turli metodlarni hisobga olish.
III. Analitik tadqiqotlar. Analitik tadqiqotning maqsadi. Amaliy ahamiyati. Analitik tadqiqotlarni tayyorlash. Ijtimoiy ishda ma`lumotlar yig’ishning kompleks xarakteri. eksperiment analitik tadqiqotning turi sifatida. eksperiment o’tkazishning metodik xususiyatlari. Ko’shimcha mezonlar. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot turlari tasnifi.
Miqdoriy va sifatiy tadqiqotlar, ularning mohiyati va xususiyatlari.
Nuqtali tadqiqot. Qayta o’tkaziladigan tadqiqotlar. Longityud tadqiqot. Kogortali tadqiqot. Trend tadqiqot. Panel tadqiqotlar. Monitoring.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi va uning tarkibiy elementlari
Dastur Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning asosiy hujjati sifatida. Dastur yangi sotsial bilim olishning yo’llari, yondashuvlarini nazariy ishlab chiqish sifatida. Dastur tushunchasi, Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda uning o’rni va ahamiyati. Dastur vazifalari: metodologik, metodik, bashoratga oid, tashkiliy-texnologik. Dastur mazmuni: Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning metodologik, metodik, tashkiliy rejasi. Tadqiqotning 2 turi va ularga mos keladigan dasturlar: 1) nazariy-amaliy, 2) amaliy, Dastur tuzishning kat’iy qo’yilgan bosqichlari. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi strukturasi: nazariy-metodologik va tashkiliy-metodik (protsedurali) qism. Dasturning nazariy-metodologik qismi. Nazariy-metodologik qism bosqichlari: I. Muammo qo’yish va uni asoslash, II. Tadqiqot maqsad va vazifalarini aniqlash, III. tadqiqot ob`ekti va predmetini aniqlash, IV. Asosiy tushunchalarni aniqlash va ularning interpretatsiyasi, V. Ob`ektni oldindan tizimli tahlil qilish. VI. Ishchi faraz (gipoteza) ni ilgari surish. Dasturning tashkiliy-metodik qismi: Ketma-ket va tashkiliy harakatlarni asoslash. Tadqiqotning strategik plani (rejasi). Kuzatish birliklarni tanlash tizimini asoslash. Ma`lumotlar yig’ish va olingan natijalarni tahlil qilish protseduralarini tanlash. Tanlash (tanlash) xajmi va xarakteri. Tadqiqotning ob`ekta va predmetiga qarab Ijtimoiy ishda ma`lumotlar yig’ish metodlarini tanlash. Dastur tuzishga qo’yiladigan talablar. Dasturga turli sotsiolog olimlarniig qo’yadigan talablari. Tadqiqot ob`ekti va ma`lumotlarni yig’ish metodlarini oldindan tasvirlash - Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturini tuzishga qo’yiladigan asosiy talab sifatida. Dasturning asosiy tarkibiy elementlari - tadqiqot muammosi, maqsadi, vazifalari, ob`ekti, predmeti, gipotezasi, operatsional tushunchalari, tanlash protsedurasi va ma`lumotlar bilan ishlash metodlari kompozitsiyasining moslashuvchanligi - tadqiqot izlanishining o’zgaruvchanligini aks etishi sifatida. Dasturga qo’yiladigan talablar: 1. Dasturning zarurligi. 2. Dasturning tadbiqiyligi . 3. Mantiqiy ketma- ketlik 4. Dasturning moslashuchanligi. Dastur tuzishning 2 bosqichi: I-maqsad va vazifalarni aniqlab olish, gipotezalarni tuzish, 2-dala tadqiqoti dasturi tuzishda uchraydigan tipik xatolar va pilotaj tadqiqotda ularni bartaraf etish imkoniyatlari.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot muammosi va strategik rejasini asoslash
Sotsial jarayonlar dinamikasini o’rganish va sotsial qarama- qarshiliklarni echish zaruriyati - amaliy Ijtimoiy ishdagi tadqiqot rivojining asosi sifatida. Sotsial muammo turlari va muammoli vaziyat belgilari. Sotsial muammoni tadqiqot muammosi sifatida kontseptual asoslash - Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi tuzishning asosiy vazifasi. Tadqiqot dasturida muammoni asoslashning xususiyatlari, tadqiqot ob`ekti va predmetini chegaralash (ob`ektning asosiy belgilarini ajratish, muammoni tahlil etishning dastlabki tushunchalarini aniqlash) - asoslashning dastlabki bosqichi sifatida. Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilashda tadqiqot muammosini asoslashning ahamiyati. Asosiy va yordamchi vazifalar.
Tadqiqot muammosi turlari va Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturida ularni formallashtirish yullari. “Tadqiqotning strategik rejasi” tushunchasi sotsial muammoni ilmiy kontseptualizatsiya qilish darajasining ifodasi sifatida. Tadqiqot strategik rejasining tarkibiy elementlari va turlari. Izlanuvchi, tasviriy, analitik, ekslerimental tadqiqotlarda Ijtimoiy ishda muammoni asoslashning o’ziga xos tomonlari.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin