Ijtimoiy ishdagi tadqiqot ob`ektining kontseptual modelnni tuzish Ijtimoiy ishdagi tadqiqot ob`ekti sotsial voqelik va muammoli vaziyatning tashuvchisi sifatida. Ob`ektni nazariy va empirik tasvirlash usullari. Ob`ektning gipotik modelini tuzish tadqiqot dasturining metodologik qismining asosiy vazifasi sifatida. Strukturali, funktsional, genetik omillar: o’rganilayotgan sotsial jarayonga ta`sir etadigan tashki va ichki o’zaro aloqalar. Ularning Ijtimoiy ishdagi tadqiqot predmetini ochishdagi ahamiyati.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda gipotezalar, Gipotezalar ilgari surish protsedurasi
Gipotezalarni ilgari surish protsedurasi. Gipotezalar tasnifi. Tasviriy, tushuntiruvchi, genetik gipotezalar. Asos-gipoteza va oqibat-gipoteza. Gipotezalar tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar. Tadqiqot gipotezasi bilan vazifalari o’rtasidagi o’zaro aloqa. Asoslanganlik, mantiqiy mutanosiblik va muqobillik tamoyillari. Gipotezalarni tekshirishni rejalashtirish va uning keyingi tadqiqot protseduralarini ishlab chiqishdagi o’rni.
Asosiy tushunchalar interpretatsiyasi va operatsionalizatsiyasi ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturining protsedurali kqsmiga o’tishdagi zaruriy shart sifatida
Tadqiqotning kontseptual modelidan tadqiqotning predmetli sohalarini tasvirlashga o’tish. Ilgari surilgan gipotezalardan natijalarni bilish va ularni tekshirish uchun empirik referentlarni izlash. Kontseptual modelning mantiqiy tahlili, asosiy tushunchalar interpretatsiyasi. Tayanch tushunchalar bilan tadqiqotning predmetiga tegishli bo’lgan empirik indikatorlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniqlash.
Empirik indikator kuzatish va o’lchash mumkin bo’ladigan ob`ekt belgilari ko’rsatkichi sifatida. Tushunchalar operatsionalizatsiyasi - empirik belgilar va ularni qayd etish usullari mazmunini ochishdir. Tushunchalarni operatsion aniqlash, ilgari surilgan gipotezaga muvofik, indikatorlar tizimini yaratish. Indikatorlar va tekshiriladigan gipoteza o’rtasidagi nisbatda determinatsiya, intersub`ektivlik va kerakli aloqalar talabi. Indeks tushunchasi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda tushunchalarning operatsionalizatsiyasi chegaralari.