Respondentlarning so`rov usullari. Sotsiologik tadqiqotlar bo`lajak izlanishlarning ilmiy asoslangan reja va dasturini tayyorlashdan boshlanadi. Dastur hayot haqiqatdan kelib chiqqan va ilmiy – nazariy jihatdan puxta ishlangan bo`lishi lozim. Tadqiqot natijalari qanday bo`lishi ana shu omillarga bevosita bog’liqdir.
Dastur asosan ikki katta bo`lim, ya`ni nazariy metodologik va amaliy – uslubiy bilimlardan iborat.
Nazariy metodologik bo`lib mavzu tanlash, tadqiqot ob`ektini harakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o`z ichiga olsa, amaliy – uslubiy bo`lim ma`lumotlarni to`plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi.
Dastur mazmunida jamiyatda turli ta`sirlar oqibatida yuzaga chiquvchi ijtimoiy muammoli vaziyatlar aniq ifoda etilmog’i lozim. Ilmiy muammoning qo`yilishi muayyan soha amal qilayotgan bilimlar chegarasini kengaytirish demakdir.
Sotsiologik tadqiqotlar dasturida ilmiy izlanishga sabab bo`lgan ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularning asosiy tushuncha, atamalari atroflicha izohlab beriladi. Tadqiqot dasturini tuzganda yagona tushunchalar apparatiga bo`lish muhim ahamiyat kasb etadi. Dastur kontseptual hamda operatsional modellar ham o`zining batafsil ifodasini topgan bo`lishi lozim deb o`ylaymiz.
Dasturning funktsiyalari: Nazariy – metodologik, ilmiy muammo va uni hal etish asosini tayyorlash aniqlanadi;
Metodik yig’ilgan ma`lumotlarni va ko`tiladigan natija usullari belgilanadi;
Tashkiliy tadqiqotchi (kollektiv) faoliyatini barcha ish bosqichlarida rejalashtiriladi.