Sotsiologiya tadqiqotlarda axborotlarni kodlashtirish. Ushbu mavzuda sotsiologik tadqiqotlardagi ma`lumotlar analizi, shakllantirish, operatsionallik va metodlarni kodlashtirish, kodlashtirish o`lchov jarayoni sifatida, shakllantirish, pozitsion hisoblash tizimi, tartibli hisoblash tizimi.
SHuningdek, kodlashtirishning sotsiologik tadqiqotlarda va iqtisoddagi o`rnini yoritib berishga harakat qilamiz.
eksperement tadqiqotlarning analizi. Kodlashtirish tushunchasi: sotsiologiyada vazifa yo`q (maktabdagiga o`xshash) bilan muammo, gipotezalar bor. SHuning uchun yirik sonli metodlar, muammolarni hal etish yo`llari, usullar, gipotezalarnitekshirish kabilar bor. Tabiiyki, ularni o`zlashtirish oson emas.
Biz kundalik hayotimizda doimiy ravishda shunday so`zlar bilan boshlanuvchi fikrlarga to`qnash kelamiz, masalan,
- «Jamoatchilik fikri so`rovining ko`rsatishicha qaysiki …»;
- «Sotsiologlarning tasdiqlashicha, qaysiki…»;
- «Statistik ma`lumotlarning ko`rsatishicha, ya`ni…»;
- «Sotsiologik analiz tasdiqlashicha, qaysiki…».
Mana shu fikrlarda sotsiologning turli hil ma`lumotlarni analiziga oid o`lkan ishlari yashiringan. Ushbu analizning tarkibiy qismida o`lchov jarayoni bo`ladi.
Ushbu jarayoni sotsiolog uchun ijtimoiy ob`ektning xususiyatini o`rganish modelini ya`ni alohida sifatli modellarini ko`rishdan boshlanadi. Sotsiolog uchun ijtimoiy reallikni qo`rish modeli bu (u har doim uni mushohadaga asoslab quradi) reallikni qism tarkiblarig, elementlarga ajratib tashlaydi. Gap alohida sifatli modellar haqida ketayapti. Unda voqelik qismlarini o`rganish tushuniladi. CHunki har bir sotsiologning o`z shaxsiy dunqarashi, bu voqelikni qabul qilish shaxsiy tili bor. U har doim qandaydir paradigmalar tarafdori, qadaydir o`rta daraja nazariyalarni yoqlovchisidir. Bularning hammasini model sifatida belgilash mumkin, ya`ni sotsiolog uy-fikri bilan quriladi. Student gumanitarlar uchun «model’» termini salbiy munosabat keltirib chiqaradi va qandaydir mantiq, matematika bilan bog’liqdek bo`lib ular tajribaga asoslanmagan dalillarga achinmaydi. Bunday yondashuv o`zining mohiyaticha noto`g’ridir va bu termindan qo`rqish kerak emas. Mode lbu analizning element tilidir. Xususan modellarning bir ko`rinishi matematik modellar hisoblanadi. Sotsiologik tadqiqotlar doirasida ob`ektning xususiyatini o`rganish modeli, xususiyati o`lchov modeli, xususiyatni analiz modeli o`zaro bog’liqdir. Ba`zan bu tushunchalar bir-birini almashtiradi. Ba`zan juda tor bu uchlikning tarkibini izohlanishi empirik sotsiologiyada nomaqbul oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, analiz faqat matematik metodlarni qo`llash bilan o`lchov esa faqat matematik o`lchov nazariyasi orqali izohlanadi.
O`lchov jarayonini diagnostik jarayon sifatida ham anglash mumkin. Qo`pol qilib aytganda, respondentga respondentlar guruhiga va boshqa har qanday empirik ob`ektga diagnoz-tashhiz qo`yiladi. O`lchov jarayonini shkalalashtirish jarayoni sifatida ham qo`llaniladi, ya`ni nimadir yoki kimnidir o`lchash uchun shkalalar yaratiladi.
Bizning maqsadimiz turli tadqiqot holatlari shunday o`lchov yo`llaridan tuziladi va unda ro`y beradi. Avvaliga gap juda oddiy holatlar so`ng esa murakkablari haqida boradi.
Kodlashtirish.O`tkazilgan tadqiqotdagi ishlanmagan ma`lumotlarni shunday shaklga keltirish jarayoni hisoblanadiki, undan hisoblashlarda odatda (komp’yuter yordamida tayyorlanadi) foydalaniladi.
Kodlashtirish ma`lumotlar kategoriyasini rejasini belgilash yordamida ruyxatdan o`tgan har bir kategoriyalarning sonli ahamiyati vositasida amalga oshiriladi.
«Osonlik» tushunchasi texnik tomonlama o`lchov jarayoniga taalluqli. Sotsiologiyada individ bitta asosiy ma`lumot manbai hisoblanadi. Misol tariqasida olti emperik indikator yoki olti quyidagi ko`rinishdagi savollarni ko`rib chiqamiz.
Kodlashtirish jarayonini o`lchov (bevosita) jarayoni sifatida ham belgilash mumkin.