O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə99/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118
KUZATISH USULI
Kuzatish usuli faqat sotsiologiya yoki ijtimoiy fanlardangina emas, fanningsh barcha sohalarida ham keng qo`llaniladi. Ko`zatish turli maqsadlarda, turli shakllarda, turli qamrovda, turli vositalar yordamida olib boriladi. Barcha odamlar hayotida ko`zatish usulidan u yoki bu darajada foydalanadilar. Lekin ular foydalanayotgan usul ilmiy ko`zatish usuli emas, oddiy ko`zatish usulidir.
Odamlarning ko`zatish usulidan kengsh foydalanishi ularni bu usulni yaxshi egallaganliklarini anglatmaydi. Bu usuldan samarali foydalanish uchun uning xususiyatlari, imkoniyatlari va chegaralarini ilmiy o`rganish zarur. Oddiy turmushdagi ko`zatish ham aksariyat holda muayyan maqsadga yo`naltirilgan va muayyan darajada tashkil etilgan bo`ladi. Lekin bu ko`zatishlar ilmiy maqsadni ko`zlamagani va ilmiy muammoni hal etishga qaratilmagani uchun ilmiy ko`zatish bo`la olmaydi. Masalan, rashkchi ayol erini muayyan maqsadni ko`zlab ko`zatadi. Bu ko`zatishlarini imkoniyatlari darajasini tashkil etadi va ehtimol texnika vositalaridan ham foydalanishi mumkin. Lekin baribir ko`zatish kundalik hayotidagi maishiy maqsadlarni ko`zlagani uchun ilmiy ko`zatish bo`la olmaydi.
Ilmiy ko`zatishlar muayyan nazariya va farazni tasdiqlash, tuldirishni yoki bo`lmasa rad etishni maqsad qilgan holda olib boriladi.
Ilmiy ko`zatishning maishiy turmushdagi ko`zatishdan tub farq qiladiganxususiyatlardan yana biri uning nazariy, ilmiy asoslaridir. Kundalik turmushdagi kuzatish kishilarning hayotiy tajribasiga asoslanib olib borilsa, ilmiy ko`zatish ilmiy bilimlar asosida olib boriladi.
Tomorqasiga ekilgan sabzavotlar rivojini ko`zatayotgan dehqonning ko`zatishi bilan tajriba uchastkasidagi o`simliklar rivojini ko`zatayotgan tadqiqotchi olim foydalanayotgan usul sirtdan qaraganda bir xil ko`rinsa ham, aslida tadqiqotning ko`zatish usuli xavaskor fermerning ko`zatish usulidan keskin farq qiladi. Fermer yoki dehqon o`simliklarni ko`zatayotganda, hayotiy tajribasiga asoslansa, tadqiqotchi ham hayotiy tajribasiga ham, ilmiy nazariyaga ham asoslanib ko`zatish olib boradi.
Ko`zatish usulining qo`llanilishidagi yana bir muhim jihati uning oldindan rejalashtirilishi va muntazamligidir. Ana shu rejalashtirish jarayonida tadqiqotchi qay maqsadni ko`zlab, qay nazariya va farazlar asosidja qanday vositalardan foydalangan holda ko`zatish olib borishni aniqlab oladi.
Ijtimoiy fanlarda ko`zatish usulining qo`llanilishi uning tabiiy fanlarda qo`llanilishi bilan ancha farq qiladi.
Tabiatda tadqiqotchining kuchli xis-tuyg’ularini uyg’otadigan voqealar yuz bermaydi.
Jamiyatda yuz berayotgan xodisalarni ko`zatayotganda esa tadqiqotchi xis-tuyg’ularga berilib ketishi, bo`layotgan hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo`lishi va bu hol tadqiqot natijalariga xulosalarning ob`ektiv bo`lishiga ta`sir o`tkazishi mumkin.
SHuning uchun ijtimoiy hodisalarni ko`zatishga xarakat qilayotgan tadqiqotchi o`z xis-tuyg’ularini tizginlay olishi, xulosa chiqarish paytida shu xis-tuyg’ulardan yuqoriroqqa ko`tarila olish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.
SHu kungacha sotsiologiya bo`yicha mavjud adabiyotlarda ko`zatish usulini qo`llash tadqiqot ob`ekti aniqlanib dastur tuzilgach boshlanishi qayd qilinadi.
Bu fikrga to`la qo`shilgan holda ushbu satrlar muallifi ko`zatish usulini qo`llash, ob`ektni aniqlash jarayonida boshlanishi mumkinligi va lozimligini ta`kidlashni joiz deb biladi.
Sotsiologik ko`zatish olib borishning shart va talablari quyidagilar:
Kuzatish kerakli saviyada va darajada tashkil qilinishi kerak. Bu shart sotsiologik tadqiqotlar taraqqiyotini bilan bog’liq bo`lib natijalarning ob`ektivligini ta`minlashga qaratilgan.
Ko`zatish olib borishda shunday xolatlar vujudga keladiki, ularni texnika vositalarda tasvirga tushurilmasa yoki ovozlar yozib olinmasa bu holatlarni tabiiy holda qaytarishi mumkin emas. SHuning uchun ko`zatishni texnik jihatdan ta`minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu kungacha sotsiologiya bo`yicha mavjud adabiyotlarda ko`zatish usulini qo`llash tadqiqot ob`ekti aniqlanib dastur tuzilgach boshlanishi qayd qilinadi.
Bu fikrga to`la qo`shilgan holda ushbu satrlar muallifi ko`zatish usulini qo`llash, ob`ektni aniqlash jarayonida boshlanishi mumkinligi va lozimligini ta`kidlashni joiz deb biladi.
Sotsiologik ko`zatish olib borishning shart va talablari quyidagilar:
Kuzatish kerakli saviyada va darajada tashkil qilinishi kerak. Bu shart sotsiologik tadqiqotlar taraqqiyotini bilan bog’liq bo`lib natijalarning ob`ektivligini ta`minlashga qaratilgan.
Ko`zatish olib borishda shunday xolatlar vujudga keladiki, ularni texnika vositalarda tasvirga tushurilmasa yoki ovozlar yozib olinmasa bu holatlarni tabiiy holda qaytarishi mumkin emas. SHuning uchun ko`zatishni texnik jihatdan ta`minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko`zatishning muntazamligi.
Bu shart ham tadqiqot natijalarining ob`ektivligini ta`minlashga qaratilgan.
Ko`zatish muntazam olib borilmay ulda-julda va ahyonda olib borilsa, tadqiqot ob`ekti uchun xarakterli holatlar ko`zatilmay qolishi va oqibatda ko`zatish natijalari ob`ektiv bo`lmay qolishi mumkin.
Ko`zatishning xosligi.
Bu shart ta`minlanmasa tadqiqot jarayonida ko`zatuvchi o`zi o`rganayotgan jarayonlarga ijobiy yoki salbiy munosabatbildirish bilan va buning oqibatida voqealarni sub`ektiv talqin qilish mumkin.
Ko`zatayotgan ob`ekt to`g’risida mumkin qadar ko`proq ma`lumot to`plash. Ob`ekt qanchalik batafsil ko`zatilsa, chiqarilgan xulosalarning haqiqatga shunchalik yaqin bo`lishi uchun imkoniyat yaratildi. Xulosalarni etarli bo`lmagan ma`lumot asosida chiqarilsa, ob`ektning ma`lum xususiyatlarini ko`zatuvchi e`tiboriga tushmay qolgan bo`lishi mumkin.
Bu esa xulosalarning noto`g’hri bo`lishiga olib keladi. Ko`zatshning borishini va natijalarini batafsil qayd qilib borish.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin