SOTSIOLOGIK TADQIQOTLARDA SOTSIOLOGIK MONITORING TIZIMI
Sotsiologik tadqiqotlarning bu turi Sotsiologiya fanida keyingi vaxtlarda keng ko’lamda qo’llanilsada, muhim ahamiyatga va ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan axborot va ma’lumotlarni, ilmiy-amaliy xujjatlarni olishda alohida o’rni va roli bordir.
Hozirgi davrda iqtisodiy jihatdan keng taraqqiy etgan industriyasi rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodi munosabatlariga, erkin savdoga keng yo’l berilganligi investisiya kapitaliga keng yo’l berilib, eng ko’p foyda olishga va samaraga erishib, aholining keng qatlami turmush darajasini olib borayotganligi inson omillariga katta e’tibor qaratilayotganligini aniqlashda Sotsiologiya fanida Sotsiologik tadqiqotlar jarayonida Sotsiologik monitoring turi qo’l kelmoqda, qimmatli zaruriy xujjatlar, aniq ma’lumotlar olinmoqda, ilmiy xulosalar chiqarilmoqda. Ayniqsa bu sohada AQSh, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR va boshqa bir qator mamlakatlarda qisman Rossiyada Sotsiologik tadqiqotlarda Sotsiologik monitoring tizimidan keng ko’lamda foydalanmoqda. Bu mamlakatlarda inson omiliga katta e’tibor berilmoqda. Chunki inson omili, inson qadri-qimmati, uning ma’naviy-moddiy fazilati ijtimoiy hayotda hamma narsadan ustun turadi. U butun borliqning yaratuvchisi, ma’naviy, moddiy dunyo egasi va iste’molchisi hisoblanadi, jamiyat intellektual potensialini bunyod etuvchi takomillashtiruvchi inson bo’lib, uning bilimi, qobiliyati, tajribasi, amaliy faoliyati hozirgi taraqqiyotning asosini tashkil etmoqda. Hozirgi davrda taraqqiy etib rivojlangan hamma mamlakatlar inson intellektual samarali faoliyati natijasidir.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga muvofiq taraqqiyot yo’liga kirgan hamma mamlakatlarda inson bilimi, qobiliyati, raqobatbardoshligi, iqtisodiy o’sishi, mehnat unumdorligining oshishi, jamiyatni samarali boshqarilishi kabi omillarga27, alohida e’tibor berilayotganligi natijasi bo’lib, bu mamlakatlar qisqa vaqt ichida iqtisodiy yuksalishga erishdilar. (Jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi – Singapur, Tayvan, Malayziya, Yaponiya, Janubiy Koreya va hatto Xitoy ham). Shuning uchun hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish jarayonida mustaqil O’zbekiston uchun ham bevosita bog’liq ekanligi, inson omiliga alohida e’tibor berilishligi va kelajakda buyuk davlatlar darajasiga chiqishi davr talabi bo’lib, hozirgi yoshlarni ana shu inson omili yuksak intellektual potensial imkoniyatiga ega bo’lishlik darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishni taqqoza etadi. Sotsiologiyada ana shu maqsadlarga Sotsiologik tadqiqotlar olinib boriladi va bu jarayonda ijtimoiy omillarga jiddiy e’tibor beriladi.
Ijtimoiy omillarning maxsus va muhimi, o’rganilishi dolzarb bo’lgan qismi “Ta’lim Sotsiologiya”si bo’lib, ana shu sohada kelajak avlodni, yuksak itellektual potensialni vujudga keltiradigan insonni-shaxsni tarbiyalaydigan, mutaxassis tayyorlash, ta’lim berishning samarasini oshirish iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, siyosiy va texnologik bilimlar majmuasini berishni talab qiladigan tarmoq hisoblanib, ular natijasini tadqiqotlar asosida o’rganish “Ta’lim Sotsiologiya”siga taaluqlidir. Bu sohada O’zbekistonda dastlabki qadamlarni tashlamoqda, Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazilib, ta’lim-tarbiyada ijtimoiy masalalarni muammoviy asosda o’rganish, tadqiqot usul va uslubiy asoslarini shakllantirilmoqda, ijtimoiy boshqarishda ham ta’lim tizimi doirasida ham mutanosiblik asosida mukammallashuvi jarayonida Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish va ular natijasida ta’lim tizimi va uni boshqarish sohasiga zaruriy ma’lumotlar to’plash, axborotlar olish, xujjatlar yig’ish, ularni tahlil qilish, umumlashtirish va uning oqibatida ta’lim tizimini yaxshilash, boshqarishni takomillashtirish maqsadida xulosalar qilish, tavsiyalar berishning yangi, zamonaviy samarali tizimini yaratishni taqqoza etadi. Ana shunday yangi Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, tahlil qilish, umumlashtirish va ma’lumotlar yig’ish tizimi – bu “Sotsiologik monitoring”dir.
Sotsiologik monitoring tizimi, oliy ta’lim tarkibini, talaba yoshlar va umuman ta’lim tizimini, hisoblash matematikasi va zamonaviy hisoblash texnikasini va ijtimoiy masalalarni o’rganib, taxlil qilaolish imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi, - deb hisoblaydi taniqli iqtisodchi olim N.S.Aliqoriyev28.
Monitoring – bu Sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish sosilogik jarayonlar haqidagi axborotlarni doimiy foydalanishni ta’minlovchi tizimdir29.
Bu tizim ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qo’llanilib muammoviy masalalarda tadqiqotlar o’tkazilib zaruriy ma’lumotlarni olib ilmiy taxlil etish uchun eng qulay uslubiy tizimdir. Shu sababli Sotsiologik amaliyot uchun dolzarb muammoni o’rganishda qo’llanilmoqda. Bu tizim ko’proq ekologik tadqiqotlarda atrof muhitni o’rganishda,uni uzluksiz nazorat qilishda qo’llanilib kelinmoqda. Sotsiologik monitoring boshqaruv jarayonlarida qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda Sotsiologik monitoring yangi tizim sifatida statistika, bank ishi, mehnat birjalari, kosmonavtika, mudofaa ishlarida, ishlab chiqarishda keng qo’llanilib, sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar ustida ish olib borilmoqda. Bu soha ayniqsa fundamental sosial tadqiqqotlarda, jamiyatchilik fikrlarini bilishda va o’rganishda, oliy va o’rta ta’lim tizimini tahlil qilishda oliy va o’rta-maxsus ta’lim monitoringi tizimini vujudga keltirib, ushbu sohaga doir umumiy masalalarni tizim struktura va funksiyalari bilan mos holda aniqlashib tahlil qilinib xulosalar chiqariladi. Bu haqda “Umumiy Sotsiologiya” darsligida taniqli iqtisodchi olim N.S. Aliqoriyev batafsil ta’rif bergan30.
Umuman Sotsiologik monitoring tizimi Sotsiologiya fanida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tizimdir.
Sotsiologiya fani uchun empirik Sotsiologik tadqiqotlar jarayonining eng muhim bosqichi, hisoblangan bosqich u ham bo’lsa, Sotsiologik tadqiqot natijalarini ilmiy, amaliy jihatdan yuksak saviyada taxlil qilib, ilmiy xulosalar, tavsiyalar, takliflar berish va to’g’ri, aniq salohiyatli hisobot tuzib yakunlashdan iboratdir. Chunki Sotsiologiya fani orqali Sotsiologik tadqiqotlarning natijalari asosida olingan ma’lumotlar ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, ularni nazariya va gipotezalar asosida amaliyot tajriba natijalarini ilmiy taxlil etib, ulardan nafaqat jamiyat tarmoqlarini alohida-alohida, balki butun jamiyatni boshqarishda (siyosiy-ijtimoiy boshqarishda) amaliy faoliyatda unumli foydalanish uchun imkoniyat yaratiladi va tavsiya, takliflar beriladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, umumjamiyat miqyosiga nisbatan, jamiyat hayotining maxsus sohalarida mikroSotsiologik obyektlar ustida Sotsiologik tadqiqatlar olib borish maqsadga muvofiq keladi.
Shuning uchun ham bu soha jiddiy, ma’suliyatli va murakkab bo’lib, tadqiqotchi-sosiologdan empirik Sotsiologik tadqiqotlarning natijalari bo’lgan axborot va ma’lumotlarni to’g’ri taxlil qilib izohlash, xulosa va tavsiyalarni ma’lumotlar matniga mos qilib shakllantirishda katta mahorat, qobiliyat, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar talab qilinadi.
Buning uchun nimalarga jiddiy e’tibor bermoq zarur. Yuqorida ta’kidlaganidek Sotsiologik tadqiqot natijalari asosidagi ma’lumotlarni qayta ishlashni, taxlil qilishi, izohlashi, umumlashtirib, oxirida xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish talab etiladi.
Empirik Sotsiologik tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash, taxlil qilish, Sotsiologik tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini va rolini oshirishda muhim rol o’ynaydi va quyidagilarni o’z ichiga olib, tadqiqotchi-sosiolog tomonidan e’tibor berish talab etiladi.
1. Sotsiologik tadqiqotlardan olingan va boshqa muammoga doir ma’lumotlarni taxlil qilish va kodlashtirishdan iborat bo’lib asosiy vazifa mavjud ma’lumotlar va xujjatlarni bir xil shaklga keltirilib, rasmiy tarzda ishlab chiqilib, belgilangan shartlar asosida tartibga keltirilishi;
2. Olingan Sotsiologik tadqiqot ma’lumotlarni tadqiqot vazifasi va maqsadiga mos holda keltirilib, qanchalik oldinga qo’yilgan vazifa bajarilganligi, maqsadga erishilganligi darajasi aniqlanishi;
3. Statistik taxlilga jiddiy e’tibor berishdir. Sotsiologik ma’lumotlarni taxlil qilishda, statistik taxlil muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. U orqali ijtimoiy qonuniyatlarga bog’liq ahamiyatga molik ma’lumotlarni, statistik tamoyillar asosida, funksional munosabatlar aniqlanib, tadqiqot etilayotgan muammo bo’yicha bilimlar umumlashtiriladi va bu esa o’z navbatida obyektiv ilmiy xulosalar chiqarishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Empirik Sotsiologik tadqiqotlar usullari va turlari yordamida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, taxlil qilish, umumlashtirish jarayonida tadqiqot obyektining ijobiy tomonlarigina emas, balki ko’proq yechimini kutayotgan boshqa muammolarga ham e’tibor qaratishi taqqoza etadi. Bu bosqichga albatta tadqiqot nazariya yoki faraz (gipoteza) qilingan ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, olingan miqdoriy ko’rsatkichlar asosida tekshirilib aniqlanadi. Bu albatta ishchi faraz sifatida ijtimoiy obyekt to’g’risida taxminiy faraz hisoblanib, empirik Sotsiologik tadqiqot natijalari bilan uning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlaydi va tasdiqlaydi. Ishchi faraz bu bevosita ijtimoiy amaliyot bilan bog’liq bo’lib, kishilarning amaliy hayotiy faoliyatiga bog’liqdir.
Shunday qilib, Sotsiologik tadqiqotlarning empirik natijalari haqidagi ma’lumotlarni olib nazariy-ilmiy jihatdan umumlashtirib muayyan aniq xulosalar ishlab chiqib, amaliy tavsiyalarni berish (ishlab chiqarish) bilan yakunlanadi.
Empirik Sotsiologik natijalarning to’la ilmiy taxlili va amaliy natijalari umumlashtirilgan tarzda ilmiy hisobotda o’z aksini topadi. Ilmiy hisobot Sotsiologik tadqiqotning (o’rganilayotgan obyekt bo’yicha) tamom bo’lganligini va unda empirik ma’lumotlar guruhlashtirilib tartibga solinishi, sistemali holda tuzilib, kelgusi Sotsiologik tadqiqotlar uchun asos bo’lib xizmat qilish holatiga keltirilib topshiriladi.
Ilmiy xisobot – o’zining asosiy tarkibi ikki qismdan – nazariy va amaliy bo’limlaridan iborat bo’lgan holda tuziladi.
Hisobotning nazariy bo’limida muammoning qo’yilishi, uning dolzarbligi, tadqiqot qilinuvchi muammoviy masalalarning ta’rifi, asosiy tushunchalarning nazariy taxlili, muammoning qay darajada o’rganilganligi, uni hal etishning mavjud yo’llari e’tiborga olinib ko’rsatiladi. Tadqiqotning ikkinchi amaliy bo’limi – tadqiqotning amaliy natijalari aniq ko’rsatilib, xulosalari, tavsiyalari berilib, amaliy Sotsiologik tadqiqotlardan kutilgan asosiy maqsadga erishganligiga alohida e’tibor beriladi, kelgusi tadqiqotlarga uslubiy va texnikaviy tavsiyalar beradi.
Ilmiy hisobotni tuzishda unga quyidagi talablar qo’yilib, asosiy diqqat-e’tiborni qaratishni taqqoza etadi.
Birinchidan – ilmiy hisobotda Sotsiologik tadqiqot obyekt predmetga muvofiq muammoning guruhlari o’zaro barcha bog’liq jihatlari keng aks etishi zarur. Bu esa tadqiqot natijalarini taxlil qilish, umumlashtirish, muhim qismdan nomuhim qismini ajratish osonlashadi;
Ikkinchidan – hisobotning har bir bo’limida muammo va tadqiqot natijalari aniq va qat’iy ikki qismdan – birinchi qism muammo va tadqiqot natijalarini o’z ichiga olmog’i, ikkinchi qismda esa ilmiy xulosalar, amaliy taklif va amaliy tavsiyalarni o’z ichiga olmog’i zarur;
Uchunchidan – ilmiy hisobotda anketa savollari respondentlar ruhiga mos, javoblar umumlashtirilgan holda ixcham, aniq ifodalanishi, ilmiy hisobot aniq hayotiy xujjatlar va statistik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan bo’lishi;
To’rtinchidan – ilmiy hisobot ixcham, to’g’ri va texnik jihatdan yuksak saviyali tarzda yozilishi zarur. Hisobot hajmi 50-60 betlar asosida yozilishi, sxemalar, jadvallar, diagrammalar ham tayyorlanib, ular ilova shaklida bo’lishi, ilmiy hisobotga doir 10-betgacha tushuntirish xati yozilgan bo’lishi kerak.
Shu bilan bir qatorda Sotsiologik tadqiqotlar bo’yicha ilmiy hisobot yozilishi va tavsiya etilishi jarayonida buyurtmachi muassasalarga tadqiqotning eng muhim zaruriy natijalarini tezkor axborotlar tarzida berish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, Sotsiologiya fanida empirik Sotsiologik tadqiqotlar muhim va zaruriy mavzu hisoblanib, muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |