ANIQ EMPIRIK SOTSIOLOGIK TADQIQOTLARNING TURLARI
Alohida shuni ta’kidlamoq lozimki, aniq Sotsiologik tadqiqotlar umumSotsiologik va maxsus Sotsiologiya nazariyadan kelib chiqadigan tamoyillar, tushunchalar, ko’rsatkichlar asosida aniq ijtimoiy jarayonlarni aniqlab ulchash, o’rganish, xulosalar qilish imkoniyatlarini yaratib beradi. Shu sababli bu tadqiqotlar turli xil ko’rinishlarga ega bo’lib, turli xil maqsadlarni o’z oldilariga qo’yib, shu maqsadlarga muvofiq vazifalar belgilanib, ijtimoiy xarakterli mohiyatga ega bo’lgan sohalarni qamrab oladi. Jumladan, xalqaro miqyosida, umummilliy, regional hamda mahalliy ko’rinishlarga va o’tkazilishi vaqti naqtai-nazaridan uzoq muddatli, qisqa muddatli va tezkor taxlil qilish empirik Sotsiologik tadqiqotlarga bo’linadi. Ana shu maqsadda empirik Sotsiologik tadqiqot o’zining qamrovligi, muddatliligi va tezkor tahlil qilishligi nuqtai-nazaridan uch xil turga ajratilgan holda o’rganiladi.
1) dastlabki sinov turi - uni pilotaj tadqiqotlar ham deyiladi. Bu tur empirik Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish metodik ishning davomi bo’lib, buni o’tkazishdan maqsad dastlabki ma’lumotlarni-informasiyalarni olish, bu ma’lumotlarni to’plab to’g’rilash, obyekt va predmetga, umuman empirik tadqiqot o’tkazilishi talab etiladigan muammoga taaluqlisini voqyea va hodisalarga muvofiq ajratib moslashtirish va bejiz baho berish usulidir. Sotsiologiyada pilotaj tadqiqotlaridagi ko’pincha kichik jamoa a’zolari (kichiq odamlar jamoasi) bilan ilmiy tadqiqot olinib boriladi. Shu sababli bu metod tekshiruvchi pilotaj deb ataladi. Hatto pilotaj tadqiqotda nafaqat muammoviy tushunchaga doir va uslubiy tizimni, balki aniq sohalarga doir mavjud ma’lumotlar asosida savol-javoblarni ham tashkil etish imkonini beradi. Qaysi uslublardan foydalanishni ham aniqlaydi. Uning natijalari hisobotda o’z aksini topishi kerak bo’ladi.
2) empirik Sotsiologik tadqiqotlarni va ularning natijalarini mavjud ma’lumotlar asosida tasniflovchi tadqiqot turidir.
Bu empirik Sotsiologik tadqiqot turi, ya’ni tasniflovchi tadqiqot tahlili izlanishning ancha murakkab, uzluksiz mehnat qilishni talab etuvchi turidir. Buning yordamida o’rganilayotgan nazariy, ilmiy muammolar, ijtimoiy hodisalar, voqyealar, sinov tadiqotlariga nisbatan to’laroq tasavvurni vujudga keltiradigan empirik-amaliy ma’lumotlar olish mumkin. Ushbu tadqiqot turiga muvofiq ilmiy muammo asosida empirik Sotsiologik tadqiqot obyekti xilma-xil tasniflar bilan ajralib turadigan, katta miqdorga ega bo’lgan keng tadqiqot hajm asosida o’tkaziladi va o’rganilayotgan obyekt tarkibida bir-biriga yaqin guruhlar (kishilar) ajratilib olinadi va tadqiqotchi-sosiologni qiziqtiradigan boshqa tasniflar bilan analiz qilinib, solishtiriladi va bu tasniflar orasida bog’liqlik, uzviylik boryo’qligini aniqlanadi. Shu sababli bu tadqiqot turida bir qancha aniq empirik Sotsiologik tadqiqot usullari va uslublarini qo’llab natijali ma’lumotlar olish mumkin. Shuning uchun ham empirik Sotsiologik tadqiqot turlari ichida eng murakkabi va eng samarali ham ushbu turi hisoblanadi. Bu uslubiy turni qo’llaganda tadqiqotchi-sosiolog Sotsiologiyadan keng bilimga ega bo’lishi talab etiladi.
3) Empirik Sotsiologik tadqiqot turlarining uchunchisi, bu analitik tadqiqot turidir. Bu tadqiqot turi yordamida u nafaqat o’rganilayotgan hodisa va voqyealar jarayonining tasnifini, balki uning zaminida qanday sabablar borligini ham ochib berish imkoniga egadir. Bu analitik tadqiqot turi orqali ijtimoiy voqyea va hodisalarni vujudga keltiruvchi omillar majmui ham o’rganiladi. Bu esa muhim tomoni. Bu tadqiqot turidan foydalanish jarayonida tadqiqotchi-sosiolog bevosita puxta ishlangan tadqiqot dasturi va maxsus Sotsiologik tadqiqotlar uslublarisiz natijali va samarali o’tkazish mumkin emas. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bu tadqiqot turi dastlabki sinov ham yuzaga kelishi va kompleks tasnifga ega bo’lgan. Empirik Sotsiologik tadqiqot maqsadini aniqlab, vazifani bajarishda boshqa pilotaj, tasnif turlariga nisbatan samarali tur hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |