O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


YAshirin yoki xufya kuzatish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə100/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
YAshirin yoki xufya kuzatish. Ochiq ko`zatilganda tadqiqotchi o`zi o`rganayotgan guruh yoki jamoa a`zolariga maqsadni aytadi. Masalan, mehnat jamoasidagi yangi a`zolarning psixologik adabtatsiya jarayonlarini ko`zatishda shu usuldan foydalanish mumkin. Lekin bu turdagi ko`zatishlarning imkoniyatlari ancha cheklangan. CHunki maxsus ko`zatish ob`ekti bo`lganini bilgan kishilar o`zlarini xohlabmi, xohlamaymi xulqlarini o`zgartiradilar.
Mehnat jamoasiga shogird niqobida kelgan tadqiqotchi esa jarayonlar va munosabatlarni tabiiy holda ko`zatish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bunday ko`zatish sotsiologiyada xufya ko`zatish usuli deb ataladi. Bu usul o`rganayotgan ob`ektni tabiiy holda tadbiq qilish imkonini beradi. Bu usul yordamida eng yashir


EMPIRIK SOTSIOLOGIK TADQIQOTNING SOSIAL EKSPERIMENT USULI.

Sosial tadqiqotlardan eksperiment usuli bu keng qo’llaniladigan, eng samarali, natijali va dastlabki qadimiy, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan uslublardan hisoblanadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda analiz, sintez qilish taqqoslashda nazariy va gipotezali g’oyaviy fikrlarni aniqlashda keng qo’llaniladigan nazariya va amaliyotni ilmiy izohlab, tavsiflashda eng qulay, to’g’ri, samarali uslubdir. Hatto sosial-utopistlar deb nomlanuvchi olimlar R.Ouen, Sh. Furye, Sen-Simonlar o’z ta’limotlarini ijtimoiy hodisa, voqyealarini chuqur o’rganib, eksperimentlar o’tkazib yaratgan edilar. Shuni ham ta’kidlash lozimki, AQShda XX asrning 20-chi yillari davomida injener F.Teylor “Siqib chiqarish”, jadallashtirish sistemasini sanoat ishchilarini jismoniy va ruhiy imkoniyatlari asosida moddiy qiziqishini keng qo’llash asosida eksperimental uslubini joriy etgan edi.


XX asrga va hozirda ham empirik Sotsiologiyadagi bu uslub keng qo’llanilmoqda. Hatto vatandoshimiz, jahonga mashhur buyuk olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayxon Beruniy ham ijtimoiy hayotiy voqyealarni solishtirish, taqqoslash va moddiy jismlarni analiz, sintez qilish, solishtirish, amaliy tajribalar o’tkazish asosida ilmiy xulosalar qilib, o’z ta’limotlarini yaratib, hozirga qadar o’z qimmatligini yo’qotmagan asarlar qoldirganlar. Jumladan, Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayxon Beruni “Minerologiya”, Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” va hokazolar.
Empirik Sotsiologik tadqiqotning eksperimental usulining hozirgi kunda qo’llanilishining zaruriyati, mohiyati asosiy imkoniyatlari, maqsadi va ahamiyati haqida taniqli iqtisodchi olim N.S.Aliqoriyev “Umumiy Sotsiologiya” nomli darslikda batafsil ba’rif berilgan24.
Umuman olganda eksperiment nima? – eksperiment, bu nazariya va gipoteza asosida ma’lum g’oya va fikrning hayotiy jarayonida ijtimoiy jarayonda haqiqiy to’g’riligi yoki mavjudligi noma’lum bo’lgan hodisa va voqyealarni aniqlashning aniq uslubi, tadqiqotchini qiziqtirib, hodisalarni aniqlovchi vosita va aloqani vujudga keltiruvchi usuldir. Undan kutiladigan maqsad nazariya va gipotezani borligini aniqlab isbotlash yoki inkor qilishdir25. Sosial eksperiment usulining quyidagi strukturasini o’zida mujassam etilganligini “Umumiy Sotsiologiya” darsligida quyidagicha ko’rsatib o’tadi, obyekt, subyekt (metodika, eksperiment holati, qayd qilish vositalari), moddiy va sosial sharoit (eksperimentni amalga oshirish uchun), o’tkazilgan eksperimentning natijalaridir26- deb ta’kidlaydi.
Umuman olganda, empirik Sotsiologik eksperiment tadqiqot o’tkazilishi jarayonida ikki asosiy soha namoyon bo’ladi.
1) eksperiment uchun sinab, tekshirib ko’rish uchun yangi sistema eksperiment joriy etiladigan soha, ya’ni eksperimental soha;
2) eksperiment o’tkazilmaydigan, avval qanday holatda bo’lsa, shundayligicha davom etadigan eski sistemali holat, ammo uning qanday o’zgarishlarga yoki o’zgarishlarsiz holatini uzluksiz kuzatib nazorat qilinib borishi holati, ya’ni nazorat qilinishi sohalaridan iboratdir. Agarda kuzatilish eksperiment tadqiqotlar jarayonida eksperimental sohada nazariya yoki gipotezali g’oyaviy mulohaza, fikrlar sinab qurilishi jarayonida o’zgarishlar sifatli natijalar qo’lga kiritilsa, nazariya yoki gipoteza isbotlangan bo’lib, amaliyotga joriy etiladi, aks holda esa inkor qilingan hisoblanadi.
Ushbu metod ijtimoiy turmush hamma sohalariga taaluqli bo’lib, Sotsiologik eksperiment o’tkazilishi imkoniyatiga egadir.
Shuning uchun ham iqtisodchi olim N.S.Aliqoriyev Sotsiologik tadqiqotlar amaliyotida keng qo’llaniladigan quyidagi uchta 1. yagona ajratish metodini; 2. nazorat guruxi metodini va 3. eks-post-fakto (juda kam qo’llaniladi) metodini ko’rsatgan. Shu bilan bir qatorda ushbu uchchala uslubdan foydalangan vaqtda ham olingan ma’lumotlar oldingi va keyingilari bilan taqqoslab, xulosa qilinadi va ma’lum-aniq fikrga kelinadi. Bu jarayon sermashaqqat, sabr-toqatlilik, batafsil, uzluksiz mehnat qilishni talab etiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin