Sosiometrik – bu so’rov guruhidagi shaxslararo munosabatlarning yaxshi ko’rish, yoqtirmaslik, do’stlik, adovat va boshqa jihatlarini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu so’rov metodi J.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan.
Test – guruhda o’tkazilishi yoki shaxsan bir kishida ham o’tkazish mumkin. Chunki bu usul yordamida shaxsning intellektual qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari o’rganiladi. Test usulidan ko’pincha talabalarning bilimini aniqlashda qo’llashadi.
Bundan tashqari, so’rovning panel, ekspert, yaxlit so’rov turlari ham mavjud bo’lib, bu usullardan talabalar guruhida ayrim hollardagina foydalanish mumkin.
So’rov usulining mohiyati shuki, tadqiqotchi savol beradi va respondent o’zining dunyoqarashi, ma’lumoti, bilimi va xohishidan kelib, savollarga javob beradi. So’rovlar odatda unchalik batafsil ma’lumot bermaydi, lekin uning to’g’riligiga shubha qilmasa ham bo’ladi.
So’rov metodidan foydalanishda tadqiqotchi juda muhim rol o’ynaydi. U to’planayotgan ma’lumotlarga juda katta ta’sir o’tkazishi mumkin.
Shuning uchun tadqiqotchi sosiologa bir qancha talablar qo’yiladi. Bu talablar quyidagilardan iborat:
Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi,
Respondent savollarga javob berishni xohlaydimi yoki yo’qmi?
Respondent savollarga javob bera oladimi, yo’qmi?
Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay tarzda, qay shaklda berish kerak?
Mana shu savollarni topa olgan tadqiqotchining tadqiqoti samarali ma’lumot tuplay olishi va muammoni hal eta olishi mumkin.
So’rov metodi boshqarish uchun qulay usuldir. So’rov metodining boshqa metodlardan imkoniyati katta hisoblanadi. So’rov metodi ham boshqa metodlar kabi o’zining ustunlik va kamchilik tomonlariga ega. Buni quyidagi jadval orqali bilib olishimiz mumkin. Jadvalda so’rov metodining boshqa metodlarga nisbatan qiyosiy tahlili berilgan.