O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə109/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   118
Intervyu – interiyuyer bilan respondent bevosita maqsadga muvofiq suhbati orqali ma’lumot olish usulidir.
Intervyur – respondent bilan maqsadga yo’naltirilgan, oldindan dasturlashtirilgan suhbat.
Texnikasi va shakli bo’yicha intervyu 3 xil bo’lishi mumkin:

  1. Nostandart – bunda suhbat umumiy mavzuda olib boriladi. Savollar oldindan tuzilmagan bo’ladi.

  2. Yarimstandart – intervyuning bu shaklida savollar oldindan tuzilgan bo’ladi hamda mavzu yuzasidan qo’shimcha savollar ham bo’ladi.

  3. Standart – bu i ntervyu shaklida savollar dasturi tuzib olingan bo’ladi, yopiq savollardan foydalaniladi.

Suhbat davomida intervyuning quyidagi vazifalari mavjud:
Respondentning intervyuga o’rgatish, suhbat savollarini to’g’ri aniq, tushunarli qilib berish, respondentga ijtimoiy – ruhiy ta’sir o’tkazish, maqsadini aniq yetkaza bilish, respondent bergan javoblarni tartib bilan qayd etib borish, suhbatni respondentga mos usulda tashkil etish, chalg’ituvchi savollar berish, suhbat oxirida respondentga mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildirish va sosiologik ma’lumotlarni to’plash.
Intervyuyer ma’lumotlarni qayd etish uchun magnitafondan foydalanishi mumkin. Bundan suhbatni tasmaga yozib olishda qo’llash mumkin. Suhbat paytida mazmun nafaqat so’zlar, balki ishoralar, mimika orqali ham o’zatiladi, shuning uchun vidiotasvir suhbatni yozishning takomillashgan vositasi hisoblanadi.


Anketa orqali so’rov o’tkazishni tashkil etish
Sosiologik tadqiqotlar ichida o’zining samarali va ishonchliligi bilan muhim o’rin egallovchi metod, so’rov metodi bo’lganidek, so’rov metodining tadqiqot o’tkazish uchun qo’llaniladigan usullari ichida o’zining qo’layligi, samaradorligi va tejamliligi bilan anketa usuli yetakchi o’rin tutadi.
Anketa – bu muammoni hal qilish uchun ilgari surilgan gipotezani tekshirishga yoki muammoni hal qilish yo’llarini topishga layoqatli savollar tizimidir. Shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, so’rov metodi u intervyu bo’ladimi, anketa bo’ladimi, test bo’ladimi umuman bu metodning asosiy instrumenti savol hisoblanadi. Anketada ham savollar asosiy un6sur bo’lib, uning qay darajada tuzilishi sosiologik ma’lumotlar to’planishida va sifatli javoblar olinishida muhim rol uynaydi.
Anketa savollar shakliga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri, ochiq, yopiq, yarim yopiq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, savollar muqobil bo’lishi mumkin. Masalan, Siz bo’sh vaqtingizda nima bilan shug’ullanasiz?
Yana menyu savollar ham bo’lishi mumkin. Masalan: Siz qanaqa kitob o’qg’ishni istaysiz?
Ochiq savol: Aytingchi, siz O’zbekiston kelajagini qanday tasavvur qilasiz?
Bu savolga respondent o’z dunyoqarashi, ma’lumotidan kelib javob yozadi.
Yopiq savol: Siz chet tillarini birontasini bilasipzmi?

  1. Ha

  2. Qisman

  3. Yo’q


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin