Dasturning funksiyalari: Nazariy – metodologik, ilmiy muammo va uni hal etish asosini tayyorlash aniqlanadi;
Metodik yig’ilgan ma’lumotlarni va ko’tiladigan natija usullari belgilanadi;
Tashkiliy tadqiqotchi (kollektiv) faoliyatini barcha ish bosqichlarida rejalashtiriladi.
Dasturning asosiy talablari: Zaruriyat;
Eksplisitlik (shartli belgilarga izoh berish, aniqlik kiritish);
Moslashuvchanlik;
Strukturalarning mantiqiy izchilligi;
Sosiologiya tadqiqotlarda axborotlarni kodlashtirish. Ushbu mavzuda sosiologik tadqiqotlardagi ma’lumotlar analizi, shakllantirish, operasionallik va metodlarni kodlashtirish, kodlashtirish o’lchov jarayoni sifatida, shakllantirish, pozision hisoblash tizimi, tartibli hisoblash tizimi.
Shuningdek, kodlashtirishning sosiologik tadqiqotlarda va iqtisoddagi o’rnini yoritib berishga harakat qilamiz.
Eksperement tadqiqotlarning analizi. Kodlashtirish tushunchasi:sosiologiyada vazifa yo’q (maktabdagiga o’xshash) bilan muammo, gipotezalar bor. Shuning uchun yirik sonli metodlar, muammolarni hal etish yo’llari, usullar, gipotezalarnitekshirish kabilar bor. Tabiiyki, ularni o’zlashtirish oson emas.
Biz kundalik hayotimizda doimiy ravishda shunday so’zlar bilan boshlanuvchi fikrlarga to’qnash kelamiz, masalan,
- «Jamoatchilik fikri so’rovining ko’rsatishicha qaysiki …»;
- «Sosiologlarning tasdiqlashicha, qaysiki…»;
- «Statistik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, ya’ni…»;
- «Sosiologik analiz tasdiqlashicha, qaysiki…».
Mana shu fikrlarda sosiologning turli hil ma’lumotlarni analiziga oid o’lkan ishlari yashiringan. Ushbu analizning tarkibiy qismida o’lchov jarayoni bo’ladi.
Ushbu jarayoni sosiolog uchun ijtimoiy obyektning xususiyatini o’rganish modelini ya’ni alohida sifatli modellarini ko’rishdan boshlanadi. Sosiolog uchun ijtimoiy reallikni qo’rish modeli bu (u har doim uni mushohadaga asoslab quradi) reallikni qism tarkiblarig, elementlarga ajratib tashlaydi. Gap alohida sifatli modellar haqida ketayapti. Unda voqyelik qismlarini o’rganish tushuniladi. Chunki har bir sosiologning o’z shaxsiy dunqarashi, bu voqyelikni qabul qilish shaxsiy tili bor. U har doim qandaydir paradigmalar tarafdori, qadaydir o’rta daraja nazariyalarni yoqlovchisidir. Bularning hammasini model sifatida belgilash mumkin, ya’ni sosiolog uy-fikri bilan quriladi. Student gumanitarlar uchun «model» termini salbiy munosabat keltirib chiqaradi va qandaydir mantiq, matematika bilan bog’liqdek bo’lib ular tajribaga asoslanmagan dalillarga achinmaydi. Bunday yondashuv o’zining mohiyaticha noto’g’ridir va bu termindan qo’rqish kerak emas. Mode lbu analizning element tilidir. Xususan modellarning bir ko’rinishi matematik modellar hisoblanadi. Sosiologik tadqiqotlar doirasida obyektning xususiyatini o’rganish modeli, xususiyati o’lchov modeli, xususiyatni analiz modeli o’zaro bog’liqdir. Ba’zan bu tushunchalar bir-birini almashtiradi. Ba’zan juda tor bu uchlikning tarkibini izohlanishi empirik sosiologiyada nomaqbul oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, analiz faqat matematik metodlarni qo’llash bilan o’lchov esa faqat matematik o’lchov nazariyasi orqali izohlanadi.
O’lchov jarayonini diagnostik jarayon sifatida ham anglash mumkin. Qo’pol qilib aytganda, respondentga respondentlar guruhiga va boshqa har qanday empirik obyektga diagnoz-tashhiz qo’yiladi. O’lchov jarayonini shkalalashtirish jarayoni sifatida ham qo’llaniladi, ya’ni nimadir yoki kimnidir o’lchash uchun shkalalar yaratiladi.
Bizning maqsadimiz turli tadqiqot holatlari shunday o’lchov yo’llaridan tuziladi va unda ro’y beradi. Avvaliga gap juda oddiy holatlar so’ng esa murakkablari haqida boradi.