SO’ROV METODI
Ustunligi
|
Kamchiligi
|
Katta sondagi shaxslar orasida samarali ma’lumotlar to’plash mumkin
|
So’rovnoma qat’iy standartlashtirilgan bo’lsa, respondent qarashlaridagi farqlar sun’iy tarzda yo’q qilinishi mumkin
|
Respondentlar javoblarini aniq taqqoslashga imkon beradi
|
Javoblar respondentning haqiqiy fikri bo’lmay qoladi
|
So’rov metodidan foydalanish va uni tashkil etish kurs ishining ikkinchi bobida batafsil berilganligi sababli bu bobda so’rov metodining xususiyati hamda ahamiyati atroflicha ko’rib chiqilmoqda.
Biz endi so’rovning asosiy elementi ya’ni unsurlari, foizlari haqida so’z yuritamiz va ochib berishga harakat qilamiz.
So’rovning asosiy elementlari:
- sosiolog, instrumentariyni tuzuvchi
- anketa yoki intervyur
- anketa yoki intervyu rejasi
- so’rov jarayoni
- respondent
- ijtimoiy voqye’lik
So’rovning asosiy vazifalari:
Moslashuv: muomila, murojaat va so’rovni boshlash;
Asosiy ma’lumotlarni yig’ish;
So’rovni yakunlash.
Umuman olganda, sosiologik tadqiqotlar ichida slo’rov metodi muhim va asosiy rol o’ynaydi. Talabalar guruhida va metoddan foydalanish va tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
So’rov metodidan foydalanishda eng samarali usullar va ularni tashkil etish qoidalari
Sosiologik tadqiqotlarda so’rov o’tkazish uchun so’rov metodining turli ko’rinishlari va usullaridan foydalanish mumkin. Biz talabalar guruhida o’tkaziladigan so’rov tadqiqotlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu jarayonda eng samarali natijalarni taqdim etuvchi hamda bir qator qulayliklar tug’diruvchi usullarini ko’rib chiqamiz. Bu mavzuda asosan talabalar guruhida so’rov o’tkazishda muhim o’rin tutuvchi test usuli, sosiometrik so’rov usuli, intervyu usuli haqidagi qisqacha va eng asosiy ma’lumotlar tahlil qilinadi. Bu bobning ikkinchi qismi esa anketa usulining kelib chiqishi, tuzilishi, tashkil etilishi, ahamiyati, roliga bag’ishlanadi. Uchinchi qismida esa anketerning vazifalari bilan batafsil tanishamiz.
Test so’rov usullari ichida o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Test orqali o’tkaziladigan so’rov maxsus sxema, rasmlar, takliflar, savollar yordamida respondentlarning shaxsiy sifati, bilimi, tajribasi, qobiliyatining qay darajada ekanligini aniqlaydi.
Testlarni vazifasi hamda maqsadiga qarab uch turga ajratishimiz mumkin.
Tematik birikmalarni aniqlaydigan;
Intellektual qobiliyatni aniqlaydigan;
Takliflarni yakunlaydigan.
Test - bu kishi bilimini, dunyoqarashini, intellektual salohiyatini aniqlab beruvchi vositadir. Talabalr guruhida test so’rovidan foydalanish juda muhim, chunki test talabani yaxshiroq o’qishga undaydi, xarakatchanligini oshiradi.
Test tuzish ma’lum bir qoidalarni talab qiladi. Test savollari to’g’ri, aniq va bir xil javob talab etiladigan bo’lishi lozim. Taxminiy topish extimolini kamaytirish uchun javob variantlarini to’rt-beshta qilish kerak. Bundan tashqari te testlar yaroqli, ishonchli, asoslangan, qulay tejamli bo’lishi kerak.
Yana bir muhim jihatini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu testlarni osonlik bilan kompterga kiritiladigan va kompyuter yordamida o’quvchi bilimini aniqlashga mo’ljallangan qilib tuzish hisoblanadi.
Test o’tkazishdan oldin testni tajribada sinab ko’rish lozim. Test o’tkazish jarayonida esa talabalarga yoki respondentlarga halaqit bermaslik, balki shart-sharoit yaratib berish kerak. Test usuli hozirgi kunda ko’proq ta’lim tizimida o’tkazilib, takomillashib, rivojlanib bormoqda.
Sotiometrik so’rov – jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni, jamoat ichidagi va jamoalar o’rtasidagi aloqalarning namoyon bo’lishini o’rganish maqsadida o’tkaziladi. Bu usul AQShlik sosiolog J.Ya.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, asosan kichik guruhlarda jumladan, talabalar guruhida, ishchilar guruhida keng qo’llaniladi.
Sosiometrik usul bugungi kunda kichik guruhlarning ijtimoiy – psixologik xususiyatlarini o’rganishda va shaxs xususiyati, mavqyeini bilib olishda eng samarali usul hisoblanadi.
J.Ya.Morenoning sosiometrik uslubi testga asoslangan, chunki test individlarning munosabatlarini baholashga imkon beradi.
Sosiometrik uslub so’rov o’tkazishni tashkil etish bir qancha bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi. Birinchi bosqich, guruhda test o’tkaziladyotgan kriteriya ya’ni chegara aniq bo’lsin;
Ikkinchi bosqich, har bir respondent chegaralanmagan miqdorda tanlash imkoniyati ega bo’lsin;
Uchinchi bosqich, individ aniq chegaralar bo’yicha tanlanishi uchun so’ralishi kerak;
To’rtinchi bosqich, test natijalaridan aniq foydalanish kerak;
Beshinchi bosqich, barcha tanlash ishlari guruh a’zolari ichida mustaqil ravishda bajarilishi lozim.
Oltinchi bosqich, test savollari shunda y ustunlik bilan tuzilishi kerakki, barchaga tushunarli bo’lsin.
Sosiometrik so’rov umuman olganda, guruh a’zolarining do’stlik, yaxshi ko’rish, yoqtirmaslik kabi jihatlarini aniqlash va albatta muammoni bartaraf etish maqsadida tashkil etiladi. Sosiometrik so’rov maxsus varaqalarni a’zolariga tarqatish va ma’lumotlar to’plangandan so’ng yig’ib olish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Olingan natijalar tahlil qilinib, muammoni hal qilish asosiy vazifa qilib qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: |