O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


TALABALAR GURUHIDA O’TKAZILGAN SOSIOLOGIK TADQIQOTLARDA SO’ROV METODIDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə106/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
TALABALAR GURUHIDA O’TKAZILGAN SOSIOLOGIK TADQIQOTLARDA SO’ROV METODIDAN FOYDALANISH

  1. Talabalar guruhida so’rov o’tkazishning ahamiyati

Mustaqil davlatimizning bebaho intellektual salohiyatini yaratuvchi oliy o’quv yurtlaridagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ruhiy, g’oyaviy muammolarni o’rganish, talabalar guruhida so’rov o’tkazish orqali ularning dunyoqarashini aniqlash va xohish istaklarini amalga oshirish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish yurt kelajagi, farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyati kasb etadi. Jamiyat hayotida eng faol hisoblangan talabalar guruhida so’rov o’tkazish, ularning fikr-mulohazalarini o’rganish, muammolarini hal etish har bir davlatning asosiy vazifasi bo’lishi lozim31.
Talabalar guruhida so’rov o’tkazishni tashkil etish uchun so’rov metodlaridan foydalanish, ularni qo’llay bilish, qaychi usul eng samarali natijalar berishi mumkinligini oldindan ko’ra bilish kerak.
Sosiologik tadqiqotlar ichida talabalar guruhida so’rov o’tkazishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Chunki so’rovlarni o’tkazish natijasida talabaning bilimi har tomonlama chuqur tekshiriladi, talabalarda o’qishga bo’lgan qiziqishni oshiradi, talabalar bilan yaqindan turib ishlash sharoitini yaratish bilan birga javobgarlikni oshiradi. Talabalar guruhida so’rov o’tkazishni tashkil etishning yana bir muhim xususiyati shundaki, bunda tadqiqotchidan yuksak maxoratni, so’rov o’tkazishni tashkil etishda juda ehtiyotkorlik bilan elementar narsalarga ham e’tibor bergan holda tadqiqotga kirishishni talab etadi.
So’rov o’tkazish bir nechta turlarga bo’linadi:

  1. Anketalashtirish – yozma shakldagi so’rov bo’lib, texnikasiga ko’ra tarqatiladigan, matbuot orqali, telefon orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bu usul talabalar guruhida so’rov o’tkazishda qo’l keladi. Bunda tarqatiladigan anketa so’rovnomasidan foydalaniladi.

  1. Intervyu (suhbatlashish) – og’zaki so’rov turi hisoblanib, respondent bilan intervyur yuzma-yuz savol javobni amalga oshiradi. Intervyudagi talabalar guruhida foydalanishda guruhiy intervyu ko’rinishidagi turidan foydalanish kerak. Bu intervyu usulida odatda, umumiy mavzuda munozara yuritiladi.


  2. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin