O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Kurashchilarning musobaqalarda qatnashish taktikasi



Yüklə 389 Kb.
səhifə3/3
tarix08.04.2023
ölçüsü389 Kb.
#94969
1   2   3
Abdullayeva Sarviniso

3 .Kurashchilarning musobaqalarda qatnashish taktikasi.

Butun musobaqani o‘tkazish taktikasi vazn o‘lchangandan so‘ng, ya’ni raqiblar tarkibi aniqlangandan va yaqin orada bo‘lib o‘tadigan bellashuvlar juftliklari tuzilgandan keyin belgilanadi. Shundan keyin musobaqalarda ma’lum bir o‘rinni egallash uchun o‘tish lozim bo‘lgan davrlar (uchrashuvlar) sonini taxminan bilish maqsadida har bir uchrashuv maqsadi aniqlanadi. Kurashchi qaysi bellashuvlarni “sof” g‘alaba, yaqqol ustunlik bilan, qaysilarini ballar bo‘yicha yutishi lozimligini belgilab olish lozim. Taktik jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutish maqsadida har bir davra tugashi bilan turnirdagi o‘z holati hamda raqib holatini baholab borish zarur. Buning uchun o‘z vazn toifasi bo‘yicha musobaqalar jadvalini olib borish lozim.


Ko‘p sonli qatnashchilar (40 dan ortiq) ishtirok etadigan musobaqalarda kurashchi finalga yetib borishi uchun kamida beshta bellashuvni o‘tkazishi kerak. Katta yuklamani hisobga olib, kurashchi bellashuvlar o‘rtasidagi tanaffuslarda o‘zining jismoniy kuchi va ruhiy qobiliyatlarini yaxshi tiklab borishi, ortiqcha jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan holi bo‘lishi zarur. Jamoa musobaqalarida murabbiy har bir uchrashuvga dastlabki taktik reja ishlab chiqadi. U har bir ishtirokchi oldiga ma’lum bir vazifani qo‘yadi: “sof” g‘alaba, yaqqol ustunlik bilan yoki ballarlar bo‘yicha g‘alabaga erishish.
Dunyo bo‘yicha 30 milliondan ortiq yoshlar kurash bilan muntazam shug‘ullanadi. O‘z tillarida kurash qo‘llanmalarini chop qilgan davlatlar soni 50 dan oshdi. Bugun dunyoning turli burchaklarida kurashni bilishadi, uni sevishadi. Ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanayotganlar soni yildan yilga ortib borayotgani quvonarli albatta. Kurashni tarixi, buguni va kelajagi haqida qo‘llanmalar, kitoblar chop etildi. Bu esa kurashni yanada chuqurroq o‘rganishga, bilishga zamin yaratadi.
Olimpiyada tamoyillariga tamomila mos keladigan kurashni 2002- yilda Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan “Osiyo sporti” deb e’lon qilinishi bejizga emas. Kurashni Xalqaro sport turi sifatida maydonga chiqishi jahonda nufuzli sport tashkilotlari hamda dunyo mamlakatlarining kurashga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Kurashni rivojlantirish borasida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitalar, Afrika qit’aviy olimpiya qo‘mitasi, Amerika olimpiya qo‘mitalari bilan keng ko‘lamdagi samarali hamkorligi, jahon jamoatchiligini e’tiborini tortmoqda.
Qit’amizning ikkita nufuzli musobaqasi:
-yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan to‘rtinchi qit’a o‘yinlari;
-yakkakurashlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo o‘yinlarida ushbu sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar uyushtirildi.
Bundan tashqari 2018-yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVII Osiyo o‘yinlarida kurash sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar o‘tkazildi. Milliy kurashni butun dunyoda rivojlantirish va ommaviylashtirish maqsadida amalga oshirilgan muhim. Razvedka kurashchilarning eng muhim taktik vositasi hisobalanadi. U bellashuv davomida oldindan va bevosita amalga oshiriladi.
Musobaqa oldidan dastlabki razvedka kurashchining musobaqa qoidalari, uning maqsadi, miqyosi, xususiyati, o‘tkazilish usullari, sinov xususiyatlari, o‘tkazish joyi va vaqtini bilishni nazarda tutadi. Muayyan raqib tayyorgarligi: uning texnik-taktik tayyorgarligi, yaxshi ko‘rgan usullari, qaysi usullar bilan yutishi va qaysilari bilan yutqazib qo‘yishi to‘g‘risida, oldindan ma’lumotlar olish kerak. Bu ma’lumotlarni kurashchi va murabbiy matbuot, kinolavhalar, videoyozuvlar, shu raqib bilan avval uchrashgan kurashchilarning ma’lumotlari orqali olishi mumkin. Uchrashish ko‘zda tutilayotgan raqiblarga imkoni boricha alohida qog‘ozcha tayyorlash va unga uning jismoniy hamda texnik tayyorgarligi, ularning rivojlanish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd qilish lozim. Raqibning boshqa kurashchilar bilan bo‘lgan bellashuvlardagi xatti-harakatlarini kuzatish ko‘p foydalidir.
Bellashuv davomidagi razvedka raqibning tayyorgarligi to‘g‘risida yanada aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Razvedka asosan bellashuv boshida o‘tkaziladi va raqib qanday usullardan foydalanayotganligi, qanday qarshi hujum uyushtirayotganligi, uning taktik tayyorgarligi usullari, reaksiya tezligi, kuchi va chidamliligini aniqlashga qaratiladi. Buning uchun raqibga hujumning u yoki bu usulini bajarish uchun ataylab qulay sharoit yaratish bilan uni chorlashni qo‘llash mumkin. Bunda himoyalanishga va qarshi hujum uyushtirishga tayyor turish lozim. Raqibning javob reaksiyasini aniqlash uchun turli xil usullar bilan aldamchi hujumlarni qo‘llash mumkin, lekin bir vaqtning o‘zida uning qarshi hujumlaridan himoyalanishga tayyor turish lozim. Manyovr olib borish raqibning hujum usullarini aniqlashga xizmat qiladi (turish holatini o‘zgartirish, raqibdan chekinish va unga yaqinlashish, uning atrofida harakatlanish, va h.k.).
Gilam maydonida, uning markazida yoki chetida holatni o‘zgartirish razvedka maqsadi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. U raqib qaysi joyda kurashishni afzal ko‘rishini, unga qanday hujum qilish yoki undan qanday himoyalanishni aniqlashga imkon beradi. Ma’lumotlarni har safar yangitdan to‘plash zarur emas, avval shu raqib bilan bo‘lgan uchrashuvlardan ma’lum hamma axborotdan foydalanish hamda ehtimoldagi raqiblar tayyorgarligi to‘g‘risidagi qog‘ozchaga ega bo‘lish lozim.
Razvedkadan tashqari, muhim taktik harakatlardan yana biri niyatni yashirish hisoblandi. U kurashchining taktik harakati bo‘lib, bunda kurashchi kurash jarayonida raqibning razvedka qilishiga to‘sqinlik qilgan holda undan o‘zining asl niyatini yashiradi. To‘g‘ri yashirish kurashchining shaxsiy kashfiyotchiligiga bog‘liq. Tezlashgan, qattiq nafas olish va harakatlarning sustligi bilan qattiq toliqqanlikni namoyish qilish va shu vaqtning o‘zida “portlashga” tayyor bo‘lib, bellashuvda tez va keskin hujumni bajarish mumkin. Bo‘sh raqib bilan o‘zining “shoh” usullarini qo‘llamasdan turib ikkinchi darajali usullar bilan g‘alaba qozonishga harakat qilish lozim.
Kurashda usullar texnikasi va harakatlar taktikasi bir butun holatda namoyon bo‘ladi. Texnika kurash usullarini bajarish uslubi, taktika esa kurash vaqtida turli xil vazifalarni hal etish uchun texnik harakatlarni qo‘llash usulidir. Bunda o‘zi hamda raqibining imkoniyatini hisobga olish kerak, albatta.
Kurashish usullari va harakatlariga o‘rgatish, ularni takomillashtirishni quyidagi tamoyil asosida ya’ni usul harakatlariga o‘rgatish va ularni takomillashtirish har bir usul va harakatlarni ularni kombinatsiyalarini tushunish asosida olib borish lozim.
Texnik tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulot jarayonining eng muhim tomoni. O‘quv yillari davomida takomillashtiriladi va yakkalashtirilib (individuallashtirib) boriladi. Shuning uchun ham unga katta e’tibor beriladi. Kurashchining texnikasi qanchalik boy bo‘lsa, hamda u kurashdagi ayrim usullar va harakatlarning taktik ma’nosini qanchalik yaxshi tushunsa, uning taktik mahorati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kurashchining texnik tayyorgarlik darajasining yuqori bo‘lishligi bu texnik tayyorgarlikka, ya’ni kurash sohasidagi harakat ko‘nikmalarini konkret ravishda tarkib toptirish, ularni takomillashtirish, shu bilan birga eng muhim jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirishga bog‘liq ekanligiga asoslanishi kerak. Shu sababli kurash maktabi bilan belgilangan harakat usullari va ish ko‘rish usullarini tarkib toptirish va takomillashtirishda faqat usullar texnikasini egallab olish emas, balki turli raqiblar kurashganda, shu texnikani mohirona qo‘llash muhimdir. Bu kurashchi kurash texnikasini yuksak darajada egallangan bo‘lishi va kurash vaziyatida g‘alabaga erishish uchun mana shu texnikani mohirona qo‘llay bilishi, ya’ni rang-barang taktikaga ega bo‘lishi kerak, degani. Bularning hammasi texnika va taktika bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘lanibgina qolmay, balki axloqiy va irodaviy tayyorgarlik jihatidan ham o‘zaro bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Kurashchining texnik usullari haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun tayyorlovchi va asosiy guruhlar berilgan. Usullarni tayyorlovchi guruhida kurashchining asosiy holati va harakatlari, asosiy guruhda uloqtirish, himoya va qarshi usullar ochib berilgan. 1 va 2 guruhlarda turli xil kombinatsiyalashgan harakatlar bo‘lishi mumkin.
Kurash texnikasi usullari va harakatlar taktikasining o‘zaro bog‘liqligini tushunish uchun kurashdagi taktik harakatlar tizimini o‘rganish zarur. Undan biz, harakatlarning 3 guruhi borligini, ya’ni birinchi tayyorlovchi harakatlar – bular asosiy harakatlar: kuzatish, raqibining zaif tomonlarini qidirish, manyovr qilish, hiyla ishlatish, raqibini chalg‘itishlarning muvaffaqiyatini ta’minlashi kerak. Ikkinchi asosiy taktik harakatlar – hujum va himoya harakatlari, qarshi hujum harakati, 3 ayrim usul va harakatlarini qo‘llab turlicha kurashish, mashg‘ulot bellashuvi, turnir, musobaqa bellashuvlari va hokazo.
Kurash usullari va taktik harakatlar to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lgan usullar tizimini va taktik harakatlar tasnifini tahlil qilamiz. Bu tasnifda kurash usullari tizimini o‘qish, ya’ni, jarayondagi o‘rganish izchilligida tuzishga harakat qilindi. Shubhasiz, usullar tizimining bunday tuzilishi qat’iy emas, albatta. Shu sababli ham bir murabbiy ta’lim izchilligini shug‘ullanuvchilar kontingentiga qarab ijodiy ravishda o‘zgartirish va takomillashtirish mumkin.
Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo‘lishi – raqibining holatini bilishi; fiziolog bo‘lishi – harakatlari, nafas olishi va ter chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo‘lib, raqibni soxta harakatlar bilan aldab, to‘g‘ri usul qo‘llashdan adashtirib o‘ynashi, raqibga o‘z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o‘z rejasini qat’iy amalga oshiruvchi hamda g‘alabaga erishuvchi mard, irodali sportchi bo‘lishi kerak.
Hiyla ishlatish – yakka holda raqibini ushlab olish turli xilda siljish, qulay sharoitlar yaratish hamda usulni muvaffaqiyatli qo‘llash, himoya va qarshi hujum uchun qulay payt tanlash maqsadlarida tayyorlovchi harakatlar qilishdir. Turli holatda va turli masofalarda turib, aldash harakatlari va soxta harakatlarni undash, taklif qilish usulini qo‘llab, shuningdek, tanlangan usulni yoki qarshi hujum harakatini o‘tkazish uchun hujum va himoya harakatlaridan foydalanib hiyla ishlatish mumkin. Hiyla bilan sportchi tashabbusni o‘z qo‘liga olishga, faollik ko‘rsatishga, kerakli harakat uchun gilamdan qulay joyni tanlashga ba’zan esa raqibidan qochishga harakat qiladi.
Raqibidan o‘zining haqiqiy niyatlarini yashirish, uning hushyorligini yo‘qotish, chalg‘itish va o‘zi o‘ylagan rejasini amalga oshirish maqsadida harakatlari va holati soxtalashtiriladi. Soxtalashtirilgan harakatlarida tajribali kurashchilar raqiblariga o‘zlarini bamaylixotir, sustkash qilib ko‘rsatadilar, ba’zilar bo‘shashgan bo‘lib, to‘satdan butun kuchlarini ishga soladilar, ba’zi birlari iste’dodli artist kasbiylikni ifodalaydilar – u yoqdan bu yoqqa yuradi-lar, muskullarini silkitadilar, boshqalari esa kurashish oldidan bamaylixotir, bo‘shang yoki o‘ziga ishonch bilan o‘tiradilar va hokazo.
Qat’iy hujumkorlik harakatlari, mudofaa – himoya va qarshi hujum harakati asosiy taktik harakatlardir.
Hujum qilishdagi oddiy hujum usuli va harakatlariga ko‘proq bir sur’atda bajariladigan va bir taktik vazifani hal qiladigan ayrim uloqtirishlar kiradi. Ular chil, supurma usullari bilan va ko‘tarib uloqtirish; bir siltab ko‘tarib olib, engashib yelkadan oshirib uloqtirish usullaridir.
Hujum qilishdagi murakkab hujum usuli va harakatlari – bular ikki tezlikda aldash, soxta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan uloqtirish hamda turli xil kombinatsiyalar – usullar majmuidan iborat.
Himoya usuli va harakatlari himoya va qarshi hujum harakatlaridir. Himoya harakatlariga quyidagilar kiradi: raqibning hujumda qo‘llaydigan usullariga qarshi usul ishlatish bilan hujumdan qutilish yoki undan qochish.
Ruhiy tayyorgarlik. Bu intellektual, axloqiy, etik-estetik, va irodaviy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi, u kurashchilarning mashg‘ulotlari paytida ham musobaqalar jarayonida va shuningdek, shug‘ullanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida amalga oshadi. Ruhiy tayyorgarlik kurashchining ongli xatti-harakati, ishlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy, irodaviy sifatlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash hamda ularning to‘g‘ri namoyon bo‘lishidagi asosiy narsa qat’iy e’tiqod, tuyg‘u, axloq talablariga mos bo‘lgan odatlardir. Shu boisdan ham ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonida shug‘ullanuvchilar ongida burch va sport, shon-sharaf, o‘rtoqlik va boshqa millat kurashchilariga hurmat, jamoa oldidagi mas’uliyat hislarini, vatanga va kurashga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash, ayniqsa muhimdir. Kurashchining irodaviy tayyorgarligi o‘quv mashg‘ulotlarida, kurashning munozarali vaziyatlarida va musobaqalar vaqtida maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlardan tashqari, uning mehnat qilish, o‘qish va jamoat ishlariga faol ishtirokida ham yaqqol ko‘rinadi. Mashg‘ulot jarayonidagi bu xatti- harakatlar har doim maqsadga erishish yo‘lidagi turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarni yengish bilan bog‘langan.
Ruhiy tayyorgarlik butun o‘quv mashg‘ulot va tarbiyaviy jarayonga singib ketib, kurashchini ayrim mashg‘ulotlarda, muayyan biron-bir bellashuvda va umuman musobaqalarda uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga moyil qiladi. Shuning uchun ham musobaqalarga ruhiy tayyorgarlik bu kurashchi va murabbiy bilan birgalikda amalga oshiriladigan, his-tuyg‘ularni tartibga soladigan va bu his-tuyg‘ularni boshqarishga, bellashuv vaqtida raqibining tushunishga qaratilgan harakatlar texnikasi va taktikasining nozik tomonlarini anglay oladigan jarayon sanaladi.
Kurashda shaxsning aqliy rivojlanishi, harakat va taktik faoliyat jarayonida uning tez va aniq fikr yuritishga bo‘lgan qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Kurashchi raqibining tashqi belgilari, xatti-harakati, nafas olishi va harakatlariga qarab uning holatini bilish qobilyatiga ega bo‘lishi, uning fikrlari, niyati va hokazolarni bilib olishi va unga qarshi o‘zining harakat rejalarini tezda tuza olishi hamda uni amalga oshirishi, o‘zining soxta va chin harakatlari bilan raqibini aldashi kerak. Bularning hammasi kurashchiga taktik va texnik usullarni muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beradi. Milliy kurashda nazariy, taktik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalar kurashish mahoratiga, raqibi tomonidan ko‘rsatiladigan katta yuklamaga chidash va kam kuch sarflab, bellashuvda g‘alabaga erishish malakalariga aylanishi muhimdir.
Kurashning ko‘p ming yillik tarixini chuqur o‘rganish haqiqatdan ham kurash azaldan polvonlarning jismoniy va ma’naviy yetukligi namunasi sifatida sharaf topganligini, qadrlanganligini tasdiqlaydi. Shu bois polvonlarning jismoniy baquvvatligi, navqiron qaddi-qomati yoki kurashchanlik, harakatchanlik, chaqqon-u epchillik jihatlari bor tomoni, ularning keng davrada o‘zlarini qanday tutishi odob-axloq, ma’naviy qiyofasi, raqibiga muomalasi, jamiyatga, tevarak, atrofga munosabati vatanparvarligi alohida o‘rin tutadi.
Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, irodani toblaydigan, kishini halollik sari intilishga undaydigan, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengib o‘tishga o‘rgatadigan, qalbida ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladigan kurash, shiddatkor hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga, bunyodkor yoshlarning barkamol bo‘lishida o‘zining benazir hissasini qo‘shadi. Zero, polvonlik falsafasi kishini komillik sari yetaklaydi. Demak, kurash bu – “maqsadga halol erishish yo‘lidir!”
Modomiki kurash, kurashchi-polvonlardan jasurlik, qat’iylik, halollik, to‘g‘rilik, mardlik va poklik singari yuksak fazilatlarni namoyon etishni talab etarkan, bu o‘z navbatida ularning zimmasiga katta mas’uliyat hissini ham yuklaydi. Zero, boshqalarga ibrat-namuna ko‘rsatadigan bu toifaga mansub kishilar avvalo o‘z shaxsini jismonan va ruhan takomillashtirib, yetuklik va komillik sari doimiy harakatlanib borishlari zarur bo‘ladi.
Asrlar davomida amal qilinib kelgan va bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan XV asrning buyuk Mutafakkiri Husayn Voiz Koshifiyning kurashchilar odobi borasida o‘gitlari bugungi kun kurashchilarining ham zaruriy odob tamoyillari etib qabul qilingan.
Kurashni to‘liq o‘rganishni istagan har bir yigit yoki qiz uning qonun-qoidalariga, etikasi va axloq-odob tamoyillariga rioya qilmoqlari zarur. U o‘z xatti-harakatlari va axloqi bilan hech qachon o‘z vatanining va albatta kurashning obro‘sini to‘kmasligi kerak hamda hayotining oxirgi daqiqasigacha xalqiga, yurtiga, kurashiga har qanday holatda ham sodiq qolishi kerak.
Shu bilan bir qatorda kurashchilar mashg‘ulot vaqtida yoki olishuv paytlarida ortiqcha gapirmasliklari (agar bunga zaruriyat bo‘lmasa), diqqatlarini bir joyga to‘plab, boshqa narsalarga qaratmasliklari, bir- birlariga shikast yetkazmasliklari zarurdir.
Axloqiy e’tiqot va kurashchining axloq normalari uning irodaviy biror maqsadga qaratilgan faoliyati asosini, bosh motivlarini tashkil etadi. Kurashchi faoliyatining ana shu tomonlari axloqiy-irodaviy tayyorgarlikka birlashtiriladi.
Kurashchining irodaviy tayyorgarligi uning asosiy irodaviy sifatlari: maqsadga qaratilganlik; qat’iylik va sabot-matonat; dadillik; mehnatsevarlik; tashabbuskorlik; mustaqillik; o‘zini tuta bilishlik kabi fazilatlarni tarkib toptirish va takomillashtirishdan iborat.
Irodaviy sifatlar hech qachon bir-biridan ajralgan holda namoyon bo‘lmaydi, balki birlikda, o‘zaro bog‘langan holda ma’lum bir tizimni hosil qilib namoyon bo‘ladi. Har bir insonning xatti-harakatida bu xususiyatlar turlicha ko‘rinadi. Bir insonda qat’iylik va sabot-matonat, boshqasida dadillik, yana birisida o‘zini tuta bilish xususiyati ko‘proq ifodalanadi. Lekin xilma-xil kurash turlari bilan shug‘ullanuvchi kurashchilarni birlashtiradigan umumiy xususiyat ham bor, bu maqsadga qaratilganlik va yuqori darajadagi mehnatsevarlikdir. Bular irodaning barcha sifatlarini birlashtiradi va yuqori sport natijalariga erishishga yetaklaydi.
Jismoniy tarbiya va sport shu jumladan milliy kurash bilan shug‘ullanish jarayonida iroda ikki yo‘nalishda – umumiy va ixtisoslashgan yo‘nalishda rivojlanadi va takomillashib boradi.
Umumiy yo‘nalish – faoliyatida irodaviy sifatlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Bular insonga turli xil to‘siqlar va qiyinchiliklarni yengib o‘tib, faqat kurash bilan shug‘ullanish vaqtida emas balki mehnat, o‘qish va ijtimoiy foydali ishlarda o‘zini irodali qilib ko‘rsatishga imkon beradi.
Irodani rivojlantirishning ixtisoslashgan yo‘nalishi kurash turining xususiyati va kurashchining yengib o‘tishi lozim bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklar bilan belgilangan irodaviy sifatlarni takomillashtirish bilan xarakterlanadi.
Masalan, milliy kurashda maksimal ravishdagi qiyinchiliklar mashg‘ulot jarayonida hamda gavda tuzilishi, kuchi, epchilligi temperamenti, bellashuvni olib borishdagi taktik uslubi, funksional tayyorgarligi bo‘yicha xilma-xil raqib bilan kurashish vaqtida uchrashi mumkin. Irodaviy zo‘r berish jismoniy va asab-ruhiy kuch sarflash bilan emas, balki anchagina og‘riq tuyg‘ulari bilan ham bog‘liqdir. Kurashchidan qat’iy maqsadga intilganlik, tashabbuskorlik, faollik va mustaqillik, qat’iylik va sabot-matonat, dadillik va jasurlik o‘zini tuta bilish va temirdek mustahkam iroda talab etiladi.
Irodaning umumiy va ixtisoslashgan holda rivojlanishi o‘zaro bog‘langandir. Umumiy rivojlanish ixtisoslashgan rivojlanishga baza bo‘lib xizmat qiladi, ba’zan esa ixtisoslashgan iroda kurashchining mehnat, o‘qish va hayotiy muhim faoliyat turlarida yuksak irodaviy namunalarini ko‘rsatishga imkon beradi.
Irodaviy tayyorgarlik jarayonini boshqarishda murabbiy yetakchi rol o‘ynaydi va u o‘z ishida sport jamoasiga tayanadi. Biroq irodaviy tayyorgarlikda o‘z-o‘zini irodaviy jihatdan tarbiyalash va umuman kurashchining o‘z-o‘zini tarbiyalashi katta ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini tarbiyalash – insonning o‘zi ustida, o‘zining jismoniy va ma’naviy takomillashuvi ustida ishlashi jarayonidan iborat bo‘lib, o‘zi haqida bilishiga, o‘z-o‘zini bilishiga asoslangandir.
O‘z-o‘zini bilish o‘zini takomillashtirish ehtiyojini uyg‘otadi o‘z- o‘zini tarbiyalash ishtiyoqining hosil bo‘lishiga har tomonlama va maxsus jismoniy hamda ma’naviy rivojlanganlikning yuqori darajasiga erishishga yordam beradi. Busiz sport mahoratining cho‘qqilariga erishish yo‘lida uchraydigan turli qiyinchiliklarni yengish muhim emas.
Turli darajadagi qiyinchiliklarni yengish – kurashchi irodasining namoyon bo‘lishi va tarbiyalanishi uchun zaruriy faktordir.
Kurashchining faoliyati belgilangan maqsadga erishish nazariy umumiy maxsus jismoniy taktik va texnik tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal etish turli xil sheriklar va raqiblar bilan bo‘ladigan mashg‘ulotlarda qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liqdir.



1993-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Litva Prezidenti Algirdas Bazauskos bilan uchrashdi va Litvada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Litva, Vilnos shahri)





1999-yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupovni kurashni rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotladi. (Toshkent shahri)





2000-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi a’zosi Palo Shmitt bilan uchrashdi va Vengriyada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Vengriya, Budapesht shahri)



2002-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Hindiston Milliy Kongress partiyasi lideri Soney Gandi bilan uchrashdi va Hindistonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Hindiston, Dehli shahri)





2002-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi azosi Vitaliy Smirnov bilan uchrashdi va Rossiyada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Malayziya, Kuala-Lampur shahri)





2002-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Xalqaro Olimpiyada ijroyi Qo‘mitasi a’zosi Sergey Bubka bilan uchrashdi va Ukrainada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Malayziya, Kuala-Lampur shahri)





2002-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi azosi Xalqaro Og‘ir atletika federatsiyasi Prezidenti Tamosh Ayan bilan uchrashdi va Vengriyada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara
olib bordi. (Shvetsariya, Syurix shahri)



2004-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi
Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov FIFA Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi a’zosi Yozef Blatter bilan uchrashdi va Yevropada (Shvetsariyada) kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Toshkent shahri)







2005-yil Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasining bosh binosida Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi Prezidenti Jak Rogge Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov bilan uchrashdi va Jahonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi.
(Shvetsariya, Lozanna shahri)






2005-yil Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasining bosh binosida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi bosh direktori Urso Lakotto bilan uchrashdi va Jahonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Shveysariya,
Lozanna shahri)






2006-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Osiyo Olimpiyada Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi a’zosi Shayx Ahmad Al-Sabax bilan uchrashdi va Osiyoda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara
olib bordi. (Quvayt)









2006-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi
Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Afrika Milliy Olimpiyada Assotsiatsiya Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi a’zosi Lassana Palenfo bilan uchrashdi va Afrikada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Toshkent shahri)






2006-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi a’zosi Osiyo Olimpiyada kengashi bosh kotibi Randhir Singx bilan uchrashdi va Hindistonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi. (Toshkent shahri)










2006-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Milliy Olimpiyada Assotsiatsiya Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada ijroyi Qo‘mitasi a’zosi Pan-amerika Olimpiyada Qo‘mitasi Prezidenti Mario Vazkez Ranya bilan uchrashdi va Meksikada kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi.
(Koreya, Seul shahri)








2007-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Mo‘g‘iliston Prezidenti Yenxbayar Nabmarin bilan uning qarorgohida uchrashdi va Mo‘g‘ilistonda kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib bordi.
(Mo‘g‘iliston, Ulan-Bator shahri)



2007-yil Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi
Prezidenti bo‘lgan K.Yusupov Yevropa Olimpiyada Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada Qo‘mitasi a‘zosi Patrik Xiki bilan uchrashdi va Yevropada (Irlandiyada) kurashni rivojlantirish bo‘yicha muzokara
olib bordi. (Italiya, Rim shahri)




Yüklə 389 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin