«Mikrokreditbank» ATB Chiroqchi filiali raxbari: Islomov V.B. ______
(ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni)
Talabanining amaliyot o’tashi bo’yicha amaliyot obyekti tomonidan bildirilgan YAKUNIY XULOSA
Ushbu ishlab chiqarish amaliyotini “Mikrokreditbank” ATB Chiroqchi tuman filialida o‘tar ekanman, bankning xizmatlariga jismoniy va yuridik shaxlarning talablari katta. Mazkur mijozlar aholining nisbatan daromadi yuqoriroq qismi hisoblanadi. Fikrimcha, aynan bu omil bankdagi mablag‘lar aylanuvchanligini, likvidlilikni, qolaversa, bankning samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sababi, daromadi yuqori aholini bank to‘lovga qobilligini ijobiy baholaydi va natijada bank bilan mijoz o‘rtasida mustahkam ishonch yuzaga keladi. Shunda, bankning kredit qo‘mitasi tomonidan bankka murojaat qilgan ko‘plab mijozlarning murojaati ro‘yobga chiqadi. Qisqacha aytganda, bank mahsulotlariga bo‘lgan talab ham, bank mahsulotlarining taklifi ham bir tekisda oshadi. Bu esa bankda barqarorlikni va raqoatbardoshlikni ta’minlaydi. Banklarda buxgalteriya hisobi kursini nazariy jihatdan o‘zlashtirgandan so‘ng, ushbu bilimlarni “Mikrokreditbank” ATB Chiroqchi tuman filiali misolida amalda guvohi bo‘ldim. Bankda bo‘limlar turli xil va ular barchasi birgalikda bitta maqsadni ko‘zlashadi, u ham bo‘lsa – foyda olish. Shunday ekan, bajargan ishlar va amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi yuritilmas ekan, har xil mavhumliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bankda har bir xodim ma’lum bir hujjatni rasmiylashtirayotganda mas’uliyat bilan yondoshishi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan ravishda bajarishi lozim hisoblanadi, boisi bunda nafaqat bank manfaati, balki mijozning ham manfaati mavjud ekanligini unutmaslik joiz. Bankdagi har bir operatsiyalarni bajarganda ularni ro‘yxatga olinishi hamda buxgalteriya hisobining yuritilishi va operatsiyalar tugaganidan so‘ng ular bilan bog‘liq tegishli hujjatlarning arxivda saqlanishini guvohi bo‘ldik.
“Mikrokreditbank” ATB Moody's xalqaro reyting agentligi “Mikrokreditbank” ATBning yangilangan reytinglarini tasdiqladi. Shunday qilib, bank depozitlari reytingi “B2” darajasida, bazaviy kredit reytingi ham “B2” darajasida baholanmoqda. Reytinglar o’zgarish prognozi - "Barqaror". Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan, aktivlarning yuqori sifatini, rentabelligini hamda barqaror moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi
Xulosa qilib aytganda, bankda buxgalteriya apparati muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu apparat qanchalik bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda va tizimlilikda olib borilsa, bank shunchalik aniq va ishonchli faoliyat yurita oladi. Buxgalteriya apparati tarkibiga yetuk, malakali, o‘z ishini sevadigan va o‘z ustida uzliksiz ishlaydigan talabalarning yetishib chiqishi har bir bankning samarali faoliyat yuritishiga olib keladi hamda jahon bozorida raqobatbardosh banklar sifatida yetishib chiqishga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan va mustaqil innovatsion fikrlay oladigan kadrlar orqali erishish mumkin.
Amaliyot o’tash joyidan tayinlangan rahbar
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari
(nasl nomasi va ismi) (imzo) (muhr o’rni)
yil « » dan yil « » gacha
da
(amaliyot obyektining to’liq nomi)
o’tagan amaliyoti yusasidan institutdan tayinlangan rahbarning YAKUNIY XULOSASI
Institutdan tayilgan rahbar
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
Dostları ilə paylaş: |