O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


-jadval O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining tutgan



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə228/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

13.4-jadval
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining tutgan o‘rni

Ko‘rsatkichlar

2010

2012

2014

2015

2017

2018

2019

Yalpi ichki mahsulot, mlrd.
so‘m

61831,2


96589,8


144867,9


171369,0


249136,4


407514,5


511838,1


Shu jumladan: qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti,
mlrd. so‘m

15810,7


24370,3


36957,0


42280,4


69504,2


117315,8


130599,9


Qishloq xo‘jaligining YaIMdagi ulushi,
foizda

17,5


17,5


17,2


24,7


27,9


28,8


25,5


Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Mamlakatimizda barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko‘prog‘i (4,2 mln.ga) sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, uning yarmidan ko‘prog‘i yaxshi meliorativ holatdadir, qolgan yerlarning esa meliorativ holati talabga javob bermaydigan bo‘lib, ularni qayta ko‘rib chiqish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug‘orib kelingan har gektar yerning meliorativ holatini qayta ko‘rib chiqish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko‘p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.
Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, davlat buyurtmasiga binoan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish asosida ichki va tashqi bozorning ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirishga imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, paxta-g‘alla, meva-sabzavotchilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda eng ilg‘or agrotexnik
tadbirlarni qo‘llash hamda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirishga etarlicha e’tibor berilmoqda.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida qo‘llanilgan muhim yo‘nalishlardan biri – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni shaxsiy xo‘jaliklar va bog‘-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer va ish bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatishdi. Shu sababli, respublikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanib, bu jarayon zarar ko‘rib ishlash natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol- mulklari negizida dehqon xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan amalga oshirildi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi,
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g‘oyat muhim yo‘nalish – qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini bo‘shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o‘zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo‘lgan, qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq
hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Qishloq joylarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar sohadagi islohotlarning hozirgi kundagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab- quvvatlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda.
Ana shu dolzarb masalalarni hal qilish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarida “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” dasturi belgilandi.1 Unda:

  • tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

  • paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

  • fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;



1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova, 3.3-bandi.

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;

  • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;

  • kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega chorva mollari zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

  • global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.

Ushbu harakatlar strategiyasiga ko‘ra, Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish lozim bo‘ladi, bunda: paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish; qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka — 8,1 ming gektar, sabzavot
— 27,2 ming gektar, intensiv bog‘ — 5,9 ming gektar, tokzor — 2,9 ming gektar, ozuqa ekinlari — 10,9 ming gektar va moyli ekinlar — 4 ming gektar.1


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, 161 qator.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi. Bank eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.
Prezidentimizning 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishga davlat buyurtmasi joriy etildi. G‘o‘za maydonlari qisqartirilib, bo‘shagan maydonlarga meva-sabzavot ekinlari ekildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga ko‘paydi.1
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlari sharoitida takroriy ekinlarni ekib o‘stirish, har bir gektar erdan ikkinchi marta mahsulot etishtirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu maqsadda 2017 yilda g‘alladan bo‘shagan 954,3 miing gektar maydonlarga takroriy ekin ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, maydonlarning asosiy qismiga eksportbop sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.
Yuqorida ta’kidlangan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlari respublikaning xususiyatlari va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqadi. Lekin agrar sohada mehnatning yangi texnika va texnologiyalari hamda energiya bilan qurollanish darajasi va binobarin mehnat unumdorligi nisbatan pastligicha qolmoqda. Ishchi va xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish tizimi hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Bularning hammasi bu sohada tub burilish yasovchi xo‘jalik yuritish tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
1 http://uza.uz/oz/society/takroriy-ekin-shimcha-daromad-21-07-2016 - O‘zbеkiston Rеsupblikasi axborot agеntligi rasmiy sayti


    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin