O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə231/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Qishloq xo‘jaligi inson hayotida va iqtisodiyotning taraqqiy etishida muhim rol o‘yraydi.

  2. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – er, o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.

  3. Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.

  4. Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalning ayrim turlari masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.

  5. Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta munosabatlari yer egasi va uni ijaraga olib foydalanuvchi (tadbirkor) o‘rtasida mazkur erdan olinadigan foydani taqsimlash borasida sodir bo‘ladigan munosabatlardan iborat bo‘ladi. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir.

  6. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda vujudga kelish sabablari va shart- sharoitlariga qarab renta quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi,

differensial (tabaqalashgan) renta I va differensial renta II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.

  1. Fermer xo‘jaliklari mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining muhim shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda va ularni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilmoqda.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan biznes turlari kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnika yetkazib berish, ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat.

  3. Hozirgi vaqtda davlat agrar siyosatining muhim yo‘nalishlari qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalashdan iboratdir.

  4. Klaster tizimi agrar sohada xo‘jalikni samarali yuritishning va agrosanoat integratsiyasini amalga oshirishning yangi tizimidir.




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin