Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mehnatning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof ichki mahsulot (SIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan (eyilgan) asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof ichki mahsulot (SIM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:
YaIM
yillik
summasi SIM .
Sof ichki mahsulot sotilgandan keyin uning puldagi ifodasi milliy daromadni tashkil etadi. Lekin SIM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini qamrab oladi. Shuning uchun hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SIMdan egri soliqlar chegirib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:
SIM egri soliqlar
milliy
daromad .
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SIM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida hududlar va tarmoqlar bo‘yicha farq qilsada, mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof ichki mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |