O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə236/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tizimidir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq, bojxona tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda ko‘proq milliy iqtisodiyot haqida so‘z yuritib, jahon xo‘jaligi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini obyektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

  2. mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;

  3. iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning obyektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;

  4. makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini obyektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;

  5. ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;

  6. aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushunish.

Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin