O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə232/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar
Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
Renta munosabatlari – erdan foydalanish natijasida vujudga keladigan sof daromadni taqsimlash va o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Differensial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Absolyut renta – qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi – yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining yuza yoki chuqur joylashishi va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik tarmoqlarining birligi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayoni.
Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli.
Klaster — bir majmua doirasida bir jamoa bo‘lib yerlarni shudgorlash, chigit ekish, paxtani parvarishlash, hosilini yig‘ib-terib olish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash bilan bog‘liq korxonalarni birlashtiruvchi ishlab chiqarish majmuasidir.



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin