O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə235/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Milliy iqtisodiyot barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi:

  • mavjud ishlab chiqarish resurslari;

  • resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;

  • iqtisodiy subyektlarning ishlab chiqarish hajmlari;

  • milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.

Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda rasm orqali tasvirlash mumkin (14.1-rasm).




14.1-rasm. Milliy iqtisodiyotning soddalashtirilgan tarkibiy tuzilishi
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liq holda mutanosibli rivojlanishi taqozo qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining
miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ruy berib turadi. Jumladan, 2008 yilda AQShda boshlangan va hamon uning ta’siri sezilib turgan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlarda aniq namoyon bo‘ldi:
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi;
ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi oqibatida mahsulot sotish hajmining qisqarishi;
uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi va h.k.
Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga iqtisodiyotimizning yuqori o‘sish sur’atlari saqlab qolindi1.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik


1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbеkiston, 2009, 14-15-b.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin