Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillarInvestitsiyalar–asosiyvaaylanmakapitalniqaytatiklashva
ko‘paytirishga,ishlabchiqarishquvvatlarinikengaytirishgaqilingansarflarningpulshaklidagiko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominalinvestitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarniro‘yobgachiqarishbo‘yichaamaliyharakatlar–investitsionfaoliyat,investitsiyalarniamalgaoshiruvchishaxs–investordeyiladi. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib, barcha korxonalar va aholi keng qatlamlarining jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham
mumkin. Odatda, jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik subyektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir subyektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);