16.2-jadval
Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibi (foizda)1
Ko‘rsatkichlar
|
2010
|
2012
|
2014
|
2016
|
2018
|
2019
|
Asosiy kapitalga
investitsiyalar, mln. so‘m
|
15409,1
|
22067,0
|
35233,3
|
49476,8
|
107333,0
|
189924,3
|
Jami, foizda
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Davlat budjeti
|
7,8
|
5,1
|
4,5
|
4,5
|
3,8
|
7,6
|
Korxonalar jamg‘arma
mablag‘lari
|
32,1
|
30,3
|
32,3
|
53,0
|
28
|
20,7
|
Aholi jamg‘arma mablag‘lari
|
15,2
|
20,5
|
22,4
|
11,3
|
8,6
|
Hukumat tomonidan
kafolatlangan xorijiy investitsiyalar
|
4,8
|
4,5
|
4,2
|
21,3
|
15,5
|
14,7
|
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar
|
24,0
|
17,2
|
15,6
|
13,7
|
19,6
|
Tijorat banklari kreditlari
|
9,1
|
11,4
|
11,2
|
11,1
|
14,9
|
13,1
|
Nobudjet fondlar mablag‘lari
|
7,0
|
11,0
|
9,5
|
10,1
|
12,5
|
14,8
|
Boshqa qarz mablag‘lari
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,3
|
0.9
|
1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o‘zgarib bormoqda (16.2-jadval).
Jumladan, yildan yilga davlat budjeti mablag‘larining ulushi kamayib, korxona mablag‘lari, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda nobudjet fondlar mablag‘larining ulushi oshib bormoqda.
Respublikamizda 2019 yilda asosiy kapitalni rivojlantirish maqsadida kiritilayotgan mablag‘ning katta qismlarini korxonalar jamg‘armalari (20,7 foiz) va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (19,6 foiz) tashkil etadi.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi kuchi, rag‘batlantiruvchi turtki foyda olishni ko‘paytirish hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo‘lsagina sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real kapitalni sotib olish uchun bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdorining foizdagi ifodasi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:
mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
texnologik o‘zgarishlar.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir- biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion
tovarlarni jalb qilishni o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytganda, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini ta’minlaydi.
o‘sib boruvchi iqtisodiyot
Yalpi investitsiyalar
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga
turg‘un iqtisodiyot
Yalpi investitsiyalar
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga
v) qisqarayotgan iqtisodiyot
Yalpi investitsiyalar
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga
16.3-rasm. Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu rasmda yalpi va sof
investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin (16.3-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof investitsiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo‘lishi yil oxirida kapital hajmining o‘sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi. Turg‘un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, ya’ni iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo‘lib, yil oxirida kapital miqdori o‘zgarmay qoladi.
Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg‘arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |