O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə282/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy o‘sish nazariyalari, konsepsiyalari va modellari

Iqtisodiy o‘sish masalasi hozirgi zamon iqtisodiyotining muhim va zarur muammolaridan bo‘lib, borgan sari uning ahamiyati oshib bormoqda.


Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida bu masala bo‘yicha shakllangan nazariyalarni asosan ikki yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchisi, yangi klassik nazariyalar. Bu nazariyaning asoschilari A.Marshal, L.Valras va M.Fridmanlardir. Bu yo‘nalishdagi nazariyalarning asosida o‘zini-o‘zi tartibga soladigan bozor iqtisodiyoti mexanizmlari: erkin raqobat, baho (narx), talab va taklif mexanizmlari hamma ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanib, ishlab chiqarish hajmining to‘htovsiz o‘sib borishiga shart-sharoitlar yaratadi va ta’minlaydi deb ko‘rsatadilar.
Ularning nazariyasi bo‘yicha iqtisodiyotga davlat aralashuvi juda ham cheklangan bo‘lishi kerak. M.Fridman pul emissiyasini va muomaladagi pul hajmini yiliga eng kamida 3 foizga oshirib borib, talabni kuchaytirish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasining ikkinchi yo‘nalishi J.M.Keyns va keynschilar nazariyasi bo‘lib, ular barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim omili samarali talabni rivojlantirish va uning tarkibini takomillashtirish zarurligini, buning uchun esa davlat va xususiy investitsiyalarning ishtirokini, davlatning makro darajada
iqtisodiyotni tartibga solishda faol ishtirokining zarurligini ko‘rsatadi. Keyns nazariyasi investitsiyalarni ko‘paytirib, yalpi talabni oshirish va uning ta’sirida iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgandir.
Iqtisodiy o‘sishning muhim nazariyalaridan biri Nobel mukofoti sovrindori Amerikalik iqtisodchi Saymon Kuznets nazariyasidir. U rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini o‘rganib yuqori samarali texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli davrlarda xo‘jaliklarning aholi uchun zarur bo‘lgan turli xil tovarlar va xizmatlarni yaratib berish qobiliyatini oshirib borish zarurligini ko‘rsatadi.
Bunday o‘sishni ifodalash uchun bir necha yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur deb hisoblaydi:

  1. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sish sur’ati;

  2. Ishlab chiqarish omillari unumdorligining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi;

  3. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining tez o‘zgarishi;

  4. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy o‘zgarishlar tezligi;

  5. Iqtisodiy o‘sishning xalqaro masshtabi va boshqalar.

S.Kuznetsning iqtisodiy o‘sishga berga ta’rifi va tavsiya qilgan ko‘rsatkichlaridan shu narsa ayonki, u iqtisodiy o‘sish bilan iqtisodiy taraqqiyotning mazmunini chalkashtirib yuborgan.
Bu masala to‘g‘risidagi nazariyalarning ichida U.Rostouning iqtisodiy o‘sish bosqichlari to‘g‘risidagi nazariyasi ham e’tiborga sazovordir. U iqtisodiy o‘sish bosqichlari bilan bir qatorda jasmiyatning tarixiy evolyusiyasini yaratishga xarakat qilgan. U jamiyat va iqtisodiyot bosqichlarini aniqlashda uch belgiga:

  1. texnika taraqqiyoti darajasiga;

  2. ishbilarmonlikning faollik darajasiga;

V) iste’mol darajasiga.
Mana shu belgilarga qarab U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning tarixiy jarayonini besh bosqichga bo‘ladi.

  1. An’anaviy yoki sinfiy jamiyat. Bu bosqich fan-texnika taraqqiyotining va uni amalda qo‘llashning pastligi, qishloq xo‘jaligining sanoatga nisbatan usutnligi,

iqtisodiy aloqalarning rivojlanmaganligi, aholi o‘sishining iqtisodiy o‘sishga nisbatan yuqoriligi, aholi daromadlarining va jamg‘arish darajasining pastligi bilan tavsiflanadi.

  1. Iqtisodiyotning jadal (sakrab) o‘sishi uchun shart-sharoit yaratiladigan bosqich. Bu bosqich ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va iqtisodiy o‘sishga shart-sharoit yaratilib borishi bilan tavsiflanadi.

  2. Jadal rivojlanish bosqichi. Uning farq qiladigan xususiyati jamg‘arish normasining yuqoriligi fan-texnika taraqqiyoti va uning natijalaridan foydalanish darajasining yuqoriligidir.

  3. Etuklikka yo‘l. Bunda iqtisodiy o‘sish sur’atlari oshib, aholi o‘sish sur’atlaridan yuqori bo‘ladi.

  4. Umumiy ravishda aholi iste’molining yuqoriligini ta’minlaydigan bosqich. Bu bosqichda ishlab chiqarishning o‘sishiga bo‘lgan cheklanganliklar va bu bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar bartaraf bo‘ladi, uzoq muddatli foydalanadigan tovarlar ahamiyati oshadi, ekologiya va talab muammosi kuchayadi.

Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari, nazariyalari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi nazariy shartlarga asoslanadilar:

  1. mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;

  2. ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;

  3. mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;

  4. ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.

Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar:

  1. ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Shunday qilib, qiymatning shakllanishida kapital va jonli mehnat qatnashadi. Yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratiladi. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;

  2. ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi.

Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb- Duglas modelida ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin