O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə293/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Iqtisodiy taraqqiyot uning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomoni: ishlab chiqaruvchi kuchlar (tabiat, kapital, ishchi kuchi) va iqtisodiy munosabatlari (ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va istemol jarayonlarida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar)ning o‘zaro ziddiyatda bo‘lib, bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradi.

  2. O‘zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyotiga asoslangan, asta sekinlik bilan, lekin izchil amalga oshiriladigan evolyusion taraqqiyot yo‘lini tanladi va “O‘zbek modeli” nomi bilan mashhur bo‘lgan modelda belgilangan besh tamoyil asosida rivojlandi. Bu rivojlanishning xarakterli belgilari shundan iboratki:

  1. iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgarish jarayonlari tez sur’atlar bilan bormoqda;

  2. barpo etilayotgan yangi tarmoqlar va yangi korxonalar fan-texnika taraqqiyotining eng so‘ngi yangiliklari va eng yangi texnologiyalar asosida tashkil etilishi;

v) amalga oshirilayotgan modelning xalqchilligi, ya’ni unda xalqimizning orzu-umidlari, ezgu niyatlari mujassamlangan bo‘lib, uni hamma aholimiz qo‘lab- quvvatlab, amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etayotganligidir.

  1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o‘sishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi hamda sifatining yaxshilanishida, tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

  2. Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.

  3. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi orqali o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.

  4. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli

mahsulotning mutlaq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari deyiladi.

  1. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.

  2. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin