Asosiytayanchtushunchalar Iqtisodiytaraqqiyotning asosiy mazmuni – uning pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakatidan iborat
Iqtisodiy o‘sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutlaq hajmi va aholi jon boshiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiyo‘sishningko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiviqtisodiyo‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
Iqtisodiy o‘sish omillari– iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliyboylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
Moddiy-buyumlashganboylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi.
Tabiiyboylik – milliy boylikning tabiatda mavjud bo‘lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (er, qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va boshqalar).
Ma’naviy boylik– ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy boyliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.
Takrorlashuchunsavolvatopshiriqlar Iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?
Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish turlari uchramaydi?
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.
Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko‘rsating.
Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi?
Nima uchun er, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholash mumkin emas?
Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.