O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə295/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

bob. IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA MAKROIQTISODIY BEQARORLIK

Iqtisodiy jarayonlar doimo bir xil bo‘lib, bir tekisda rivojlanavermaydi. U o‘zgarib to‘lqinsimon tebranishda bo‘ladi. Bu tebranishlar siklik tavsifga ega bo‘ladi. Ushbu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, ya’ni bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning sabablari, shuningdek, moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritishga alohida o‘rin ajratiladi.


Bob davomida vaqti-vaqti bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va ta’sir yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi.



    1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi.Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti- vaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri
nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva vaL.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib o‘tilgan1. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. Shundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan2. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin