Asosiytayanchtushunchalar Moliya – pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.
Moliyaviymunosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyatizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliyaviysiyosat – davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Fiskal(soliq-budjet)siyosati – davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Budjettaqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi.
Davlatichkiqarzi – davlatning mamlakat ichida qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlatkrediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
Davlattashqiqarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Soliqlar – jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli.
Soliqstavkasi – soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi.
Lafferegrichizig‘i – davlat budjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning tasvirlanishi.