10- AMALIY MASHG’ULOT O’LCHAM ZANJIRLARINI HISOBLASH. O‘lchamlar zanjiri, bu, berk kontur xosil qiluvchi bir yoki bir nechta detallarning sirt va o‘qlari o‘zaro joylashishini aniqlovchi o‘lchamlar yig‘indisidir. Ular detal bo’yicha yoki yig’ma bo’ladi.
O‘lchamlar zanjirining hisobi detal va uzellarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘lchamlariga asoslangan qo‘yimlarni tanlashga imkon beradi va ularning ishlov berish tartibidan kelib chiqqan holda o‘lchamlar chizmada to’g‘ri qo‘yilishini osonlashtiradi.
O‘lcham zanjirining bo‘g‘ini - bu o‘lcham zanjiri bo‘g‘inini tashkil qiluvchi o‘lchamlardan biridir. O‘lcham zanjirini xosil qiluvchi bo‘g‘p (tashkil etuvchi bo‘g‘in) raqamli indekslarga ega bo‘lgan A, A1,...., An , (yoki boshqa) xarf bilan belgilanadi. Tutashuvchi (boshlang‘ich) o‘lcham A -o‘lcham zanjirini hosil qiluvchi detal o‘lchamlarga ishlov berish yoki o‘lchamlarni yig‘ish jarayonida sodir bo‘ladi.
Tashkil etuvchi, tutashuvchi bo‘g‘inlarga nisbatan kattalashuvchi yoki kamayuvchilarga bo‘linadi, ya'ni o‘lchamlar kattalashganda tutashuvchi o‘lcham yo kattalashadi, yo kichiklashadi.
O‘lcham zanjirining sxemasida boshlangich bo‘g‘in ustiga strelka qo‘yiladi. U yo’nalish zanjiriga kiruvchi o’lchamlarning joylashishidan kelib chiqadi. Tashkil etuvchi bo’g’inlar boshlang‘ich bo’g’inning yonidan boshlab berk kontur bo‘yicha bir yo’nalishda bo‘lishi kerak. Bunda strelka bo‘yicha boshlangich bo‘g‘inga mos bo‘lgan bo‘g‘inlar kamayuvchi va qarshi yo‘nalishdagilari esa kattalanuvchi bo‘ladi. GOST 16319-70 kattalashuvchi bo’g’inlarni o‘ng tomonga, kamayuvchilarni esa chap tomonga yo‘nalgan strelkalar bilan belgilashni tavsiya etadi.
O‘lchamlar zanjiri yordamida ikki xil masala yechiladi.
1-masala. Tashkil etuvchi bo‘g‘inlarning nominal o‘lchamlarini, chegaraviy og‘ishlari va qo‘yimlarini aniqlash.
2-masala. O‘lcham zanjirlarining barcha o‘lchamlari va boshlang‘ich o‘lchamning chegaraviy og‘ishi bo‘yicha zanjirni tashkil etuvchi barcha bo‘g‘inlar o‘lchamlarining chegaraviy og‘ishlari va qo‘yimlarini aniqlash.
O‘lcham zanjirining hisobi maksimum-minimum va ehtimollar uslubida amalga oshiriladi.
Maksimum-minimum uslubida tashkil etuvchi zvenolarning faqat chegaraviy og‘ishlari, ehtimollar uslubida esa detal o‘lchamlarining tarqoqlik qonuniyatlari va ularning birikish tasodifiyati hisobga olinadi.
Topshiriqni bajarish tartibi.
1. O‘lcham zanjirlari yordamida yechiladigan ikkinchi masala uchun zanjirning barcha nominal o‘lchamlarini va boshlang‘ich o‘lchamlarning chegaraviy og‘ishlarini aniqlang, zanjir sxemasini chizing (5.1 rasm) va unga bo‘g‘inlarning belgisi va yo‘nalishlarini qo‘ying.
2. Maksimum-minimum uslubi va bir kvalitetli qo‘yim yo‘li bilan kvalitetni xisoblab, zanjirni tashkil etuvchi o‘lchamlarning chegaraviy og‘ishlarini va qo’yimlarini aniqlang.
3.Tashkil etuvchi o‘lchamlarning ko‘yimlari yig‘indisini xisoblab, tutashuvchi o‘lcham qo‘yimiga nisbatan ruxsat etilgan xatolikni aniqlang.
4. Ruxsat etilgan xatolik 5% dan oshib ketsa, zanjirning ayrim tashkil etuvchi o‘lchamlarining kvalitetlarini boshqa kvalitetga o‘zgartirib, ularning yangi cheg‘araviy og‘ishlarini aniqlang va ruxsat etilgan xatoni boshqatdan hisoblash uchun 3 bandni takrorlang. Bu jarayon xatolik 5% dan kam bo‘lgunga qadar davom ettiriladi.
5.Uzel chizmasini chizing va unga zanjir bo‘g‘ilari belgilarini, yunalishlarini, kiymatlarini va og‘ishlarni qo‘ying.(5.1 rasm)