O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim



Yüklə 8,09 Mb.
səhifə2/17
tarix04.10.2023
ölçüsü8,09 Mb.
#151993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Metrologiya AMALIYOT Mva S (TVA)

1-AMALIY MASHG’ULOT


DETAL O’LCHAMLARINI SHTANGEN VA MIKROINSTRUMENT
BILAN O’LCHASH VA SHAKL OG’ISHLARINI ANIQLASH


ISHNING MAQSADI

O’lchash usullari va vositalaring metrologik tavsiflari bilan tanishish, o’lchov asboblarini sozlash va ishlatishda amaliy ko’nikmalar hosil qilish.




ISHNING MAZMUNI

Shtangen va mikroinstrumentlarning metrologik tavsiflarini aniqlash.


Shtangen va mikroinstrument bilan detal o’lchamlarini o’lchash.
O’lchov natijalari bo’yicha yuzalarning shakl xatoliklarini aniqlash.
Talabaga beriladi. SHtangeninstrument-shtangensirkul, shtangenglubinomer va mikroinstrument-mikrometr, mikrometrik glunomer, hamda o’lchash uchun mo’ljallangan detallar.


ISHNING BAJARILISH TARTIBI
Shtangen va mikroinstrumentlarning metrologik tavsiflari.
Shtangensirkul, shtangenglubinomer, mikrometr va mikrometrik glubinomerlarning metrologik tavsiflarini aniqlang va ularning ko’rsatkichlarini berilgan hisobot shaklidagi 1-jadvaliga kiriting.
Detal yuzalalarida shakl xatoligi mavjud bo’lganligi sababli o’lchov ikki o’zaro perpendikulyar 1-1 va 2-2 yo’nalishda, detal o’qiga perpendikuyar bo’lgan uch I-I, II-II va III-III kesim bo’yicha amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm


SHTANGENSIRKUL BILAN DETAL O’LCHAMLARINI O’LCHASH


O’lchovni bajarishdan oldin nonius shkalasining nul holati tekshiriladi.
Buning uchun shtangensirkulning shtangasidagi (3) qo’zg’aluvchi ramkani (4) qotiruvchi vintlar (5 va 6) bo’shatilgan holatda harakatga keltirib, shtanga va ramkadagi (1 va 2) o’lchov yuzalari bir-biri bilan biriktiriladi (2 - rasm). Bu holatda shtangada joylashgan asosiy shkalaning nul chizig’i ramkadagi nonius shkalasinnng nul chizig’i bilan mos kelishi kerak.
Detal o’lchamlarini o’lchash qabul qilingan tartib asosida (1- rasm) bajariladi.
Qotiruvchi vintlar (5 va 6) bo’sh bo’lgan holatda ko’zg’aluvchi ramkani (4) shtanga (3) bo’ylab harakatga keltirib ularning o’lchov yuzalari detal yuzalari bilan biriktiriladi. So’ngra vint (6) yordamida xomut (7) qotiriladi va gayka (8) bilan ko’zg’aluvchi ramkani mikrometrik siljitib asbobni o’lchov yuzalari detal yuzasi bilan to’lik, tutashtiriladi. Ramkaning shu holatini vint (5) yordamida qotirib, o’lchamning butun qismini nonius shkalasining nul chizig’i bo’yicha asosiy shkalasidan olinadi. Kasr qismini esa asbobning aniqlik me’yorini inobatga olgan holda nonius shkalasining asosiy shkala bilan mos tushgan chizig’iga qarab hisoblanadi. SHu yo’sinda detalning hamma ko’rsatilgan o’lchovlarini o’lchab, 2 - jadvalga yozing.


MIKROMETR BILAN O’LCHASH


O’lchovni bajarishdan oldin mikrometrning ko’rsatkichi boshlang’ich holatga keltiriladi. SHu maqsadda 0-25 mm o’lchov oraliqqa mo’ljallangan mikrometrning tartaragini soat strelkasiga qarshi yo’nalishda burab, mikrovintni siljitish yo’li bilan uning o’lchov yuzasi (1) skobada (3) joylash­gan qo’zg’almas sterjen (2) yuzasi bilan biriktiriladi (3- rasm). Bu holatda barabanning nul shtrixi tananing bo’ylama chizig’i bo’ylab mos tushishi hamda barabanning qiya chekkasida tananing nul shtrixi ko’rinishi kerak.
Boshqa turli o’lchov oraliqlarga mo’ljallangan mikrometrlarni boshlang’ich holatga keltirish uchun shu o’lchov asbobning komplektiga kiruvchi belgilangan sterjen shaklidagi me’yoridan foydalaniladi.
Mikrometrni nul holatiga keltirish jarayonida uning ko’rsatkichi noto’g’ri bo’lsa, barabanning (4) mikrovintga (1) nisbatan holatini o’zgartirish zarur. Buning uchun stopor (6) yordamida mikrovint (1) qotiriladi. So’ngra gaykani (7) bo’shatib, barabanni mikrovint bilan ilashishdan chiqaziladi, baraban nul holatiga keltiriladi va gayka (7) bilan qotiriladi, stopor (6) bo’shatiladi va nul holat qayta tekshiriladi.

2 - rasm



3 - rasm

Detallarning mikrometr bilan o’lchayotganda uning o’lchov chizig’i detal yuzalarining tashkil etuvchilariga nisbatan ko’ndalang bo’lishi va uning markazidan o’tishi shart. O’lchash jarayonida tartarakni (8) aylantirib mikrovintni (1) siljitish yo’li bilan uning o’lchov yuzasini detal yuzasiga tekkiziladi va o’lchanayotgan o’lchamnnng ko’rsatkichi olinadi. Bunda ko’rsatkich qiymatining asosiy qismi tanadan (bo’lib miqdori - 0,5 mm) va ko’shimchasi esa barabandan (bo’lim miqdori - 0,01 mm) olinadi.


Mikrometrlarda mikrovint qadami S=0,5mm qabul qilingan. SHuning uchun mikrovintning bir to’liq aylanishi barabanni - 0,5 mm siljitadi. Barabandagi aylanma shkala 50 ta bo’limdan iborat bo’lgani sababli, uning bo’lim miqdori 0,01 mm ni tashkil qiladi. Ko’rsatilgan detal o’lchamlarini o’lchab, uni berilgan hisobot shaklidagi 2-jadvalga kiriting.

Hisobot shakli
1-topshirik
1-jadval
Shtangen instrument va mikroinstrumentlarning metrologik tavsiflari

Instrument nomi

Bo’linma
qiymati, mm

o’lchash chegarasi

ruxsat etilgan
xatolik, mm

o’lchov uslubi

shtangensirkul

mikrometr



1/50

1/100


150mm

75-100 mm



0,02

0,01





DETALNING SHAKL XATOLIKLARINI ANIQLASH


Detalning o’q chizigiga nisbatan kundalang kesim bo’yicha shakl xatosi - ovallik ( ) ni aniqlang.
Ovallik har bir diametral kesim uchun katta va kichik diametlarning yarim ayirmasi bo’yicha aniqlanadi.

Hisobot jadvalida ovallikning kesimlar bo’yicha eng katta qiymati kelti­riladi.
Detalning o’q chizigiga nisbatan bo’ylama kesim bo’yicha shakl xatosi konuslik, bochkalik va egarsimonlik ( k, b, e,) ni aniqlang.
Bular 1 - 1 va 2 - 2 yo’nalishlari bo’yicha har biri alohida-alohida, katta va kichik diametrlari ayirmasi orqali aniqlanadi.

Hisobot jadvalida konuslik, bochkali yoki egarsimonlikning yo’nalishlari bo’yicha eng katta qiymati keltiriladi.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. O’lchash usullari.

  2. SHakl og’ish turlari.

  3. O’lchov asbobining turlariga nimalar kiradi?

  1. Shtangen va mikroinstrumentning tuzilishi.

  2. Mikrometr nul holatga qanday sozlanadi?

  3. Detalning shakl xatoligi qanday aniqlanadi?


Yüklə 8,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin