O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim



Yüklə 8,09 Mb.
səhifə3/17
tarix04.10.2023
ölçüsü8,09 Mb.
#151993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Metrologiya AMALIYOT Mva S (TVA)

2 - AMALIY MASHG’ULOT


ISHI TUGALLANGAN TEKISPARALLEL UZUNLIK ME’YORLARI BILAN O’LCHOV ASBOBLARINI XATOLIKLARINI ANIQLASH VA ULARNI SOZLASH


ISHDAN MAQSAD
Tugallangan tekisparallel uzunlik meyorlari (TUM) bilan tanishib amaliy ko’nikmalar hosil qilish, hamda mikrometrning, ko’rsatish xatosini aniqlash.


ISHNING MAZMUNI


Berilgan o’lchamga hisob yo’li bilan TUM blokini tuzish va eskizini chizish.
Mikromexrni ko’rsatish xatosini aniqlash va uning yaroqliligi to’g’risida xulosa berish.
Talabaga beriladi: tekisparallel TUM, mikrometr va ustun.


ISHNI BAJARISH TARTIBI
BERILGAN O’LCHAMGA TUM BLOKINI TUZISH
Tekisparallel TUM ikkita o’zaro parallel o’lchov yuzalari bo’lgan to’rg’i burchakli parallelepiped shakliga ega (4-rasm). Ular o’lchov yuzalariga yuqori aniqlikda ishlov berilgan plitkalar ko’rinishda bo’lib, uzunlik birligini saqlash va uni uzatish, asboblarni tekshirish va sozlash, hamda detal o’lchamlarini o’lchashda ishlatiladi.
TUM plitkalarining o’lchov yuzalarini (toza holatida) bir biriga bir chekadan ko’l bosimi ostida siljitish natijasida yopishqoqlik xususiyati hosil qilinadi. Bu hol kerakli o’lchamlar TUM bloklarini tuzish imkoniyatini beradi. Bu erda har bir me’yor bir o’lchamni ifodalaydi.
O’lcham bloki tuzishdan oldin homaki hisob amalga oshiriladi, bunda blokka birinchi navbatda millimetrnnng mingdan bir ulushiga ega bo’lgan, so’ngra millimetrning yuzdan biri va hokazo TUMlar tanlanadi.
Misol: 25, 795 mm o’lchamga TUMdan blok tuzilsin
blokka kiruvchi birinchi me’yor -1,005mm
qoldiq - 24, 79 mm
blokka kiruvchi ikkinchi me’yor -1,29mm
qoldiq - 23, 5 mm
blokka kiruvchi ikkinchi me’yor -3,5mm
qoldiq - 20 mm
blokka kiruvchi uchinchi me’yor - 20 mmm
Hisob natijasini hisobot shakdidagi jadvalga yozing.
TUM blok eskizini bajaring va blokka kiruvchi me’yorlarning o’lchamlarini ko’rsating.


MIKROMETRNING KO’RSATISH XATOSINI ANIQLASH
Mikrometrning ko’rsatish xatosini, tekshirish uchun uni tekshirish xonasida kamida uch soat davomida ushlash shart. Xonadagi haroratning normal haroratdan (20 °S) ruxsat etilgan og’ishi (5°S). Tekshirish 2-klassdagi TUM bilan bajariladi. Tekshirish o’lchov sterjenning har 5 mm oraliqda (birinchisi 0,12 mm ga surilgan holatda), oltita nuqtasida amalga oshiriladi. Misol: 0-25 mm o’lchov oraliqdagi mikrometr uchun uning ko’rsatish xatosini aniqlash qo’yidagi o’lchamlar bo’yicha bajariladi 0,12; 5,12; 10,24; 15,36; 20,48; 25 mm.
Hisobot shaklidagi jadvalga oltita tekshirish o’lchamini yozing. Ularning TUM bloklariga tegishli homaki hisobogini bajaring va natijalarini hisobot jadvaliga kiriting.
TUM bloklarini yozing. Buning uchun tanlangan TUM plitkalarni spirt bilan tozalang va kuruq qilib arting. So’ngra kichik o’lchamga mansub bo’lgan plitkani olib, undan kattaroq bo’lgan o’lcham plitkasining uchdan bir qismiga ilashtirib, uni barmok bosimi ostida plitkalarni bir birini to’lik qoplaguncha harakatga keltiring. SHu yo’sinda o’lcham blokining qolgan shkalalarini ketma-ket umumiy blokka ilashtiring. Hosil bo’lgan o’lcham blokini mikrometr bilan o’lchang. Bu o’lchashdan oldin mikrometr albatta nol holatiga keltirilgan bo’lishi shart. O’lchov natijalarini hisobot shaklidagi jadvalga kiriting. O’lchov ishlari tugagandan so’ng yig’ilgan bloklar ajratilib spirt bilan tozalanib, futlyarga joylansin.
Mikrometrning ko’rsatish xatosi ko’rsatgan qiymatdan tekshiruvchi o’lchamning ayirmasi orqali aniqlanadi. O’lchov natijasida olingan xatolikni ruxsat etilgan xatolik bilan taqqoslab mikrometrni yaroqliligi to’g’risida xulosa beriladi.





4 - rasm

Hisobot shakli

1-topshiriq

Blok o’lcham




Berilgan o’lchamga xisob yo’li bilan
tugallangan me’yor bloki tuzing



Birinchi me’yor
qoldiq
ikkinchi me’r
qoldiq
uchinchi me’yor
qoldiq
to’rtinchi me’yor




2-topshiriq tugallangan uzunlik me’yori blokining eskizini chizing




3-toshiriq
mikrometrni ko’rsatish xatosini aniqlang va uning yaroqligi to’qrisida xulosa bering






Tekshirilayotgan
o’lcham



Blokka kiruvchi plitkalar
o’lchami

Mikrometrni
ko’rsatish

Mikrometrni ko’rsatish
xatosi

1.
2.
3.
4.
5.
6.










Mikrometrning ruxsat etilgan xatosi

Mikrometrii yaroqliligi to’g’risidagi xulosa



NAZORAT SAVOLLARI

  1. Tugallangan uzunlik me’yorlari nima (TUM) va ular nimaga xizmat qiladi?

  2. TUM hisobi qanday amalga oshiriladi?

  3. Bloklarni hisobida va tuzishda qanday tartib inobatga olinadi?

  4. Mikrometrni qo’rsatish xatosi qanday aniqlanadi?


Yüklə 8,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin