O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
NAZORAT SAVOLLARI Radial tepish va qirralik nima? Indikatorning tuzilishi va uni nolga keltirish. Indikatorda o’lchov natijalari qanday o’qiladi? Radial tepish va qirralik qiymatlari qanday topiladi? 4 – amaliy mashg‘ulot Mavzu: Chegaraviy o‘lchamlar, joizliklarni hisobi va ularni grafik tasvirlarini qurish Chetga chiqish (otklonenie) larning shartli belgilanishi: ES – teshik (otverstie) ning yuqorigi (verxnoe) chetga chiqishi; EI – teshikning pastki (nijnee) chetga chiqishi; es – valning yuqorigi chetga chiqishi; ei – valning pastki chetga chiqishi. O‘lcham (razmer) – qabul qilingan birlikda aniqlangan qiymatlarning kattaligi. Haqiqiy o‘lcham – parametrning yo‘l quyilgan xatolik bilan aniqlangan qiymatidir. Chegaraviy o‘lchamlar – ruxsat etilgan ikki o‘lcham bo‘lib, haqiqiy o‘lcham shu qiymatlar oralig‘ida yotishi yoki shulardan biriga teng bo‘lishi mumkin. Eng katta chegaraviy o‘lcham – ruxsat etilgan ikki chegaraviy o‘lchamning kattasidir. Eng kichik chegaraviy o‘lcham – ruxsat etilgan ikki chegaraviy o‘lchamning kichigidir. Nominal o‘lcham – shunday o‘lcham bo‘lib, chegaraviy chetga chiqishlar shu o‘lchamga nisbatan aniqlanadi. Asosan ish chizmalarida nominal o‘lchamning qiymati keltiriladi. Yüklə 8,09 Mb. Dostları ilə paylaş: |