O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə28/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Texnologiya- lari

Tashkiliy-faoliyat o’yinlari. Refleks – innovatsion amaliyot mual- liflik kontseptsiyalarini o’rganish. Mualliflik dasturlarini tuzish. Innovatsion turdagi o’quv yurtlarida amaliy ishlar, turli xil malaka
oshirishda ishtirok etish. Pedagogik ustaxonalar.

Daraja

Psixologiq tayyorgarlik metodologik tus oladi, refleksiv-analitik
mahorat yuqori mas`uliyat, ijodiy faoliyat rivojlanadi.

Ilgari aytilganidek, muhokama qilinayotgan texnologiyalarni tatbiq etish innovatsion sharoit maktab muammolarini dolzarblashtirishdan boshlanadi. Buning asosi innovatsion pedagogika bo’lib, u talabalarni innovatsiya asosiy bo’limlari bilan tanishtiradi. Bular: neologiya, aksiologiya, varaksiologiya. Bu kursning asosiy vazifasi – faqatgina o’qituvchi innovatsion faoliyatining sabab, omil, to’siqlarini ochib berish emas, balki yangilikni qabul qilish uchun psixologik tayyorgarlikni yuzaga keltirish, pedagogik innovatsiyalarni qabul qilishni ham rivojlantirdi. Ijodiy


faoliyat psixologik qonuniyatlarini echish, izlash, tanlash mexanizmini o’rganish, treningli ta`lim sharoitida amalga oshiriladi. Dasturning asosi shaxsning o’zini ijodiy rivojlantirish tamoyilidan iborat. Qachonki sub`ekt o’z faoliyatida faqatgina namoyon bo’lib va ko’rsatibgina qolmay, balki ijodkorlik qilsa va aniqlasa, uning faoliyati yo’nalishiga qarab uning o’zini aniqlash va shakllantirish mumkin. (S. L.Rubinshteyn).
Innovatsion pedagogika asoslari bo’yicha dasturning asosiy bo’limlari “innovatsiya”, “yangilik”, “ta`limning innovatsion jarayonlari”, “o’qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishi” , “yangilik kiritish texnologiyasi” tushunchalarini ochib berishga mo’ljallangan.
Ushbu kursda o’ziga hoslik sifati bilan ajralib turuvchi, pedagogik g’oyani ta`riflashga boshqacha mualliflik yondoshishi bilan ajralib turuvchi o’ziga hos varkativ ta`lim modellari o’rganiladi.
Eng avvalo ommaviy pedagogik harakatlar, gumanistik pedagogik rivojlanishiga turtki bergan kontseptsiya va ta`lim nasihatlari o’rganib chiqiladi, Talabalar turli o’quv yurtlarini o’rganadilar, ularning maqsadi, tashkiliy tizimi o’ziga hosligi, ta`lim va tarbiya mazmuni, ular ishlari amaliy tajribalarini tasvirlash bilan shug’ullanadilar.
Asosiy e`tibor mualliflik dasturi, ta`lim va tarbiya kontseptsiyalari yaratish darajasida pedagogik tajribalar ishlab chiqish va o’tkazish texnikasiga qaratiladi. Talaba amaliy faoliyati kontseptsiyalarini o’rganish, qoida, me`yoriy-huquqiy hujjatlar bilan haqiqiy muqobil o’quv yurtlari bilan tanishish kabi ishlar olib boriladi. Bakalavriat ayni magistraturada bo’lajak pedagoglar shu kabi kontseptsiya ishlab chiqish bo’yicha ijodiy jamoaga jalb etiladilar. Kurs dasturi 70 soatga mo’ljallangan bo’lib 10 ta nazariy bo’limlardan iborat va ma`ruza, seminar va laboratoriya mashg’ulotlar mustaqil tadqiqot ishlarini tashkil etishni ko’zda tutadi. Ma`ruza mashg’ulotlarida innovatsion pedagogika asosiy muammolarini yagona tushunishini ta`minlovchi, keyingi mustaqil ishlari uchun metodologik va ilmiy asoslar yaratuvchi eng umumiy nazariy savollar o’rganiladi.
Kursni yanada o’rganishni belgilaydigan muhim nazariy bo’lim, innovatika asosiy qoidalariga bag’ishlangan bo’lib hisoblanadi.
Ta`limda yangiliklar kiritish mohiyati nimadan iborat? Ularni qanday tahlil qilish kerak? Shu tariqa kurs boshlanishidan asosiy kontseptual g’oyalar, innovatika qoidalari ko’rib chiqiladi, innovatsion jarayon qilish ba`zi metodlari va bu jarayonga ta`siri bayon etaladi. Bu keyingi mustaqil ishlari uchun vazifa qo’yish imkonini beradi, seminar mashg’ulotlari innovatsion pedagogika asosiy g’oyalarini tushunishga bolalarni tarbiyalash va o’qitish modellarining muqobil turlarini o’rganish asosida analitik mahorati kontseptual yondoshishni yuzaga keltirish nazariy bahslardan iborat bo’ladi. Seminar mashg’ulotlarida turli kontseptsiyalarni tahlil asosida muqobil ta`lim ba`zi modellariga daliliy baho berdilar. Laboratoriya mashg’ulotlari talabalarning innovatsion turdagi maktablarda ishlashga tayyorgarligini yuzaga keltirish yangilikni ishlab chiqish va o’zlashtirish texnologiyasi bilan tanishish, pedagogik tajribani tashkil etish metodikasi, mualliflik dasturini tuzishga yordam beradi. Laboratoriya mashg’ulotlarida ijodiy faoliyat to’siqlarini olib tashlash bo’yicha psixologik trening o’tkazildi.
Maktabda amaliyot o’tkazish talablarining pedagogik jarayonga faol ishtirok ettirish ham uni talabalar individual talablariga tayanib innovatsion pedagogika tamoyillari asosida tashkil etish, ularga ta`lim shakli va mazmunini tanlash erkinligini berish, o’z nuqtai nazarlari va suhbatini dolzarblashtirish asosida o’kuv muammolarini echish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida kommunikativ guruh lar tashkil etishlarni ko’zda tutadi. Talabalarning bakalavriat va magistratura bosqichlarida mustaqil ishlari o’ziga hos xususiyatlariga ega: ikkinchi bosqichda u ko’p jihatdan mavjud ta`lim loyihalarini mustakil tushunish bilan bog’liq; uchinchi bosqichda u o’z shaxsiy ijodiy mahsulotini yaratish, individual yoki ijodiy jamoada muqobil maktab kontseptsiyasi ishlab chiqish bilan bog’liq.
Innovatsion pedagogika asoslari” kursini amalga oshirish pedagogik o’kuv yurtlarida mavjud shartlarga ko’ra ikki variantni ko’zda tutadi:

  1. hamma talabalar uchun kursni asosiy qismlari bo’yicha kursni tizimli o’tish va tadqiqot ishlari mavzusini mustaqil tanlash va individual konsultatsiyaga mo’ljallangan;

  2. innovatsion pedagogikaning eng muhim muammolari bo’yicha yo’naltiruvchi ma`ruza va seminar o’tkazishni ko’zda tutadi.

Ta`lim va tarbiyaning alohida muqobil modellari va ularga mos maktab turlarini o’rganish talabalarning qiziqishi va layoqatidan kelib chiqib ularning tanlovi asosida oshiriladi. Dasturning birinchi varianti bakalavriat uchun ko’proq to’g’ri keladi, ikkinchisi esa magistratura uchun. Umuman olganda variantni tanlash talaba va o’qituvchi xohishiga bog’liq bo’ladi.
Bizning asosiy maqsadimiz yangiliklarga ijobiy munosabat va o’z mualliflik dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish istagani rivojlantirishdan iborat bo’ldi. Chunki innovatsion texnologiyalarni egallash faqatgina talabalar o’z faoliyati o’z kamchiliklari va qarama-qarshiliklari ko’rib va o’rganganlarida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun «innovatsion pedagogika asoslari» qursini o’rganishda kurs ishlari yozish bilan bir vaqtda olib borish to’g’ri bo’ladi. Bunday ta`lim berish yangilik kiritishning maqsadini aniq belgilash, haqiqiy va mumkin bo’lgan yangilik manbalarini aniqlash, muammoni ifoda etish imkoniyatlarini beradi. “Innovatsion pedagogika asoslar” kursini o’qitish va tatbiq etish, birga olib borilganda bir ma`noga ega bo’ladi. Agarda o’kitish jarayonini talabalarning shaxsiy amaliy muammolarini tahlil qilish va echish asosida tashkil etilmasa unda faqatgina innovatsion faoliyat uchun shart sharoit yaratishgina mumkin.
Kursni o’rganishning muhim omili bo’lajak pedagoglarning yangiliklarni ijtimoiy-madaniy muammolarini tushunib etishlari, bu esa yangilikni ishlab chiqish va tatbiq etish yo’llaridagi to’siqlarni ko’ra bilishga maktab rahbariyati va kasbdoshlari o’zaro munosabatlari dinamikasining ko’ra bilish, hamda boshqa o’zgarishlarning uzluksiz reaktsiyasini ko’ra bilishga imkon beradi. Ko’rsatilgan o’qituvchi-innovator sifatlari shakllanishi quyidagi asosiy savollarni tushunib etishni ko’zda tutadi. Innovatsion faoliyat samaradorligi omillari qanday? Innovatsion dasturni qanday ishlab chiqish mumkin? Yangi g’oyalarni geperirovat
qilish metodlarini qanday qo’llash kerak? Yangilikni kasbdoshlar, ota-onalar, o’quvchilar, maktab rahbariyati qanday qabul qiladi? Innovatsion salohiyatini yangilik kiritish samaradorligi omili sifatida qarasak, bu jarayon ishtirokchilari turli rollarini muvofiqlashtirish, ishtirokchilar harakatlariga maqsadga muvofiq ta`sir etish imkoniyatlari ularning roli nuqtai nazarlari yuzaga kelishi mexanizmini to’g’ri tushunishga bog’liq bo’ladi: tashabbus, ko’maklashish, qarshilik yoki befarqlik, ma`lumki bu savollar pedagogik fanlarda maxsus o’rganilmaydi, bu talablarda innovatsion jarayon «qarama-qarshiliklarsiz va kurashsiz» vaakumda sodir bo’ladigan jarayon sifatida taassurot yuzaga keltiradi. Bu yangiliklarni shakllantirish bosqichini biz refleksiv-innovatsion amaliyotda amalga oshirdik, Refleksiv umumiy ko’rinishda – bu qayta anglashdir. Refleksiv muhit yaratish o’qtuvchiga nisbatan alohida, juda yaxshi sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Unda faqatgina uning shaxsiy va intellektual tajribasi etarli emas bo’lib, balki maqsadga erishish yo’lida o’ziga hos to’siq (faqatgina vosita emas) bo’ladi. Shu bilan birga muammoli intellektual qarama-qarshilik sifatida ochiladi. Ma`lum bilim va mahoratlar to’qnashuvi ko’rinishida dolzarblashadi. Bu innovatsion vaziyat sharoitlari xususiyatlari bilan pedagog o’ziga tushunarli harakat usullarini amalga oshiradi. Shu bilan birga uni echishda nizolar yuzaga keltiruvchi xususiyatlari aniqlanadi. Ya`ni o’qituvchining shaxs sifatida yuzaga kelgan harakat usullari bilan unga aniq bir vaziyatda ko’rsatilgan haqiqiy talablar o’rtasidagi shaxsiy xususiyatdagi qarama-qarshiliklar. Shunday qilib, muammoning mohiyati hal etish jarayonida «men» ifodasi bilan (ya`ni, intellektual va shaxsiy iboradagi) yangilik kiritish jarayonining talab hamda harakatlari o’ziga hosligi o’rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklardan iborat bo’ladi. Bu qarama-qarshilikni mustaqil natijada yangilik ochishga olib keladi va bir vaqtning o’zida fikrlashni qayta tashkil etish, shaxsning faol qayta shakllantirishdan iborat shaxsiy va intellektual rivojlanish sifatida sodir bo’ladi. Ijodiy faoliyatda yangilikning yaratilishi shaxsda maxsus yangiliklar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, u o’qituvchi o’zi haqidagi tassavvuri o’zgarishidan iborat bo’ladi.
Refleksiv innovatsion amaliyot o’qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o’z-o’ziga, o’z mehnatiga, bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o’ziga hos ijodiy munosabatda bo’lish tushuniladi. Bular o’qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki zamonaviy vaziyatlar murakkabligi dinatizmi undan odatiy mutaxassilik ko’nikmalardan holi bo’lish, erkinlikni talab qiladi. Shu bilan birga o’qituvchi innovatsion faoliyatini ko’rsatuvchi xususiyatlari bu yuzaga kelgan vaziyatda maksimal ravishda erkin bo’lish va maktabda yangilikni joriy qilinishi o’zi belgilay olish qobiliyati hisoblanadi. Bu bosqichda innovatsion harakatlar rivojlanish jarayonini biz shunday tasavvur qilamiz: yangiliklarni yaratish va joriy qilishga qarshilik qiluvchi bir xildagi odatlarni “buzish” va “qayta tuzish”.
Xususan, eski odatlarni buzish ularni yo’q qilib yuborish emas, chunki ular osonlik bilan yangilari bilan almashtiriladi. Ushbu bosqichda innovatsion harakatlarni yuzaga keltirish uslublariga quyidagilarni kiritish mumkin: polilog, munozara, refleksiv inversiya, intervyu, S.N.Maskov fikricha, ijodga o’rgatish mumkin emas, ijobiy qobiliyatlarni yuzaga qeltirish mumkin emas, xuddi qandaydir ko’nikma yoki bilim va mahoratlar yig’indisi sifatidadir, ijodda chiniqqanlik, ijodiy qobiliyatlarni taraqqiy qilish zarurligini bildiradi. Ana shu g’oyani biz katta kurs talabalari bilan refleksiv-innovatsion amaliyoti mavzusida kiritdik. Amaliyotda metodologik va metodik mavzuda birgalikda ijod qilishni yoyish refleksiv muhit g’oyasiga tayandik.
Asosiy masalalardan biri qulay innovatsion muhit yaratish bo’ldi. Refleksiv innovatsion amaliyot ishtirokchilari haqiqiy pedagog sharoitda bo’lishlari sababli, qisqa vaqt ichida ilgarigi stereotiplarni bartaraf qila oldilar. Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta anglash bo’lajak maktabning yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon berdi. Asosiy masalalardan biri o’z-o’zini va o’z faoliyatini qayta anglash jarayonini yangiliklar yaratish sohasiga yo’naltirishdir. Qayta anglashga talab muammo nizoli vaziyatga duch kelganda paydo bo’ladi, unda ilgarigi tajriba tubdan o’zgargan sharoitlarda
mutaxassislik sohasida kerakli natijalarni ta`minlashga qodir bo’lmay qoladi. Ushbu vaziyatni ijodiy inqiroz sifatida ifoda etish mumkin. Buni ijobiy tomoni shundan iboratki inqiroz holati yangilik izlashga yordam beradi, ammo bunga erisha olinmasa unda vaziyatning keyingi rivojlanishi o’zi barbod bo’lishiga olib keladi.
Alohida ijodiy muhit yaratash natijasida ushbu muammo bo’yicha ma`lumot va tajriba almashish sodir bo’libgina qolmay, undan tashqari alohida birga ijod qilish muhitini yaratish hisobiga, yangi fikrlarga beg’arazlikka erishiladi, u keyinchalik innovatsion faoliyat asosi bo’lib xizmat qiladi.
Shunday qilib refleksiv innovatsion amaliyotni amalga oshirish quyidagi masalalarni hal etishni ta`minlaydi:

  1. Munozarani rivojlantiradi.

  2. Tez o’zgaruvchi sharoitlarga o’qituvchilar moslashuvini ta`minlaydi,

  3. Yangiliklarni taxmin qilish.


Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin