O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə36/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:







bor?

  1. Boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirishning oldida qanday muammolar


  1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik-psixologik jihatdan

rivojlanishlariga qanday talablar qo‘yiladi?

  1. Pedagog va psixologlarning bolalar yosh davri jarayonida rivojlanishlari haqidagi qanday ta’limotlar ilgari surilgan?



    1. Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkilny pedagogik asoslari


Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo‘lish, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.


Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini etishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo‘naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish maqsadga

muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko‘pchiligining faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 80- yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
“Yangi dunyo”ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chikib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti xamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mexnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo‘lidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o‘kuv dasturida bir kator farklar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘kuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika ta’limi o‘quv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini o‘rganish xam
kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkybiga fizika, ximiya, biologiya, bazi xollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o‘kitiladi. O‘kuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo‘la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to‘liksiz o‘rta maktablar o‘kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin