O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə35/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. Pedagogika nima bilan shug`ullanadi, nimalarni tadqiq qiladi?.

  2. Qaysi ulug` adiblar ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi asarlarni yaratganlar?

  3. XX asrda o`rta osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga hissa qo`shgan olimlar kimlar edi?
    1. Tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv




Bilim – bu o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruriyatga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar va tushunchalardir” (Ilin E.P.).
Bola maktabga qabul qilinishi bilan o‘qish etakchi faoliyatga aylanishi zarur bo‘ladi. O‘qish o‘yindan farqli o‘laroq majburiylik kasb etadi, u aniq maqsadga qaratilgan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan hamda tizimga solingan faoliyat turi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarni o‘qitish jarayonida ham o‘yinlardan foydalaniladi, lekin endi ular o‘qish, o‘qitish vazifalari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinning maqsadi, turi, tashkil etish sharoitlari ham o‘zgaradi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning o‘qish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi o‘qish jarayoniga, ya’ni harakatlarni bajarish usullariga alohida e’tibor beradi. Chunki o‘qishning pirovard maqsadi muayyan bilim va malakalarni egallab olishdangina iborat bo‘lmay, balki kelgusida ishlab chiqarish, fan yoki insonlar bajaradigan boshqa ijtimoiy faoliyat turlarining murakkab muammolarini hal qilishda kerak bo‘lgan mustaqil ravishda bilim olish mahoratini o‘zlashtirish hamdir.
O‘qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshidagi o‘quvchining psixik o‘sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar vujudga keladi. Bular zamirida o‘quvchining psixik kamolot darajasidagi, ijobiy xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishini taqozo etadi va shu jarayonning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri unda o‘ziga xos ehtiyojlar mavjudligidir. Mazkur ehtiyojlar o‘z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchining shaxsiy istagini o‘zida aks ettiradi. Bu ehtiyojlar o‘z sumkasiga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usini his
etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga borish, o‘qituvchining o‘gitlari ham o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib etmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi.
Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish jarayonining aynan o‘ziga qiziqish ko‘zga tashlanadi. Maxsus tadqiqotlarda o‘quvchilar bilan keraksiz mashqlar o‘tkazilgan va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik kerak bo‘lmasligi aytilgan, lekin o‘quvchilar ularni bajonidil bajarishga kirishavergan.
O‘quvchining xususiy faoliyatda erishgan dastlabki muvaffaqqiyati uni boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat mahsuli shodlik va quvonch his-tuyg‘ularini paydo qiladi. Masalan, ayrim o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o‘qishga harakat qiladi. O‘qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi.
Barkamol etuk shaxsni tarbiyalash, Respublikamizda kadrlar tayyorlashni davr talablari darajasiga ko‘tarish, ta’limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mexanizmini yaratish, uning mazmunini takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalar qamrab olgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan uning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bo‘limida ta’lim oluvchilardagi layoqatni ma’lum shart- sharoitlar asosida qobiliyat darajasiga ko‘tarish zarurati alohida qayd qilinadi. Bugungi kunda ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida o‘qitish darsga va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish muhim vazifa ekanligi ko‘rsatilgan.
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan
uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ahamiyatli g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta’limni rivojlantirishda integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Integratsiya – ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur o‘stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qildik.
Professor R.A.Mavlonova shunday yozadi: “Integratsiya – “butun” degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. “Integratsiya” so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, “integer” butun so‘zidan kelib chiqqan4.
Ma’lumki, keyingi yillarda o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich ta’limda 10 taga etdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi.
Hozirda boshlang‘ich ta’lim mazmuniga ham, sifatiga ham zamonaviy talablar qo‘yilmoqda va ularga mos davlat me’yoriy hujjatlari (Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha nizomlar, konsepsiyalar, Davlat ta’lim standartlari, uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va ularga mos o‘quv dasturlari va shu kabilar) tayyorlangan. Bunda boshlang‘ich sinflar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bolalarning bitta o‘qituvchi qo‘lida ta’lim olishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, boshlang‘ich ta’lim mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’lumotlarning uzluksizligi va uzviyligini o‘qituvchi tomonidan ta’minlash o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuksaltirishga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu orqali oddiydan murakkabga (osondan qiyinga) qarab bayon qilinayotgan ma’lumotlarni o‘rganishga mustahkam didaktik asos yaratiladi.



4 Mavlonova R., Rahmakulova N. Boshlang’ich ta’limni integratsiyalash. –T., 2011.
Ushbu sohada Respublikamiz olimlari va mutaxassislari ko‘pgina ilmiy- amaliy ahamiyatga molik tadqiqotlarni olib bormoqda. Ularning ishlari tufayli boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi ham mazmun jihatidan, ham sifat jihatidan boyib, takomillashib bormoqda. Ushbu sohada Sh.Abdullaeva, B.Adizov, M.Botirova, A.Bekmurodov, R.Ibragimov, X.Ibragimov, R.Mavlonova, M.Mahmudov. U.Musayev, Sh.Muhiddinova, G.Najmiddinova, R.Nurjanova, N.Ortiqov, Z.Otaxonova, S.Ortiqboeva, S.Rajabov, O.Roziqov, R.Safarova, Z.Tojiyeva, X.To‘raqulov, I.To‘raqulova, N.Usmonov, O‘.Farmonov, M.Xolmatov, R.Hasanov, M.Haydarov, O.Hasanboyeva, N.G‘oyibnazarova va shu kabilarning ta’kidlashicha zamonaviy o‘qituvchi quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim:

  • o‘qituvchi o‘zining tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘rta umumta’lim maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar asoslarini chuqur egallagan bo‘lishi kerak;

  • zamonaviy o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ma’naviy va ma’rifiy jihatdan savodxon bo‘lishiga erisha olishi, milliy mafkurainiz g‘oyalarini o‘z o‘quvchilari ongiga va qalbiga singdira olishdck intellektual salohiyatga ega bo‘lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak;

  • pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi fanlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;

  • o‘qituvchi o‘z kasbi bo‘yicha jahon ilm-fani erishgan yutuqlardan doimo xabardor bo‘lishi va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatida doimo foydalanishi lozim;

  • ta’lim va tarbiyaning didaktik asoslarini chuqur egallagan bo‘lmog‘i lozim;

  • o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lishligi, ya’ni o‘z amaliy faoliyatini ilmiy-metodologik asosda olib bora olishligi kerak;

  • o‘z o‘quvchilarining ichki dunyosiga kirib bora olishlik va ularni milliy g‘ururli hamda Vatan fidoyilari qilib tarbiyalashga ko‘maklasha olishligi lozim;

  • pedagogik mahorati va o‘z kasbiga tegishli bilimlar bazasini muntazam ravishda yuksaltirib borishligi va shu kabilar.

Boshlang‘ich ta’lim mazmuniga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari respublikamizda ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda. Ular to‘g‘risida respublika bo‘yicha tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ko‘plab ma’lumotlar topish mumkin. Quyida ulardan ba’zilarining tadqiqot ishlaridan ma’lumotlar beramiz:

  1. Tadqiqotchi – olim R.Ibragimovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida kichik maktab yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllanlirishga yo‘naltirilgan didaktik asoslar va unga mos ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab ehiqilgan. Bu ta’lim mazmunini takomillashtirishga innovatsion yondashuv qilishga ilmiy-uslubiy asoslardan biridir. Ushbu dissertatsiyaning qimmatini oshiruvchi himoyaga olib ehiqiladigan holatlar ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini shakllantirishda mustahkam didaktik asos bo‘la oladi

  2. “Boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik omillari” mavzusidagi R.U.Nurjanovaning nomzodlik dissertatsiyasi boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik omillarini aniqlash va boshlang‘ich ta’limning yangi mazmunini belgilash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda quyidagi ilmiy natijalar qo‘lga kiritilgan: boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning ijtimoiy- pedagogik omillari belgilab chiqilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmunini belgilashning didaktik asoslari tadqiq etilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmuni va uning samaradorlik darajasi bir necha usullar yordamida aniqlangan.

Ushbu tadqiqot ishining amaliy jihatdan ahamiyatli joyi shundaki, unda boshlang‘ich ta’lim mazmunining davlat va jamiyat taraqqiyoti talablari asosida belgilab berilgan yangi mazmuni ishlab chiqilgan. Bu tadqiqot ishi natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayoni uchun yangi mazmundagi o‘quv dastur, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llan-malar, didaktik materiallar ishlab chiqishga asos bo‘ladi

  1. Tadqiqotchi A.Meliboevning tadqiqot ishi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘z o‘quvchilariga ekologik ta’lim berishga,

tayyorlashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ekologik bilim berishga tayyorlashning pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash hamda o‘quvchi-larda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishga ynaltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari qaralgan. Ushbu tadqiqot ishidagi o‘qituvchilarni ekologik bilim berishga tayyorlash jarayonida ularning bilishlari lozim bo‘lgan ekologik bilimlar mazmuni va hajmi aniqlanganligi diqqatga sazovordir

  1. Tadqiqotchi G.Boymurodovaning dissertatsion ishi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligining texnologik tizimini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqot ishidagi quyidagi olingan natijalar e’tiborga molikdir: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini ta’minlashning texnologik tizimi ishlab chiqilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini amalga oshirishning qulay shart-sharoitlari va vositalari aniqlangan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini ta’minlashga ynaltirilgan texnologik tizimning samaradorligi bir necha usul bilan tahliliy aniqlangan.

  2. Tadqiqotchi B.Sabirovning dissertatsiya ishi boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan bo‘lib, u

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlash metodikasi», deb nomlanadi va unga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini ishlab chiqishni tadqiqot maqsadi qilib olingan.
Mazkur tadqiqot ishida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan quyidagilar o‘quvchilarni informatika ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini boyitishga sezilarli ta’sir qiladi: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga informatika elementlarini o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari aniqlangan; boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘rganishga qaratilgan o‘quv faoliyat tuzilmasi ishlab chiqilgan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika
elementlarini o‘qitishning mazmuni va metodik tizimi ishlab chiqilgan; boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik dastur vositalari majmui tayyorlangan

  1. Tadqiqotchi G.Najmiddinovaning ta’lim oluvchilar o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsion ishi «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari», deb nomlangan. Unda tadqiqot oldiga qo‘yilgan muammoga mos didaktik va psixologik imkoniyatlar aniqlangan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan

Endi bu borada olib borilgan boshqa tadqiqotlar haqida ham to‘xtalamiz.
Z.Otaxonovaning tadqiqot ishlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda ko‘proq bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashning pedagogik-psixologik asoslari tadqiq etilgan. Ularda asosan bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik-psixologik xususiyatlari quyidagicha ifodalanadi: o‘qituvchilarning o‘z Ona Vataniga sodiqligi, o‘z o‘quvchilarini sevishi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalay olishligi; o‘z ona tilini ulug‘lashi; o‘z xalqi va uning madaniyatini sevishi haqida o‘z o‘quvchilarini davlat mustaqilligi ruhida tarbiyalay olishi; o‘qituvchining ma’naviy etukligi va olijanobligi; o‘qituvchining o‘z o‘quvchilari oldida o‘zini tuta bilishi va ya’ni ibrat-namuna ko‘rsata olishi
Ushbu xususiyatlar shunisi bilan ham qimmatliki, ular tufayli bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalashga tayyor bo‘ladi. Bu hozirda bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiladigan davlat talablaridan biridir. Bunday talab bo‘lajak mutaxassislarni ma’naviy jihatdan etuk va kasbiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Bu borada tadqiqotchi S.Usmonovning tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Uning nomzodlik dissertatsion ishi ham boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Undagi boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi
o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga salmoqli hissa qo‘sha oladi. Bu esa o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratadi .
Yuqorida keltirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim mazmunini istiqbolga ynaltirilgan holda belgilash lozim ekan.
Kichik maktab-boshlang‘ich ta’lim kamolot bosqichi yosh va pedagogik psixologiya fan sohalari shaxs rivojida eng mas’uliyatli va muhim rivojlanish davridan birini tashkil etadi

  • Psixologiya fanlari doktori, professor K. Mamedov fikri: «Umuman ta’limga, xususan boshlang‘ich ta’limga e’tibor, aytish kerakki, faqat mustaqillikdan so‘nggina ijobiy tomonga o‘zgardi. Bu tabiiy hoi. Chunki, boshlang‘ich ta’limda bolalarimizga ilmiy bilim asoslaridan etarli bilim berilmasa, undan keying! rivojlanish davrida buning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.

  • Pedagogika fanlari doktori, professor R.Safarova fikri: “Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish ustida alohida ish olib borishlari talab etiladi: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalash; niuayyan mavzu doirasida bosqichma-bosqich kengaytirilgan murakkab inatnlar yaratish; muayyan mavzuni batafsil tavsiflash; mavzuni tavsillashda ona tilining ifoda imkoniyatlari va so‘z boyliklaridan samarali foydalana olish; matn yaratishda imloviy, uslubiy talablarga rioya qilish kabilar.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilar o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantrish, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun zaruriy tayyorgarlik darajasini ta’minlashga erishishlari talab etiladi”
Kichik maktab yoshida o‘qishga qiziqish vaziyat bilan bog‘liq xususiyatlarga egadir. Masalan: o‘quvchilar o‘qituvchining hikoyasini qiziqib tinglashadi, hikoya tugashi bilan ulardagi qiziqish ham yo‘qoladi.
Yuqorida zikr etilgan masalalarni hal etish maqsadida biz birinchilar qatorida G.A.Uruntaeva va Yu.A.Afonkinalar tomonidan taklif etilgan “Bolada o‘yin yoki
o‘qish motivining ustuvorligini aniqlash” metodikasidan foydalanishga qaror qildik va ushbu metodika tadqiqotimiz oldida turgan vazifalarni maqsadga muvofiq hal etish imkoniyatiga ega”- deb hisoblaymiz.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin