Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
Boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirishda xorij davlatlari bilan hamkorlik masalalari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik-psixologik jihatdan rivojlanishiga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi?
Lug’at bo’yicha, maktab – faoliyati biror-bir muallif yoki mualliflar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan etakchi psixologik-pedagogik kontseptsiyaga asoslangan eksperimental o’quv-tarbiyaviy muassasadir. Mualliflik maktabidan maqsad shuki, nafaqat boshqacha tashkil etilgan o’quv rejasi, balki boshqacha dunyoqarash, maktabning boshqacha (xususiy, o’ziga xos) ruhi va faoliyat tarzi, ta`limning boshqacha (chuqurlashtirilgan emas, boshqacha) mazmunidir.
Bizning davrimizda mualliflik ruhi o’zbek ta`limi uchun me`yoriy xususiyat bo’lib qoldi. Maktab ham, individual shaxs kabi, o’zining takrorlanmas xususiyatiga ega bo’lishi kerak, degan fikr barcha tolmonidan tan olinmoqda. Har bir maktabning o’ziga jalb qiluvchi bir xususiyati, ya`ni o’quvchilarni va ularning ota-onalarini o’ziga tortuvchi bir xususiyati bo’lishi lozim. Aks holda, o’ziga xos
ta`limni taklif qilmaydigan maktab o’z o’quvchilaridan mahrum bo’lib qolishi hech gap emas.
Amaliyotda tasdiqlangan holat: keyingi yillarda yangi toifadagi maktablarga tushayotgan arizalar ularning imkoniyatlaridan oshib ketayotgan bir paytda, ayrim “oddiy” maktablar birinchi sinfga etarli miqdorda o’quvchilarni to’play olmayapti. Shunday qilib, ko’p sonli maktablar faoliyatida quyidagi tendentsiya ko’zga tashlanmoqda: yangi toifadagi har bir maktab o’z taraqqiyot yo’nalishini o’zi mustaqil tarzda tashkil etmoqda; bu birinchi navbatda ta`lim maydonining mazmuniy va maqsadiy qismlariga taalluqlidir. Kuzatilayotgan tendentsiya K.D. Ushinskiy tomonidan olg’a surilgan va “tajriba emas, balki g’oyagina o’zlashtirilishi mumkin” degan qoidaning to’g’riligini isbotlaydi. Tajriba har bir insonda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi va faqat o’ziga xos taraqqiyot kontseptsiyasini ishlab chiqqan va amalga oshirayotgan maktabgina o’z individualligiga ega bo’lishi mumkin.
Ibn Sino o’z ilmiy faoliyatida, dunyoqarashida ko’pincha dinni o’tkir tanqid ostiga olgan. “Yorug’lik” (“Osveshenie”) nomli risolasida insonni, bilim va bilimni tahlil qilishning Yaqin va O’rta Sharq ilg’or mutafakkirlarining falsafiy kontseptsiyasining asosiy yo’nalishini ifodalovchi eng izchil sxemasini ishlab chiqdi. “Ma`lumki, - deb yozgan edi u, - e`tiqod uchun yaratganning yagonaligini va uning “miqdor”, “sifat”, “o’rin” va “vaqt”, bir holatdan ikkinchi holatga o’tish kabi xususiyatlarga aloqasi yo’qligini tan olish zarur bo’ladi. Yaratgan yagona, uning o’ziga o’xshaganiga ega bo’lishi mumkin emas, u «miqdoran” ham, mohiyatan ham, ya`ni turi bo’yicha ham, xili bo’yicha ham qismlarga ega emas. U olam ichida ham, olamdan tashqarida ham emas va unga ishora qilish ham mumkin emas. Biroq bu shaklda u haqda odamlarga gapirish mumkin emas, chunki ko’chmanchi arabga yoki savodsiz yahudiyga buni aytsa, ular bir ovozdan bunday mohiyatning mavjud bo’lishi mumkin emasligini ta`kidlashgan bo’lishardi”. Ibn Sino aytadiki, agar olimlar va donishmandlar Qur`onni izohlarsiz tushuna olishmasa, unda faqat cho’lni va tuyalarnigina bilgan omi kishilar nima qilishlari kerak?
Sharq mutafakkirlari o’z davridagi ijtimoiy qiyinchiliklardan qutulish yo’llarini topishga urinishgan. Bunda ular “saxovatli” shahar ko’rinishidagi jamiyat modelini taklif qilishgan. Jumladan, Forobiy shunday qilgan. Qomusiy olimlar, albatta, moddiyunchilar(materialistlar) hisoblanishmagan, ammo ularning g’oyalarida materialistik tendentsiyalar, tajribaga va mantiqiy dalillarga asoslangan ilmiy bilimlarning dinga qarshi qo’yilishi ochiq seziladi. Ularning inson va uning tarbiyasi haqidagi ta`limotidagi eng asosiy narsa shunda ediki, ular inson tabiatining asosiy xususiyatlari ichiga kirishga harakat qilishgan. Bunda ular ilg’or tabiiy-ilmiy mavqeda turishgan. Ular insonlar faoliyati va xulqini o’rganadigan fanlarni amaliy falsafa deb atashgan va bu fan tuzilmasiga fuqarolik siyosatini, etikani, oilaviy tarz haqidagi fanni ham kiritishgan.
Forobiy inson tabiatini tahlil qila turib, xususan, uni turli tomonlardan: biologik, psixofiziologik, psixologik va ijtimoiy-siyosiy tomonlardan tekshirishgan. Olimning fikriga ko’ra, inson tabiatan qobiliyatli bo’lib tug’iladi, shu qobiliyat tufayli uning harakatlari, ruhiy kechinmalari va butun xulqi nafaqat risoladagiday, balki o’zgargan tarzda ham bo’lishi mumkin. Buning oqibatida inson nafaqat olijanob ishlarni, balki bo’lmag’ur amallarni ham qilishi mumkin.
Forobiyning inson axloqi ijtimoiy mezonlari haqidagi fikrlari ham ajoyibdir. “Yaxshi xulq va aql kuchi, - deb yozgan edi u, - har ikkalasi birgalikda insonning shu ma`nodagi fazilatidirki, har bir narsaning yaxshi xislati uning o’zida va uning harakatlarida mukammal va yuqori darajada bo’lishidadir. Agar ularning har ikkalasi, ya`ni yaxshi xulq va aql kuchi bor bo’lsa, biz o’zimizda va harakatlarimizda mukammallikka va yuqori darajaga ega bo’lamiz va shu har ikkalasi tufayli biz olijanob, saxovatpesha bo’lamiz: bizning hayot tarzimiz saxoovatpesha va bizning xulqimiz esa maqtovga loyiq bo’ladi”.
Forobiy o’z falsafiy tizimining metafizika, psixologiya, etika, sotsiologiya kabi barcha bo’limlariga quyidagi g’oyani singdirgan: inson shunday shakllanganki, o’zining mavjud bo’lishi va ilohiyotga sig’inishi uchun u yolg’iz o’zi erisha olmaydigan ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi va buning uchun unga boshqa shaxslar yordami zarur bo’ladi. Shu bilan birga, har bir inson boshqa
insonga nisbatan xudi shunday holatda bo’ladi. Ana shuning uchun ham bir- birlariga yordam beruvchi ko’plab insonlarning birlashuvi orqali inson tabiatan belgilangan mukammallikka ega bo’ladi. Bunda har bir inson boshqa bir insonning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lgan ulushni etkazib beradi”.
Insonning hayotiy ehtiyoji unda jamoaviylik tuyg’usini va muloqotga bo’lgan ehtiyojni tug’dirishi, faqat o’ziga o’xshaganlar orasida axloqiy mukammallikka erisha olishi haqidagi fikr Forobiyning ijtimoiy va pedagogik qarashlarini tushunishda juda muhimdir.
Forobiy “Saxovatli shahar aholisining maslagi”, “Fuqarolik siyosati”, “Davlat arbobining hikmatlari” kabi yirik asarlarida inson va uning tabiyasi muammosini ko’tarib chiqqan, bu muammo uning falsafiy tizimidagi eng muhim va murakkab qismlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda u o’zining etikaga bag’ishlangan risolalarida ko’pgina qiziqarli fikrlar bayon qilgan. Mantiq inson bilishining tamoyillarini tushuntirgani kabi, - degan edi u, - etika inson xulqining asosiy qoidalarini izohlashi lozim. Insonning ijodiy faoliyatini tan olmaydigan islom nazariyotchilaridan farqli o’laroq, zamondoshlari “Sharq Arastusi”, “Ikkinchi muallim” deb atashgan Forobiy faqat inson aql-zakovatigina nima yaxshi, nima yomon ekanligini hal qiladi, deb ta`kidlagan.
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi qarashlari keyingi asrlarda Osiyo va Evropadagi ko’pgina mutafakkirlar ijodiga ham ta`sir qildi. Bu insonparvarlik an`analari rivojiga Beruniy kata hissa qo’shdi. U ta`kidlaydiki, inson ilmiy bilimsiz mohiyatan shubhali bo’lib qoladi; ilm insonning boshqa barcha jonli mavjudotlar ustidan hukmronligi va butun umri davomida mavjudligi tamoyili belgisidir. Beruniy uchun bilish insonga xos oliy quvonchdir: “Inson nimaga ko’proq intilsa va ko’proq ega bo’lsa, shu narsa unga haqiqiy huzur bag’ishlaydi. Inson oldin bil magan narsasini bilsa, uning qalbi shunday holatda bo’ladi”.
Beruniyning ko’pgina mulohazalarida axloqning ijtimoiy mezonlari haqida gapiriladi. Uning fikricha, inson qiymatining asosiy mezoni – uning ishi, mehnati. U yozadiki, har bir insonning qiymati o’z ishini ajoyib tarzda amalga oshirishidadir. Ibn Tufaylning “Hay ibn Yaqzon haqida qissa” asarida bu g’oya
quyidagicha shakllantirilgan: “Baxtsizlikdan, bilimsizlikdan xalos bo’lish uchun inson mehnat qilishi lozim”.
O’rta asr Sharqining ijtimoiy-pedagogik g’oyalari rivojiga Ibn Sino ham katta hissa qo’shgan. Uning axloq va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari ayniqsa katta qiziqish uyg’otadi. Ibn Sinoning etik dunyoqarashi umumiy ishga, xizmat qiliuvchi, insoniyatga foyda keltiruvchi ma`rifatli, olijanob, saxovatpesha, irodali, faol, mukammal insonni tarbiyalash haqidagi tavsiyalarida yorqin ochiladi. U “Donishnoma” risolasida etikani inson o’z xulqining va faoliyati qanday bo’lishini bilib oladigan fan sifatida ajratadi.
Ibn Sinoning etik qarashlari o’z davri uchun ilg’or bo’lgan ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g’oyalaridan kelib chiqadi va ulug’ olimning har tomonlama faoliyatidagi insonparvarlik yo’nalishlari, uning ijtimoiy kontseptsiyasi haqida guvohlik beradi. “Inson o’z ehtiyojlaridan uzilib qolgan emas, ya`ni u butunlay ihota qilingan emas,
- deb yozadi u, - chunki u o’z ehtiyojlarini insoniyatning boshqa vakillari bilan muloqotda bo’lish bilangina qondira oladi”.
Ibn Sino ta`limotiga ko’ra, inson tarbiyasi uning yagona aqliy, axloqiy va jismoniy rivojini ta`minlashdan iboratdir.
Pedagogik nuqtai nazardan insonning boshqa jonli mavjudotlardan farqlanishi haqidagi olimning fikrlari qiziqdir: “Ma`lumot beri shva ma`lumot olish va boshqa ehtiyojlar insonga xosdir...
Kamyob narsalarni idrok qilish paytida ajablanish tuyg’usining va undan keyin esa kulgining paydo bo’lishi insonning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Yoqimsiz narsalarni idrok qilganda esa qo’rqinch deb ataladigan tuyg’u va undan keyin esa yig’i paydo bo’ladi. Ijtimoiy hayotda esa amalga oshiriladigan harakatlar ichida qilinishi lozim bo’lmaganlariga e`tiborni qaratish insonga xos xususiyatdir. Buni u yoshligidan biladi va shu asosda tarbiyalangan bo’ladi, keyin esa bu amallarni bajarishi lozimligi haqida eshita boradi va natijada bu e`tiqod uning uchun tabiiy narsaga aylanadi. Boshqa amallar esa bunga zid bo’lib hisoblanadi. Birinchilari yomon hisoblansa, ikkinchilari yaxshi hisoblanadi. Boshqa jonli mavjudotlarda bu yo’qdir…”
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy va umumpedagogik dunyoqarashi Umar Xayyomning jamiyatdagi inson va uning tarbiyasiga bo’lgan qarashlarining shakllanishiga katta ta`sir qildi. Zamondoshlari haqqoniy tarzda Umar Xayyomni fanning turli sohalari bo’yicha Ibn Sinoning izdoshi deb hisoblashadi. O’rta asr manbalarida Umar Xayyomni “imom” – “ma`naviy rahnamo”, “xoja” – muallim va “xoja-ul-haq” – “haqiqat isboti” deb atashadi.
Umar Xayyomning inson va uning tarbiyasi muammosi haqidagi ko’pgina mulohazalari o’rta asr Sharqi ilg’or mutafakkirlarining insonning jamiyatdagi o’rni haqidagi, unga qo’yilgan talablar haqidagi, shuningdek, inson va jamiyatning paydo bo’lishi haqidagi masalaga yondashuvlarini tushunishda katta ahamiyatga egadir. Mana ulardan ayrimlari. “Nutq qobiliyatiga ega bo’lgan, lekin yozuvni bilmagan inson mukammal emas va u yarim odamga o’xshaydi, chunki yozuvni bilish qobiliyati katta qibiliyatdir va hech qanday qobiliyat unga tenglasha olmaydi, lekin insonni inson darajasidan farishta darajasiga ko’taradi, iblisni esa iblis darajasidan inson darajasiga ko’taradi”.
O’rta asr Yaqin va O’rta Sharq qomusiy olimlarining etik va ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ta`riflashda Nasriddin Tusiy tomonidan yozilgan “Axloqi Nosiriy” asari keng ma`lumot beradi. Bu ishda yaxshi tarbiyaning tabiati va muhimligi, ota- onalar huquqlari, saxovat va baxt, insonning olijanob fazilatlari, axloq, fazilatlar, sodiqliq va samimiylik, barcha olijanob fazilatlarga ega bo’lish uchun zarur bo’lgan sog’liqni saqlash haqida so’z yuritiladi.
“Inson, - deb yozadi Tusiy, - olamdagi eng shonli mavjudotdir. U o’z hayotining turli davrlarida erdagi ishlarni tartibga solish, insonlarni baxtga etkazish, ularning maishiy va hayotiy muammolarini hal qilish, axloqni tarbiyalash va ularni to’g’ri yo’lga solish majburiyatini olgan”. Tusiy inson kuchiga va undagi aql-zakovatga tayangan holda barcha ijtimoiy muammolarni siyosiy, huquqiy va axloqiy-odobiy vositasida hal qilish mumkin, deb hisoblagan. Tusiyning axloqiy qarashlaridagi o’ziga xoslik va muhimlik yunonlar axloqiy qarashlari bilan o’zidan oldin o’tganlarning qarashlari birikuvi bilan izohlanadi.
Tusiy tafakkuridagi mantiq va uning axloqiy sifatlarni va kategoriyalarni aniqlash qobiliyati “Axloq Tusiy” dagi quyidagi parchada ko’rinadi: “Saxiylik va qanoatlilik ehtiros kuchiga borib taqalsa, olijanoblik, rahmdillik, karam, samimiyat, vazminlik esa qahr kuchiga borib taqaladi.
Donolik, notiqlik, ziyraklik, mulohazakorlik, qat`iylik, sodiqlik, qasamga sodiqlik, befarqlik kuchiga borib taqaladi.
Qanoat bu ovqat, ichimlik, hirs kabi har xil ehtiroslarning ko’pligidan, bulardan birortasiga berilishdan, buning ustiga, ularni o’z aqliga bo’ysundirishdan chetlashishdir.
Mo’tadillik bu chegaradan chiqadigan mashg’ulotlardan o’zni tiyishdir. Saxiylik o’zida bo’lgan narsani shu narsaga muhtoj bo’lgan insonga berish, shuningdek, ezgu ishlarni amalga oshirib, shundan qoniqish hosil qilishdir.
Jasurlik namoyon qilish qahr kuchlari orqali saxovat ko’rsatishga tegishlidir. Bunda inson o’ziga yoqmagan, o’ziga zulm etkazadigan ishlarga qaramasdan o’zini ko’rsatishga harakat qiladi. Bunday ishlarga, misol uchun, o’z ayolining sha`nini himoya qilish kirishi mumkin. Sabr o’zi nafratlanadigan mashaqqatlarga chidash yoki o’z xohishlarini tiyishdan iboratdir.
Forobiyning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi shundaki, insonni ezgu ishlarni takomillashtirish orqali haqiqiy baxtga muyassar qilishdir. Forobiy saxovatpesha kishilar ruhi oxir oqibatda o’zining moddiy qobig’idan ajralib chiqib, abadiy yashaydi, deb o’rgatadi.
Forobiy ma`naviy tarbiyaga katta ahamiyat berib, uni eng avvalo, ilmiy bilimlarni egallash deb tushungan. U ta`kidlaydiki, inson, «ma`lumotli va tajribali bo’lishdan oldin ko’pgin a narsalarni inkor qiladi va faqat ilmlarga egallab, tajriba orttirgandan keyingina bu narsalar haqida o’z fikrini o’zgartiradi va o’z inkor qilgan narsalarning zarur ekanligini tushunadi, uni ilgari ajablantirmagan narsalar esa endi uni ajablantiradigan bo’lib qoladi”.
Forobiyning ta`kidlashicha, bilim yaxshi xulq bilan bezanishi lozim, insonning bilim olishga intilishi ham, xuddi daraxtda o’sib chiqadigan narsalar meva bergani kabi, yaxshi xulq bilan yakunlanishi lozim. Forobiyning fikricha,
ilm va hunar Bilan shug’ullanishga tayyorlanishda muayyan sharoitdan va tarbiyalanuvchining tabiatidan kelib chiqqan holda ikkita pedagogik metoddan foydalanish lozim: Agar tarbiyalanuvchilarning o’zlari ilm va hunar o’rganishga intilsalar, ularning bu istaklarini kuchaytirish uchun “yumshoq metod”ni qo’llash kekrak, agar tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha va “quloqsiz” bo’lsalar, ularga nisbatan “qattiq metod”ni qo’llagan ma`qul.
Forobiy ilm o’rganishni boshlagan insonlarga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lgan, lekin ularni saralangan, imtiyozli tabaqa deb hisoblamagan. “ilm o’rganishgap kirishayotgan shaxs yo shva kamtar bo’lishi, sog’lom va yaxshi xulqli hamda tarbiyali, qat`iyatli, ayyorlik va aldamchilikdan yiroq, ilm kishilariga hurmat bilan munosabatda bo’lish lozim”.
Forobiyning fikricha, umumiy bilimlarning kuzatuvchanlik va tajriba bilan birikishi insonni tarbiyalash metodini belgilab beradi. Forobiy tarbiya vazifalaridan eng muhimi sifatida shuni ta`kidlaydiki, inson qalbi va irodasi haqiqat tomon yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bu o’rinda Arastuning ta`siri seziladi.
Suunday qilib, Forobiy shunga amin ediki, insonning ma`naviy qiyofasi shakllanishida jamoa muhiti, insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va inson irodasi eng muhim omillardan hisoblanadi.
“Insonga, - deb ta`kidlagan edi Beruniy, - avvalo o’zining qalbi yaqinroqdir va birinchi navbatda uning uchun ezgulik qidirish kerak, faqat shundan keyin atrofdagilar uchun qidiriladi. Eng yaqin narsalardan biri badanini yopib turadigan kiyim va uni o’rab turadigan boshpana, uning ehtiyojlarini qondiradigan xizmatkor, idishlarda saqlanadigan ovqat va ichimlik hamda mehnat qurollari.
Yuz go’zalligi va qomat nafisligi – bu ikkalasini ham inson o’ziga duch keladiganlarda ko’rgisi keladi. Biroq qiyofa ona qornida paytida beriladi va uni o’zgartiradigan jonzotning o’zi yo’q. Qalbga kelsak, inson o’z ehtiroslarini o’zgartirishga, uning yomon tomonlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga qodir”.
Tarbiyaning turli vositalarini izchil tadqiq qilish Beruniyga diniy kontseptsiyaga qarama-qarshi bo’lgan o’z kontseptsiyasini ishlab chiqishga imkon berdi. U Aflotunning tarbiya asosida abadiy g’oyalarni bilishga bosqichma-bosqich
tayyorlanish kerak degan tamoyil yotadi degan qarashlarini tanqid qilgan. Tarbiya, Beruniyning fikricha, axloq bilan bog’langan, odat va malakaga asoslanadi, vaqt o’tishi bilan egallanadi. Tarbiyaning vazifasi, birinchi navbatda qalb va aqlni zararli xususiyatlardan va tasodifiy holatlardan hamda fanatizm, raqobatchilik, ehtiroslarga berilish, hokimiyat uchun kurash kabi zararli odatlardan tozalashdan iboratdir. Demak, uning fikricha, tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash bilan yaqindan aloqada bo’ladi.
O’rta asrning buyuk mutafakkiri Ibn Sino tarbiyaning asosiy maqsadi mukammal xarakterni tarbiyalashda deb hisoblagan. U yozadiki, to’g’ri tarbiya natijasida ikki xil “foyda”ga erishiladi: “Bittasi bola qalbi uchun, chunki bola yoshligidan yaxshi xulqli bo’lib o’sadi, bu esa odatga aylanadi. Ikkinchisi bola jismi uchun, chunki yomon xulq yaramas tabiatdan kelib chiqadi. Agar badxulqlik odatga aylansa, u yaramas tabiatni keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab jismning nihoyatda qizib ketishiga, qayg’u esa jismning qurib ketishiga, befarqlik qalb kuchini zaiflashtiradi”.
Ibn Sino bolalik va o’smirlik yoshida tarbiya ta`sirida ruhiyatning rivojlanish jarayonini tadqiq qilishga katta ahamiyat bergan va o’z kuchini uning samaradorligining oshirish vositalarini qidirishga qaratgan. Bola xarakterining yaxshilanishiga, bola qiziqqan va intilgan narsasining bo’lishiga, bola yomon ko’radigan narsalarning bo’lmasligiga doim e`tibor qaratish lozim. Bu bilan ham ikki xil foydaga erishiladi: birinchidan, bolada yoshligidanoq qat`iy xarakter shakllanadi, ikkinchidan, bunday xarakterning shakllanishi bolaning jismoniy rivojlanishiga ta`sir qiladi.
Ibn Sinoning fikriga ko’ra, o’quvchilar birgalikda ta`lim olishsagina, bir- birlarini hurmat qilishadi va ilm olishda bir-birlariga yordam berishadi. Bola yolg’izlikda ta`lim olsa, bu uni baxtsiz qiladi. Maktabning afzalligi shundaki, deydi Ibn Sino, o’quvchilar bir-birlaridan ortda qolmaslikka harakat qilib ilm o’rganishadi. Ularning turli mavzular bo’yicha olib boradigan o’zaro suhbatlari ularning do’st bo’lishlariga yordam beradi.
Ibn Sinoning fikricha, inson yaxshi bo’lib ham, yomon bo’lib ham, yovuz bo’lib ham, mehribon bo’lib ham tug’ilmaydi, balki muayyan omillar ta`siridagina shunday bo’lib etishadi. Saxovatpeshalik, Ibn Sinoning ta`kidlashicha, tabiat tomonidan berilmaydi, balki bu odat, mashq orqali paydo bo’ladi. Insonning hissiy va ma`naviy ehtiyojlardan birini tanlay olishi irodaning sezilarli tarzda namoyon bo’lishidir. Bu tarzdagi erkin tanlov vaqt o’tishi bilan fe`l-atvorning asl qirrasiga aylanadi.
Shoir, faylasuf va olim Umar Xayyom ham Alloh, olam va undagi odam o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga tegishli g’oyalar bilan bog’liq tarzda tarbiya maqsadlari va vositalari masalasiga ham munosabat bildirib o’tgan.
Uning fikricha, tarbiyaning maqsadi sog’lom fikrli, o’tkir aql, kuchli sezgiga ega bo’lgan insonni tarbiyalashdan iboratdir. “Faqat chuqur sezgirlikkina, - deb ta`kidlaydi olim, - mukammal qalbni qoniqtiradigan ilhom tuyg’usi darajasiga ko’tarila oladi”.
Madrasa haqidagi birinchi aniq ma`lumot mashhur arab tarixchisi Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida uchraydi. U 936 yilda yuz bergan ulkan yong’ingacha mavjud bo’lgan Farjak madrasasi haqida yozib qoldirgan. U paytlar Buxoro markazlashgan feodal davlati bo’lmish Somoniylar davlatining poytaxti bo’lib, O’rta Osiyoning yirik ilmiy va iqtisodiy markazi hisoblangan. Somoniylar davrida birgina Samarqandning o’zida 20 ga yaqin madrasa mavjud bo’lib, ular islomning turli, ko’pincha bir-biriga dushman bo’lgan oqimlari homiyligida faoliyat yuritishgan. Bu o’quv yurtlarida mudarrislar nafaqat u yoki bu oqim ta`limotini o’qitishgan, balki dunyoviy ilmlardan ham saboq berishgan, ilmiy tadqiqotlar olib borishgan, bu erda ilmiy maktablarga asos solingan.
Inson shaxsining shakllanish omili sifatidagi ilmiy ta`limning mazmun va metodlarini Xorazmiy ilmiy ma`lumotlar yig’ish, ularni tavsiflash va kuzatilayotgan dalil va hodisalarni izchil bayon qilish deb tushungan.
Ilmiy ta`lim jarayonida Xorazmiy o’quvchilarni shaxsan kuzatishga va olimlarning oldin yiqqan ma`lumotlardan foydalanishga alohida ahamiyat bergan. U fanning vazifalarini umuman tushunishni va o’tmish olimlarning xizmatlarini
yuqori baholagan. “Al-jabr va al-muqobala” asarining boshida u shunday yozgan edi: “Oldingi davrlardagi va o’tib ketgan xalqlarning olimlari o’zlaridan keyin keladigan olimlarni nazarda tutgan holda ilmning turli bo’limlari va falsafaning turli sohalari bo’yicha kitoblar yozishgan va o’z xizmatlariga yarasha mukofotlar kutishgan, lekin bu mukofotlar ular mehnati hamda qiyinchiliklar oldida arzimasdir. Bir olim ungacha ishlab chiqilmagan sohani ishlab chiqib o’zidan keyingilarga qoldirishgan. Boshqa biri o’zidan oldingilarning ishlarini sharhlaydi va shu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradi, yo’lni yoritadi. Yoki bo’lmasa shu olim kitoblardagi kamchiliklarni topadi va uzilib qolgan joylarni ulaydi; bunda u o’zidan oldingi o’tganlar haqida ezgu fikrda bo’ladi, o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi”.
Xorazmiyning bu fikrlari ma`lum darajada uning olimlik axloqiga va fanning o’ziga xos tomonlariga bo’lgan qarashini namoyon qiladi va uning ilmiy tadqiqot va ta`lim metodlarining o’sha davrda ma`lum bo’lgan hamda vositalari majmuidan keng va ongli tarzda foylanganligidan, o’z shogirdlariga ham shuni o’rgatganligidan dalolat beradi.
Xorazmiy “sezgi” vositasida bilishni “mantiqiy fikrlash” vositasida bilishdan farqlaydi: birinchisi xususiy, “mayda” narsalarni bilishda ishlatilsa, ikkinchisi salmoqliroq, yirikroq narsalarni bilishda ishlatiladi, lekin bular o’zaro bog’langandir. O’z davrining ilg’or g’oyalarini va ilmiy qarashlarini ifodalagan Xorazmiy fanning oldingi rivojlanishi davomida yig’ilgan barcha ilmiy ma`lumotlarni umumlashtirish asosida tavsiflash va ratsional metodlarga katta ahamiyat bergan.
Forobiyning ilmiy ta`limga bo’lgan o’z qarashlari “Bo’shliq haqida” hamda “Musiqaning katta kitobi” nomli risolalarida aks etgan. “Bo’shliq haqida” risolasida Forobiy tajriba va mantiqiy dalillash yordamida mutlaq bo’shliqning bo’lishi mumkin emasligini isbotladi. Eksperimentning yoki tizimli kuzatishning yo’qligi Arastu fizikasining va o’rta asr fanining asosiy kamchiligi edi. Forobiyning risolasida esa tabiat qonunlarini aniqlashda va ta`lim jarayonida tajriba-sinovning roli ko’rsatib berilgan.
Forobiy qalamiga mansub “Musiqaning katta kitobi” – bilish nazariyasi, estetika, psixologiya, anatomiya, akustika, matematika, instrumentalistka kabi fanlarning muammolarini qamrab olgan asar bo’lib hisoblanadi. O’zining dunyoqarashi tizimiga kiruvchi metodi haqidagi ta`limot mazkur asarning kirish qismida aks ettirilgan.
Beruniy tom ma`nodagi va haqiqiy pedagog edi. O’zining ilmiy va pedagogik faoliyatida u o’z davrida ma`lum bo’lgan fan yutuqlariga tayangan, turli-tuman metodlardan foydalangan hamda o’zi ham yangi va dadil tadqiqot va o’qitish metodlarini ishlab chiqqan, ilmiy ta`limot mazmuni masalalariga, maqsadlariga va metodlariga katta e`tibor qaratgan. Ilmiy bilimlar tarqatishni u “o’zi uchun ulkan baxt” deb bilgan.
Beruniy erkin suhbat, ilmli kishilardan so’rab-surishtirishni ilmiy ta`limotning eng muhim metodlaridan biri deb hisoblagan. Uning “Hindiston” asarida ko’pincha “Hindlardan so’rashganida, ular ta`kidlashganki...”, “Men o’zim yozganim yo’q, balki o’zlashtirganman...”, “Men hindlarning ta`kidlashganini eshitganman” degan jumlalar tez-tez uchrab turadi. Bunda, uning fikricha, xudi shu savollarni o’zgargan tartibda takrorlash va yozish kerak hamda olingan ma`lumotlarni solishtirib ko’rish lozim.
Beruniyning fikricha, oldin olignan bilimlarni tekshirish va aniqlashtirish maqsadida yozma yodgorliklarni o’rganish ham o’ta muhimdir. Biroq, amaliy faoliyat jarayonida olinadigan ilmiy bilimlarni u barchasidan ustun qo’ygan.
Beruniyning pedagogik qarashlari ko’pincha uning tabiiy-ilmiy kuzatuvlariga va izlanishlariga asoslanadigan xulosalar natijasi sifatida maydonga chiqadi. Masalan, u bayon qilgan asosiy geometrik ta`riflar ko’pincha Evklid ta`riflariga mos keladi. Ammo, oldiniga nuqtani, keyin chiziqni, undan keyin yuzani va faqat shundan keyingina jismni ta`riflagan Evkliddan farqli o’laroq, Beruniy o’z zamonasining ilg’or falsafiy-matematik va pedagogik qarashlardan (o’quvchi birinchi navbatda o’zi sezgan narsalarni ongli tarzda o’zlashtiradi) kelib chiqqan holda bu ta`riflarni teskari tartibda keltiradi. U jismni “teri orqali sezish yordamida aniqlanadigan va o’z-o’zicha mavjud bo’ladigan” narsa, yuzani esa
jismning chegarasi, chiziqni yuzaning cheti, nuqtani esa chiziqning oxiri sifatida ta`riflaydi. Shu tarzda u Forobiyning “ta`limni sezish mumkin bo’lgan jismni, keyin yuzani o’rganishga o’tiladi, undan keyin chiziq va nuqtani o’rganishga o’tiladi”, degan materialistik metodik g’oyalarini rivojlantirgan.
Istalgan bilim sohasini o’rganish jarayonida, Beruniyning fikricha, quyidagi metodikadan foydalanish lozim: avvalo, o’zimiz uchun tadqiqot vazifasini aniqlab olishimiz lozim, keyin turli olimlar tomonidan olingan ma`lumotlarni qiyoslash yo’li bilan mavjud ma`lumotlarning ishonchliligi tekshiriladi, shuningdek, ma`lumot olishda yordam bergan metodlar qiyoslanadi, keyin zarur bo’lsa, matematik hisob-kitoblar olib borish uchun uskunalar tayyorlanadi va nihoyat natijalar yozma ko’rinishda qayd qilinadi. “Natijalar ishonchliligining sharti shundaki, - deb yozadi u, - kuzatuvchi o’z ishida to’g’ri yo’lda turadi, chunki biz aytganimiz kabi, uzunlikni aniqlash ishi katta mahoratni talab qiladi. Undan keyin ishning borishini yashirish emas, balki yoritish davomida olingan natijalardan xotirjamlik ham bu ishonchning sharti bo’lib hisoblanadi; natijalarning yashirilishi muallifning o’z ishi mahsuliga bo’lgan ishonchsizligining eng sezilarli belgilaridan hisoblanadi”.
Qayd qilish lozimki, Beruniy ham Xorazmiy va Forobiylar kabi ilmni dindan ajratishga harakat qilgan. U Hindiston haqidagi asarida yozadiki, insonlarning ilmning u yoki bu muammolari bo’yicha adashishlari quyidagi ikkita sabab bilan izohlanadi: birinchidan, haqiqiy bilimlarning etishmasligi, ikkinchidan, ilmiy masalalarni diniy masalalar bilan chalkashtirish.
Ibn Sino turli ishlarida ilmiy ta`limot mazmuni, tamoyillari va metodlari haqidagi qarashlarni uchratish mumkin. Xususan, u shunday yozadi: «Har bir ilmda birinchi navbatda narsalarning ta`rifini bilish lozim. Ularning mavjudligi esa oxir oqibatda isbot orqali aniqlanadi, chunki ular mazkur ilm aniqlab beradigan hodisalarni o’zida aks ettiradi Ilm o’rganuvchi, birinchi navbatda, mazkur ilmni
o’rganish uchun o’sha ilmni o’zlashtirib olishi lozim. Boshqacha aytganda, biz aytamizki, har qanday ilm o’z predmetiga, muammolariga va dastlabki tamoyillariga ega”.
Ibn Sino ta`limotiga ko’ra, ilmiy ta`limot metodlari fanlar o’rtasidagi aloqalarga tayanadi. Bunday aloqa uch tomonlama bo’lishi mumkin. Birinchidan, qandaydir ikkita fandan bittasi boshqasiga bo’ysunishi mumkin va unda past bosqichda turuvchi fan o’z tamoyillarini yuqori bosqichda turuvchi fandan olishi mumkin. Masalan, musiqa ilmi o’zining asosiy tamoyillarini arifmetikadan, tibbiyot ilmi fizikadan yoki barcha fanlar birgalikda falsafadan olishi mumkin. Ikkinchi dan, har ikkala fan bir xil tadqiqot predmetiga ega bo’lishi mumkin, lekin ulardan biri mazkur predmetni mohiyat tomonidan tekshirsa, ikkinchisi aktsident tomonidan tekshiradi va birinchi hamda ikkinchi fanlar o’zaro ayrim tamoyillari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Masalan, astronomiya fizikaga tayanganligi uchun fizika osmon jismlari allbatta aylana bo’ylab harakatlanishi kerakligi haqidagi qoida bilan o’rtoqlashadi. Uchinchidan, ikkita fan bitta turning ko’rinishlari bo’lgan ob`ektlarni o’rganishi mumkin. Bunday paytda nisbatan sodda ko’rinishdagi fan nisbatan murakkab bo’lgan fanni tamoyillar bilan ta`minlashi mumkin. Masalan, miqdorning ikki ko’rinishini o’rganadigan arifmetika va geometriya fanlari o’rtasidagi munasabatlar shunday bo’ladi: arifmetika o’z tamoyillari bilan geometriya bilan o’rtoqlashadi.
Ibn Sino fikriga ko’ra, narsalar, tamoyillar, muammolar va fanlarning o’zaro bog’liqligi haqidagi bilimlar inson shaxsi shakllanishidagi etakchi omil sifatidagi ilmiy ta`limotning mazmuni bo’lib hisoblanadi: “Har bir fanga mos keladigan narsa hamda narsalar mavjud va biz ularning holatini tadqiq qilamiz. Bu holatlar u yoki bu fanning predmetlari deb nomlanadigan o’sha substantsial aktsidentsiyalarning o’zi bo’lib hisoblanadi. Masalan, geometriyadagi kattaliklar shu fan o’rganadigan predmetlar hisoblanadi”.
O’rta asrlardagi Yaqin va O’rta Sharq qomusiy olimlarining gnoseologik, umumpedagogik va didaktik g’oyalarining o’zaro aloqasi ular ishlarida yoritilgan alohida ilm turlarining metodologik muammolarini tahlil qilishda juda ravshan ko’zga tashlanadi.
Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Tusiy va ularning hammaslaklari hamda izdoshlarining gnoseologik qarashlarining belgili
qirrasi shundan iboratki, predmetning inson ongida mavhumlashuv jarayoni ularning diqqatini jalb qilgan. Buning natijasida mazkur predmetning mohiyati tushunchasi va o’ziga xosligi shakllanadi va ishlab chiqiladi. Predmet va uni bilish manbasi qanday? bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan? Bilish va amaliy faoliyat o’rtasidagi munosabatlar qanday? – o’rta asr Sharqi barcha buyuk mutafakkirlarining diqqatini tortadigan mana shu hali to’liq bo’lmagan savollar ro’yxatidir.
O’rta asrlardagi Yaqin va O’rta Sharqda gnoseologiya muammolarini ishlab chiqishga Kindiy tomonidan ilgari surilgan uch bosqichli ilmiy bilish kontseptsiyasi kuchli ta`sir qilgan: mantiq va matematikadan tabiiy fanlar orqali metafizika muammolariga tomon boriladi. Bu bilan Kindiy matematika va tabiatshunoslikning falsafiy qarashlarni asoslashdagi rolini ta`kidlashga intilgan. U ilmiy bilish yo’lini mutakallimlarning mistik xayolparastligiga qarama-qarshi qo’ygan.
Kindiyning fikricha, haqiqatni bilishda va bu haqiqat bilan o’z harakatlarini moslashtirishda sababni aniqlash inson shuuriga ulkan yordam beradi. “Qidirilayotgan haqiqatni, - deb yozadi u, - uning sababini bilganimizdan keyingina bilib olamiz. Istalgan narsani va uning barqarorligini bilishning sababi esa haqiqat hisoblanadi, chunki mavjudlikka ega bo’lgan barcha narsalar haqiqat bo’lib hisoblanadi. Haqiqatni bilish mumkin, binobarin, mavjud bo’lgan barcha narsalarni ham bilish mumkin”. Kindiyning o’ylashicha, haqiqiy bilimlarni, atrof olam haqidagi tushunchalarni ishlab chiqarish qobiliyatiga esa faqat ong egadir.
Forobiy fan va san`at tasnifini, shuningdek, ularning biridan ikkinchisiga o’tish tartibini bergan. U har bir insonning va butun xalqlarning mukammallikka intilishiga bog’liq bo’lgshan farog’ati haqida gapirgan, bu esa baribir bilimlar umumiy darajasi bilan bog’liqdir. Shu bilan birga, Forobiy ilmiy bilishning uzviyligiga, bu bilishning bir xalqdan boshqa xalqqa o’tishiga ham e`tiborni qaratgan.
Forobiy aytishicha, o’rganilayotgan ob`ektlar orasida shunday narsalar borki, bularga nisbatan xatoga yo’l qo’yish insonga xos emas. Bu shunday narsalarki,
ular haqidagi bilim insonda tabiatan mavjuddir. O’z mulohazalarini davom ettirib, Forobiy aytadiki, boshqa narsalarni bilishda esa, inson ba`zan adashadi va haqiqatdan yiroqlashadi. Bu sillogizm va deduktsiya yo’li bilan tafakkur va mulohaza orqali bilib olinadigan narsalardir. Va aynan shunday vaziyatlarda haqiqatni bilishga intilgan inson birinchi navbatda mantiq qonunlariga amal qilishi lozim.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari adolat haqidagi XI asrning eng muhim pedagogik asarlaridan hisoblanadi. Bu asar sharq, shu jumladan, slavyan va evropa o’rta asrining janrining tipik namunasi, ya`ni otaning o’g’ilga, odatda, bo’lg’usi hukmdorga bergan o’gitlari bo’lib hisoblanadi. Slavyanlarda bunga o’sha XI asrda yaratilgan “Vladimir Monomax o’gitlari”ni misol qilib keltirish mumkin.
“Qobusnoma”da uning muallifi, Tabariston (Kaspiy dengizining janubiy qirg’oqlari) feodal doiralarining vakili, o’z o’g’li G’ilonshohga turmush qoidalari va o’gitlar majmuasini bayon qiladi. Kaykovus mulohazalari va maslahatlarining asosini insonning asosiy fazilatlari bo’lib barcha insonlarga ham nasib bo’lavermaydigan aql, rostgo’ylik va insonparvarlik ekanligiga bo’lgan ishonch tashkil etadi. Har bir inson hayotining asosiy etakchi ibtidosini esa quyidagi uchta axloqiy qoidaga rioya qilish tashkil etishi lozim: nimani gapirsang, o’shani qil, haqiqatga qarshi borma, sabrli bo’l.
“Qobusnoma” muallifining mulohazalarida inson hayotida bilimlarning roliga pragmatik yondashuv seziladi. Bu esa mazkur asarning amaliy yo’nalishini izohlab beradi: “Agar mol-mulk jihatidan kambag’allashsang, aql bilan boyishga harakat qil, chunki mol bilan boyishdan ko’ra aql bilan boyish afzalroqdir. Axir aql Bilan boylik topsa bo’ladi, lekin boylik bilan aql yig’ib bo’lmaydi. Aqlsiz tezda kambag’allashadi, lekin aqlni o’g’ri ham o’g’irlay olmaydi, suv ham, olov ham yo’qota olmaydi. Shunday qilib, aqling bo’lsa, nimanidir o’rgan, chunki ko’nikmasiz aql – kiyimsiz badan, yuzsiz odamdir, aytishadiki, ta’lim – aqlning yuzidir”.
Dostları ilə paylaş: |