O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Lyuksemburgda ta’lim tizimini boshqarish



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə34/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Lyuksemburgda ta’lim tizimini boshqarish


Jahon mamlakatlari ta’lim tizimiga nazar tashlar ekansiz, ba’zida ibratli, gohida hayratlanarli holatlarga duch kelasiz. Shunday ta’lim tizimiga ega davlatlardan biri Lyuksemburgdir.


Bilasizmi, bu erda oliy ta’lim muassasalari umuman mavjud emas. To‘g‘ri, mamlakatda 4 ta institut faoliyat ko‘rsatadi. Ularning barchasi davlatga tegishli. Biroq ular haqiqiy ma’nodagi oliy akademik ta’lim beruvchi muassasalar hisoblanmaydi, balki ko‘proq kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi institutlar vazifasini bajaradi
Xalq ta’limi tizimi 4-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan maktabgacha muassasalardan boshlanadi. Keyingi bosqich esa boshlang‘ich majburiy maktablardir. Ularda o‘qish muddati 6 yil (6-12 yosh). Mazkur bosqichda bepul ta’lim beriladi. Maktablar davlatga qarashli yoki xususiy muassasa bo‘lishi mumkin.
Bola 12 yoshida o‘rta maktabga boradi va unda 3 yil tahsil oladi. Mamlakatda o‘rta ta’lim umumiy va ikkinchi darajali texnik ta’limga bo‘linadi. Shuningdek, o‘rta maktab ta’limi klassik va zamonaviy litseylarda ham amalga oshiriladi. O‘qish klassik litseylarda 7 yil, zamonaviy litseylarda 6 yil davom etadi. Bunday maktablar pulli asosda ta’lim berib, u erda o‘qish majburiy hisoblanmaydi. O‘quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi.
Davlat tomonidan ko‘rsatilgan yordam hamda fuqarolarning intiluvchanligi samarasi o‘laroq, mamlakat fuqarolarining deyarli har biri kamida 3 tadan xorijiy tilni o‘zlashtirgan. 1798 yildan buyon ishlayotgan kutubxona bor. Lyuksemburgda oliy o‘quv yurtlari yo‘q. 1969 yilda xorijiy universitetlarga o‘qishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. Mazkur markazda o‘qishni yakunlagach yoshlar chet davlatlari oliy o‘quv yurtlarining 2-kursiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Fransiyada oliy ta’lim tizimi


Fransiyada Oliy ta’limning tizimi 1984 yil 20 yanvardan kuchga kirgan “Savari” qonuniga binoan tashkil etiladi va unda 1968 yilgi Edgard Foraning asosiy prinsiplari saqlanib qolgan. Hozirgi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bois ushbu qonunga bir necha o‘zgartirishlar qilingan. Oliy ta’lim tizimiga o‘rta ta’limdan yuqori bo‘lgan va turli vazirliklar boshqaruvida bo‘lgan barcha ta’lim


muassasalari kiradi. Masalan, Fransiya milliy ta’lim, izlanishlar va texnologiyalar Vazirligi “yuqori maktablar”ning barchasini o‘z nazoratiga olmaydi. Qishloq xo‘jaligi, texnik va boshqa turga mansub “yuqori maktablar” Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan boshqariladi.
Bu xorijiy ta’lim tizimini o‘rganishimizning maqsadi esa bitta respublika ta’lim tizimiga xorijiy tajribani tadbiq qilishdir. Ta’lim tizimining jahon darajasiga ko‘tarilishida bu tajriba asqotadi.
Hozirgi kunda bevosita barcha ta’lim muassasalari jahon davlatlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Qolaversa, professor o‘qituvchilar chet davlatlarga borib malaka oshirib kelishmoqda. Va shu bilan o‘rganilgan tajribani, yangi pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etishmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin