O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

hisobidan shaxslar daromadi summasi, aksiyadorlik jamiyat va xususiy 
kompaniya va davlatning mamlakat ichkarisidagi korxonalari daromadi summasi: 
harajat hisobidan (kapital chiqarish, davlat va xususiy sub’ekt uchun zaruratli 
chiqimlar); va qo‘shimcha narxlarda (iqtisodiyotning barcha sohalari 
mahsulotlarining haqiqiy baholari summasi).
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – mamlakat – ijtimoiy taraqqiyotining 
umumiy ko‘rsatkichi, ya’ni ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarni 
birgalikdagi hisobi, moddiy va ma’naviy sohalardagi mol-mahsulotlarning bir 
yillik ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi hisob summasi. 
Chegara oldi savdosi – Xalqaro tovarlar ayirboshlashdagi muhim tur, 
mamlakat tashqi savdosining tarkibiy qismi. Savdo va to‘lov bitimlari, yillik 
bayonnomalar asosida qo‘shni davlatlar chegara oldi savdo tashkilotlari va 
firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tovar ayirboshlashlar ko‘shni 
mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqallarni mustahkamlaydi. Mahsulotlar 
assortimentini kengaytirishga zamin yaratadi. 
Chet el investitsiyasi – foyda, dividend yoki daromadlarning boshqa 
shakllarni olish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi, umuman korxonalarga chet 
ellik sarmoyadorning ma’lum mablag‘ kiritishi. 
Tajribada investorlar chet elning yuridik yoki jismoniy shaxsi, hamda 
davlat va xalqaro tashkilot a’zosi bo‘lishi mumkin. 
Ular individual va umumiy holda bo‘ladi. Yakka indeksda bitta chiqarilgan 
mahsulotning boshqa bir necha muvoffaqiyatli ekani, umumiy indeksda esa 
mahsulot ishlab chiqarilishi va ularni narxlari tovarlar hajmiga nisbatan dinamik 
o‘sishida aks etadi. 
Eng kam ish haqi – ayni davrdagi paytda ish haqining o‘zgarmasligi, u pul 
birligida ifodalanadi. 


201 
Erkin savdo – tashqi savdo siyosati prinsipi, har qanday firma yoki 
tadbirkorning tashqi savdo bozorida erkin savdo munosabatini amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan tushuncha. 
Eksport – tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi savdoga chiqarish. Eksport 
predmetlari tovar singari xizmat qiladi, u mamlakat ichkarisida qayta ishlanib, 
chegraga olib boriladi. Reeksport (kaytib keluvchi yuk) o‘zida tashqi savdo 
bozoriga mahsulotni chiqarishdan oldingi qayta to‘liq ishlovchi faoliyatni aks 
ettiradi. 
Eksport (import) kvotasi – ma’lum tovarlarni ishlab chiqarish va eksportga 
yetkazib berishning belgilab qo‘yilgan hajmi; import kvotasi esa har yili xorijiy 
mamlakatdan keladigan mahsulotlar hajmini miqdor jihatidan cheklab qo‘yish. 
Eksport krediti – eksport kreditorlar (firma, bank va hukumat kabilar) 
xorijlik sheriklariga ularni qiziqtirgan mahsulot va xizmatlarni tasarruflariga 
olishlari uchun kredit ajratishi. Eksport krediti sug‘urta tizimi eksportchilarning 
mablag‘lari qadrsizlanishi va foizi bilan qaytishini kafolatlaydi. 
Emigratsatsiya – chet mamlakatga ko‘chib, o‘sha yerda doimiy yashayotgan 
muhojirlik. 


202 
GLOSSARIY (XALQARO TASHKILOTLAR) 
Butunjahon savdo tashkiloti (-BJST) - VTO) – 1995 yilda ta’riflar va savdo 
haqidagi bosh bitim (GAAT) bazasida tuzilgan. GAAT esa 1947 yilda tashkil 
etilgan bo‘lib, 90-yillar boshida unga 150 dan ziyod mamlakatlar a’zo bo‘lgan. 
VTOni tashkil etgan hujjatlar paketi hozir ham xizmat ko‘rsatish va savdo 
haqidagi bosh bitim (GATS) va intellektual mulkdorlarning savdo borasidagi haq-
huquqlari to‘g‘risidagi bitimga asoslanadi. 
VTO jahon savdo madaniyatini shakllantiradi va bir necha vazifalarni 
bajaradi. Xususan, import poshlinaridagi yuqori to‘lovlar darajasini qisqartirish, 
ta’rifsiz cheklovlarning turlarini kamaytirish. Bu nufuzli tashkilot o‘z faoliyati 
bilan dunyo resurslarining xalqaro mikyosda tovar ayirboshlashi, barcha 
mamlakatlar 
iqtisodiyotini 
rivojlanishi 
hamda 
yon-atrofidagi 
muhitni 
yaxshilanishini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST) – 1960 yilda tashkil etilgan 
hududiy iqtisodiy tashkilot. Dastlab uning tarkibida Avstriya, Buyuk Britaniya
Daniya (1973 yilgacha), Norvegiya, Portugaliya (1983 yilgacha), Shvesariya, 
Shvesiya bo‘lgan. 
Keyingi iqtisodiy bosqichlardan so‘ng unga Islandiya, Finlyandiya, 
Lixtenshteyn qo‘shildi. 1991-1993 yillarda erkin savdo qilish bo‘yicha Turkiya, 
Chexoslavakiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Vengriya va Bolgariya kelishuvga imzo 
chekishdi. 1994 yilda esa bu mamlakatlar Yevropa iqtisodiy maydoni haqida
hamkorlikni tashkil etishdi. (Shvesariya va Lixtenshteyndan tashqari). 
Yevropa hamkorligi (YES-YEH) – G‘arbiy Yevropadagi uchta hududiy 
integratsiyalashgan guruhlar: 1951 yil tashkil etilgan Yevropa po‘lat va ko‘mir 
ishlab chiqarish uyushmasi (YEOUS), 1957 yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy 
hamkorligi, va 1958 yilda asos solingan Yevropa atom energiyasi hamkorligi 
(Yevratom) dan iborat. 
Yevropada bu yo‘nalishlarda hamkorliklar doirasida ko‘pgina ijobiy ishlar 
amalga oshirildi va 1986 yilda Yevropa Ittifoqini tuzish uchun yagona Yevropa 
dalolatnomasi qabul qilindi. 
Yevropa Ittifoqi (YES-YEI) – 1992 yildagi Maastrixt shartnomasidan keyin, 
1993 yildan Yevropa hamkorligi bazasida tashkil etilgan integratsiyalashgan 
uyushma. Dastlab unga 12 mamlakat a’zo bo‘ldi, ular: Belgiya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, 
Niderlandiya, Portugaliya va Fransiya. 1994 yilgi kelishuvdan so‘ng yana uchta – 
Avstriya, Finlyandiya va Shvesiya qo‘shildi. Shu kecha-kunduzda Yevropa 
Ittifoqining doirasi 27 davlatga kengaydi. 
Hozirda bu hududda «Chegarasiz Yevropa» deya yagona Yevropa g‘oyasini 
amalga oshirish davom etmokda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, 
iqtisodiy va valyuta ittifoqi tuzilishida ijobiy o‘zgarishlar mavjud. 
BMT ning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) – 
BMT bosh Assambliyasi organi bo‘lib, u 1964 yilda tashkil etilgan. 
YUNKTAD ning asosiy vazifasi Xalqaro savdo taraqqiyotini ta’minlash. 


203 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR-XRA) – BMTning ixtisoslashgan 
tashkiloti. U 1960 yilda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki filiali sifatida tashkil 
etilgan. MAR barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda bank faoliyati bo‘yicha 
imtiyoz va sharoitlar yaratilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-XTTB) – hukumatlararo 
kredit-moliya tashkiloti bo‘lib, uning asosiy vazifalari a’zo mamlakatlar iqtisodiy 
rivojlanishini rag‘batlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam berish va 
to‘lov balanslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 
MBRR Xalqaro rivojlanish asosotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi 
va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi filiallariga ega. Uning bu filiallari 
jahon bankida yuqori nufuzli moliya muassasalari sanaladi. 
Xalqaro valyuta fondi (MVF-XVF) – BMT tarkibidagi moliya tashkiloti. U 
1944 yilda (Bretton – Vuds, AQSH) tashkil etildi. 1947 yildan esa o‘z faoliyatini 
boshladi. Fondning asosiy vazifalari – valyuta kurslarini tartibga solish, ularga 
rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, to‘lov balanslarini bekarorligi 
munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari yuzaga kelganida o‘z a’zolariga valyuta 
resurslaridan yordam berish. 
MVF ga 180 dan ortiq davlatlar a’zo, shular qatorida Rossiya (1992) va 
MDH davlatlari. 
Birlashgan millatlar tashkiloti (OON-BMT) – 192 ta mamlakatlar a’zo 
bo‘lgan yirik xalqaro tashkilot. 
BMT 1945 yilda tashkil etilgan. Uning faoliyat maqsadi unga a’zo 
mamlakatlar tinchligi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvolini yaxshilash. Ularning 
xalqaro iqtisodiy hamkorlik sari undash, xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
taraqqiyotini ta’minlashdan iborat. 
Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) – 
Xalqaro hukumatlar o‘rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning 
narxlarini belgilash massalarini amalga oshirish bo‘yicha 1960 yilda tashkil 
etilgan. 
OPEKka 13 ta mamlakat a’zo: Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, 
Eron, Qator, Quvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni va Ekvador. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR-IHTT)–dunyoning 
iqtisodiy munosabatlar va rivojlanish munosabatlariga kirishuvchi tashkiloti. U 
1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirib 
turadi. Unga a’zo mamlakatlar 1997 yilda 29 tani tashkil etgan. (Tashkilotning 
so‘nggi a’zosi Koreya Respublikasi, 1996 yil, noyabr). 
OESR hozirgi bosqichda YEI ning integratsiyalashgan qo‘shilmasi turiga 
kirmaydi, ammo bu tashkilot unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tashqi iqtisodiy 
muammolari va ichki ijtimoiy taraqqiyoti massasalariga aralashadi. 
«Parij klubi»-kreditorlar mamlakatlarning hukumatlararo muassasasi, MVF 
a’zosi. 1961 yilda tashkil etilgan bu «klub» to‘lov muddatini bir tomonlama 
o‘zaytirishning oldini olish maqsadlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi 
qarzlari shartlarini qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi. 


204 
«Rim klubi» - Xalqaro jamoatchilik tashkiloti. 1968 yilda inson muhofazasi 
maqsadida tuzilgan. «Klub» jahon ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuksalishning global 
muammolarini hal etish, jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, atrof-muhitda ishlab 
chiqarish ko‘payganidan inson uchun zararli havoni paydo bo‘lishiga qarshi 
kurashish faoliyati bilan shug‘ullanadi. 
BMT ning iqtisodiy komissiyasi – beshta hududdagi iqtisodiy 
munosabatlarni nazorat qilib boradigan komissiya, ya’ni BMT rahbarligidagi 
iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS); 
Yevropa iqtisodiy komissiyasi (1947 yilda tashkil etilgan) YEIK. Osiyo va 
Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiya (ESKATO, 1947). 
Lotin Amerikasi uchun iqtisodiy komissiya (EKLA, 1948 yil va 1951 yil). 
Afrika uchun iqtisodiy komissiya (EKA, 1958 y), Shimoliy Osiyo uchun iqtisodiy-
ijtimoiy komissiya (EKZA, 1974). 
BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy Soveti (EKOSOS) – BMT bosh 
Assambleyasining asosiy organlaridan biri. BMT dasturidagi ijtimoiy va iqtisodiy 
sohalarning bajarilishini nazorat qiluvchi oliy maslahat idorasi. 
Bu kengash BMTga a’zo mamlakatlar hududdidagi tashkilotlarga rahbarlik 
qilish, muvofiqlashtirish huquqiga ega. 
EKOSOS dirasida xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy masalalar, BMT ga a’zo 
davlatlar ichidagi mavjud yuzaga kelgan muammolar hal etiladi. 


205 
XALQARO TASHKILOTLARNING QISQARTIRILGAN
NOMLARI RO‘YXATI 
ASEAN – Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlar assotsiatsiyasi. 
ATES – Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi. 
VOZ - Butunjahon sog‘liqni saklash tashkiloti. 
VTO - Butunjahon savdo tashkiloti 
GATT - Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim 
EEK - Yevropa iqtisodiy komissiyasi 
ES - Yevropa Ittifoqi 
EES - Yevropa iqtisodiy hamkorligi 
MAR - Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi 
MBRR - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki. 
MVF - Xalqaro valyuta fondi 
MOT - Xalqaro mehnat tashkiloti 
NAFTA - Shimoliy Amerika mamlakatlarining savdo to‘g‘risidagi kelishuvi
OON - Birlashgan millatlar tashkiloti. 
OPEK - Neftni eksport qiladigan mamlakatlar tashqiloti 
OESR - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
PROON - Milliy hamkorlik tashkiloti taraqqiyot dasturi 
SNG - Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi 
FAO - Qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha milliy hamkorlik 
EKA - Afrika uchun iqtisodiy komissiya
EKLA - Lotin Amerikasi uchun iqtisodiy komissiya 
EKOSOS - BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi 
ESKATO - Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya 
YUNEP - BMT ning atrof-muhit dasturi 
YUNESKO - BMT ning ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti 
YUNIDO - BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti 
YUNKTAD - BMT ning savdo va taraqqiyot masalalari bo‘yicha 
konferensiyasi. 


206 
ADABIYOTLAR 
1. Karimov I.A. - O'zbekistan na poroge XXI veka: ugrozi, bezopasnosti, 
usloviya stabilnosti i garantii progressa. Tashkent., 1997. 
2. Karimov I.A. - Po puti sozidaniya. Tashkent., 1997. 
3. Karimov I.A. - O'zbekistan k velikomu budushemu. T. 1998. 
4. Avdokushin Ye.F. - Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. M., 2002. 
5. Andrianov V.D. - Rossiya v mirovoy ekonomike. M., 1998. 
6. Vavilova V.A., Sameko G.V. – Ekonomika sovremennoy Rossii. M., 1998. 
7. Gulyamov S., Ubaydullayeva R., Axmedov E. – Nezavisimiy O'zbekistan. T., 
2000. 
8. Yershov M.V. – Valyutno – finansovie mexanizmi v sovremennom mire. M., 
2000. 
9. Jurayev S., Jurayev T., va boshqalar. O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar. T.: 
2005.
10. Kireev A.M. – Mejdunarodnaya ekonomika. Chast- I-II. M., 2003. 
11. Lomakin V.K. – Mirovaya ekonomika. M., 2004. 
12. Livensev N.N. Mejduanrodnie ekonomicheskiye otnosheniya. M: 2005 
13. Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. 
Ma’ruzalar kursi. Samarqand, 2006. 
14. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. V.Ye. Ribalkina
M., 1997. 
15. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. Ye.F. Jukova. M., 
2000. 
16. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. A.I. Yevdokimova. M., 
2003. 
17. Mirovaya ekonomika. Pod red. V.P. Kolosova. M., 2001.
18. Mirovaya ekonomika. Pod red. A.S. Bulatova. M., 2003.
19. Mirovaya ekonomika. Pod red. A.K. Shurkalina. M., 2000.
20. Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: 2005.
21. Sergeev P.V. Mirovaya ekonomika. M., 1999. 
22. Sirajiddinov N. Problemi povisheniya effektivnosti vneshney torgovli 
O'zbekistana. T.:2004 
23. Sotsialno-ekonomichesaya geografiya zarubejnogo mira. Pod
red. 
V.V. 
Volskogo. M., 2003. 
24. Teor T.R. – Mirovaya ekonomika. S – Pb., 2001. 
25. O'zbekistan v mirovoy ekonomike. T., 2001. 
26. Shodiyev R.X., Maxmudov E.R. Jahon iqtisodiyoti. T., 2005. 
27. Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana. 2000-2005 g.g. 
 


207 
MUNDARIJA 
KIRISH………………………………………………………….. 

1-Bob 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar:
mohiyati, tarkibi va taraqqiyotning asosiy qirralari……………... 

1. 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
fanining predmeti va vazifalari………………………..………... 

2. 
Jahon xo‘jaligi mohiyati va tarkibi……………………..………..

3. 
Jahon xo‘jaligining globallashuvi bosqichlari…………………... 

4. 
Jahon xo‘jaligi qarama-qarshiliklari va
rivojlanish tendensiyalari…………………………………..……. 
10 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin