O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Internetdan kerakli axborotni tez va qulay olish usuli



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

Internetdan kerakli axborotni tez va qulay olish usuli. Yuqorida 
ta’kidlanganidek, potensial haridorning sezilarli qismi tovarlar hiqida axborotni 
aynan internetdan olishadilar. Ularning ulushi doimiy ravishda ko‘payyapti: 
Tarmoq reklamasi hajmi odatdagidan tezroq o‘smoqda. Masalan, agar 1999 y. ular 
3 – 4,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2000 y. 6 mlrd. dollarga yaqin bo‘ldi. 
2005 yilda sarflar 40 mlrd. dollar miqdorga yetdi. Bu butun reklama bozorining 
6%dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Bu o‘sish asosan tarmoqdan yangi 
foydalanuvchilar soni o‘sishi hisobiga rag‘batlantiriladi. 
Bugun Internetdagi reklamaga barcha sarflarning 75% Shimoliy Amerikaga 
to‘g‘ri kelayapti. Yevropaga – 12% ga yaqin, Osiyoga -7% ga yaqin. Ayrim 
tadqiqotchilarning taxminlariga ko‘ra, 2005 y. AQShda tarmoq reklama hajmi 
televizion reklama hajmini ortda qoldirib, 22 mlrd. dollardan ko‘proqni tashkil 
etdi. Televideniya, radio va boshqa Ommaviy axbort vositalari (OAV) dan farqli 
ravishda tarmoqda reklama maydoni potensial tarzda cheklanmagan. Ammo 
shunga qaramasdan alohida foydalanuvchilarning reklamalarga qiziqishi pasayapti. 
Bu yangiliklarning yo‘qligi bilan bog‘liq. Agar yarim yil avval 1% ga yaqin 
iste’molchi ko‘rgan reklamasiga qiziqish bilan qaragan bo‘lsalar, endi bu raqam 
0,5% ga qisqardi. Bugungi kunda reklama beruvchi o‘z reklamasini joylashtirishga 
yaxshilab o‘ylab ko‘rib kirishayapti. Misol uchun universal portallardan o‘tuvchi 
reklama ulushi 1999 y. 60 dan 40%ga pasaydi. 2003y. 30% gacha tushdi. Shu 
munosabat bilan foydalanuvchilar ixtisoslashgan resurslarga ketmoqda. Negaki 
ular qiziqishlariga ko‘proq javob oladilar. Umumiy tendensiya internetda amalga 
oshirilayotgan reklama maydonlari ulushining pasayishiga olib kelayapti. Ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra 2005 yilda tarmoqda faqat 20%gina imkoni bo‘lgan reklama 
maydoni sotilgan. 
Kundalik hayotimizga kompyuter texnikasi joriy etilayotgani, odamlar 
o‘rtasida shaxsiy muloqatga, jonli muloqatga talabni oshirayapti: elektron pochta, 
telekonferensiya, masofadan turib o‘qitish, uzoqlarga kirish imkoniyati o‘zaro 
«televorking»ni (telework) mehnat munosabatlariga aylantirmoqda. Bularning 
hammasi ulkan mablag‘larni tejashni ta’minlaydi: safarlarga, idora uskunalari va 
boshqa harajatlar. Tobora ko‘proq odamlar uydan chiqmasdan mehnat qilishlari 


68 
mumkin. Xodimlar o‘z transport harajatlarini kamaytirishadi, tig‘iz paytda 
yo‘llarda tiqin hosil bo‘lmaydi. Ish beruvchilarni esa xodimlarni idoraga qanday 
joylashtirish, qanday tushligini tashkil etish haqida boshlari qotmaydi. Uch mahal 
ovqatlanish muammosini yana uy bekalari hal etishlariga to‘g‘ri keladi. Bu oilaviy 
muammolarni ko‘paytiradi, hatto qo‘ydi –chiqdilar bo‘lishi mumkin. 
Sharqiy Yevropada olisdan turib ishlash rejimi ham taraqqiy etayapti. Yana 
bu yangilik bir qator siyosiy va ijtimoiy omillar bilan rag‘batlantirilayapti. 
Televorking o‘sishiga imkon bereyotgan sabablarga quyidagilar kiradi: 

televorkingning davlat tomonidan quvvatlanishi; 

kasaba uyushmalari tomonidan tan olinishi va quvvatlanishi; 

telekommunikatsion sektorning barqaror sarmoyalanishi; 

aloqa liniyasi o‘tkazish qobiliyating o‘sishi; 

internetga kirish arzonlashuvi. 
Televorkingni ushlab turuvchi sabablar quyidagilardan iborat: 

madaniy an’analarning ommaviyligi cheklanganligi va televorking 
mashxurligi yetarli emasligi; 

mehnat qonunchiligida yetishmovchilik; 

savodli foydalanuvchilarning yetishmasligi; 

televorking tizimini quvvatlash uchun personallar yetishmasligi va h.k. 
Juda ko‘p mayda loyihalar amalga oshiriladi. Ular idoraga ega emas. Aniq 
dastur bilan ta’minlashning kattagina qismi offshor dasturlashtirish doirasida 
amalga oshiriladi. Bu televorkingning turli ko‘rinishlari hisoblanadi. Qaysikim, 
uning markaziy idorasi – ofisi umuman chet elda joylashgan bo‘ladi.
Nazorat savollari 
1. Xizmat ko‘rsatish va servis tushunchasini ifodalang. 
2. Jahon xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish sohasi o‘rnini aniqlang. 
3. Xalqaro standartlashtirishga muvofiq xizmat ko‘rsatish va servis turlarini 
ajrating. 
4. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining qaysi bir turlarini «ko‘rinmas» 
savdo deb atashadi? 
5. Qaysi mamlakat jahon xizmat ko‘rsatish va servis bozorida yetakchilik 
qiladi? 
6. Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozorini tartibga soluvchi 
tashkilotlarni ayting va ularni tariflang. 
7. Xalqaro turizmning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rnini ifodalang. 
8. Nima uchun hozirgi zamon turizmiga hududiy notekislik harakterlidir? 
9. Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozorida transport tarmoqlari va 
kommunikatsiyalarning tutgan o‘rnini aniqlang. 
10. Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozorida yangi texnologiyalar 
savdosini ta’riflang. 
11. Jahon konsalting xizmatlari bozori nima? Uning turlari bo‘yicha ta’rif 
bering. 
12. Jahon axborot xizmatlari bozorini aniqlang. 


69 
VIII Bob. SANOATI RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR 
VA ULARNING JAHON XO‘JALIGIDAGI O‘RNI 
1.§ Rivojlangan mamlakatlarda takror ishlab
chiqarish xususiyatilari 
Jahon iqtisodiyoti o‘z o‘tmish tarixida taraqqiyotning uch bosqichini bosib 
o‘tdi. 
Birinchi bosqich-liberalizm va erkin savdo (XIX asr oxiri-XX asrning 20-
yillari) davri. 
Ikkinchi bosqich-xo‘jalik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi 
(XX asrning 30-70 yillari) davri. 
Uchinchi bosqich–iqtisodiy isloh qilish va liberalizm, ishlab chiqarishni davlat 
tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish, xizmat sohalari (XX asrning 80-
yillaridan to hozirgacha). 
Jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti hamma bosqichlarda takror ishlab chiqarish 
jarayonlarida sanoati rivojlangan mamlakatlar muhim rol o‘ynaydi. Butunjahon 
banki (1991 yilda) «Jahon taraqqiyoti to‘g‘risida doklad»ida quyidagilarni 
belgilaydi. 
Taraqqiyot maqsadi turmush sifatini yaxshilash hisoblanadi. U o‘z ichiga: 

yaxshi ta’lim; 

sog‘likni saqlash va ovqatlanish; 

qashshoqlik ko‘lamini qisqartirish; 

atrof-muhitni sog‘lomlashtirish; 

imkoniyatlari tengligi; 

shaxs erkinligi; 

madaniy hayot darajasini oshirishni qamrab oladi. 
Taraqqiyot maqsadi uch komponentni o‘zida mujassamlashtirgan: 

Xavfsizlik va sog‘liqni saqlash, uy-joy, oziq-ovqat, hayot uchun zarur 
bo‘lgan tovarlar va xizmatlarga ehtiyojni to‘laroq qondirish. 

Turmush darajasini oshirish, daromadlar o‘sishini ta’minlash, ishchi 
o‘rinlarini ko‘paytirish, ta’lim sifatini yaxshilash, insonparvarlik va 
madaniy qadriyatlarga e’tiborni kuchaytirish. 

Jamiyat va shaxsga ijtimoiy –iqtisodiy faoliyatni tanlashda katta 
imkoniyatlar yaratish va uni boshqa davlatlarga qaramlikdan xoli bo‘lishini 
ta’minlash. 
Taraqqiyotning bu maqsadlariga jahon iqtisodiyotini bir tekis turg‘un 
rivojlantirish sharoitidagina erishish mumkin. Jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish-bu 
ko‘p omilli va ziddiyatli jarayondir. U ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab 
chiqarish kuchlari evolyutsiyasini talab qiladi. 
Iqtisodiy taraqqiyotning asosiy dinamik ko‘rsatkichlari qo‘yidagicha: 
Ichki yalpi mahsulot, (IYAM) - Ichki milliy mahsulot, IMM aholi jon boshiga 
ichki yalpi mahsulot, sanoat ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi va h.k. 
hisoblanadi. 


70 
Jahon xo‘jaligida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy o‘sish sur’atlari 
saqlanib turibdi, ularning pasayishi taxmin qilinmoqda. Iqtisodiy o‘sish sura’tlari 
o‘zgarishi bir qator sabablar bilan bog‘liq, asosiylardan biri taraqqiyotning siklligi 
hisoblanadi. 
Keyingi ikki o‘n yillikda siklning klassik sxemasi «krizis-depressiya-
jonlanish–ko‘tarilish-krizis» sezilarli o‘zgarishga uchraydi. 
1970-yillarda ichki yalpi mahsulot o‘sishi sekinlashganda industrial 
mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi 5 % kamaydi. Inflyatsion 
jarayonlar tezlashdi va nominal daromad o‘sishi sekinlashdi. 1970 yillarda sanoati 
taraqqiy etgan mamlakatlarda ko‘pgina an’anaviy sohalar (qora metallurgiya, 
kemasozlik, to‘qimachilik sanoati) uzoq turg‘un va pasayish holatida bo‘ldi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda birlamchi energiyaga bo‘lgan barcha talabning 
yarimini ta’minlab to‘rgan neft bahosini keskin oshib ketishi jahon energetika 
krizisiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlar moliyaviy qarzdorligi oshib 
ketdi. Ayni paytda xom ashyo va energetika krizisi fantalab (elektron, kompyuter, 
axborot) va materiallar, resurslar tejamkorligini tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bu 
davrda neft eksport qiluvchi mamlakatlar daromadlari oshdi. Fantalab 
texnologiyalarga tayangan mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, 
Singapur va boshqalar) tez rivojlana boshladi. 
1980–yillar boshlaridan jahonning yetakchi mamlakatlari - AQSH, Buyuk 
Britaniya, Germaniya-taraqqiyotning yangi makroiqtisodiy modeliga o‘ta 
boshladi. Jahon iqtisodiyotida Amerika dollariga asoslangan valyuta qurilishi 
o‘zgarayapti. Valyuta belgilangan kursi goh oshib, goh tushib turibdi. Xalqaro 
valyuta fondi (XVF) ishtirokchi mamlakatlarning Yamayka konferensiyasida 1976 
yildan buyon jahondagi o‘zgarayotgan geosiyosatiga muvofiq yangi jahon valyuta 
tizimi yaratildi. Endi valyutaga talab va taklifdan kelib chiqilib, belgilangan kurs 
bo‘yicha ish yuritish mumkin. Bu sharoitda yuzaga kelgan 1980 – yillar 
o‘rtalaridagi moliyaviy krizis 1970 –yillarning boshlaridagi kabi vayron qiluvchi 
kuchga ega bo‘lmaydi. 
1990 yillarda moliyaviy baraqarorlik kuchaydi. 1998 yil mobaynida neft va 
neft mahsulotlari jahon bahosi keskin tushib ketdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
va metall bahosi pasaydi. Jahonda qazib olinayotgan neftning 55 % ni nazorat 
qiluvchi OPEK davlatlari 1998 yilda 50 mlrd. dollar daromaddan mahrum 
bo‘ldilar. Neft iste’molchilari esa 100 mlrd. dollar, shu jumladan, Yevropa 
mamlakatlari 33 mlrd. dollar zarar ko‘rdilar. Bir vaqtning o‘zida Osiyo-Tinch 
okeani mintaqasida jahon yetakchi kompaniyalarining fond birjalarida aksiyalar 
kurslari keskin tushib ketdi. Juda ko‘p mamlakatlar (Tayland, Singapur, Xitoy) 
milliy valyuta kurslari dollarga nisbatan g‘oyat qadrsiz darajada pasayib ketdi. 
Jahon yetakchi valyutasiga nisbatan dollar 10 % ga tushdi. 
1990- yillardagi moliyaviy krizis jahon xo‘jaligida yangi valyuta-Yevroning 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyotni boshqarishda davlat roli kuchaydi. Bir 
qator mamlakatlar iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ishlab chiqarish 
quvvatlari yangilandi. Shunday qilib, XX asrning keyingi uch o‘n yilligidagi 
krizislar tarkibiy harakterga ega bo‘ldi. Jahon xo‘jaligida yetakchi mamlakatlarda 
o‘sish sur’atlari pasayishi (4-5 dan 1,5 -2 gacha) kuzatilgan bo‘lsada, amalda salbiy 


71 
ko‘rsatkichlar qayd etilmaydi. Global iqtisodiy krizisga tahdid jahon iqtisodiyotida 
muammolar yechimining turli yo‘llarini topishni taqozo etmoqda. Rivojlangan 
mamlakatlar rivojlanayotgan qashshoq davlatlarning 70 mlrd. dollarga yaqin 
qarzidan kechishni taklif qilinayapti. XVF va Jahon banki Janubi Sharqiy Osiyo 
mamlakatlarida krizis oqibatlarini tugatish va islohatlar o‘tkazish uchun moliyaviy 
yordam ko‘rsatish dasturini ishlab chiqmoqda. 1999 yil fevralida «ettilik» 
mamlakatlar «moliyaviy barqarorlik forumi» tashkil etish haqida qaror qabul 
qildilar. Bu maslahat tuzilmasi krizis paydo bo‘lishining oldini olish uchun xalqaro
va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatini muntazam muvofiqlashtirib borishga 
qaratilgan. 
2.§. Jahon xo‘jaligida tarkibiy siljish va ilmiy-texnik
progresslar 
Ilmiy-texnik progresslar jahon iqtisodiyoti tuzilishi va xo‘jalik o‘sishiga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Ilmiy-texnik progresslar (ITP) – jamiyat ishlab chiqarishida yangi 
bilimlarning to‘xtovsiz o‘sib borish jarayoni va ularni hayotga tatbiq etilishidir. Bu 
kam mehnat sarflab, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mavjud resurslarni yangi 
manfaatlarga safarbar etishga yordam beradi. 
Ilmiy texnik progresslar –tom ma’noda yangi texnikalarni, texnologiya va 
materiallarni, shuningdek progressiv usullarni boshqaruvga va ishlab chiqarishga 
keng joriy etish imkonini beradi. U esa ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: 

evolyutsion texnika va texnologiyalarni bosqichma-bosqich takomillashtirib 
borish. Iqtisodiy o‘sish son ko‘rsatkichlari hisobiga oshib boradi; 

Inkilobiy (revolyutsion), texnikani sifat jihatdan yangilanishi va ishlab 
chiqarishda mehnat unumdorligini keskin sakrashida namoyon bo‘ladi. 
Ilmiy-texnik progresslar iqtisodiyotni rivojlantirishda resurslarni tejaydi, 
tabiiy materiallar rolini kamaytiradi va ularni sintetik xom ashyo bilan 
almashtiradi. Majmuada zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish, 
egiluvchan ishlab chiqarish tizimini yaratishga, undan ishlab chiqarishda keng 
foydalanishga olib keldi. 
Mamlakat ishlab chiqarishning ilmiy-texnik va texnologik darajasi ilmiy-
tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlarga ajratilayotgan mablag‘ga bog‘liq. 
Jahon yalpi ichki mahsulotida ilmiy tadqiqotlarga harajatlar ulushi 3 % gacha 
ko‘tarildi. Jahon iqtisodiyotida bu harajatlarning asosiy qismi sanoati rivojlangan 
mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi (96 % gacha).
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda bitta tadqiqotchiga rivojlanayotgan 
mamlakatlarga nisbatan 4 marta ko‘p mablag‘ ajratildi. Bu jahon xo‘jaligi periferik 
markazi tuzilishini saqlashda bosh sabab bo‘lib hisoblanadi. Sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari (NIOKR)ga 
ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ko‘payishi mehnat unumdorligini 0,23 % ga 
ko‘paytirayapti, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa – 0,08 % ga. NIOKR ning 


72 
«ettilik»dagi umumiy natijalarining taxminan 25 % boshqa mamlakatlarda 
foydalanayapti. 
Ilmiy texnika progresslari jamiyatning takror ishlab chiqarish, ijtimoiy va 
sohaviy tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bozorni kengaytirishga yordam 
beradigan, uzoq foydalanishga mo‘ljallangan mahsulotlar (avtomobillar
televizorlar, elektr tovarlari) ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi va boshqa sohalar 
rivojiga ham ko‘maklashadi. 
Masalan, ko‘plab avtomobillar ishlab chiqarish 70 yo‘nalishdagi sohalar 
ishlab chiqarishini ko‘payishiga rag‘batlantiradi. Ilmiy texnik progresslar ommaviy 
ravishda tovarlar yaratmasdan turib, an’anaviy mehnat qurollari va iste’mol 
buyumlari texnik darajasini oshirish imkonini beradi. Bunda ishlab chiqarishda 
to‘planib qolgan ortiqcha tovarlar bozorlarni kengaytirishga sharoit to‘g‘diradi. 
Ilmiy texnik progresslar transport, telekommunikatsiya, axborot texnologiyasi 
sohalarida xalqaro safarbarlikni ixchamlashtirdi va kapital oqimi va nou-xauni 
faollashtirdi. Axborot va yo‘ldosh aloqalar, ovoz, tekst, tasvir uzatish harajatlari va 
xalqaro to‘lovlarni keskin kamaytirdilar. Ma’lumotlarni tezkor uzatish (masalan 
elektron pochta, Internet orqali) va telekonferensiya trasmilliy kompaniyalar 
(TMK) boshqaruvchilarini aloqa bilan ta’minlaydi va butun jahon bo‘ylab ish 
yuritish imkonini yaratdi. Yangi texnologiyalar moliya bozori iqtisodiyotni 
liberallashtirish jarayonlari bilan davlatlararo raqobatni vujudga keltiradi va milliy 
bozorlarni yangi talablarga reaksiyasi tezligini oshiradi. Axborot texnologiyalari 
axborot va bilimlar almashishini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu global yig‘uv 
ishlab chiqarish va savdo aloqlarini yaratishga keng ufqlar ochadi. 
Zamonaviy texnologiya (misol uchun, mikroelektronika, yangi materiallar, 
biotexnologiya, kommunikatsiya)lar birgalikda harakat qiladi va bir-birini 
rivojlantiradi. Mikroelektronika va ishlab chiqarish texnologiyasi o‘sishda 
mikrosxemalar butunlay fudamental tadqiqotlar (kimyo, fizika) ga bog‘liq va 
maxsus metallar, plastmassalar, keramik eritmalarning yangi turlarini ishlab 
chiqarishga tatbiq qiladi.
Ko‘pchilik G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalni markazlashtirish va bir 
joyga to‘plash jarayonlari davom etayapti. Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi kam 
sonli yirik xo‘jaliklar qo‘lida, birinchi navbatda transmilliy korporatsiyalarda 
to‘planayapti. Jahon xo‘jaligida transmilliy korporatsiyalar o‘rni kuchayishi bilan 
birga, faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina mahsulot birligida ishlab chiqarishda 
ortiqcha mahsulotlarni kamaytirishga erisha oladilar. Hozirgi vaqtda monopoliya 
belgisi bo‘lib na faqat kompaniyaning yirik hajmi va uni bozorni nazorat qilish 
kattaligi, balki uning monopolistik mo‘ljallari va ularni amalga oshirishda 
hukmronlik mavqei mavjudligi ham hisoblanadi. Monopolistik mo‘ljallar u yoki bu 
kompaniyaning bozorda narx-navoni nazorat qilishi va raqobatga o‘rin 
qoldirmasligidir. 
Rivojlangan mamlakatlar uchun monopoliya munosabatlari ikki tendensiya 
harakterida namoyon bo‘ladi: bir tomondan, monopoliyani davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanishi, boshqa tomondan ilm-fan va tajriba-konstruktorlik 
(NIOKR)ni kengaytirishga yordamlashish. 


73 
TMK innovatsion davrda qisqartirish maqsadida texnologik hamkorlik 
bo‘yicha strategik ittifoq tuzadi. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, 2010 yilga 
borib avtomobil kompaniyalari jahonda avtomobil ishlab chiqarishning 80 % dan 
ko‘prog‘ini nazorat qiladi. Transmilliy korporatsiyalarning samaradorligi ham 
mamlakat ichkarisida, ham jahon arenasida kelishilgan harakatini belgilaydi. 
Jahon xo‘jaligining hozirgi zamon bosqichidagi xususityalari – o‘rta va kichik 
biznesni rag‘batlantirish. Barcha mamlakatlarda kichik biznes xalqaro mehnat 
taqsimotida keng ishtirok etmoqda. Turli mintaqalarda esa o‘z texnologiyalarini 
olg‘a surayapti. Masalan, Yaponiyada ishlovchilar soni 30 kishigacha bo‘lgan 
korxonalar 10 mln.ga yaqin. Italiya sanoatida esa korxonalarda band ishchi 
kuchlarining salkam yarimi odam soni 15 kishigacha bo‘lgan korxonalarda mehnat 
qiladi. Germaniyada o‘rta va kichik biznes sohasida faol aholining 2/3 qismi band, 
mayda firmalar yalpi milliy mahsulotning 50 % ni berayapti. 
AQShda har yili 600 mingta o‘rta va kichik firmalar tashkil qilinmoqda. 
Jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida kichik biznes 80 % gacha yangi ish 
o‘rinlarini ta’minlaydi va iqtisodiyotning tarmoq tuzilishiga ta’sir o‘tkazadi. 
Kichik va o‘rta biznes «yirik-mayda» bog‘lamda salmoqli sherik (partner) bo‘lib 
qoladi. Kichik, o‘rta tadbirkorlikning salmog‘i iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sish va 
barqarorlikda sezilarli ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ilmiy texnik progresslar 
ishlab chiqarishni tashkil etishning turli shakllarini vujudga keltirdiki, bu 
mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni mo‘’atadillashtiradi va davlatni tartibga solishning 
izchil dastaklaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. 
3.§. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi 
Keyingi yillarda jahon xo‘jaligi taraqqiyoti shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiyotning 
ochiqligi va xo‘jalik aloqalarining turli xilligi davlat rolining zaiflashuvi sinonimi 
hisoblanadi. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasi milliy tadbirkorlik, iqtisodiy 
taraqqiyot darajasi, qonunchilik muhitning mavjudligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, 
odamlar (inson) resursi qanchalik raqobatbardosh bo‘lsa, mamlakat shunchalik 
raqobatbardosh bo‘ladi. Shuning uchun davlatni tartibga solish asosiy vazifalaridan 
biri o‘qitish, ishchi kuchlari malakasini oshirish, qulay investitsion muhit yaratish 
va boshqalar bo‘lib qoladi. 
Bu vazifalarni amalga oshirish yo‘llari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning asosiy modellarida aks etgan: keynisian va monstaristli. 

Keynsian modeli tarafdorlari erkin bozor tizimi tug‘ma illatlardan zarar 
ko‘radi degan fikrdalar. Shuning uchun davlat ularning fikricha ishlab 
chiqarish darajasiga va bandlikka iqtisodiyotni barqarorlashtirish orqali 
faol rol o‘ynashi kerak. Davlat diskret fiskal va pul-kredit siyosati keskin 
iqtisodiy o‘sish va pasayishni yumshatish uchun zarur. 
Keynisian modeli «katta iqtisodiy talvasa» (1920-1933 yillardagi krizis) 
davrida 1930 –yillarda ishlab chiqilgan edi. Davlat investitsion talab va bandlikka 
pul kredit va iqtisodiyotning istiqbolli sohalarni tanlash yo‘li bilan ta’sir 


74 
o‘tkazgandi. Model krizis sharoitida va undan chiqishning birinchi 
bosqichlaridagina samarali. 
Iqtisodni gullab-yashnash davri (1980-yillar)da ko‘pchilik taraqqiy etgan 
mamlakatlar iqtisodiy siyosati asosiga iqtisodiy taraqqiyotning monstaristli 
modelini qo‘ydilar. 

Monstarist yondoshuv shundan iboratki, bozor yetarli darajada raqobatli va 
bozor raqobati tizimi makro-iqtisodiy barqarorlikni yuqori darajada 
ta’minlaydi. Bozor raqobati ta’minlagan egiluvchan narx-navo va ish haqi 
shunga 
olib 
keladiki, 
hara-
jatlarning tebranishi mahsulotlar narxi va resurslarga emas, ishlab 
chiqarish darajasi va bandlikka ta’sir qiladi. 
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda davlat rolining nisbatan kamayishiga 
qaramay, u xo‘jalik tizimiga ta’sir etishning qudratli dastaklariga ega. Shundan 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga aralash holda qaraladi. Rivojlangan 
mamlakatlarda davlatga asosiy fondlarning 30-40 % tegishli. Bu unga takror ishlab 
chiqarish jarayonlarida faol qatnashishga imkon beradi. 
AQShda davlat tomonidan tartibga solish quyidagi vositalardan foydalanib 
mo‘’tadil iqtisodiy tizim yaratish maqsadini qo‘yadi: 

Ishlab chiqarishni bevosita davlat buyurtmasi orqali tartibga solish. Bu 
konkurs asosida beriladi va taraqqiyotidan davlat manfaatdor iqtisodiy 
sohalar mahsulotlariga tegishlidir. 

Monopoliyaning qonuniy cheklanishi. AQSH antitrest qonunchiligi asosini 
Sherman (1890 yil), Kleyton (1914 y) qonunlari va boshqalar tashkil etadi.
Birinchisi kompaniyalar o‘rtasida bozorni monopoliyalashtirish yoki 
monopoliyaga aylantirishga qaratilgan maxfiy fitnani taqiqlaydi. 
Ikkinchisi korporatsiyalarni hamma turdagi «cheklashlar» pratikasi (narxda 
diskriminatsiya va boshqalarni) man etadi. Qonun bilan (1914) antitrest 
qonunchiligi buzilishi va «raqobatning nohalol usullarini» qo‘llaganlikning oldini 
olishi uchun federal savdo komissiyasi tuzildi. Speller-Kefover qonuni (1950 y) 
kompaniyalar qo‘shilishiga qarshi yo‘naltirilgan. Agar bir firmani boshqasi 
aktivlarini sotib olish oqibatida raqobatbardoshligi zaiflashgan bo‘lsa uni 
taqiqlaydi. 
Yevropa Itifoqi mamlakatlarida monopoliya va raqobatni tartibga solish 
me’yorlari aniq va qat’iy shaklantirilgan. Bu me’yorlar 1967 yilgi Rim 
shartnomasining 85-89 moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Korxonalar 
o‘rtasida umumiy bozor prinsiplari bilan chiqisha olmaydigan har qanday bitim, 
raqobat erkinligini tuzish, to‘sqinlik qilish, cheklash maqsadi ko‘zlangan har 
qanday birlashish, koordinatsion faoliyati taqiqlanadi. 
Yevropaliklar amerikaliklar qo‘llamaydigan «sog‘lom fikr qoidasi»ni 
qo‘llanishga moyilroq. Masalan, Yevropada ma’lum sharoitda kompaniyalar 
o‘rtasida maxfiy kelishuvga mamlakatlarining sanoat siyosati institutlari AQShda 
o‘z analogiga ega emas. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari sanoat siyosati qo‘yidagi 
xususiyatlarga ega: 

u xukumatni koordinatsiyalangan rejalashtirishi natijasi; 


75 

ishlab chiqarish resurslari tanlangan sohalarga yo‘naltiriladi; 

siyosatning bosh maqsadi – mamlakat firmalari raqobtabardoshligini 
ta’minlash. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari sanoat siyosati ma’lum darajada davlat 
iqtisodiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazish dastaklarini saqlab qoladi. Bu bilan 
iqtisodiyotga aralashish samarali ekanligini ko‘rsatdi.
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Jahon iqtisodiyotida takror ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini ayting. 
2. Tarkibiy krizis va ularning 90-yillar oxiridagi xususiyatlari hamda 
mohiyatini aniqlang? 
3. Takroriy ishlab chiqarish jarayonlarida monopoliyaning roli va o‘rnini 
aniqlang? 
4. Ilmiy-texnika progresslari (ITP) shakllari va mohiyatini ayting? 
5. Rivojlangan mamlakatlarda takroriy ishlab chiqarishni harakterlang? 
6. Rivojlangan mamlakatlarda davlatni tartibga solish metodlarini ko‘rsating. 


76 
IX Bob. AQSH VA KANADA IQTISODIYOTI 
1.§. AQShning ishlab chiqarish potensiali va tabiiy resurslari 
Amerika Qo‘shma Shtatlari territoriyasining kattaligi jihatidan (9,3 mln. km
2

RF, Braziliya va Kanadadan keyin jahonda to‘rtinchi o‘rinda turadi. AQSH 
tarkibiga uch qism kiradi. 
Birinchisi
– asosiy territoriya, unda 48 ta shtatlar 
joylashgan, butun mamlakatning 4/5 qism maydonini egallaydi. U to‘rtburchak 
massiv shakliga ega bo‘lib, sharkdan g‘arbga qarab salkam 4,7 va shimoldan 
janubga qarab 3 ming kilometrga cho‘zilib ketgan. Qolganlari undan uzokda 
joylashgan Alyaska yarim oroli, va Tinch okeanidagi Gavay orollari shtatlaridir. 
Mamlakatning iqtisodiy-geografik joylashishi juda qulay. Bu ko‘p jihatdan sharqqa 
Atlantika okeani, g‘arbda Tinch okeani bilan tutashligiga bog‘liq. Dengiz 
chegaralari 12 ming kilometrga cho‘zilgan. Bu azaldan okean orti mamlakatlari 
bilan savdo aloqalarida yengillik tug‘dirib keladi va ayni paytda mamlakat 
xavfsizligini kafolatlaydi. 
Iqtisodiyoti kamroq rivojlangan mamlakatlar Kanada va Meksika bilan 
ko‘shniligi ham AQSH iqtisodiy geografik joylashishida qo‘lay imkoniyat 
yaratadi. Buning evaziga AQSH ularning tabiiy resurslari va ishchi kuchlaridan 
foydalanib katta daromad oladi. Lotin Amerikasi boshqa mamlakatlarining ham 
AQShga yakin joylashgani mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga imkon beradi. 
AQSH davlat tuzumiga ko‘ra-Federativ respublika bo‘lib, 50 ta shtatlardan 
iborat. Davlat boshlig‘i prezident, to‘rt yilga saylanadi. Oliy qonunchilik organi-
kongress. Mamlakatda har bir shtat o‘z konstitututsiyasi va ramziga ega. Bundan 
tashqari AQShda Kolumbiya Federativ okrugi alohida ajralib turadi. Uning 
territoriyasida mamlakat poytaxti Vashington shahri joylashgan. 
AQSH prezidenti mamlakatning yuqori mansabdor shaxsi, davlat boshlig‘i va 
xukumat boshlig‘i o‘rnida ishlab turish vakolatiga ham ega. Prezident Kongress 
qonun loyihalarini bekor qilish huquqiga ega. Prezident qonunchilik dasturlarini 
taklif qiladi, byudjet loyihasini ishlab chiqadi, oliy bosh qo‘mondan hisoblanadi, 
xalqaro shartnomalar tuzadi va h.k. Sud xokimiyati mamlakatda Kongress 
tomonidapn ta’sis etilgan AQSH Oliy sudi va quyidagi federal sudlar orqali 
amalga oshiriladi. Oliy sud konstitutsion nazorat bilan shug‘ullanadi.
AQSH aholisi 300 mln. kishidan ziyod bo‘lib, yer yuzi aholisining 1,7 % ni 
tashkil etadi. Aholining 86 % ni oklar, 11 % - qora tanlilar, 0,6 % hindilar, 
eskimoslar va aleutlar, 2,4 % ni boshqa etnik guruhlar tashkil qiladi. Rasmiy til-
ingliz tili, uni 80 % dan ziyod amerikaliklar ona tili deb bilishadi. Diniy e’tiqodi 
bo‘yicha ko‘pchilik AQSH aholisini protestantlar (57 % ga yaqin) va katoliklar (28 
% ga yakin) tashkil etadi. AQSH da xotin-qizlar 51,4 %ni, erkaklar esa 48,6%ni 
tashkil qiladi. 
Aholining sinfiy tarkibi taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos. Uncha katta 
bo‘lmagan burjuaziya (taxminan 250 milliarderlar va millionerlar oilasi, bir qancha 
yirik va o‘rta burjuaziya qatlamlari) millionlab ishchilar, xizmatchilar va mayda 
fermerlar mehnatidan foydalanadilar. Amerikaliklarning o‘ndan to‘qqiz (9/10) 


77 
qismi yollanib ishlaydi, ularning 1/3 qismi ishchilar. qishlok xo‘jaligida band 
kishilar soni sanoatdagilarga qaraganda 7 marta kam. 
Amerikaliklar o‘z davlati tarixini 1776 yil 4 iyul – shimoliy Amerikaning 13 
shtati Buyuk Britaniyadan mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilgan kundan boshlab 
hisoblashadi. 1787 yilda Filadelfiyada chaqirilgan Konvent tomonidan qabul 
qilingan Konstitutsiyada AQSH federativ davlat sifatida qonuniy mustahkamlab 
qo‘yilgan. AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington bo‘lgan. 1803 yilda 
AQSH Fransiyadan Luizianani sotib oldi, 1819 yilda Ispaniyani Floridadan voz 
kechishga majbur qildi. 1840-1850 yillarda Meksikadan bir qism terretoriyani 
ajratib oldi.
1941 yilda 7 dekabrda Yaponiya Tinch okeanidagi Amerikaning Perl-Harbor 
harbiy-dengiz bazasiga hujum qilishi AQShni Gitlerga qarshi koalitsiya tarkibida 
ikkinchi jahon urushiga qo‘shilishiga bahona bo‘ldi. 
AQSH 1945 yil BMT ustavi tasdiqlangan San-Fransisko konferensiyasida 
ishtirok etdi. AQShning faol ishtirokida 1949 yilda NATO bloki tuzildi: 1950-
1953 yillarda Koreya bilan urush olib bordi; 60-yillar oxiri va 70 yillar boshida 
Hindixitoyda urush chiqardi. 1950 yildan AQSH tarkibiga 49-shtat sifatida 
Alyaska, 50-sifatida Gavay orollari kirdi. 
Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay tabiiy sharoitga ega. Ammo uzoq vaqt 
nooqilona foydalanish oqibatida mamlakatda bir qator eng yaxshi konlar 
qashshoqlashib qoldi. Biroq ilmiy texnika progressi uncha boy bo‘lmagan va sifatli 
konlarni ochishga imkon yaratdi. Bu esa AQShning xom ashyo bazasini sezilarli 
to‘ldirdi. Jumladan, ko‘mir zaxiralari, molibden, oltingugurt, fosforitlar va kaliy 
tuzlari qazib olish ko‘paydi. Milliy ishlab chiqarish talabni temir va mis rudasi, bir 
necha kam darajada qo‘rg‘oshin-rux, uran rudalari qondirishi mumkin. Marganes 
rudasi, qalayi, nikel, grafit, xrom, boksit, noyob metallar kam. Neft va tabiiy gaz 
potensiallari anchagina katta, ammo ishlatilayotgan konlar tez qashshoqlanib 
qolayapti. Yangi konlarni qidirib topish va foydalanishga topshirish juda sust 
borayapti. Bunga sabab shuki, monopoliyaga AQShdagiga nisbatan qazib olish 
qiymati ancha arzon bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek Kanada va 
Avstraliya boyliklari ma’qul kelayapti. Oqibatda importda yoqilg‘i va mineral xom 
ashyo ulushi ortayapti, milliy mineral baza roli pasayapti. Alyaskada neft konlari 
ikkinchi jahon urushidan keyinroq ochilgandi, ammo kon zahirasi nisbatan kam 
ekan. 60-yillarda Alyaskada qidiruv ishlari qayta boshlandi va natijada Pradxo-
Beyda zahirasi 2 mlrd. tonadan ziyod noyob koni topildi. U Boforta dengizi 
qirg‘oqlarida, Barrou burunidan 300 km. janubi-sharqda, abadiy muzliklar bag‘rida 
joylashgan. 
Turli ko‘rinishdagi resurslar va tabiiy sharoit xo‘jalik rivojlanishi uchun 
yaxshi tabiiy baza bo‘lib qolmokda. Shu bilan birga ulardan foydalanishni 
ayovsizlarcha olib borilishi atrof muhitning holatini yomonlashtirmokda, havo va 
suvni ifloslantirishga olib kelayapti.
Tabiatga ayniqsa ko‘p sonli urbanizatsiyalashgan (shaharlashgan) 
territoriyalar-sanoat korxonalarining katta qismi joylashgan, ko‘p miqdordagi 
avtomobillar mavjud joylarga katta zarar yetkazmoqda. 


78 
2.§. Iqtisodiyotning tuzilish xususiyatlari 
XIX asrning oxirlaridayoq AQSH sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 
Buyuk Britaniyani quvib o‘tib, jahonda birinchi o‘ringa chiqqan edi. Hozir ham 
mehnat unumdorligi va ko‘pchilik fantalab ishlab chiqarishda birinchilikni egallab 
kelmoqda. U shuningdek ayrim an’anaviy sanoat va qishloq xo‘jaligi, noishlab 
chiqarish sohalarida o‘z ustunligini saqlab turibdi. Jami ishlab chiqarilayotgan 
aviaraketa-kosmik apparatlarning 3/4 qismidan ko‘prog‘i, elektron-hisoblash 
(ayniqsa sanoat va harbiy) texnikalarining 2/3, ko‘mir kazib olish va AES 
quvvatining 1/3, g‘arb dunyosida yig‘ishtirib olinayotgan g‘allaning 1/3 qismiga 
yaqini AQSH ga to‘g‘ri keladi. 
Davlat xo‘jalikning barcha sohalariga aralashadi, ishlab chiqarish tuzilishi va 
joylashtirilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Soliq imtiyozlari va kredit yordamida 
sanoatning yangi sohalarini o‘sishini rivojlantiradi hamda yangi sanoat rayonlari 
barpo etishga ko‘maklashadi. Shuningdek davlat ilmiy tadqiqotlarni, ayniqsa 
qurol-yaroq ishlab chiqarishni moliyalashtirishga katta e’tibor qaratadi.
Milliy darajada sanoat mahsulotlari qiymati qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarinikidan 10 marta ko‘p. AQSH sanoati katta, texnik jihatdan yaxshi 
ta’minlangan material bazasiga ega. 
Yonilg‘i-energetika majmuasi. Energiya xo‘jaligida yetakchi rol neft va tabiiy 
gazga tegishli. Mamlakatda qazib olinayotgan neft va tabiiy gazning yarimidan 
ko‘pini Texas shtati va unga tutash janubiy hududlar bermoqda. G‘arbda 
Koliforniya va Alyaskada neft ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilayapti. Neft 
va tabiiy gaz qazib olinayotgan rayonlardan qayta ishlash markaziga keltiriladi, 
uning bir qismi Shimolda joylashgan. Ilmiy-texnik progress natijasida kommunal 
xo‘jaligi, temir yo‘llarda va flotda ko‘mir iste’moli barham topdi. Endilikda undan 
asosan elektrostansiyalarda foydalanayapti. Ko‘mir 15 dan ziyod shtatalarda qazib 
olinmokda. Mamlakatning katta ko‘mir konlari Kentukki, G‘arbiy Virjiniya, 
Pensilvaniya kabi hududlarida mamlakatda eng yirik Appalachi ko‘mir havzasi 
joylashgan konlardir. Keyingi paytlarda g‘arbdagi Vayoming shtati ochiq holda 
ko‘mir qazib olish va tarkibida oltingugurt kamligi bilan katta ahamiyat kasb 
etayapti. 
Elektr energiyasi ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan o‘sayapti. Hozirgi vaqtda 
AQSH bu sohada yetakchi hisoblanadi. Asosiy elektro energiya ulushini yoqilg‘i 
energetika stansiya (TES)lar beradi. Ammo g‘arbda quvvati 1-2 mln. kvt.ga ega 
bo‘lgan GESlar iste’mol qilinayotgan energiyaning yarimidan ko‘pini yetkazib 
beradi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda atom elektr stansiya (AES)larning 
ahamiyati oshib borayapti. 
Qora va rangli metallurgiya. Qora metallurgiya avvalgidek mamlakat 
shimolida Illinoys, Indiana, Ogayo, Pensilvaniya, Merilend shtatlarida 
konsentrlashtirilgan. Yuqori ko‘l yakinida joylashgan kon AQShda kazib 
olinayotgan temir rudasining salkam 4/5 qismini berayapti. Yaqin-yaqingacha qora 
metallning 2/3 qismini Pitessburg, Klivlend, Chikago va boshqa ko‘l bo‘yi 
rayonlari berardi. 


79 
Rangli metallurgiya zavodlari xom ashyo qazib olinadigan rayonlar yoki xom 
ashyo tashib keltiriladigan portlarga yakin joylashgan. Shuning uchun ham 
ularning ko‘pchiligi G‘arb va Janubda joylashgan. 
Mashinasozlik majuasi yuqori fantalabligi bilan qayta ishlash sanoatidan 2,5 
marta ziyod turadi. Kompleksning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish 
kapital hajmining pastligidir: u 40 % sanoat mahsuloti ishlab chiqara turib, asosiy 
ishlab chiqarish kapitalining 20 % ga yakinligini jamlaydi xolos. Nihoyat bu 
majmuada sanoatda band ishchi kuchining 40 % dan ortig‘i foydalaniladi. Bu 
yerda yuksak texnika darajasidagi ishchi o‘rinlari to‘plangan. Sohalar orasida 
mashinasozlikning elektronika, samolyot-raketasozlik harbiy buyurtmalar asosini 
tashkil qiladigan sohalari boshqalarga qaraganda tez o‘sayapti.
Stanoksozlik esa Ko‘lbo‘yi va Shimoli-Sharkiy megapolislar atrofida 
to‘plangan. Janub va G‘arb zavodlarida stanok va uskunalar Shimolda esa 
samolyotlar ishlab chiqarish rivojlangan. Avtomobilsozlik- AQSH sanoatida milliy 
soha hisoblanadi. Bu yerda birinchi marta avtomobil ishlab chiqarish ommaviy 
tarzda yo‘lga qo‘yilgan: har bir ishlovchi amerikalikning yettidan bittasi avtomobil 
ishlab chiqaruvchi yoki unga xizmat ko‘rsatadi. Avtomobil zavodlari 
mamlakatning 26 shtatida 125 ta shaharda joylashgan. Ammo biroq, eng ko‘p 
avtomobil Ko‘lbo‘yi megopolisida ishlab chiqariladi. Bu yerda bosh «avtomobil 
shtati» Michigan va AQShning «avtomobil poytaxti» Detroyit joylashgan. 
Ximiya sanoati o‘nlab markazlarda ishlab turibdi. Lekin ularning alohida uzoq 
rayonlarda to‘plangani ham harakterli. AQSH ning neft va gaz-ximiya sanoati bosh 
rayonlari Meksika ko‘rfazidagi havzasi hududida joylashgan. Bu yerda 200 dan 
ortiq korxona faoliyat ko‘rsatayapti va AQShning «neft ximiya poytaxti» 
Xyustonda joylashgan. 
Yengil va oziq-ovqat sanoati. Yengil sanoat korxonalari orasida to‘qimachilik 
va charm ko‘n-poyafzal sanoati ko‘proq rivojlangan. To‘qimachilik sanoati ikki asr 
davomida shimoliy Atlantika shtatlarida-Yangi Angliya deb ataladigan, Markaziy 
Boston bo‘lgan joyda jamlangan. Ammo keyingi yillarda bu sohaning janubiy 
Atlantika shtatlariga migratsiyasi ro‘y berdi. Bu yerda arzon ishchi kuchiga ega 
rayonlar ya’ni, paxta yetishtiruvchi rayonlar va sintetik tola ishlab chiqaruvchi 
korxonalar, mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun bozorlar mavjud. 
Oziq-ovqat sanoati asosan qishloq xo‘jaligi rayonlari va yirik shaharlarda 
(ayniqsa Shimol va G‘arbda) joylashgan bo‘lib, qudratli kombinatsiyani hosil 
qiladi. 
Agrosanoat kompleksi. Mamlakat katta yer resurslari va yer, yaylov va dalalar 
AQSH asosiy territoriyasining salkam 1/2 qismini tashkil etadi. Agrosanoat 
kompleksi AQSH iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi. 
AQSH da o‘simlikchilik turlaridan birinchi navbatda g‘alla ekinlari 
hisoblanadi, bu barcha maydonlarning 2/3 qismini egallaydi. Asosiy oziq-ovqat 
ekini-bug‘doy, ozuqa ekinlari (makkajo‘xori) ko‘proq yetishtiriladi. Moyli ekinlar 
orasida soya muhim o‘rin egallaydi. Keyingi yillarda bu ekin hosildorligi keskin 
oshdi. U ovqatga (soya moyi sifatida) ishlatiladi. Mollar uchun to‘yimli ozuqa 
hisoblanadi. Tolali ekinlar orasida paxta yetakchi o‘rinda turadi, XXI asrda u bosh 


80 
eksport mahsulotiga aylanadi. Shakarli ekinlar orasida qand lavlagi va shakar 
qamish deyarli birining o‘rinni egallaydi. Meva va sabzovatning roli juda ulkan. 
Chorvachilik. AQShda chorvachilik ham sut, ham go‘sht yo‘nalishida 
rivojlanmoqda. Shuningdek cho‘chqachilik va parrandachilik sanoat asosida 
taraqqiy etmoqda. Jo‘ja go‘shti (broylerlar) ishlab chiqarish AQSH qishloq
xo‘jaligining industrlashtirilgan sohalaridan hisoblanadi va qishloq joylarida 
joylashtirilgan. Har yili 4 mlrd. dona gacha broyler ishlab chiqariladi. AQSH 
agrsanoat kompleksi aholini to‘liq oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniga ega. Biroq 
monopoliya egalik qiladigan fermerlik mahsulotlari narxi balanadligi uchun 
amerikaliklarning ko‘pchilik qismini harid quvvati o‘tmaydi.
AQSH xalqaro turizm taraqqiyoti bo‘yicha Yevropadan ancha orqada. Lekin 
shunga qaramay, mamlakatga har yili 30-40 mln. sayyoh kelib ketadi. Ichki turizm 
juda yaxshi rivojlangan, o‘z ichiga avtoservisni qamrab olgan «mehmondorchilik 
industriya»si kuchli rivojlangan. Florida, Kaliforniya, Gavayi, G‘arb shtatlari, 
ayniqsa qoyali tog‘lar atrofi qirg‘oq bo‘yi turizmining bosh rayonlari hisoblanadi. 
Transport kompleksi. AQSH jahonda keng rivojlangan transport tarmoqlariga 
ega. Bu mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. 
AQSH transport majmuasiga umumiy foydalaniladigan trasport-temiryo‘l, 
avtomobil, dengiz, ichki suv, havo va boshqa vositalar kiradi. Yuk va yo‘lovchi 
tashish ishlarini shaxsiy, maxsus umumiy foydalaniladigan sanoat avtomobillar, 
personal samolyotlar va boshqalar bajaradi.
AQSH ichki yuk tashish 1/3 qismi temiryo‘llar ulushiga to‘g‘ri keladi. Qisqa 
masofalarga qishloq xo‘jaligi, sanoat yuklarini shuningdek yo‘lovchilarni 
tashishda avtomobillardan ko‘proq foydalaniladi. Yengil avtomobillarning asosiy 
qismi shaxsiy foydalaniladigan avtomobillardir. Ayrim avtomobil yo‘llari xususiy 
mulk, unda yurish uchun pul tulanadi. 
Quvurlar transporti yaxshi rivojlangan. Neft-gaz mahsulotlari o‘tkaziladigan 
quvurlarning umumiy uzunligi 600 ming kilometrni tashkil etadi 
Daryo transporti asosan Missisipi daryosida saqlanib qolgan. Daryo flotining 
1/3 qismiga yaqinini tankerlar va quyiladigan birjalar tashkil etadi. AQSH 
transport okean savdosi ko‘payishi bilan eski dengiz transporti ahamiyati ham 
oshib borayapti. Qo‘shma Shtatlar xo‘jaligining muhim an’anaviy bo‘g‘ini – ichki 
savdodir. Uning ichki milliy mahsulotdagi ulushi kattaligi mamlakat iqtisodiyotida 
yetakchi o‘ringa chiqaradi. 
Bank tizimi va moliyaviy kapital. Sanoatda, pul-kredit sohasida va Amerika 
iqtisodiyotining boshqa bosh sektorlarida yetakchi o‘rinni yirik xo‘jalik 
birlashmalari egallaydi. Ularning qo‘lida jamiyat kapitali ishlab chiqarish va 
tovarlar realizatsiyasi, xizmatlarning sezilarli qismi to‘plangan. Biznesning barcha 
sohalarida yetakchilarni mustahkamlash hozirgi zamon Amerika iqtisodiyotiga xos 
qirralardir. 
Iqtisodiyot o‘sishi sharoitida kompaniyalarni sotib olishi va qo‘shilishi soni 
rekord darajaga yetdi. Kompaniyalarni sotib olish va qo‘shilishi umumiy summasi 
2004 yilda 879 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha 
sektorlariga energetikadan tortib, moliyagacha tegib o‘tdi. AQSH xususiy 
evolyutsiyasi muhim yo‘nalishlaridan biri ayrim korxonalarni mo‘’tadil rezervlar 


81 
qidirishi va kompaniya doirasida ularning birlashishi bo‘ldi. Ishlab chiqarishni 
markazlashtirish va ishlab chiqaruvchi kapital mos kelmasligi kuchaydi. Hatto 
kapital bo‘yicha eng yirik korporatsiyalarda bir korxonada ishlab chiqarish hajmi 
samaradorlik chegaralari bilan belgilana boshladi. Shu bilan birga kichik biznes 
salmoqli rol o‘ynashda davom etayapti. AQSH eksportida o‘rta va kichik firmalar 
ishtiroki 55 % ni tashkil qiladi. 
AQShda ko‘plab kichik va o‘rta firmalar mavjud. Ular mustaqil faoliyat 
yuritadi, bozorda o‘zining o‘rnini topadi. 
Ammo yirik kapital ham ularni e’tiborsiz qoldirayotgani yo‘q Bunda kichik 
biznesning yuqori manyoverligi hisobga olinayapti, uning bozorda egiluvchan 
maslashishi, ko‘pgina turlarni tejalish imkoniyatilari katta. 
Kichik va o‘rta biznesni texnologik, ijara pudrati, kontrakt tizimi jihatidan 
turg‘un bozor, ta’minot manbai, yangi texnologiyalarni moliyalashtirishda yirik 
biznesga qarashli uni ularga bog‘lab qo‘yadi.
Amerika iqtisodiyoti qayta turlanishida «tavakkalchilik kapitali» o‘suvchi rol 
o‘ynaydi: kichik kompaniyalarga tavakkal ilmiy izlanishlarni sinash, yangi tartibni 
tezroq joriy etish uchun yangilikni olish vazifalari yuklanadi. Xususiy kapitalning 
umumiy harajatlari uncha katta bo‘lmagan firmalar uchun ilmiy-texnik, tajribalar, 
tadqiqotlar, konstruktorlik ishlanmalariga ajratilayotgan mablag‘ning atigi 5 %ni 
tashkil etsada, AQShda ular ixtirolarning yarmi yaqiniga ega. Mayda va o‘rta 
kompaniyalar bilan yiriklarini o‘zaro birgalikda harakat qilishlarida AQSH kredit 
tizimi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
AQSH kredit tizimi jahonda birmuncha taraqqiy etgan va o‘zida davlat va 
xususiy kredit hujjatlarini mujassam etgan. Uning asosiy komponenti federal 
rezerv tizimi (FRS) dir. U Markaziy bank funksiyasini (1913) bajaradi. FRS 
boshqaruvchilar kengashidan 12 ta federal rezerv banklaridan, kongress tomonidan 
tuzilgan bir necha ming bank a’zolaridan iborat. Ochiq bozorda operatsiyalar 
bo‘yicha Federal komitetga va Federal maslahat kengashiga ega. FRS davlatning 
pul kredit siyosatini amalga oshiradi, iqtisodiyotga kredit va pul muomalasi sohasi 
orqali ta’sir o‘tkazadi. Pul-kredit siyosatining muhim instrumenti ochiq bozorda 
xukumat qimmatbaho qog‘ozlari bilan operatsiyalar, bank rezervlarini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tartibga solish va hisobot stavkalari mexanizmi orqali kreditlarni 
kengaytirish yoki cheklash hisoblanadi. 
Banklar faoliyati sohasida nafaqat an’anaviy, balki yangi operatsiyalar ham 
qo‘llaniladi. Ular ilgari ixtisoslashgan moliya institutlari mo‘ljalida turardi: 
sug‘urta biznes, investitsion operatsiyalar, brokerlik ishlarini bajaradi. Bank sohasi 
iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda moliyalashtirishda yangi shakllarini «kashf» 
etdi: lizing, faktoring ishlar, axborot va maslahat servisi ishtiroki daromad 
keltiradigan sanoat ob’ektlari qurilishini kreditlash. Masalan, lizingni 
moliyalashtirishning 45 % va faktorning operatsiyalar hajmining 75 % ga yirik 
tijorat banklar xizmat ko‘rsatadi. 
AQSH bank-kredit tizimi tarkibida o‘zgarishlar bosh yo‘nalishi eng qudratli 
moliya institutlarini universallashuviga qaratilgan. 
Mamlakat bank-kredit sohasi samaradorligining oshishi moliya muassasalari 
qo‘shilishlarini jadallashtirib yubordi. Keyingi yillarda AQSH tijoriy banklari soni 


82 
3 mingtadan ko‘proqqa qisqardi. Ular yirikroq koalitsiyalarga birlashdi. Ular 
nafaqat ayrim sohalarni, balki butun milliy iqtisodiyotni nazorat ostiga olganlar. 
Endi ular bir-birlari bilan raqobatlashadilar. Neft, po‘lat, avtomobil «qirollari» 
bilan birga boshqa tipdagi magnatlar paydo bo‘ldilar: ularning mulki ma’lum 
sohalarga bog‘langan emas, anonim ravishda moliya institutlari oralig‘i 
aloqalaridan foydalanishadi va milliy masshtabda iqtisodiy potensialga hissa 
ko‘shishadi.
AQSH iqtisodiy o‘sishi yuz yillik arafasida AQSH bank tizimi kelgusi 
taraqqiyotida jiddiy tarkibiy-funksional muammolarni to‘g‘diradi. Ular qatoriga
naqd pul oborotini samarali ishlab turishni ham kiritish mumkin. AQSH to‘lov 
tizimi taraqqiyoti bashorat (prognoz)lariga qaraganda hisob-kitoblarning pul 
vositalari joriy etilishiga qaramay, naqd holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri banknotlar, 
tangalar va turli chek to‘lovlari vositalari-istiqbolda nafaqat muomiladan 
chiqmaydi, balki ishonchli milliy to‘lov vositasi bo‘lib qoladi. 
Oborotda mavjud naqd pul mutloq o‘sishi uni nisbatan 1,5 % ga ko‘payishiga 
olib keladi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika iqtisodiyoti yuqori rivojlanish darajasi 
bilan bog‘liq. AQSH aholisi sonining ortishi, jamiyat barcha qatlamlarida turmush 
darajasining o‘sishi bilan bog‘liq. Yaqin vaqtlarda naqd pul hajmini AQSH hududi 
uchun 7 % ga, Amerika valyutasiga tashqi talab bo‘yicha 13 % ga ko‘payishi 
kutilayapti. 
To‘lov vositasi sifatida cheklarning ahamiyati oshishda davom etayapti. 
Amerika ekspertlarining bahosicha, cheklar soni yiliga 3 % ga ko‘payyapti. 
Shuning uchun ham AQSH da nakd pul muomilasi milliy tashkiliy tarkibi 
kelgusida ham avvalgidek qoladi.
AQSH byudjet siyosati. AQSH ning davlat sifatida birinchi bir yarim asr tarixi 
davomida federal byudjet yarim stixiyali ravishda shakllandi. Barcha ijrochi 
xokimiyatlar tarkibida mamlakat xo‘jaligi talab va ehtiyojini tahlil etib, yagona 
byudjet loyihasini tuzadigan, birgalikda harajatlarga talabnoma beradigan
mahkamalar, yagona hisob-kitobni amalga oshiradigan organ yo‘q edi. Bu sohada 
sifatli bosqich, Amerika byudjet statistikasi ta’kidlashicha, Koreya bilan urush 
davridan boshlanadi: 1949 moliya yilidan byudjet o‘sishi (joriy narxlarda) deyarli 
to‘xtovsiz davom etayapti. Harajatlarning ko‘payishi mutloqa boshqacha manzara 
kasb etayapti: bu tendensiya «tinchlik» yillarida ham to‘xtagani yo‘q. 
Xuddi o‘sha davrdan AQSH davlat harajatlarini moliyalashtirish «muntazam-
tanqislik» bilan boshlandi va 1998 yilga kelibgina, federal harajatlar 1,7 trln. 
dollarga yetgandagina nihoyasiga yetdi.
Amerika byudjet siyosatida keyingi o‘n yilda ko‘zda tutilmagan ko‘lamda 
biror bir voqealar rivoji ro‘y berganini eslash qiyin. Barcha ko‘rsatkichlar iqtisodiy 
o‘sishning murakkab dinamikasi, ma’muriyatning tashqi iqtisodiy doktarinasi, 
inflyatsiya sur’atlari, prognozlar, dasturlar ko‘lami va real daromadlarga qarab, 
inqirozga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari bilan qo‘shib olib borilayapti.


83 
3.§. AQSH tashqi iqtisodiy aloqallari 
Tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini belgilaydi. AQSH da tashqi savdo mamlakat barcha xo‘jaligining 
ichki bozor bilan birgalikda taksimlovchi tarmog‘i bo‘lib, uni tartibga solishni bitta 
mahkama-savdo vazirligi amalga oshiradi. AQSH savdo vazirligi bayonotiga ko‘ra, 
«AQShning bosh savdo siyosati Amerika eksporti yo‘lida turgan xorijiy to‘siqlarni 
bartaraf etish, ayniqsa amerikaliklar xalqaro darajada raqobatbardoshlikka ega 
sohalarda».
AQSH savdo vazirligi reja-strategiyasi jahon iqtisodiyotida AQSH tovarlarini 
raqobatbardoshligini ta’minlovchi tashqi savdo siyosati vazifalarini hal etishga, 
mamlakat iqtisodiy infratuzilmasini mustahkamlash (zavodlar, fermer xo‘jaliklari, 
xususiy firmalar va h.k.) va milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatchilardan 
himoya qilishga qaratilgan. 
AQSH tashqi savdo siyosati strategiyasi yo‘nalishlari orasida quyidagilarni 
ajratish mumkin: 

eksportni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, xorijiy kontraktlar uchun 
kurashda milliy kompaniyalar manfaatlarini himoya qilish; 

kompensatsion poshlinalar va antidemping qonunlarni faol qo‘llash; 

tashqi bozorda AQSH kompaniyalari manfaatlarini himoya qilishni 
ta’minlash; 

eksport nazorati rejimi samaradorligini oshirish va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda AQSH iqtisodiyotida eksport roli o‘sayapti. Uning yillik 
hajmi 1 trln. dollarga yaqinlashayapti. Bu mamlakat iqtisodiy o‘sishini 30 % ga 
ko‘payishini ta’minlaydi. Korxonalarda yuqori ish haqi bilan 12 mln. ishchi o‘rni 
yaratadi. Eksportni 15 % (mamlakatda o‘rtachadan yuqori) ga oshiradi.
AQShda eksportga hamkorlik qiluvchi 100 dan ortiq markaz tuzilgan. Bu 
markazlar tarmog‘i jahonning 70 mamlakatida 130 tijorat xizmat vakolatxonalari 
bilan bog‘langan. Ularga Amerika eksportining 95 % dan ziyotrog‘i to‘g‘ri keladi. 
Eksport AQSH ichki milliy mahsulotiga nisbatan taxminan 6,7-7,2 % ni, 
import-7% dan ko‘proqni tashkil etadi. AQSH tashqi savdo xususiyatlari shuki, 
1998 yildan tovar eksport hajmi qiymatlarda pasaya boshladi. Buning asosiy 
sabablari shuki, AQSH iqtisodi ko‘tarildi. Osiyo va Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida moliyaviy beqarorlikda neft mojoralari tufayli talab kamaydi.
AQSH da qishloq xo‘jaligi eksportining kamayishi kuzatilayapti. Qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ikkita muammo bilan to‘qnash keldilar: 
ichki bozorda qayta ishlab chiqarish va jahon bozorida talabning qisqarishi. AQSH 
agrosanoat majuasi sezilarli darajada tashqi bozorga qaratilgan: u yetishtirilgan har 
3 tonna g‘allaning 2 tonnasini eksport qiladi. Bularning bari AQSH savdo 
balansida to‘qchilikning o‘sishiga olib keldi. 
Keyingi vaqtda import masalasida ham muammo o‘tkirlashayapti. Ya’ni u 
ichki bozorda tobora ko‘proq yangi-yangi o‘rinlarni egallab olayapti. AQSH 
bozorlarida sotilayotgan poyafzallarning 68 %, kiyim kechakning 53 %, po‘latning 


84 
23 %, neft va neft mahsulotlarining 50 % xorijlik yetkazib beruvchilar hisasiga 
to‘g‘ri kelayapti.
Savdo balansidagi passiv saldoni mamlakatning xalqaro raqobatdagi o‘rni 
pasayapti, deb tushunmaslik kerak. AQSH haqli ravishda jahon iqtisodiyotining 
lokomotivi rolini bajarayapti. 
AQSH ga jahon zayom mablag‘larining yarmiga yaqini to‘g‘ri keladi. 
Xorijda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika investitsiyalari jamg‘armalari jahonning 1/4 
qismini hosil qiladi. 
AQSH ga keltirilayotgan kapital hajmi yiliga 193 mlrd. dollardan oshadi. Bu 
iqtisodiyotni yuksak darajada baynalminallashgan va mamlakatni iqtisodiy 
jihatdan tez rivojlanayotganligining muhim omillari ekanligidan guvohlik beradi. 
AQSH uchun integratsion jarayonlarda faol ishtirok etish harakterli. Boshqa 
davlatlar bilan AQSH iqtisodiy aloqalari juda keng va xilma-xil. Amerika-Yevropa 
aloqallarini mustahkamlashda YEI mamlakatlari muhim rol o‘ynaydi. Bu 
birgalikdagi xo‘jalik harakatlari juda faol bo‘lsada, YEI mamlakatlari Amerika 
bozori Kanada yoki Yaponiyaga nisbatan amalda kam darajada bog‘liq. YEI tovar 
bozori AQSH iqtisodiyoti uchun aksincha Yaponiya va Kanada bozoriga 
qaraganda muhim rol o‘ynaydi. Importi umumiy hajmining 26 % dan oshmaydi. 
Hozirgi vaqtda jahonda tez rivojlanayotgan mintaqa Osiyo-Tinch okeanidir. 
Mintaqa mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga faol jalb etilgan. 
Ular ulushiga Amerika eksporti 22 % ga to‘g‘ri keladi. Mintaqa mamlakatlari 
kapital qo‘yish ob’ekti va ortiqcha mollarni bozorga chiqarish ulkan imkoniyati, 
AQSH xo‘jalik jarayonlarini baynallashtirishga qaratilgan roli o‘sishi jihatdan ham 
muhimdir. Bu yerda AQSH ning bosh okean orti hamkori Yaponiya joylashgan. U 
AQSH ning butunjahon xo‘jaligi strategik yetakchilik o‘rniga «da’vo» qilmokda. 
1989 yilda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) konferensiyasi 
tuzildi. Unga AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zellandiya, ASEAN 
mamlakatlari, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar kiradi. ATES faoliyat 
sohasiga tinch okeani tabiiy resurslarini muhofaza qilish va iqtisodiy 
munosabatlardan tortib madaniy aloqallargacha bo‘lgan keng masalalar kiradi. 
ATES savdo va investitsiyalarni kengaytirishda ishtirok etadi. Butunjahon savdo 
tashkiloti kuchi bilan xalqaro savdoni liberalizatsiya qilishda hamkorlik 
ko‘rsatadi. 
4. §. Kanada iqtisodiyotining umumiy ta’rifi 
Kanada iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlat. Bozor iqtisodiyotida 
yetakchi rivojlangan mamlakatlar «sakkizligi»ga kiradi. U «ko‘chma kapitalizm» 
mamlakatlari tipiga kiradi. 10 mln. kv. kilometr maydonga ega bo‘lib, maydoni 
bo‘yicha jahonda Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kanada Shimoliy 
Amerika qit’asi maydonning sezilarli katta qismini egallaydi. 
Kanada foydali qazilmalarga juda boy mamlakat bo‘lib, unda yoqilg‘i-
energetika, metallurgiya va nometallurgiya turlari ko‘p. Rangli va qimmatbaho 
metallar, temir rudasi, uran, neft va tabiiy gaz, kaliy tuzi kabi jahon ahamiyatiga 


85 
molik boyliklar katta zahirasiga ega. Ko‘mir resurslariga boy. Bular mamlakatning 
katta mineral-xom ashyo bazasini tashkil qiladi va uni jahonda rivojlangan 
davlatga aylantirmokda. AQSH iqtisodiyoti uchun ham bu katta ahamiyatga ega. 
Kanada rayonlarida qazilma boyliklar konlari energoresurslarga boy imkoniyatlar 
bilan uyg‘unlashib ketgan. 
Kanada iqlimi mo‘’tadil kontinental bo‘lib, u to‘rtta iqlim provinsiyalaridan 
iborat: qutbiy, subarktik, mo‘’tadil va tog‘li. Kanada ulkan suv zahiralari bilan ham 
ajralib turadi. Ichimlik suv zihirasi bo‘yicha (12,9 ming km
3
) Braziliya va 
Rossiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 
Mamlakatning deyarli yarim maydoni qalin o‘rmonlardan iborat. Kanada 
yog‘och zahiralari bo‘yicha Rossiya va Braziliyagagina o‘rin bo‘shatib beradi. 
Aholi boshiga yog‘och ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha esa jahonda birinchi 
o‘rinda turadi. 
1663 yilda Kanada rasman Fransiyaning mustamlakasiga aylandi. Yetti 
yillik urushdan keyin Parij shartnomasi bo‘yicha urushdan keyin 1763 yilda 
Kanada Angliyaning mustamlakasi bo‘ldi. 1867 yilda Kanada to‘g‘risidagi Aktga 
muvofiq mamlakat konstitutsion o‘zgarish va huquqiy jihatdan mustaqil bo‘lish 
huquqini qo‘lga kiritdi. Endilikda Kanada 10 ta provinsiya va uchta hudud (Yukon, 
Nunovut va Shimoliy G‘arbiy hududlar) dan iborat federativ davlat. Davlat 
boshlig‘i nomigagina Angliya qirolichasi, u bosh vazir tavsiyasiga ko‘ra general-
gubernatorlarni tayinlaydi. Hokimiyat qonunchilik oliy organi-parlament, quyi 
palata va senatdan iborat: quyi palataga depututlar aholi soniga qarab 
provinsiyalardan 
saylanadi, 
senatorlar 
general-gebernatorlar 
tomonidan 
tayinlanadi. Ijroiy hokimiyati boshlig‘i bosh vazir, u ayni vaqtda bosh qo‘mondan 
ham hisoblanadi. Minstrlar soveti sifatida u parlament oldida ma’suldir. 
Kanada millatlar Hamdo‘stligi a’zosi (sobiq Britaniya). Mamlakat OESR, 
NATO, OAG lar a’zosi hisoblanadi. 
Mamlakat aholisi 32 mln. kishiga yaqinni tashkil etadi. Immigratsiya-
Kanada aholisining asosiy geografik qiyofasini belgilovchi bosh omildir. 
Mamlakat aholisi ko‘p millatli. Hozirgi zamon emigrantlarining 19 % 
yevropaliklarga to‘g‘ri keladi (shundan 2,4 % - Buyuk Britaniyadan), lotin 
amerikaliklar, 7 % ni afrikaliklar tashkil qiladi. Kanadada ayni paytda ikki millat 
va 80 dan ziyod elatlar yashayapti.
Kanada–yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakat, 78 % aholi shaharlarda 
yashaydi. Kanada rivojlangan mamlakatlar orasida ishsizlikning yuqori 
darajadaligi bilan ajralib turadi (8-10 % iqtisodiy faol aholi). Turmush darajasi 
bo‘yicha Kanada aholisi jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda 
kompyuterlash keng tarqalgan. 
Kanada boshqalar singari bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakat 
hisoblanadi. Endilikda industrial taraqqiyoti bosqichi sari qadam tashlamoqda. 
Ichki milliy mahsulot hajmi bo‘yicha jahondagi birinchi o‘nlik davlatlar qatoriga
kiradi (836 mlrd. dollar). Sanoat mahsulotlari qiymati va tashqi savdo oboroti 
bo‘yicha bu yuqori ko‘rsatkichdir. Ammo Kanada aholi jon boshiga IMM hajmi 
bo‘yicha AQShdan ancha orqada (34 ming dollarga qarshi 27 ming dollar). Bu 
mamlakat qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari bo‘yicha bir qator bosh ishlab 


86 
chiqaruvchi mamlakatlar guruhida mustahkam o‘rinni egallaydi. Uning uchun 
ishlab chiqarishning yuqori markazlashtirilgani, mehnatni geografik taqsimlash 
taraqqiy etgani, yuqori energetika ta’minlangani harakterlidir. Kanadaning 
an’anaviy xususiyati-ko‘proq xom ashyoga rol berilganidir. Bunda tog‘-kon 
sanoati, energetika va qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va yog‘ochni qayta ishlash sanoati 
jahon bozoriga tovar yetkazib beruvchilar sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Ichki 
yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qayta ishlash, sanoati ulushi (1/5) boshqa 
rivojlangan davlatlardagidan past. Tashqi savdo AQSH ga nisbatan iqtisodiyotda 
katta rol uynaydi. Kanadaning jahon bozorida mustaqilligi ortib borayapti: xom 
ashyo sohasi mahsulotni 1/4 dan 2/3 qismgacha eksport qilayapti. 
Xorijiy kapital qo‘yilmalarining yarimi AQSH ga qolganlari Osiyo va Lotin 
Amerikasi, Yevropa ittifoqiga chiqarilayapti. 
Sanoati. Kanada iqtisodiyotining bu sohasi yuqori texnik darajasi va 
murakkab tarkibi bilan ajralib turadi. Mamlakatda energetika va tog‘-kon sanoati, 
rangli metallurgiya, bir qator energiya talab sohalar, eksportida xom ashyoni qayta 
ishlash sanoati sohalari orasida, mashinasozlikdan tashqari, yog‘ochni qayta 
ishlash va sellyuloza-qog‘oz, shuningdek oziq-ovqat sanoati roli ayniqsa katta. 
Keyingi yillarda fantalab sohalar (elektronika va elektro-texnika, farmatsevtika va 
boshqalar) ahamiyati oshdi. 
Kanada elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha (567 mlrd. kvt.s.) 
jahonda oltinchi o‘rinda turadi. Energiyaning deyarli 3/5 qismini GES lar ishlab 
chiqaradi. Yoqilg‘i-energetika balansida 3/4 qism suyuq va gazsimon yoqilg‘iga 
to‘g‘ri keladi.
Tog‘-kon sanoati-mamlakat iqtisodiyotining bazaviy sohalaridan biri bo‘lib 
eksportda muhim (20% qiymatgacha) rol o‘ynaydi. Tog‘-kon mahsulotlari 
yetakchi turlari qiymati bo‘yicha: neft, tabiiy gaz, oltin, ko‘mir, mis, rux, nikel, 
temir rudasi, uran, kaliy tuzi muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi o‘rinda kaliy tuzi va 
nikeli ruda, uchinchi gaz qazib olish, mis rudasi va platina turadi. Kanada oltin, 
kumush, mis, ko‘rg‘oshin, rux, molibden, kobalt va temir rudasi bo‘yicha bosh 
ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiradi. Kanada neft qazib olish hajmi bo‘yicha 
dunyodagi birinchi o‘nlik mamlakatlar safida turibdi.
Qayta 
ishlash 
sanoati 
ishlab 
chiqarish 
va 
kapitalni 
yuqori 
konsentratsiyalangani bilan ajralib turadi. Qayta ishlash sanoati strukturasida 
mashinasozlik sohasi (transport mashinasozliligi, o‘rmon va tog‘-kon sanoati 
uchun elektr kuchlanish uskunalari) bosh rol o‘ynaydi. Qayta ishlash sanoatida 
band kishilar soni va mahsulotning 1/3 mashinasozlikka to‘g‘ri keladi. 
O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati boy o‘rmon 
resurslaridan foydalaniladi. Kanada jahonda yog‘och chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi, 
taxta ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi va qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha 
to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Qishloq xo‘jaligi. Mamlakatda qudratli agrosanoat kompleksi shakllangan, 
oziq-ovqat sanoati unda bosh rol o‘ynaydi. Mamlakat sanoati qayta ishlaydigan 
jami mahsulotning 13 % uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Kanada qishloq xo‘jaligi 
yuksak darajada mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan, yuqori mehnat 
unumdorligi, ishlab chiqarishni bir maqsadga qaratilgani bilan harakterlanadi. Bu 


87 
asosiy tur oziq-ovqat bilan ichki talabni to‘liq ta’minlaydi va mahsulotning deyarli 
yarimi jahon bozoriga olib chiqiladi. 
Keyingi yillarda mamlakatda fermer xo‘jaliklari soni qisqarishi ro‘y 
berayapti. 30% xo‘jaliklar yiriklarga (tovar mahsulotlari kattaligi bo‘yicha), 15 %-
o‘rtacha, 55 % mayda xo‘jaliklarga taaluqli. Fermerlarning katta qismi-
chorvachiliklar (go‘sht, sut beradigan yirik shoxli mollar), g‘allachilikka 
ixtisoslashgan korxonalaridir. 
Mamlakatda qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni 73 mln. gektarni tashkil 
etadi. Aholi jon boshiga ekin maydoni bo‘yicha Kanada Avstraliyagagina bo‘sh 
keladi, Rossiya va AQShda esa yarimiga ustun turadi. Ekin maydonining asosiy 
qismi (3/5)ni haydaladigan yerlar tashkil etadi. 
Kanadada g‘allachilik xo‘jaligi (javdar, makkajo‘xori va soya) taraqqiy 
etgan. G‘alla yetishtirish bo‘yicha Kanada (yiliga 50-55 mln. tonna) jahonda 
yettinchi o‘rinni egallaydi. U g‘alla yetishtiruvchi yetakchi guruhlarga kiradi. 
Eksport bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Kanada fermalarida dunyodagi moyli 
zig‘irning 1/3 va rapsning 1/5 yetishtiriladi. Umuman mamlakat qishloq xo‘jaligi 
yuksak eksportligi bilan ajralib turadi. Bu ayniqsa eng avvalo dehqonchilikka 
(g‘alla va moyli ekinlar) tegishli. Mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish 
kiyinchiligi-qayta ishlashdagi surunkali krizis-agrar sohada davlatni tartibga solish 
roli juda muhim ekanligini ko‘rsatdi. 
Transport. Territoriyaning kattaligi, aholini notekis joylashganligi va 
xo‘jalik ko‘lami azaldan mamlakat uchun transport masalasini ko‘ndalang 
quygandi. Asosiy transport turlari-temiryo‘llar, avtomobillar, aviatsiya, havo suv 
va o‘tkazish quvurlaridir.
Xizmat sohasi. Xizmat sohasi jadal rivojlanayapti. Sohalarda yaratilgan 
xizmat ko‘rsatish hajmi yalpi mahsulotda 3,4 % ga ko‘paydi. Ko‘tara savdo tez 
rivojlanayapti (o‘sish 10 % dan yuqori), umumiy ovqatlanish va mehmonxona 
xo‘jaligi korxonalari (6%), aloqal (5%), chakana savdo (4,2 %), transport va 
omborxonalar xo‘jaligi (4%) o‘sayapti. 
Kanadada 1998 yildan davlat byudjeti takchilligiga butunlay barham berildi. 
Shunga qaramay mamlakatda qarzdorlik kattaligicha qolayapti. U ichki yalpi 
mahsulotda 10% ni tashkil etadi. 
Federal hokimiyat davlatni tartibga solishni qisqartirayapti va amalda 
hammasini xususiy investorlarga sotayapti, qayta ishlash sohasidagi davlatga 
tegishli yirik korxonalar va neftgaz sanoati, havo, temiryo‘l transporti va aloqa 
shular jumlasidandir. 1999 yildan boshlab federal hukumat protsent stavkalarini 
pasaytirishga kirishdi. Qisqa muddatli kreditlar protsent stavkasi AQSH dagiga 
nisbatan past. 
Aholi jon boshiga umumiy tashqi savdo oboroti hajmi bo‘yicha Kanada 
jahonning yetakchi mamlakatlari qatorida turadi. Yalpi milliy mahsulotda Kanada 
eksport va import 2/3 tashkil qiladi. Eksport tarkibida xom ashyo ulushi 4/5 ga 
yaqin, mashina va uskunalar 17%, iste’mol mollari 4%, g‘allaning 4/5, o‘rmon-
yog‘och, sillyuloza-qog‘oz, alyumin sanoatlarida 1/2 qismi eksport qilinadi. 
Importda ham sanoat buyumlari, ko‘proq tayyor mahsulotlar ustunlik qiladi. 
Ko‘mir, neft, tropik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keltiriladi. Savdo balansida 


88 
saldo ijobiy va 34-35 mlrd. dollardan oshadi. Kanada rivojlangan mamlakatlarning 
avvalo AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniyaning yirik savdo-sotiq hamkorlaridan 
bo‘lib qolmokda. 
Kanadadan eksport taxminan 170 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Kanadalik 
investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kapital qo‘yilmalari 65 % ga yaqini 
AQSH ga to‘g‘ri keladi. 
1988 yilda AQSH va Kanada o‘rtasida Shimoliy Amerika erkin savdo 
assotsiatsiyasi tuzish haqida (NAFTA) bitim imzolandi. 1992 yilda unga Meksika 
ham qo‘shildi. 1994 yildan boshlab bitim rasman kuchga kirdi. 
NAFTA tuzilishidan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan: 

uning a’zolari o‘rtasida savdo to‘siqlariga barham berish

halol raqobat muhitini yaratish; 

xorijiy investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish; 

intellektual mulk huquqlari himoyasini kafolatlash; 

huquqiy kelishmovchiliklarni hal etish uchun samarali orbitraj tashkil etish; 

korxonalar va madaniy dasturlar o‘rtasida kooperatsiyasida ko‘p tomonlama 
nou-xau almashinish va mintaqaviy rag‘batlantirish; 

atrof muhit tozaligini muhofaza qilishda hamkorlik qilish. 
NAFTA bitimi har ikkala mamlakat bank aktivlarini hal etish va 
investitsiyalarga cheklovlarni kamaytirish, ikki tomonlama tovar va xizmatlar 
savdosidagi to‘siklarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. AQSH tabiiy resurslar potensalini harakterlang. 
2. AQSH iqtisodiyotining hozirgi zamon holati nima bilan harakterlidir. 
3. Milliy iqtisodiyot o‘sishining asosiy omilarini ayting. 
4. Amerika iqtisodiyotning boshqarish modeli asosiy qirrallarini ajrating? 
5. Hozirgi zamon bosqichida AQSH tashqi savdo strategiyasining asosiy 
xususiyatlari qanday? 
6. Kanadaning jahon xo‘jaligidagi o‘rni va rolini aniqlang? 
7. Kanadaning iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlarini aytib bering? 
8. Kanada iqtisodiy islohatlarining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsating? 
9. Kanadaning AQSH va Meksika bilan o‘zaro aloqalarini harakterlang. 


89 
X Bob. YAPONIYA IQTISODIYOTI 
1.§. Jahon xo‘jaligida Yaponiyaning tutgan o‘rni va roli 
Yaponiya juda ko‘p va mayda orollarda joylashgan mamlakat bo‘lib, u 
shimoldan sharqqa hamda janubi-g‘arbga qarab, salkam 3,5 ming kilometrga 
cho‘zilib ketgan. Uning umumiy yer maydoni 378 ming kv. kilometrni tashkil 
etadi. Yaponiyada orollarning umumiy soni 3900 taga yetadi. Ulardan eng kattalari 
Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari hisoblanadi. 
Mamlakat 47 hudud (prefektur)ga bo‘lingan. Har birining shahar va qishloqni 
boshqaruvchi o‘z hukumatlari bor. Aholi soni bo‘yicha Yaponiya (127 mln. kishi) 
Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya, Braziliya, Rossiya va Pokistondan keyin 8-
o‘rinda turadi. Mamlakat aholisining 99% dan ko‘prog‘ini yaponlar tashkil qiladi. 
Aholining 3/4 qismi shaharlarda yashaydi. Aholi zichligi bir kv. kilometrga 
332 kishi to‘g‘ri keladi. Poytaxti Tokio, unda 12 mln. dan ortiq aholi yashaydi. 
Yaponiya aholisi tarkibida erkaklar va xotin-kizlar nisbati deyarli barobar: ayollar 
50,9% erkaklar 49,1 %. 
Yaponiya insoniyat jamiyati keksarishda davom etayapti. 65 yoshdan oshgan 
odamlar soni butun aholining 16,5 % ini tashkil qiladi, 15 yoshgacha bo‘lgan 
bolalar esa 15%. 
Mamlakatning rasmiy tili Yapon tilidir. Hukmron din esa Buddizm va 
Sintoizm. Pul birligi-iyena. 
Yaponiya-konstitutsion monarxiya davlati. Mamlakat konstitutsiyasiga 
muvofik imperator «xalq birligi va davlat ramzi» hisoblanadi. 1990 yil yanvarida 
Akixito Yaponiya imperatori bo‘ldi. Davlat hokimiyati oliy organi va yagona 
qonunchilik organi - parlament, u ikki palatadan-palata vakillari (512 deputat) va 
palata maslahatchilari (252) dan iborat. 
Yaponiya yuksak darajada rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisining 
2,4% va quruqlik yer maydonining 0,3% iga egaligiga qaramay, iqtisodiy 
potensiali jihatidan AQSH dan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning ichki milliy 
mahsuloti 3,4 trln. dollarga yetadi. Bu jahon ishlab chiqarishining 14,3 % ni tashkil 
qiladi. Mamlakat ichki yalpi mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 30 ming dollardan 
oshadi. 
Yaponiya kema, avtomobil, traktor, stanoklar, kompyuterlar, sanoat robotlari 
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda elektr energiyasi, kimyoviy 
tola, alyumin va mis eritish, neftni qayta ishlash bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda 
turadi.
Yaponiya iqtisodiyoti tashqi savdoga juda bog‘liq. Mamlakat o‘ziga zarur 
paxta, jun, boksitning 100%, miss rudasi, neft, temir rudasining 99 % ini, 
toshko‘mirning 82 % ini import orkali oladi. Yaponiya xalqaro savdoda AQSH va 
Germaniyadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Jahon eksportida qariyib 8,9 %, 
importda esa 6,3 % ulush uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Dengiz mahsulotlarini 
olish bo‘yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi (12 mln. tonnaga yaqin).


90 
Yaponiya oltin valyuta zahiralari hajmi bo‘yicha ham jahonda birinchi o‘rinda 
turadi. Jahon bank aktivlarining 40% uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Olti yapon 
banki jahonning o‘n yirik banklari qatoriga kiradi. Yaponiya Uning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari 310 mlrd. dollardan ortiq bo‘lib, bu jahon 
investitsiyasining qariyib 12,7 % ini tashkil qiladi. 
Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. 
Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 
imtiyozli iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha u dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. 
Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga ajratilgan ularning 
mablag‘i hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. dollardan ortadi. 
Ilm – fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo‘yicha 
Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga 
harajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 3% dan ko‘proqni tashkil etadi. 
Jahonda ro‘yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi 
ulushiga to‘g‘ri keladi. Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 
jahonning juda ko‘p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab 
beradigan Universiteti joylashgan. 
2.§. Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari 
Keyingi o‘n yilda Yaponiya iqtisodiyotining o‘sishi sifatini ta’minlovchi 
asosiy yo‘nalishlar qo‘yidagilardan iborat: 

fantalab sanoat ulushining bosqichma-bosqich o‘sishi iqtisodiy modeli 
intensivligi va katta tarkibiy siljishi; 

resurslar va energiyani tejash texnologiyasi evaziga ishlab chiqarish 
bazasining yangilanishi; 

barcha ishlab chiqarish jarayonlarida elektronika taraqqiyoti va uning 
joriy etilishi. 
Kommunikatsiya tizimida inqilobiy o‘zgarishlar va jamiyat axborot 
modeliga o‘tilishi. Yaponiya iqtisodiyotining yuqori darajada o‘sish sur’atlari 
quyidagi omilar ta’sirida ifodalanadi. 
Ijtimoiy struktura (tuzilish). Yaponiyada mayda tadbirkorlikning katta 
qatlami xos bo‘lib, unda oila tipidagi xususiy korxonalar, chakana savdo, umumiy 
ovqatlanish, qayta ishlash sanoatlarini ham qamrab olgan. Masalan, qayta ishlash 
sanoatida yollanma ishchilarning 3/4 300 gacha ishchi o‘rni bo‘lgan korxonalarda 
banddir. Yaponiya qishloq xo‘jaligi deyarli yollanma mehnatsiz faoliyat yuritadi. 
Mamlakatda 2 mln. 600 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi mavjud. Ularning 
ko‘pchiligi mayda xo‘jaliklardir. Yer uchastkalarining o‘rtacha hajmi 1,9 gektar. 
Ammo ularning 17% ga yaqini mutlaqo qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. 
Qolganlari shaharlar yaqinligi, transport tarmoqlari rivojlanganidan foydalanib 
boshqa sohalardan katta daromad olishadi.
Yaponiyaga yuqori darajada bandlik ham xos. Mamlakatda ish stajiga qarab 
haq to‘lash «umrbod yollash tizimi»-bu, norasmiy yapon institutidir. U fakat yirik 


91 
korxonalarga yoyilgan va eng yuqori malakali xodimlar menedjerlarni qamrab 
olgan (yollanib ishlatyotganlarning jamisi 10 % dan ko‘proq). 
Shu sababli Yaponiyada yuqori boshqaruv bo‘g‘inlarida deyarli mehnat 
bozori yo‘q. Menedjer mavqei-bu bir firma yoki uning sho‘’basida bir umrlik 
mavqeidir. Boshqaruvning yuqori bo‘g‘ini vakillari o‘z mahsulot yetkazib 
beruvchilari bilan doimiy ishonchli hamkorlik qiluvchi, ularning ishonchini 
oqlovchi, o‘z firmasi obro‘si, sha’ni uchun kurashuvchi, shular bilan bir qatorda 
menedjerlik mavqeini mustahkamlash uchun intiluvchi odamlardir. 
Qolgan yollanma xodimlarning ishsizlik shakli kamligi (13-15%) bir kator 
sabablar bilan izohlanadi: ko‘pchilik Osiyo jamiyatlari uchun xos ijtimoiy sheriklik 
an’analari keng tarqalgan. Ish joyida o‘qitish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, bundan ish 
beruvchi «inson kapitali» va sarflangan harajatni juda qadrlaydi; vaqtbay ishlarga 
kontraktlar (yoki to‘liq bo‘lmagan ish kuni) savdo va xizmat sohalarida keng 
tarqalgan. 
Firmalarning vertikal integratsiyasi. Yaponiyada kreyretsu – yirik 
kompaniyalarni mayda va o‘rtalari bilan birlashishi ko‘p tarqalgan. Vertikal ishlab 
chiqarish integratsiyasi jamlangan. Bu usul xo‘jalikda yetakchi o‘rinni egallagan 
moliya guruhlarini tuzishga olib keldi. Qoida bo‘yicha ular yirik banklar, universal 
savdo va sanoat kompaniyalari: «Mitsui», «Mitsubisi», «Sumitomo», «Fuye», 
shuningdek «Daniti Kange», «Sanva»lardir. 
Moliya kapitalini guruhlash uchun ishtirokchi kompaniyalar aksiyalarni 
o‘zaro almashinib egallashi harakterli. Ammo ulardan har biri boshqa 
kompaniyalar aksiyalarining nisbatan kamroq paketiga ega bo‘lishadi. Natijada 
kompaniyalar ustidan nazorat ravshan ko‘rinishda jismoniy shaxslardan huquqiy 
shaxslarga o‘tadi. Sanoat ijtimoiy tarkibi va kredit sohasida individual kapital roli 
pasayadi. Ishlab turgan kapitalda individual mulkning aksiya shakli atigi 1% ga 
to‘g‘ri keladi. 
Mehnat munosabatlari. Iqtisodiy taraqqiyotning yapon modeli qiyofasi ishchi 
kuchlari xususiyatlari va milliy an’analardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. 
Mamlakatda uzoq vaqt umrbod yollanish prinsipi targ‘ib qilindi. Kadrlar 
piramidasi qurishga, bandlikni ta’minlashga qodir yirik kampaniyalar bu prinsipni 
amalga oshirish uchun kichik va o‘rta firmalarga qaraganda katta imkoniyatlarga 
ega. Ko‘rinib turibdiki, na kompaniyalarda, na qonunchilikda umrbod yollanishga 
kafolat beruvchi qoida yo‘q. Shu bilan birga xodimlar ham, ma’muriyat ham jamoa 
(kollektiv) shartnomada ish davomiyligi punktini o‘zaro kelishmasdan qarab 
chiqishadi. Hukumat bandlikni subsidiyalar yordamida qo‘llab-quvvatlashga 
intilayapti. Shuningdek, bir joyda ko‘p yillar uzluksiz ishlagani albatta e’tiborga 
olinadi.
Ish stajiga qarab ish haqi darajasi belgilanadi. U o‘rta yoshlarda tez o‘sdi. 
Bunda asosiy stavkaga turli qo‘shimchalardan keng foydalanildi. 
Mehnat munosabatlari esa «Firma bizning umumiy uyimiz» falsafasiga
qurilgan. Ishchi kuchlaridan foydalanish asosan «inson potensiali» konsepsiyasida 
mujassamlashgan. Hali XX asrning 60-70 yillari miqyosida bir qator yapon 
kompaniyalari xodimlar o‘z ishlari turli xilligi bilan ajralib turishga va to‘la qonli 
bo‘lsagina qoniqish hosil qiladilar, degan xulosaga keldilar. O‘shanda yig‘ish 


92 
operatsiyalarida konveyer liniyasidan voz kechishdi va ularni aylanadigan stollarga 
almashtirishdi. Uning atrofida bitta ishchi bir buyumni yoki bir butun blokni o‘zi 
yig‘a boshladi. Bunda ish xususiyati va grafigi, ish xavfsizligi, sifati va h.k. larni 
ishchilarning o‘zlari nazorat qiladigan bo‘ldi. Natijada texnologik operatsiyaning 
mustahkamlanishi tufayli brak mahsulot 6 dan 0,3 % ga pasaydi. Mehnat 
unumdorligi 20% ga oshdi, tannarx 30% ga kamaydi. Bunda boshqaruv va 
tashkiliy ish asosi bo‘lib kichik o‘zini-o‘zi boshqarish guruhlari chiqdi. Ular butun 
korxonani vertikal bo‘ylab ham, gorizontal bo‘yicha ham qamrab oladi. Har bir 
guruh bir xil sharoitda uskunalarni tejamli ishlatish usullarini doimo izlash, 
faoliyatlarini rag‘batlantirish yo‘llarini qidirish bilan qiziqib ishlashadi. 
Guruh o‘ziga tegishli yoki bo‘lim, firmaga tegishli masalalar hal 
etilayotganda ishtirok etadi. Mehnat munosabatlarida ayollar ishchi kuchi o‘ziga 
xos o‘rinni egallaydi. Ko‘pgina kompaniyalar rahbarlari ayol kishilarga 
«sarflanadigan material» sifatida qarashadi. Ayollar ko‘p hollarda soatbay ishlarda 
yoki yugurdaklikda foydalaniladilar. Yugurdak ayollar kompaniya ma’muriyati 
uchun o‘ziga xos qalqondirlar. Noqulay iqtisodiy sharoitlarda, omadsizliklarda 
xodimlarning bu toifasi birinchi bo‘lib qisqarishga tushadilar. Yaponiya 
ayollarining mehnat haqi darajasi erkaklarnikiga nisbatan ikki marta kam. 
Yaponiya uchun uzun ish kuni xos. Erkaklar haftada o‘rtacha 57,7 soatini 
ishda o‘tkazadadilar, bu amerikaliklar va g‘arbiy Yevropaliklarnikidan 10 soat 
ko‘p. Ish haftasining davomiyligi ko‘p jihatdan mehnatga haq to‘lash darajasini 
belgilaydi va u uch toifaga bo‘linadi: bazali stavka, vaqtdan tashqari va mukofat. 
Bazali stavka odatda past darajada belgilanadi, ishdan tashqari va mukofat uchun 
ishlash esa erkin xohish-istakni, ya’ni ko‘proq haq olish ishtiyoqini to‘g‘diradi. Bu 
tizim bankrotlikdan qochish uchun g‘oyat samaralidir. Kompaniyalarda mehnatga 
haq to‘lashda keskin tafovutlar ko‘zga tashlanmaydi. 
Davlat roli. Yaponiyaning iqtisodiyot modeli xususiyatlari shundan iboratki, 
unda umumiy muammolarni hal etishda davlat apparati va yirik kapital birgalikda 
ish ko‘radi. Hozirgacha hukumat va bank, savdo, sanoat kompaniyalari birgalikda 
yakdil ish yuritishlari qayd etiladi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar davrida davlat tadbirkorligi kamtarin 
joy egalladi. Mamlakatda umumdavlat, hududiy maqsadli, sohaviy va firma ichki 
rejalashtirish tizimidan keng foydalaniladi. Umumdavlat darajasida ijtimoiy-
iqtisodiy mo‘ljallar, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi dasturlar, rejalar tizimi ishlab 
chiqiladi.
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining umumilmiy asosiy maqsad va 
vazifalarida 
direktiv 
harakterga 
ega 
ichki korporativ rejalar 
aniq 
mujassamlashtirildi. Bu bilan rejalashtirishning bir-biri bilan uyg‘unlashgan 
murakkab tizimi vujudga keladi. Umum davlat dasturlarini ishlab chiqayotganda, 
korporativ ichidagi rejalarni tuzishda yirik birlashgan xususiy kompaniyalar - 
«Keydanren», «Tyukay», «Nikkeyren», shuningdek tegishli assotsiatsiyalar va 
sanoat-moliya guruhlari bilan maslahatlashib olinadi. 
Umumdavlat rejalashtirish tizimi besh guruh rejalardan iborat:

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot rejasi; 

yordam, foydalanish va taraqqiy ettirish rejasi; 


93 

ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish va sohaviy rejalar; 

maqsadli umumdavlat dasturlari; 

hududiy rejalashtirish.
Reja va dasturlar alohida bo‘lishlariga qaramay, keng moliyaviy vositalar 
bilan mustahkamlaydi, ularning yuksak samaradorligi va amalga oshirilishi 
tashkiliy, huquqiy jihatdan ta’minlanadi. Umumdavlat iqtisodiy rejalari-bu o‘ziga 
xos davlat investitsion dasturlari, butun davlat iqtisodiy-ijtimoiy resurslarini 
qo‘llab-quvvatlovchi va tavsiyalar beruvchi dastur-amallardir. 
Davlat tartibga solishi va keng qo‘llab-quvvatlashi sharoitida mayda 
fermerlardan iborat qishloq xo‘jaligi rivojlandi. Yollanma mehnat va ijara pudrati 
munosabatlari bu yerda keng tarqalmadi. Faqat 7% xo‘jalik 2 gektardan ziyod 
yerga ega, 70% xo‘jalik o‘z daromadini sohadan emas, balki sanoatdan va xizmat 
ko‘rsatish sohalaridan oladi. Mayda yer egalari o‘z yer uchastkalarida dam olish 
kunlari va bayramlardagina ishlashadi. Davlat juda ko‘p qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini jahon bozoridagi narxdan yuqori bahoda sotib oluvchi monopolist 
hisoblanadi. Bu qo‘llab-quvvatlash mazkur sohada qulay sun’iy muhitga solish 
tizimida jahon bozori va ichki bozorga taqsimlangan protsent stavkasi va valyuta 
nazorati muhim o‘rin tutadi. 
Yaponiya iqtisodiy modelini shuningdek yuqori lavozimli shaxslar ham 
to‘ldiradi. Odatga ko‘ra ularning ko‘rsatmalarini firmalar bajarishga majbur. Agar 
kimdir buni buzsa firma shafqatsiz jazolanadi. 
Yaponiya iqtisodiy modeli keyingi o‘n yilda «yarim-davlat» ko‘rinishdan 
bozor prinsiplariga asoslangan tobora ochiqroq tusga o‘zgarayapti. Juda ko‘p 
sanoat kompaniyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish prinsipiga o‘tdilar 
(qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, ayniqsa aksiyalar va boshqa vositalar). 
Bank tizimi. Mamlakatda to‘qqizta yirik tijorat banklari mavjud bo‘lib, ular 
butun mamlakat bo‘yicha o‘z bo‘limlarini (shahar) ochish huquqiga ega: «Tokio-
Mitsubisi», «Sakura», «Dayiti-Kange», «Sanva», «Sumitomo», «Fudzi», «Asaxi» 
va «Tokay» tijorat banklari shular jumlasidandir. Shuningdek 129 ta hududiy 
(fakat o‘z tasarrufida bo‘limi bor) banklar, 33 trast-banklar-xususiy pay va pensiya 
jamg‘armalarini boshqaruvchi va uzoq mudatli kredit beruvchi uchta bank: sanoat 
banki, uzoq muddatli kredit banki (LTCB) va yapon kredit banki ishlab turibdi. 
Bundan tashqari mayda kredit assotsiatsiyasi va qishloq xo‘jaligi uchun katta 
kooperativ bank tarmoqlari faoliyat ko‘rsatmokda. Hozirgi kunda davlatga 13 ta 
bank qarashli: eksport-import banki, Yaponiya taraqqiyot banki, uy-joy qurilishi 
uchun moliya korporatsiyasi va mayda tadbirkorlikni moliyalashtirishga 
ixtisoslashgan bir necha banklar.
«Shahar» banki, trast bank va uch uzoq muddatli kredit banki birjalarda o‘z 
aksiyalarini kodlashtirgan yirik korporatsiyalar orasida doimiy mijozlariga ega. 
Har bir bunday bank ma’lum doiradagi firmalar uchun «bosh» bo‘lib hisoblanadi. 
Ular kompaniyalarga o‘rtacha 15 dan 20 % gacha uzoq muddatli kreditlar beradi. 
Mijozga doimiy xizmat ko‘rsatishga kirishar ekan, bosh bank uning moliyaviy 
faoliyatini chuqur tekshirib ko‘radi. Kompaniyaning bosh «tashxizchisi»ga va 
boshqa banklar uchun kredit to‘lov qobiliyatini norasmiy kafolatlovchisiga 


94 
aylanadi. Bank kompaniya daromadi yoki aksiyasi kursidan emas, bankrotlik xavfi 
yo‘qligidan, daromadi barqarorligidan manfaatdor.
Iqtisodiyotda davlat sektori va davlat byudjeti. Markaziy xukumatga 
hammasi bo‘lib, beshta davlat korxonasi tegishli (jumladan «Monetniy dvor» - 
«Zarbxona» va davlat o‘rmon xo‘jaligi), 13 bank, oliy o‘quv muassasalari 
tarmog‘i, 73 tashkilotda davlatning pay ulushi (ko‘proq notijoriy tashkilotlarda). 
Ular safiga fundamental ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar, ilmiy-texnika 
axboroti markazi, madaniy almashinish Yaponiya jamg‘armasi. Shuningdek, 
qishloq xo‘jaligi, neft konlarini qidirib topish, o‘rmon resurslarini ishlab 
chiqarishga ko‘maklashuvchi korxonalarni kiritish mumkin. Nihoyat, avtomobil 
yo‘larining saqlanishi, qurilish ko‘proq, tug‘on, noyob muhandislik inshootlariga 
ixtisoslashgan korxonalar guruhi (masalan, ichki dengiz orqali ko‘p qanotli ko‘prik 
qurilishi u Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘laydi) bor. 
Mahalliy darajada davlatga vodoprovod va kanalizatsiya, chiqindini 
yig‘ishtirib olish va utilizatsiya qilish korxonasi, shahar transporti, maktablar, 
kasalxonalarni qurish va ulardan foydalanish, pullik avtomobil yo‘llari, port 
inshootlari, yopiq bozorlarda band bir necha ming aksionerlik va pay 
kompaniyalariga qarashlidir. 
Yaponiya nisbatan «kichik» hukumatli mamlakat bo‘lib hisoboblanadi. 
Uning byudjet harajatlari IYAM ning 26-27 %ni tashkil qiladi. Soliq stavkasi 
samarali, IYAPning 22-23 % ni tashkil etadi. Yaponiya-kuchli iqtisodiyotli, 
xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan, soliq-byudjet, pul-kredit, bosh-tarif orqali 
tartibga solinadigan tashqi savdo, bozorda rakobatni qo‘llab-quvvatlash va tabiiy 
monopolistlarning faoliyatini tartibga solish dastaklari orqali amalga 
oshirilayotgan mamlakat. 
Yaponiya byudjetining asosiy harajatlar qismi xususisiyatlari milliy 
mudofaani moliyalashtirish darajasining pastligi (barcha harajatlarning 6% yoki 
IYAPning 1% dan kamrog‘i) bilan hisoblanadi. Yirik harajatlar moddalariga 
ijtimoiy sug‘urta va pensiya sohasi (18-20%), hududiy ma’lumotlarga ajratmalar 
(16-18%), shuningdek infratuzilmalarga investitsiyalar kiradi. Keyingisini 
moliyalashtirish uchun na faqat joriy yig‘imlar, balki davlat tizimidagi pochta, 
omonat kassalari tushumlaridan ham foylaniladi. Bu kassalarda 20 % yaponlarning 
shaxsiy jamg‘armalari saqlanadi. 
Hozirgi paytda mamlakat byudjetning eng yirik moddasi davlat qarziga 
xizmat ko‘rsatish hisoblanadi. 
Yaponiya markaziy banki muomiladagi pul massasini tartibga soladi va 
banklarning kredit ekspansiyasi oldini oladi. Korporativ sektor bank 
moliyalashtirishga kuchli qaram bo‘lib turadi. Yaponiya banki tijorat veksellar 
orqali shahar banklariga ma’muriy limitlar o‘rnatgan. Yaponiya banki diskont 
stavkasi orkali butun pul bozori stavkalar tizimini boshqaradi. Hozirgi vaqtda pul 
bozori stavkasi erkin shakllanmokda. Yaponiya bankining bosh vazifasi esa pul 
massasi va banknot emissiyali hajmini aniqlashdan iborat.


95 
3.§. Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari 
Yaponiyada tashqi savdo asosini sanoat mollari tashkil qiladi. Shu 
munosabat bilan tashqi savdo vazirligida tashqi savdo boshqarmasi, sanoat 
boshqarmasi bilan birlashtirilgan. Bosh vazirlik yoqilg‘i resurslari va xom ashyo 
sotib olinishini quvvatlaydi. Sanoat sohalarida tarkibiy qayta qo‘rishlarga 
ko‘maklashadi, ularni oqilona joylashtirishda kichik va o‘rta tadbirkorlikka 
yordam beradi va nihoyat u sanoat mulkini qo‘riqlash huquqiga ega. 
Tashqi savdo vazirligining samarali ish faoliyati yetakchi xususiy 
monopolistik birlashmalar bilan mustahkam bog‘liq. Chunki bu birlashmalarda 
Yaponiyaning kapital harakati va tashqi savdoning strategik taraqqiyoti masalalari 
bo‘yicha yapon korporatsiyasi pozitsiyasi shakllanadi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi butun davrda Yaponiya eksportining fizik 
hajmi 70 martaga ko‘paydi. Bu muvaffaqiyatlar zamirida esa mahsulotlarning 
raqobatbardoshligi, yuqori darajadagi yangi texnologiyalar, kadrlar siyosati va 
firmalar obro‘si yotibdi. Raqobat uchun kurashda Yaponiya firmalarining 
usullaridan biri-bu tovar modellarini tez almashtirishdir. Yaponiya eksportida 
yarim o‘tkazgichlar 50%, yengil avtomobillar 22 %, telekommunikatsiya 
uskunalari 23 % po‘lat 17% ga to‘g‘ri keladi. Importda esa yarim fabrikatlar va 
xom ashyolar asosiy rol o‘ynaydi. Yaponiyaga jahon temir rudasi eksportining 
30% dan ko‘prog‘i, rangli metallar, toshko‘mir, paxta va junning 19 % to‘g‘ri 
keladi. Yaponiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital quyilmalar bo‘yicha dunyoda ikkinchi 
o‘rinda turadi. Sakkiz yapon kompaniyasi chet eldagi hajmi bo‘yicha jahondagi 
yirik 50 yirik investorlari qatoriga kiradi («Xitachi», «Toyota», «Soni» va 
boshqalar). Asosiy kapital quyilmalar kredit sohasiga qaratilgan (42,4%), savdoda 
(11,3%), ko‘chmas mulk (11,1%). Kapital quyishda asosiy bozor bo‘lib, Tinch 
okeani qirg‘og‘i mamlakatlari ATR, AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari 
hisoblanadi. 
Madaniyatlar, til va an’analar yaqinligi iqtisodiy aloqalarda Sharq bilan 
hamkorlikka yordam berayapti, Yaponiya atrofida uning strategik maqsadlarida 
barqarorlikni ta’minlayapti. 
Sharq mamlakatlariga eksportning 50%, xalqaro kapital chiqarishning 3% 
dan ko‘prog‘i Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. 
Yaponiya savdo dialoglarida tashabbus o‘zidan chiqishini ma’kul ko‘radi. 
Muzokaralar chog‘ida sheriklariga ham shunday yo‘lni taklif qiladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarda Yaponiyaga 
xos xususiyatlar-ularning ichki bozorini qayta o‘rganadi, erkin savdo imkoniyatlari 
mavjud hududlarga, davlatlarga ular uchun ham manfaatli bo‘lgan xizmatlar, 
texnologiyalar, tovarlar taklif qiladi. Sharqiy Yevropa bilan munosabatlarda 
(Chexiya, Vengriya) Yaponiya tomoni ularning yuksak darajada rivojlangandan 
kelib chiqib siyosat yuritadi. XXR, MDH davlatlari, Osiyo mamlakatlari bilan esa 
Yaponiya firmalari infratuzilmalari rivojlanmaganligi, mamlakatlar ichida 
kooperatsion yetkazib berishlar uyg‘unligi, energiya, xom ashyo taqchilligi 
omillarini hisobga oladi. 


96 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Jahon xo‘jaligida Yaponiyaning o‘rnini tahlil qiling. 
2. Yaponiya iqtisodiyotining hozirgi holati nima bilan izohlanadi? 
3. Yaponiya iqtisodiyotining tez rivojlanishiga qaysi omillar ta’sir etgan? 
4. Yaponiya antikrizis mo‘ljallari nimadan iborat? 
5. Hozirgi bosqichda Yaponiya tashqi aloqalari yo‘nalishi asosiy xususiyatlari 
qanday? 
6. Raqobat uchun kurashda Yaponiya firmalarining usullaridan bir nima? 
7. Yaponiya chetga kapital chiqarish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? 
8. Yaponiyaning eng nufuzli savdo sheriklari (davlatlar)ni sanab o‘ting. 
9. Yapon ishbilarmonlari savdo dialoglar (muzokaralar) chog‘ida o‘z 
sheriklaridan nimalarni kutishadi va xush ko‘rishadi? 
10. Yaponiyalik tadbirkorlar endi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy 
munosabatlarini o‘rnatishda o‘z ishlarini nimalardan boshlaydi? 


97 
XI Bob. G‘ARBIY YEVROPA MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI 
1. §. Jahon xo‘jaligida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining
tutgan o‘rni 
G‘arbiy Yevropa–jahon xo‘jaligida dinamik holda rivojlanib borayotgan 
mintaqa bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda Yevropa hududida maydoni, aholi soni, 
davlat tuzimi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti turlicha bo‘lgan 40 dan ziyod davlatlar 
bor. G‘arbiy Yevropa davlatlarini territoriyasiga qarab quyidagi guruhga bo‘lish 
mumkin: 

yirik davlatlar (Fransiya, Ispaniya, Shvesiya, Germaniya, Finlandiya, 
Norvegiya, Italiya, Buyuk Britaniya); 

o‘rtacha davlatlar (Ispaniya, Gresiya, Portugaliya, Irlandiya, Avstriya); 

kichik davlatlar (Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Shvesariya); 

mitti davlatlar (Andorra Malta, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, San-Marino, 
Vatikan). 
G‘arbiy Yevropaning umumiy maydoni 3,9 mln. kv.km. Aholisi soni 375 mln. 
kishidan oshadi. 
G‘arbiy Yevropa – bu butunligicha qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarish, tovarlar va xizmatlar eksporti, valyuta va oltin zahirasi, xalqaro
turizm rivojlangani hajmi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. G‘arbiy 
Yevropa integratsion jarayonlari taraqqiy etgani bilan ajralib turadi. G‘arbiy 
Yevropada integratsiyaga a’zo mamlakatlar hududiy siyosat yuritishda kelishilib 
olishga sharoit yaratadi, iqtisodiy va siyosiy ustunlikdan foydalanib, hamkorlik 
qilishga imkoniyatlarni kengaytiradi. 
G‘arbiy Yevropa integratsiya yo‘liga 1950–yillarda (1952-ko‘mir va po‘lat 
ishlab chiqarishni Yevropada birlashishi) kirgan edi. O‘shanda Fransiya, GFR, 
Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg erkin savdo hududi yaratishgandi. 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEES) tuzish haqida aynan shu mamlakatlar 
1957 yilda Rim shartnomasini imzolaydilar. 1958 yilda G‘arbiy Yevropada 
«Yevratom» (unga yuqorida sanab o‘tilgan 6 mamlakat kirdi) birlashmasi tuzildi. 
Rim shartnomasini imzolagan mamlakatlarni Yevropa hamjamiyati yoki «Umumiy 
bozor» deb atay boshladilar. Umumiy bozor mamlakatlarida quyidagi prinsiplar 
qabul qilindi: erkin savdo, kapitalning erkin harakati, ishchi kuchlari va xizmatlar, 
yashash joyini tanlash erkinligi. 
1993 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Yevropa Ittifoqi (YEI)ni barpo 
etishni ko‘zda tutdi. (Maastrixt bitimi). Hozirgi paytda YEI G‘arbiy Yevropaning 
27 mamlakatini o‘z ichiga olgan–Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, 
Vengriya, Gresiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, 
Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Sloveniya, Germaniya, Finlyandiya, 
Fransiya, Shvesiya, Chexiya, Slovakiya, Estoniya kabi mamlakatlarni birlashtiradi. 
G‘arbiy Yevropada integratsion jarayonlar samaradorligini quyidagi omillar 
ta’minlaydi: o‘xshash ijtimoiy tarkiblar iqtisodiyotning yuksak taraqqiy etgani, 
barqaror qonunchilik bazasi. 


98 
G‘arbiy Yevropa – jahonning jadal holatda rivojlanayotgan hissasini, birinchi 
navbatda Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlar belgilaydi. 
2.§. Germaniya iqtisodiyoti 
Germaniya yaxlit davlat sifatida 1990 yil 3 oktyabrda tashkil topdi: GFR va 
GDR birlashdi. Germaniya territoriyasi 357,0 ming kv. km, aholisi-82 mln. 
kishidan ziyodroq. Territoriyasining hajmi bo‘yicha Germaniya Yevropada 5-o‘rin 
(Fransiya, Ispaniya, Shvesiya va Norvegiyadan keyin)ni, aholisi soni bo‘yicha 1-
o‘rinni egallaydi. 
Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan 
biri. Mineral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va 
marganes rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, 
uran, kaliy tuzi, gilmoya va h.k. kiradi.
Mamlakat mehnat resurslari bilan ta’minlangan. Bu yerda past haq 
to‘lanadigan chet ellik ishchilardan keng foydalaniladi. Germaniya-aholisi yuqori 
darajada to‘plangan mamlakat. Mamlakat G‘arbiy qismida aholi o‘rtacha zichligi 1 
kv. km. ga 245 kishini, sharqiy qismida 155 kishini tashkil qiladi. Germaniya 
Yevropa mamlakatlari orasida ko‘proq urbanizatsiyalashgan. Shaharlarda 
mamlakatning 88 % aholisi yashaydi. Milliy tarkibi bir turli-99% va asosan 
nemislar. Diniy e’tiqodi bo‘yicha 49 % aholi protestontlar, 45% katoliklar. 
Germaniya davlat tuzimi – 16 federal yerni birlashtirgan respublika. Davlat 
boshlig‘i federal prezident. Qonunchilik hokimiyati palatalardan iborat, federal 
parlament: bundestag (deputatlar palatasi), va bundesrat (yer palatasi). Ijroiy 
hokimiyati federativ kansler boshchiligidagi mahkama tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Germaniya 1955 yildan buyon NATO harbiy bloki a’zosi. Yevropa 
hamjamiyatiga kiradi. Germaniya G‘arbiy Yevropa va jahonning qudratli 
mamlakatlaridan hisoblanadi. Uning taraqqiy etgan mamlakatlar sanoati ishlab 
chiqarishidagi ulushi 12%, sanoat ishlab chiqarishi hajmi bo‘yicha AQSH va 
Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Germaniya xalqaro migratsiyada 
ishtirokini ancha ko‘paytirdi va yirik kapital eksporti va importiga aylandi. 
Germaniya – industrial-agrar mamlakat bo‘lib, iqtisodiyotining harakterli 
qirralari qo‘yidagilardan iborat: 

ishlab chiqarish va kapitalning yuqori darajada to‘plangani («Folksvagen», 
«Tissen», «Krup», «Simens», «Bosh», «Basf» konsernlari); 

ilmiy-texnika progressi (ITP) yutuqlarini doimiy joriy etilishi, ta’limga, 
ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlarning o‘sishi; 

yuqori sifat va ekologik xavfsiz mahsulotlar evaziga raqobatbardoshlikni 
oshirish; 

xorijiy kapitalning sezilarli roli. 
Germaniya sanoatining yetakchi sohalari: mashinasozlik, kemasozlik, 
asbobsozlik (priborsozlik), kimyo sanoati, elektronika, energetika. Sanoat tipidagi 
qishloq xo‘jaligi yuksak taraqqiy etgani bilan ajralib turadi.


99 
Germaniyaning birlashishi jahon xo‘jaligi aloqalari va Yevropada vujudga 
kelgan siyosiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda olg‘a tashlangan qonuniy qadam 
bo‘ldi. 
GFR va GDR birlashishga to‘rtki bo‘lgan iqtisodiy vaziyat quyidagicha 
kechgan: 

Germaniya iqtisodiyotining ishonchli rivojlanishiga qaramay, yillar 
davomida shafqatsiz raqobat, bozor to‘kinligi doirasi ufqlarida inqiroz 
(krizis) vaziyati xavf solib turardi; 

qo‘shni GDRdagi qudratli ijtimoiy dastur GFRni ijtimoiy sohalarga katta 
mablag‘ ajratishga majbur etadi; 

GDR mansub bo‘lgan sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida inqiroz 
belgilari kuchaydi, sanoat o‘sish sur’atlari pasaydi; 

sobiq GDR bozorlariga mol chiqarish imkoniyati kattaligi, barcha ishlab 
chiqarish turlarini taraqqiy etishi va yangi texnologiya qo‘llanilishi; 

GDR da nisbatan arzon ishchi kuchlari mavjudligi; 

GDR o‘zining iqtisodiy rivoji bilan jahonda 10-o‘rinda turadi. Birlashish 
jarayoni GFR tadbikorlariga moliyaviy qiyinchiliklar to‘g‘diradi. 
Ikki davlatning bir-biri bilan birlashishga ijtimoiy siyosiy turtki Buyuk 
Germaniya g‘oyasi bo‘lib, u ko‘p asrlik tarixga ega. Birlashish arafasida bu g‘oya 
turli vositalar, usullar bilan zo‘r berib targ‘ib qilindi. Turli ishdagi kishilarga 
mo‘ljallab ishtiyoq bilan kitoblar yozildi, filmlar ishlandi. Harbiy jasorat, shon-
shavkat, vatanparvarlik tushunchalari nemis millati bilan o‘zaro chuqur bog‘lanib 
ketgan edi. 1945 yildagi urush mag‘lubiyati nemis xalqi uchun milliy isnod sifatida 
qabul qilindi. G‘arbiy va sharqiy qismdagi nemislar uchun bu og‘ir zarba edi. 
Bundan xolos bo‘lish uchun birlashish lozim degan motiv olg‘a surildi.
Sharqiy nemislar GDRda barqaror hayot ta’minlangan bo‘lsada o‘z turmush 
darajasini SSSR bilan emas balki, GFR bilan taqqoslashardi. Qudratli G‘arbiy 
Germaniya iqtisodiyoti bilan xalqaro yarmarkalarda (masalan, Leysigda) 
uchrashuvlar, qarindoshlarnikiga borib kelganda ko‘rganlari ham ularni GFRga 
havas va qiziqish uyg‘otardi. 
1990 yil 1 iyulda GDR va GFR o‘rtasida valyuta, ijtimoiy-iqtisodiy ittifoq 
haqidagi shartnoma kuchga kiradi. 1990 yilda 3 oktyabrda Berlin devori buzib 
tashlanadi. Germaniyaning G‘arbiy va Sharqiy yerlari birlishishi oqibatida ijobiy 
va salbiy holatlar paydo bo‘ldi: 

G‘arbiy-nemis markasi sharqiy nemis markasini yutib yuboradi, sharqiy-
nemislar jamg‘armalari tezda turli tovarlar va xizmatlarga sarflanib ketdi; 

GDRning raqobatga bardoshsiz ko‘pgina korxonalari yopildi, ishsizlik 
uchun to‘langan nafaqa yo‘qotilgan ishning o‘rnini qoplay olmaydi; 

turli ijtimoiy dasturlar qisqardi, inflyatsiya jarayonlari kuchaydi; 

mulkchilik bilan bog‘liq muammolar o‘tkirlashdi. 
GFR qonunlari sharqiy yerlarga tarqaldi. Ko‘pchilik sobiq egalar sharqiy 
yerlardagi mulkini da’vo qilib chiqishdi. 
Birlashish g‘arbiy yerlar uchun bir qator iqtisodiy tanlanishni vujudga keltirdi: 


100 

milliy ichki mahsulot o‘sish sur’atlari keyingi 15 yilda maksimal darajaga 
ko‘tarilib -4,5 % ni tashkil etdi; ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishi oshdi. 
Bandlik soni o‘sdi, ishsizlar qisqardi; 

g‘arbiy yerlarda shaxsiy iste’mol soliqlarning kamayishi evaziga ko‘paydi; 
Agar GFRda ilgari iqtisodiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch eksport 
bo‘lsa, endi o‘sishni ichki ustunligi rag‘batlantirdi.
Sharqiy yer va sobiq SSSR respublikalaridan ko‘chib kelganlar oqimining 
kuchayishi uy-joyga talabni oshirdi. Bu esa qurilishga kapital qo‘yilmalarni 
ko‘paytirdi. Ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishi ko‘payishi va iste’mol mollarini 
ishonchli sotilishi sanoatda investitsiyalarning o‘sishiga (12 %) olib keldi. Jami 
investitsiyalarning taxminan 25 % ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga 
yo‘naltirildi. G‘arbiy Germaniya korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari bir yil 
ichida (birlashgandan so‘ng) 3,5 % ga o‘sdi. 
Iqtisodiy momentlarni ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini hisobga olgan 
holda shuni aytish mumkinki, birlashish GFRni taraqqiy etishiga qudratli turtki 
bo‘ldi. 
Birlashgan Germaniya ichki yalpi mahsuloti (IYAM) o‘sish sur’atlari 1998 
yilda 2,8 % ni tashkil etdi. G‘arbiy va sharqiy qismlar taraqqiyot sur’atlari 
yaqinlashishi ko‘zga tashlanayapti. Ichki talabning o‘sishi investitsion faollikka 
sabab bo‘lmoqda. Kapital quyilmalar 4 % dan ko‘proqqa ko‘paydi. Investitsion 
faoliyatni ratsionalizatsiya va ishlab chiqarishni, modernizatsiya qilishga 
yo‘naltirilishi iqtisodiyot rivojlanishini ta’minlabgina qolmay, balki sohaviy 
differensiatsiyani sezilarli saqlash imkonini berdi. Qurilish, to‘qimachilik va 
tikuvchilik sohalarida inqiroz chuqurlashdi. 
Qayta o‘zgarishlar ishlab bo‘lingan va sinalgan qonunchilik doirasida ro‘y 
berayapti. G‘arblik va sharqlik nemislar o‘z tabiatlariga ko‘ra yagona millat, 
yuqori ishchanlik, ma’suliyatini chuqur his etish, aniqlik, milliy intizomlik ularga 
xos xususiyatlardir. 
1990 yillar oxiriga kelib, birlashgan Germaniyada soliq, nafaqa va ta’limda 
islohatlar boshlandi. Hukumat davlat moliyalashtirishini sog‘lomlashtirish 
vazifasini qo‘ymoqda. Bu soliqdagi katta kemtiklarni va to‘lovlarni 35 % ga 
qisqartirish imkonini beradi. Soliq islohatlari birinchi bosqichi 1999 yilda 
boshlandi. Ish haqidan soliqlarni kamayishi va korporatsiyalar daromadlari neft 
mahsulotlari va elektr energiyasiga soliqlarni oshirish yo‘li bilan qoplanadi. 
Ish haqi siyosati sohasida kurs o‘sishni ushlashga qaratilgan. Keyingi 2 yilda 
bir ish soatiga hisoblangan mehnat haqi tarifi 1,7 % ga ko‘paydi. Bunda ish haqi 
hajmining o‘zgarishi mehnat unumdorligining o‘rta mudatli dinamikasiga 
mo‘ljallanayapti. 
Germaniyada iqtisodiy islohatlarning muhim yo‘nalishi 10-12 % ni tashkil 
etgan ishsizlikka qarshi kurash (4 mln. kishidan ziyod) hisoblanadi. Yangi ish 
o‘rinlari yaratish, ayniqsa sharqiy yerlarda, asosiy vazifa bo‘lib turibdi. 
Nafaqa (pensiya) islohatlarida asta-sekin jamg‘arib boriladigan tizimga 
o‘tish mo‘ljallanayapti. Bunda majburiy nafaqa sug‘urtasi saqlanib qoladi. Ayrim 
yuqori nafaqalar hajmi kamaytiriladi, kam daromadli shaxslar qo‘shimcha to‘lovlar 


101 
oladi. 1999 yil 1 yanvardan boshlab pensiya jamg‘armasiga badallar 0,8 % ga 
kamaydi. 
1999 yildan boshlab Germaniyada ta’lim islohatlari boshlandi. Uning bosh 
maqsadi-yoshlarni sifatli ma’lumot olishlarida ota-onalari daromadlariga bog‘liq 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Germaniya hukumati uch yil davomida fan va ta’limga 
harajatlarni ikki borobar oshirishni rejalashtirilayapti. 
Germaniyaning sharqiy qismi investitsiyalarga davlat hamkorlik qiladigan 
istiqbolli rayon bo‘lib qoladi, birinchi navbatda yuksak texnoligiyalar sohasida. 
Hukumat sharq yerlarini moliyalashtirishni kelajakda ham qo‘llab-quvvatlashda 
davom etadi. 
Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Yevropada 1-chi, jahonda 3-o‘rinni 
egallaydi. 
Eksport. Ichki talab yetakchi bo‘lishiga qaramay eksport Germaniya 
iqtisodiyoti o‘sishida qudratli omil bo‘lib qolayapti. Germaniyada eksport 
siyosatiga jiddiy e’tibor qaratilayapti. Shuning uchun ham har uchinchi muhandis, 
texnik yoki tadbirkor eksportga ishlayapti. Mamlakat eksporti tarkibida sanoat 
mollari 90 % ga yaqinni tashkil qiladi. Eksportga mamlakat jami sanoat 
mahsulotining 1/3 qismi jo‘natilayapti. Mamlakatning tashqi savdo aylanmasida 
eksport importdan oshadi. Eksport o‘sishi 5-7% tashkil etadi. Eksportning asosiy 
sohalari-ximiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika tarmoqlaridir. 
Ular xalqaro bozorda salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Yuqorida nomlari tilga 
olingan sohalarning mahsulotlari eksportning yarimidan ziyodini tashkil qiladi. 
Keyingi yillarda Germaniya eksporti geografiyasi borgan sari kengayapti. 
Mamlakat eksportining kengayishi MDH mamlakatlari evaziga bo‘layapti. 
Germaniyaning tashqi savdo aloqalari asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va 
AQSH ga qaratilgan. Bugungi kunda 50 % nemis eksporti YEI ning 10 
mamlakatiga, 10 % -AQSH ga, 30% - Rossiyaga to‘g‘ri keladi.
Import. Germaniya ko‘p darajada tashqi bozorga bog‘liq mamlakatdir. 
Import hajmi bo‘yicha u jahon savdosida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Import yiliga 
4-5 % ga o‘sayapti. Mamlakat savdo balansida saldo 60 mlrd. yevrodan oshadi. 
Import tarkibida turli xil xom ashyo, yoqilg‘i (neft mahsulotlari, tabiiy gaz), 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (tropik mevalar, paxta, choy, kofe, kakao, guruch va 
boshq.) salmoqli ulushga ega. 
Germaniyaning asosiy savdo sheriklari Yevropa ittifoqi (YEI) mamlakatlari 
hisoblanadi. Ular ulushiga mamlakat eksporti va importining 1/5 to‘g‘ri keladi. 
Germaniya iqtisodiy potensiali haqida gapirar ekanmiz bugun boshqa 
rivojlangan mamlakatlar singari uning boshqa davlatlarda joylashgan «ikkinchi 
iqtisodiyotini» ham hisobga olish lozim. Germaniyaning deyarli barcha yirik 
monopolistlari transmilliy kompaniyalarga aylanishgan. Ular xorijda ishlab 
chiqarish faoliyatini amalga oshiradilar, xizmat ko‘rsatish sohalariga egalik 
qiladilar. Jahonning 50 yirik TMK lari tarkibida Germaniyaning soni 7 tagacha 
ko‘paydi. Germaniya chetga kapital eksport qilishda ham faol ishtiroq etmoqda. 
Kapital eksporti, importdan ustun turadi. Germaniya chetga kapital eksport qilish 
bo‘yicha jahonda beshinchi o‘rinni egallaydi. Jahon kapital bozorining 50 % uning 


102 
ulushiga to‘g‘ri keladi. Germaniyada asosiy kapital eksport qiluvchilar TMK lar 
hisoblanishadi. 
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga nemis kapitalini investitsiya 
qilishga qiziqish oshayapti, birinchi navbatda eksport talab sohalar-ximiya, tog‘-
kon, yengil, oziq-ovqat sanoati, yo‘l-transport va boshqa tarmoqlarga. 
3.§. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 
Buyuk Britaniyaning rasmiy nomi: Buyuk Britaniya orollarida joylashgan 
Qo‘shma qirolligi. Britaniya, Shimoliy Irlandiya yoki Olester provinsiyasi uning 
tarkibiy qismlardir. 
Shimoliy Irlandiya 1921 yilda Buyuk Britaniyaga zo‘rovonlik bilan qo‘shib 
olingan. Angliya-Irlandiya shartnomasiga asosan hozirgacha u Angliyaning 
mustamlakasi bo‘lib kelmoqda. 
Mamlakat territoriyasi 244 ming kv. km. Ikkinchi jahon urushi arafasida 
Britaniya imperiyasi hududi 34,6 mln. kv.km. Shu jumladan mustamlakaniki-18,8 
mln. kv.km. ni tashkil etgan holda, aholisi -70 mln. kishidan ortiq. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin Britaniyaning mustamlakachilik siyosati tez 
yemirila boshladi. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya nazorati ostida 25 ga yaqin 
qaram mustamlakalar bo‘lib, ular 1 mln. kv. km. hududni egallagan orollardan 
iborat. Ularning aholisi 10,3 mln. kishini tashkil etadi. Mamlakat Yevropada dunyo 
okeaniga olib boradigan, Amerika, Afrika va dunyoning boshqa qismlariga 
boradigan dengiz yo‘lidagi Britaniya orllarida joylashgan. Qulay geografik 
joylashuv mamlakat hukmron doiralariga jahon bozorini egallash, iqtisodiy-siyosiy 
bosqinchiliklarni amalga oshirishga yordam berdi.
Buyuk Britaniya aholisi – 58 mln. kishi bo‘lib, ulardan 85% inglizlar, 15% 
shotlandlar, irlandlar, uelsliklardir. Mamlakat umumiy aholisi soni bir qator yillar 
davomida sezilarli o‘zgarishsiz saqlanib turibdi. Tug‘ilish va o‘lim deyarli bir xil 
(1000 kishiga 11-12 kishi). Aholining bu tabiiy harakati mamlakatda mehnat 
resurslarining qisqarishiga tahdid tug‘dirmoqda. Yirik burjuaziya, moliya kapitali 
magnatlari (korchalonlari) katta yoshdagi umumiy aholining taxminan 1% ini 
tashkil qiladi. Lekin ular Buyuk Britaniya milliy boyligining 60% ga egalik 
qilishadi. Yollanib ishlovchi shaxslar mamlakat mustaqil aholisining 90% dan 
ortig‘ini tashkil qiladi. 
Buyuk Britaniya hududida qimmatli tabiiy foydali qazilma boyliklar 
unchalik ko‘p emas. Endilikda temir qazib olish aytarli nolgacha pasaydi. Boshqa 
iqtisodiy muhim ruda qazilmalariga ko‘rg‘oshin kiradi, u iqtisodiyot talabining 
yarimigina qondiradi. Rux, mis, ohaktosh, gilmoya, qum, gips, resurslari 
yetarlicha.
Boshqa tomondan, Buyuk Britaniya katta energiya zahiralariga ega: neft, 
tabiiy gaz va ko‘mir, YEI mamlakatlaridagidan ko‘p. Ilgari muhim hayot manbai 
bo‘lgan energiya-ko‘mir o‘z ahamiyatini yo‘qotayapti. Ko‘mir qazib olish salkam 
uch marta kamaydi. Elektrstansiyalar hamon avvalgidek ko‘p ko‘mir yoqayapti. 
Ammo boshqa alternativ yonilg‘ilarga nisbatan qiymati pasayib ketayapti. 


103 
Shimoliy dengizda neft konlarining ochilishi neftni qayta ishlash sanoatini 
tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratdi. 
1975 yildan har yili qazib olinayotgan neft miqdori to‘xtovsiz o‘sib 
borayapti. Bu Buyuk Britaniyani nafaqat yirik neft iste’molchisiga, balki uni 
eksport qiluvchiga aylantirdi. Buyuk Britaniya bir kunda o‘rtacha darajada 2,6 
mln. barreley neft qazib oladi. Jahon neft qazib oluvchilari orasida oltinchi o‘rinni 
egallaydi. Buyuk Britaniyada neft zahiralari raqami 770 mln. tonnaga yetadi. 
Tabiiy gaz zahiralari 22,7 trln. kub fut atrofida baholanmokda. Mamlakat asosiy 
tabiiy boyligi-toshko‘mir, temir rudasi, neft, gaz, magniy, qalayi, kaolin, oshtuzi va 
boshqalar. 
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma qirolligi konstitutsion 
monarxiya davlatlaridir. Qonunchilik hokimiyati monarx (kirolicha) va 
parlamentga tegishli. Parlament qo‘yi palata va lordlar palatasidan iborat. Davlat 
rasmiy boshlig‘i-qirolicha (1952 yildan – Yelizoveta II). Hokimiyat amalda 
xukmron partiyalar shakllantirgan vazirlar mahkamasi qo‘lida jamlangan. 
Buyuk Britaniya – Millatlar hamdo‘stligi markazi – siyosiy – iqtisodiy 
birlashma. Unga Buyuk Britaniyadan tashqari, Kanada, Astraliya, Yangi 
Zelandiya, Hindiston, Pokiston, Shri Lanka va boshqa mamlakatlar kiradi. Hozirgi 
kunda Buyuk Britaniyaga qaram hududlar Avstraliya va Yangi Zellandiyadir. 
Buyuk Britaniya NATO harbiy-siyosiy blokida faol eshtirok etadi. 1973 
yildan Yevropa ittifoqi a’zosi. 
Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi bilan yuksak taraqqiy etgan industrial 
mamlakat. U jahon xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakat sanoati IYAM 
ning 50 % ga yaqinini, eksportning 90 % ini beradi. Jahon umumiy sanoat ishlab 
chiqarish hajmi bo‘yicha (7%) dunyoda AQSH, Yaponiya, Germaniya va 
Fransiyadan keyin 5-o‘rinni egallaydi. Jahon umumiy eksporti hajmi bo‘yicha u 
dunyoda 4-o‘rinda (6%), xorijiy investitsiyalar hajmi bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. 
Harakatdagi yirik savdo flotiga ega. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotning asosini xususiy sektor tashkil etadi. IYAM 
ishlab chiqarishning 80%, bandlikning 75 % uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Buyuk 
Britaniyada ishsizlik darajasi YEIda 10,8 % bo‘lgan holda, 6,2 % ni tashkil etadi. 
Bandlikning 73 % xizmat sohasiga to‘g‘ri keladi. Unda moliyaviy xizmatlar ustun 
turadi. 20 % - sanoatda va taxminan 7% qurilishda band. 
Iqtisodiyotning asosiy sohalari. Buyuk Britaniyaning yetakchi milliy sektori 
xizmat sohasi (IYAMda 61,4 %) hisoblanadi. Keyingi vaqtda uning roli sezilarli 
o‘sdi. 
Britaniya xo‘jaligida ahamiyati jihatidan bundan keyin sanoat (IYAMda 
22,3 %), so‘ngra trasport (9,7 %) va qurilish (5,2 %) sohasi turadi. IYAMning 1,4 
% qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. 
Sanoati. Buyuk Britaniya sanoati Shimoliy Angliya va Angliyaning 
markaziy grafligida joylangan. Buyuk Britaniya – bu rux, qo‘rg‘oshin, ohak 
yetkazib beradigan yirik eksport davlati. Bundan tashqari kumush, mis, temir 
rudasi va boshqa xom ashyolar katta zahirasiga ega. Yiliga 2000 tonna qo‘rg‘oshin 
va qalayi ishlab chiqaradi. 


104 
Neft-gaz sohasi. Neft-gaz yirik zahiralari 1960 yilda Shimoliy dengiz 
kontinental shelfida aniqlangan. Shu boylik tufayli Buyuk Britaniya 
uglevodorodlarni eksport qiluvchi muhim mamlakatga aylandi. Neft zahiralari 5 
mlrd. barreleyga yetadi. 25 ga yaqin dengiz neft, gaz quduqlari foydalanilayapti, 
ularning asosiy qismi Shimoliy dengizda joylashgan. Neft sohasi asosan xususiy 
mulk hisoblanadi. Ular orasida VR (40 % qazib oladi) va Enterprise (yirik mustaqil 
neft kompaniyasi) mustahkam o‘rin egallaydi. 
Qazib olinayotgan neftning katta qismi eksport qilinadi; bir paytning o‘zida 
qayta ishlash uchun biroz sifatsizroq va yaqin sharq nefti tashib kelinadi. Buyuk 
Britaniya neftni qayta ishlash sanoatiga jahon neft haydash quvvatining 2,4 % 
ulushi to‘g‘ri keladi. 
Britaniya energetikasida tabiiy gaz tobora ko‘proq ahamiyat kasb etayapti. 
Uning zahiralarini aniqlash va qazib olish hajmi doimiy ravishda o‘sib borayapti. 
Hukumat siyosati milliy energetika tarkibida asta-sekin ko‘mirni tabiiy gaz bilan 
almashtirishga qaratilmoqda. Har yili qazib olinayotgan gaz 100 mlrd. kubometrni 
tashkil qiladi. 
Asosiy gaz zahiralari Janubiy gaz havzasi, Shimoliy va Irland dengizlarida 
jamlangan. 2001 yilda «Vesterlend» gazoprovodi ishga tushirildi. Bu quvur orqali 
Norvegiya gazi Buyuk Britaniyaga yetkazib berilayapti.
Ko‘mir sohasi. Ko‘mir zihirasi 2 mlrd. tonna baholanadi. Kelajakda boshqa 
energiya manbalaridan foydalanish ko‘payishi natijasida ko‘mir sohasi qisqarib 
boradi. 
Energetika. Buyuk Britaniya elektr stansiyalari quvvati 70 mln. kv. ga 
yetadi. 80% issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi, 18 % ni atom, 2% ni 
gidroelektrostansiyalar ishlab beradi. 
Qishloq xo‘jaligi. Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligi yalpi ichki 
mahsulotning 2% ini yaratadi va ishga qobiliyatli aholining atiga 2% igina ish 
bilan ta’minlaydi. Shunga qaramasdan, mahsulotga bo‘lgan ichki talabning uchdan 
ikki qismini qoplaydi. Angliya qishloq xo‘jaligi yuqori samarali va shuning uchun 
ham katta hajmda oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
eksport qilishda qulay imkoniyatlarga ega. 
Baliq xo‘jaligi. Bu sohada ko‘rsatkichlar pasayishi kuzatilayapti. Har yili 
baliq ovlash o‘rtacha 750 ming tonnani tashkil etadi. Bir necha yillar davomida 
Shimoliy va Irland dengizlarida, Saagerrak ko‘rfazi va Shotlandiyadan g‘arbdagi 
suvlarda treska zahiralari qisqarayotgani kuzatilayapti. 
O‘rmon xo‘jaligi. Buyuk Britaniya o‘rmonlari maydoni 24 ming kv. km. 
(10% yerni) egallaydi. O‘rmon fondining yarimi o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha 
Komissiya tasarrufiga kiritilgan. Mamlakatda har yili 7,5 mln. kubometr o‘rmon 
kesiladi. Yog‘ochga bo‘lgan ichki talabning 90 % import yog‘och taxta hisobiga 
qondirildi.
Xizmat sohasi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga xos harakterli fenomen 
xizmat sohalarining o‘sayotganidir. U aholi real daromadlari oshayotganligida, 
shuningdek xizmat va tovarlar o‘rtasidagi harajatlar nisbatida, namoyon bo‘ladi. 
Ayniqsa moliya sektori va ko‘ngilochar sektor hamda turizm vakillari 
yutishayapti. Ilgari bozorda unchalik sezilarli ulushi bo‘lmagan sektorlar, yoki 


105 
umuman amalda bo‘lmagan sektorlar ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladilar. Ular 
kompyuter ishlab chiqarish va dastur ta’minoti, reklama, bozorni tadqiq qilish, 
ko‘rgazmalar o‘tkazish, konferensiya va taqdimot marosimlaridir.
Turizm. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti sohalarida muhim o‘rin egallaydi. Bu 
soha IYAM ning 4,5 %ni ishlab chiqaradi. Turizmdan daromad olish bo‘yicha 
mamlakat dunyoda AQSH, Ispaniya, Fransiya va Italiyadan keyin beshinchi 
o‘rinda turadi. 
Moliyalari. London fond birjasi Yevropada yirik hisoblanadi. 90-yillar 
o‘rtalaridan boshlab britan markaziy banklari yuqori daromadli moliya 
muassasalariga aylandi. Buyuk Britaniya bank tizimi yuqori darajada to‘plangani 
va markazlashgani bilan ajralib turadi.
Angliya banki pul-kredit siyosatini amalga oshiradi. Barcha tijorat banklari 
Angliya banki nazorati ostida, bu bank Angliya va Uelsda banknotlar chiqarish 
huquqiga ega (Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya o‘z hududlarida pul chiqarish 
uchun cheklanmagan huquqlarga ega). Angliya banki aholi bilan ishlaydigan 
banklarni, (xuddi jamg‘arma bank kabi), investitsion, ipotech va boshqa britan 
yoki chet el banklarini litsenziyalaydi. U xorijiy valyuta bozoriga faol aralashadi 
va funt barqarorligini saqlashga harakat qiladi. Funt-sterling dunyoning asosiy 
valyutalaridan biri, London esa jahonning muhim savdo markazlaridan 
hisoblanadi. 
Buyuk Britaniyada bir necha tashkil etilgan moliyaviy bozorlar ishlab 
turibdi. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori xalqaro fond birjasidan tashkil topgan 
ro‘yxatdan o‘tgan qimmatbaho qog‘ozlar va aksiyalar bilan ishlaydi. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari-mustaqillik, jahon 
iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashgan, taraqqiyot darajasi bir tekisda. 
90-yillar o‘rtalaridan boshlab Britaniya iqtisodiyoti iqtisodiy ko‘tarilish 
fazasiga kirdi. IYAM o‘sish sur’atlari o‘rtacha 2,8 % ni tashkil etdi. Xizmat sohasi 
dinamik rivojlanishda -2,6 %. Ish faoliyatida sustkashlik moliya va qayta ishlash 
sanoati sohalariga xos edi. 
90-yillar oxiriga kelib, iqtisodiy taraqqiyotda iste’mol harajatlari (uy-joy, 
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sotib olish, ta’lim va madaniyat sohalarida) 
rag‘batlantiruvchi rol o‘ynaydi. Keyingi yillarda chakana savdo va umumiy 
ovqatlanish, xizmatlar, moliyaviy, sug‘artaviy, telekommunikatsion, axborot 
texnologiyasi va rivojlangan kompyuter sohalari o‘sishdan o‘zib taraqqiy etib 
bormoqda. 
Buyuk Britaniya xukumati oldida ikkita vazifa turibdi: inflyatsiyaning 
o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiyotda resessiyadan (iqtisodiy o‘sishning 
sustlashuvi) qochish. Bu vazifalarni amalga oshirish quyidagi elementlarni o‘z 
ichiga olgan iqtisodiy siyosat doirasida olib borilayapti. 
1. Protsent stavkalarini o‘zgartirish. Valyuta siyosati bo‘yicha Angliya banki 
1998 yilgacha protsent stavkalarini 7,5 % gacha oshirdi, biroq keyingi yillarda 
protsent stavkalari pasaya borib 5,5 % ni tashkil etayapti. 
2. Davlat harajatlari o‘sishini cheklash hisobiga byudjet takchilligini 
qisqartirish. 1998 yilda Moliyaviy akt e’lon qilindi. Unga muvofiq «Moliyaviy 
barqarorlik kodi» amalga kiritildi. «Kod» hukumatga qarzlar kapital qo‘yilmalar 


106 
uchun talab qilinganidan ko‘p bo‘lmasligi va joriy harajatlarni moliyalashtirish 
uchun foydalanmasligi ustidan nazorat qilish majburiyatini yukladi. 
3. Davlat mablag‘laridan samarali foydalanish. Vazirliklar va mahkamalar 
harajatlarni belgilangan darajasidan oshirmasliklari lozim. Bu hukumat tomonidan 
uch yil muddatga belgilab qo‘yilgan. Kelajakda ko‘zda tutilgan harajatlar ta’lim, 
kasb o‘quvi va jamoat trasportiga mo‘ljallangan. 
4. Byudjetning daromadlar qismi uchun alohida 10% soliq stavkasi ko‘zda 
tutilgan bo‘lib, daromadning birinchi 1,5 ming funt sterlingidan olinadi. Daromad 
solig‘ini bazaviy o‘zgarishsiz qoldirildi (23%), minimal ish haki hajmi soatiga 3,6 
funt sterling va aholining eng kam haq to‘lanadigan qismi uchun soliq kreditlari 
joriy etilgan. 
5. Xususiy investitsiyalarni soliq bilan rag‘batlantirish. Korporatsiyalarga 
soliq stavkasi 31 % dan 30 %ga kamaytirildi, uncha katta bo‘lmagan firmalarga 
(yillik oboroti 300 ming f.st.) 21 dan 20 % ga kamaytirishdi. Hukumat asosiy 
e’tiborni o‘z kompaniyalari aksiyalarini sotib olgan ishchi va xizmatchilarni 
rag‘batlantirishga qaratilmoqda. 
6. Milliy tovarlarning raqobatbardoshligini va mehnat unumdorligini 
oshirish. Savdo va sanoat vazirligi innovatsion fondini, fan taraqqiyotiga 
ajratiladigan malblag‘ hajmini ko‘paytirish. Axborot texnologiyasini rivojlantirish 
sohasida ishlab chiqilgan milliy strategiya, universitetlarda amalga oshirilgan 
ilmiy-texnik, tajriba-tadqiqotlar, NIOKR ni kommersiyalashga mo‘ljallangan 
maxsus fond tuzilgan. 
7. Xususiy raqobatga to‘sqinlik qilishga, belgilangan bitimlar tizimini 
taqiqlashga qarshi raqobatbardoshlik haqida qonun qabul qilingan. Xususiy savdo 
bo‘yicha boshqarma kompaniyalardan raqobatga qarshi faoliyat shubxa 
uyg‘otganda, har qanday axborotni talab qilib olishga, korxona rahbariga jarima 
solish yoki ularni ikki yil muddatga qamash huquqiga ega. Qonunni buzgan 
firmaga uning tovar oborotini 10% gacha jarima solish belgilab qo‘yilgan. 
8. Yevropa valyuta ittifoqiga kirishga tayyorgarlik. Hisoblarni registratsiya 
qilish, kompyuter dasturlariga o‘zgartirish kiritishga davlat byudjetidan maxsus 
mablag‘ ajratiladi.
Yevroni joriy etishga tayyorgarlik uchun 120 mln. funt sterlingdan ziyod 
sarflandi. Mazkur jarayon uch yilga yaqin vaqtni oldi. 
Mamlakatning depressiv-turg‘un holatidagi rayonlari. Buyuk Britaniya 
iqtisodiyoti ayrim sanoat regionlari o‘rtasida keskin farq bilan harakterlanadi. 
Buyuk Britaniyada norasmiy ma’lumotlarda, na ilmiy ishlarda aniq qaysi rayonlar 
depressiv rayonlar ekanligi haqida qat’iy bir xulosa aytilmaydi. Rasman «taraqqiy 
etayotgan rayonlar» ajratib ko‘rsatiladi. Ya’ni davlat rag‘batlantirayotgan xo‘jalik 
ob’ektlari joylashgan territoriyalar. Odatda ularga Shimoliy rayon, Shotlandiya, 
Uels, Shimoliy-G‘arbiy rayon kiritiladi. 
(Depressiv)-turg‘un rayonlar qoloqligiga quyidagi sabablar ko‘rsatiladi: 

yangi va yangilik yetarli rivojlanmagan sharoitda «eskirayotgan sohalar» 
ga ixtisoslashish; 

an’anaviy sanoat sohalari va sust rivojlangan infratuzilmasi va xizmat 
sohalariga qaramlik; 


107 

katta bozorlar va qarorlar qabul qilinadigan markazdan uzoqligi; 

shu holat va depressivlik oqibatida «yomon investitsion muhit». 
Depressiv - turg‘un rayonlarning sohaviy tarkibi. Shotlandiya - ko‘mir qazib 
olish, qora metallurgiya, kemasozlik, og‘ir mashinasozlik, to‘qimachilik sanoatiga 
ixtisoslashgan. Shimoliy dengizda neftga boy ochiq konlar ko‘p. Bular regionda 
ximiya va neftni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish imkonini beradi. 90-
yillar oxiridan boshlab Shotlandiyada TMK-transmilliy korporatsiya nazorat 
qiluvchi elektron sanoati rivojlana boshladi. 
Uels – ko‘mir qazib olish va qora metallurgiya rayonga TMK katta qiziqish
bilan qarayapti 20% chet el qo‘yilmalari Uelsga yo‘naltirilayapti.
Shimoliy rayon-ko‘mir qazib olish salmog‘i yuqori, qora metallurgiya, 
og‘ir mashinasozlik, kemasozlik, ximiya sanoati taraqqiy qilgan. Sanoatining katta 
qismi sharqiy rayonda jamlangan. Shimoliy rayonda NIOKRning zaif bazasi 
saqlanib turibdi, rivojlangan xizmat sohasi, malakali ishchi kuchlari yo‘q. 
Shimoliy-g‘arbiy rayon to‘qimachilik sanoati, ko‘mir qazib olish, qora 
metallurgiya, kemasozlik, mashinasozlik rivojlangani bilan harakterlanadi. 
Xo‘jalikning katta qismi ikki aglomeratsiyada-Liverpul va Manchesterda 
jamlangan. 
90- yillardan boshlab depressiv rayonlarda yangi sohalar rivojlana 
boshladi: elektronika va radioelektronika, avtomobilsozlik, aviatsiya priborsozligi 
va boshqalar. Ammo biroq ko‘rsatilgan rayonlarda ommaviy ishlab chiqarish 
joylashgan bo‘lsada, boshqaruv va ilmiy bo‘linmalar mamlakatning janubida 
jamlangan. 
Shunday qilib, Buyuk Britaniyada mintaqaviy (regional) ijtimoiy-iqtisodiy 
disproporsiya mavjud. Bu esa ularni yumshatish uchun davlat siyosatining 
zururligini taqozo etadi: yangi shaharlar, sanoat va ilmiy parklar, inqiroz (krizis) 
rayonlariga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etilishi zarur. 
Yordam kerak bo‘lgan ma’lum hududlarda qo‘yidagi ko‘rsatkichlar 
hisobga olinadi: ishsizlik darajasi, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, yangi 
ish o‘rinlari yaratish istiqbollari. 
Hududiy siyosatning asosiy maqsadlari. – eski sohalarni tez almashtiruvchi 
sohalarga moslashtirish. Ularda butun depressiya rayonlari iqtisodiyoti joylashgan. 
80-yillar boshigacha, «rivojlantirish rayonlari» ga boshqa hududlardan yirik 
kompaniyalarni jalb etishga zo‘r berilgandi. Eng avval Janubiy Sharqiy, 
shuningdek TMK lar jalb qilindi. Bunga qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy 
imtiyozlar yo‘li bilan, ham infratuzilmani taraqqiy ettirish yo‘li bilan erishildi.
90 - yillarda kichik biznesni rivojlantirishga urg‘u berildi. Ammo kichik 
firmalar axborotlar va zarur kapitalga, malakali ishchi kuchlarga, salmokli 
buyurtmachilar va boshqalarni talab qiladigan alohida «ishchi muhit» ga muhtoj. 
Shu sabab, ya’ni aholi va yirik sanoatlar joylashgan markazlardan olisdalik kichik 
biznesni rivojlantirishiga imkon bermadi. 
Buyuk Britaniyada aholi zich hududlardan depressiv rayonlarga ularning 
migratsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan. G‘arbiy 
Midlenddan va Janubi-Sharkdan (nisbatan rivojlangan rayonlar) «rivojlanayotgan 


108 
rayonlar»ga kompaniyalarni o‘tkazish ma’qullandi. Ayni paytda Janubiy-Sharqiy 
rayonlarda yangi qurilishlar cheklandi. 
Hozirgi paytda regional dasturni qo‘llab-quvvatlash uchun «tadbirkorlik 
zonasi» yaratilayapti. Bu uncha katta bo‘lmagan yer uchastkasida sanoat va tijorat 
korxonalari qurish va imtiyozli shartlar bilan barpo etilayapti. Yer va mulk 
solig‘idan 10 yilga ozod qilinadi, malakali kadrlar bepul tayyorlanadi. 
Xukumat moliyaviy yordamini tanlab ko‘rsatayapti: yangi loyihalar 
qo‘llab-quvvatlanadi, qudratli ishlab chiqarish, sifatli tovar va xizmatlar va nihoyat 
fantalab loyihalar ma’qullanayapti. 
Davlat fantalab korxonalarga loyihani amalga oshirishda minimal zarur 
mablag‘lar ajratayapti. Yordam 30 yil muddatga qarz sifatida beriladi. Yangi 
korxona barpo etishda yer sotib olishni qoplash uchun 1 ming funt-sterlingacha 
qarz olish mumkin. 
Buyuk Britaniyaga mintaqaviy (regional) siyosatni amalga oshirish uchun 
YEI mamlakatlariga a’zoligi yordam berayapti. YEI «rivojlanayotgan rayonlar»da 
kompaniyalarga ko‘mak berayapti, yordam loyiha qiymatining 20-30 % atrofida 
rayon «kategoriyasi» ga qarab belgilanadi. 
Mamlakatda regional siyosat YEI ning turli fond va muassasalaridan 
to‘ldirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning Yevropa fondida mintaqaviy 
taraqqiyot kvotasi (1975 yilda tuzilgan) 21,4 dan 28,5% gacha uning summasi 
kattaligida. 
Buyuk Britaniya fondi tashkil etilganidan buyon 3 mlrd. f. sterlingdan 
ziyodroq mablag‘ oldi, uning 800 mln. f-st ga yaqini Shotlandiyaga, 450-Uels va 
Shimoliy rayonga, 400 mln. f-st. Shimoliy-G‘arbiy rayonga kelib tushdi. 
Mablag‘lar asosan fonddan grafliklar va okruglarga turli xil infratuzilma ob’ektlari 
barpo etish uchun sarflandi. Ayni paytda e’tibor mintaqaviy rivojlantirish dasturiga 
qaratilmoqda: bu holda harajatlar fonddan davlat harajatlarini 55 % gacha 
qoplaydi.
Yevropa ijtimoiy fondi o‘zining mablag‘larining katta qismini 
«rivojlanayotgan rayonlar» ga yo‘naltirmoqda. U harajatlarni 50 % gacha 
to‘layapti. Natijada ishini yo‘qotganlarni o‘qitish, xo‘jalik va sanoatni qayta 
qurish, ularni ishga joylashtirishga yordam berayapti. 
Yevropa investitsion banki «rivojlanayotgan rayonlar» ehtiyojlari uchun 
imtiyozli ssudalar bilan ta’minlayapti. Bu ham 50 % gacha harajatlarni qoplashga 
yordam berayapti. Buyuk Britaniya inqiroz rayonlariga yordam Yevropa 
hamjamiyati orqali ko‘mir va po‘lat, imtiyozli qarzlar, konchilar va metallurglarni 
o‘qitish, uy-joy qurilishiga mablag‘ sifatida kelib tushayapti.
Buyuk Britaniya yirik beshta savdo mamlakatlaridan bir sifatida AQSH, 
Germaniya, Yaponiya va Fransiyadan keyin joy olgan. U sanoat mollari, neft, 
ximiyaviy moddalar, avtomobillar, avia kosmos uchun mahsulotlar, metallar, 
tayyor gazmol va mashinalar eksporti bo‘yicha Yevropada yetakchi o‘rinni 
egallaydi. 
Buyuk Britaniya eksportining asosiy yo‘nalishlari -AQSH (15 %), 
Germaniya (11,6 %). Fransiya (9,6 %), Niderlandiya (7,3 %) va Irlandiya (6,9%) 
mamlakatlariga qaratilgan. 


109 
Buyuk Britaniya - bu yirik qishloq xo‘jaligi tovarlari, xom ashyo, tayyor 
va oraliq mahsulotlari, shuningdek (YEI mamlakatlari va Yaponiyadan) 
importchisi hisoblanadi. Mamlakat importining asosiy manbalari - AQSH (14 %), 
Germaniya (11,7 %), Fransiya (7,7 %), Niderlandiya (6,1 %) va Belgiya (4,8 %) 
davlatlari hisoblanadi. 
Buyuk Britaniya uchun import qiymatining eksportdan ortiq turishi 
harakterlidir. Britaniya tovarlarining tashqi bozorda sotilishini qiyinlashishida funt 
sterling kursi dinamikasi bilan bog‘liq: boshqa valyutalar bilan taqqoslaganda 
uning amaldagi kursi eng yuqori darajada turadi. Buyuk Britaniya eksportiga 
noqulay ta’sir qiladi va raqobatni o‘tkirlashtiradi.
Buyuk Britaniya – Yevropalik bo‘lmagan investorlar - AQSH, Yaponiya, 
Janubiy Koreya, Tayvan uchun bosh investitsiya ob’ektidir. Chet el investitsiyalari 
umumiy summasi 150 mlrd. dollardan oshadi. Xorijiy investorlarga Buyuk 
Britaniyada 15 % dan ko‘proq ishchi o‘rinlari tegishlidir. 
4.§. Fransiya iqtisodiyoti 
Fransiya - G‘arbiy Yevropadagi eng yirik davlatdir. U hududiy jihatdan 
Yevropa Ittifoqida birinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 
ming kvadrat km.ni tashkil etib, uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat. Bu 
yerni iqlim o‘zgarishlariga qarab uch xil mintaqaga bo‘lish mumkin: ya’ni okean 
mintaqasi (g‘arbdan), o‘rta yer dengiz mintaqasi (janubdan) va kontinental mintaqa 
(mamlakat markazi va sharqdan). Mamlakatning 82 foizi hududini, aniqrog‘i 45 
mln. gektar maydonini qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlar egallaydi. 
Faqatgina o‘rmonzorlar salmog‘i jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida Shvesiya va 
Finlyandiyadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. 
Mamlakat aholisi – 62 million kishidan ortiq bo‘lib, bir kv. km ga 105 
kishi to‘g‘ri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrog‘i shaharlarda yashaydi. 
Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinni 
egallaydi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Fransiyada tug‘ilish 
darajasi past taxminan 1000 kishi hisobiga 12 ta chaqaloq to‘g‘ri keladi. 
Fransiya – dinga erkinlik bergan davlat. Bu yerda qariyib barcha dinlarga 
mansub aholi istiqomat qiladi, ya’ni bu yerda katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar 
6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1 
foizni tashkil etadi. 
Fransiyaning salkam 25,6 mln. aholisi faol aholi toifasiga kiradi. Ulardan 
19,5 millioni doimiy ishi bilan band bo‘lganlar va 3,1 millioni yoki faol aholining 
12,5 foizi ishsizdir. Mamlakatda erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq, ya’ni 
barcha aholining 53 foizini erkaklar, 47 foizini ayollar tashkil etadi. 
Fransiyaning davlat tuzilishi - respublika. Uni davlat prezidenti 
boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi quyidagi holatda 
tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy terretorial 
okrug), 4 ta dengizorti ma’muriy territorial okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, 
Reyuon), 4 ta dengizorti hudud (Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, 


110 
Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida 
haq-huquqlarga ega hudud (Mayor, Sen-Per Mikelon). 
Mamlakatning oliy organi – parlament. U senat va ikki palatali 
parlamentdan tashkil topgan.
Fransiya Yevropa Ittifoqi (YEI), Yevratom, G‘arbiy Yevropa ittifoqi va bir 
necha siyosiy hamda iqtisodiy tashkilotlar a’zosi. 1949 yildan esa NATOga a’zo 
bo‘lgan. 
Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko‘pgina yerosti 
qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko‘mir, uran 
rudasi, boksit va kaliy tuzi ko‘p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot 
(YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda to‘rtinchi (AQSH, 
Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o‘rinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport 
qilish (asosan mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo‘yicha ham to‘rtinchi, 
qimmatli zahiralarga egaligi bo‘yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan 
keyingi) o‘rinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetga eksport qilish borasida birinchi o‘rinda 
turadi. Bu mahsulotlar kosmosda, aviasozlikda, aloqa va telekommunikatsiya, 
energetika, informatika, transport taraqqiyoti va meditsina sohasida muhim rol 
o‘ynaydi. Mamlakat G‘arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham 
faol ishtirok etadi. 
Fransiya iqtisodiyoti uchun harakterli jihatlardan biri-yirik monopoliya 
mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po‘lat eritish 
va undan mahsulot tayyorlash bo‘yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr 
texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha 50 foizlik ulushni va 
avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha qariyib 100 foizlik ulushni o‘z qo‘lida ushlab 
turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir. 
E’tiborlisi, fransuzlarga xos sanoatlashtirishning muhim ko‘rinishi katta-katta 
ishlab chiqarish ob’ektlarini butunlay hokimlik tarzida egallaganlikdadir. Bunday 
holatda mamlakatda yuz xil turdagi sanoat ishlab chiqarish turlari 20 ta shunday 
yirik mulk egalari tasarrufida. Masalan, «Peja-Sitreon» va «Reno» 
monopolistlarida avtomobil sanoati, «Elf-Akiten» monopolistlarida neft sanoati va 
«Yunizor-Syansilor» da qora metallurgiya, shuningdek, «Kompaniya jeneral 
elektrosite» da yadro energetika, «Ron-Pulenka» monopolistlarida esa kimyo 
sanoati kabilar. Mazkur mamlakat iqtisodiyotining yana bir o‘ziga xosligi gigant, 
yirik korxonalar hamda kichik o‘rta tadbirkorlik korxonalari kapitallari 
(mablag‘lari) markazlashgan moliyaviy muassasalarda saqlanmasligidir. 
So‘nggi yillarda Fransiya iqtisodiyotida barqaror o‘sish ko‘proq fransuz 
monopolistlarining xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda ishlashlarida namoyon 
bo‘lmoqda. Ya’ni, ular xalqaro harakterga ega bo‘layotir. Masalan, «Roni-
Pulenka»ning mavjud tovar aylanmasida 60 foizlik ulush xorij operatsiyalariga 
to‘g‘ri keladi. Umuman hozirda mamlakat iqtisodiy hayoti xorijga siljish siyosati 
asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanmoqda. Natijada katta sarmoya va 
salohiyatga ega qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Masalan, 1989 yilda «Pejo» va 
«Fiat» qo‘shma korxonasi faoliyat boshlagan bo‘lsa, keyinchalik ikkita yirik 


111 
kompaniya – «Jeneral elektrik» va «Altom» lar o‘rtasida elektr jihozlari va 
temiryo‘l vagonlari ishlab chiqarish borasida kelishuv yo‘lga qo‘yildi. 
Fransiya iqtisodiyotida moliyaviy operatsiyalar tashkiliy tizim shaklida 
yuritiladi. Xorij valyutalari barcha mamlakatlardagidan farq qilgan holda nazoratga 
olingan valyuta ayirboshlash guruhlari va ularning filiallari orqali almashtiriladi. 
Bugungi Fransiyaning o‘ziga xos xususiyati-bank operatsiyalarida ro‘y 
berayotgan pullarni o‘zlashtirish yoki maqsadli faoliyatdan tashqari harajatlarni 
sodir etishga qarshi qat’iy chora ko‘rilganidir. Davlat kapitali asosan sanoat 
rivojiga yo‘naltirilgan. Shu jihatdan banklar ham sanoat kompaniyalari, qo‘shma 
korxonalar bilan bir tan, bir jon. Sanoat kapitallar esa o‘z navbatida xolding 
kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari va kompaniyalarning hududiy taraqqiy 
etishi uchun yo‘naltiriladi. Fransiyada mavjud moliyaviy mablag‘ning tashkil 
etilgan shakli moliyaviy guruh deb yuritiladi. Moliyaviy guruh – bu sanoatning, 
bankning, savdo monopoliyasining, ilmiy-ishlab chiqarish sohalarining topgan 
mablag‘lari majmuidir. Bu mablag‘lar nafaqat sanoatchilar yoki bank burjuazlariga 
beriladi, balki u mamlakatda doimiy ravishda iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish va 
rivojlantirish uchun sarf etib boriladi. Ular asosan kichik va o‘rta kapitalistlar, 
omonat kassalarini sug‘urta qiluvchi kompaniyalar va shirkatlar (kooperativ) 
shaklida ishlayotgan mehnatkashlarga beriladi. Fransiya iqtisodiyotini 
yuksaltiruvchi bunday moliyaviy guruh asosan to‘rtta («Pariba», «Syuez», 
«Rotshild» va «Ampen Shreyder» guruhlari) va shu singari guruhlar mamlakatdan 
chetda faoliyat yuritadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Fransiyaning iqtisodiy 
taraqqiyotida kichik biznes alohida rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mamlakatda 35 
mingdan ziyod kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi, ularda 2 
mln. aholi band. Mamlakat eksport salohiyatida bu qatlam 23 foizni tashkil etadi. 
Kichik va o‘rta biznes sub’ektlari mamlakatda asosan mavjud monopoliyaning 
asosiy kuchi va ta’lim sohasini yangi texnologiyalar bilan ta’minlovchi dastak 
sifatida xizmat qiladi. 
1980 yilda banklarga pul mablag‘larini qo‘ygan omonatchilarni turli 
moliyaviy xavf-xatarlardan qo‘riqlash hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan 
banklar bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun Fransuz banklari assotsiatsiyaga 
(AG‘V) a’zo fransuz banklari hech qanday to‘lovi yo‘q va ular kafolatli 
jamg‘armalar tuzmagan. Faqatgina inqirozga yuz tutgan yoki omonatchilar 
pullarini qaytarmaslik darajaga tushgan bankka assotsiatsiya taqsimotiga ko‘ra har 
bir bank o‘z moliyaviy ulushini qo‘shadi. Hamjihatlik nuqtai nazaridan olib 
qaralganda bu mexanizm AG‘Vga a’zo banklarning istiqbolli faoliyat yuritishi va 
omonatlarni sug‘urtalanishida o‘ziga xos kafolat rolini o‘ynaydi.
Fransiya hukumati mavjud moliyaviy resurslarni mamlakat ichki iqtisodiy 
aloqlariga jalb etishning yangicha yo‘lini faollik bilan amalda qo‘llay boshladi. Bu 
ish asosan 1990 yil davlat tasarrufidagi mulk va ob’ektlarni sotishdan boshlanadi. 
Mazkur jarayonda ko‘plab yirik rentabellik kompaniyalar, milliy iqtisodiyot uchun 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kosmik va aviasozlik texnikalari, 
telekommunikatsiya va transport vositalari xususiylashtirildi. Dunyo bozorida o‘z 
mahsulotlari bilan muhim o‘rnashib olishda xususiylashtirishning ahamiyati 
salmoqli ekani vaqt o‘tishi bilan o‘z isbotini topa boshladi. Shuning barobarida 


112 
katta kompaniyalarning sotilishidan va davlat kapitalidan yig‘ilgan mablag‘ 
mamlakat ichkarisida faoliyat yuritayotgan ayrim istiqbolli, ammo moliyaviy 
ko‘makka muhtoj korxonalarni G‘arbiy Yevropada faoliyat yuritayotgan firmalar 
bilan hamkorlikda ishlashi uchun sarf etildi. Natijada tez orada har qanday 
davlatning sifatli mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan ishlab chiqarish 
korxonalari kashf etila boshlandi. Shulardan biri –«Frans telikom» bo‘lsa, yana biri 
– «Aerospasyal» aerokosmik konsernidir. Davlatning dastlabki tashkil etgan 
hamkorlikdagi korxonasi «Aerospasyal» - «Matra» hozirda aeronavtika va 
aerosozlik sanoatida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni 
egallaydi. Shuningdek, neft mahsulotlarini qayta ishlash bilan mashg‘ul bo‘lgan 
«Total» - «Petrofina» va ta’lim sohasida yuqori natijalarga ega bo‘layotgan 
«Reno» 
hamda 
Yaponiyaning 
«Nissan» 
kompaniyalari 
erishayotgan 
muvaffaqiyatlar bugun nafaqat Yevropada, balki dunyo bo‘yicha e’tirof etilayotir. 
Nufuzli xorij kompaniyalari bilan bu kabi hamkorlikdagi korxonalar faqat Fransiya 
uchun emas, balki Yevropa iqtisodiyoti uchun yutuq bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotni boshqaradigan asosiy shakllar. Fransiyaning biz ta’kidlagan 
monopolik kapitali uchun harakterli jihatlardan biri moliya va pul-kredit 
munosabatlari barqarorligini ta’minlab turishdan iborat. Agarda iqtisodiyotning bu 
muhim tarmoqlarida pasayish darajasi sezilsa davlat ushbu zahiralardan 
foydalaniladi.
1980 yillar o‘rtalarida Fransiya hukumati mamlakatda keng ko‘lamli 
xususiylashtirish dasturini e’lon qildi. Natijada yalpi ichki mahsulot ulushida 
davlat sektori ishtiroki pasaydi, ya’ni davlat ishi bilan band bo‘lganlar 16 foizni, 
ishlab chiqarish bilan band bo‘lganlar 28 foizni, jami pul aylanma harakatda 36 
foizni tashkil etdi. Xususiy sektor esa elektr energiya ishlab chiqarilishida 70 foiz, 
aloqa va transport sohasida 59 foiz, aviatsiya sanoatida 84 foiz, avtomobil ishlab 
chiqarishda 40 foiz, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda esa 75 foiz ulushiga ega 
bo‘ldi. Davlat 90 foiz depozit va 85 foiz kredit mablag‘larini o‘z nazoratiga oldi. 
Fransiyada davlat mulki asosan uch xil shaklda boshqariladi:
1. Milliy jamiyat shaklida. (masalan, «Gaz de Frans», Elektrisiti de Frans», 
«Sharbonaj de Frans» banki va boshqalar kabi); 
2. Ma’muriy boshqaruv. (Atom energiyasi bo‘yicha kommisariat, pochta 
xizmati, tamaki va gugurt sanoati boshqaruvi va boshqalar). 
3. «Aralash iqtisodiyot» jamiyati. («Fransez de petrol» kompaniyasi). 
Bundan tashqari davlat mulkini tashkil etuvchi jihatlar yangi tarmoqlarda ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘ygan (masalan, informatika, energetika, yadro sanoati, 
bioindustriya) va faoliyati turini o‘zgartirgan, keskin burilish yoqasida turgan 
kompaniyalar sanaladi.
Aksariyat mamlakatlarda asosiy mablag‘, ichki iqtisodiy kengayish va 
takroriy ishlab chiqarish ta’minoti kabi vazifalarni davlat hal etmaydi. Ya’ni, 
davlat bu borada islohatchi emas. Ammo, Fransiya uchun harakterli tomon aynan 
shu – ya’ni bosh islohatchi sifatida bu jarayon idora etadi, hatto tijorat banklarining 
aktivlari va stavka foizlarini doimiy nazoratida ushlaydi. 
Rivojlangan bozor munosabatlariga o‘tish davri rejasi boshlangan o‘sha 
90-yillar o‘rtasida dastlabki belgilangan maqsad mamlakatdagi mavjud ishlab 


113 
chiqarish sur’atini barqaror saqlash, bozorning chet el mahsulotlari bilan to‘lishini 
kamaytirish, ishsizlik kelib chiqmasligini qattiq nazorat qilishdan iborat edi. Bu 
vazifani uddalash uchun mamlakatda 14 turdagi noan’anaviy tuzilmalar tashkil 
topdi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa aniq edi: zamonaviy texnologiyalarni 
o‘zlashtirish, mamlakat ichkarisida yuqori sifatli raqobat muhitini yaratish, 
Yevropa bozorini egallashga keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rish va boshqalar. 
Mamlakat umumiqtisodiyotida davlat aralashuvi ko‘lami Fransiyada 
AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan ko‘ra ancha yuqori sanaladi.
Fransiya iqtisodiyotida zamonaviylashgan sohalar tizimi quyidagicha 
holatni tashkil etadi: sanoatda – 26,7 foiz, qishloq xo‘jaligida – 4,3 foiz, qurilishda 
– 5,6 foiz va xizmat ko‘rsatish sohasida 5,8 foizdan iborat. 
Oxirgi yillarda Fransiya iqtisodiyoti tizimida keskin o‘zgarishlar ko‘zga 
tashlandi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi mohiyatili o‘sdi. Jumladan, sanoatdagi 
ulush ichki mahsulotlar hisobidan 50 foizni, eksport hisobidan esa qariyib 90 foizni 
tashkil etmoqda. Ayniqsa sanoat taraqqiyoti avtomobilsozlik, aviasozlik, 
elektronika, atom energetikasi, neft kimyo va maishiy elektr asboblar ishlab 
chiqarish sohasida yaqqol ko‘zga tashlandi. Bugungi kunda fransuz aviatsiya-
raketa sanoati jahonda uchinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, kimyo sanoati, 
alyuminiy ishlab chiqarish, radioelektronika sanoatida rivojlanish salmog‘i keskin 
oshmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatda harbiy-aerokosmik sanoati ham dinamik 
ravishda yuksaldi. Bu o‘sish yillik 10 foizni tashkil etdi. Shu qatori yillik o‘sishda 
farmatsevtika (7,4 foiz) va elektronika (6 foiz) sanoati ham doimiy taraqqiyot 
yo‘liga chiqqan. Fakat yillar salmog‘ini solishtirganda mashinasozlik, stanoksozlik 
va temiryo‘l transporti mahsulotlari ishlab chiqarishdagina o‘zgarish sezilayapti, 
xolos. 
Informatika, aerokosmik sanoat, stanoksozlik sohasi uchun zarur 
texnologiya va uskunalar ishlab chiqarish uchun ikki tomonlama eksport-import 
operatsiyalari va po‘latni qayta ishlash, to‘qimachilik xomashyosi, organiq kimyo 
kabi yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish ham fransuz sanoatida o‘ziga xos 
xususiyat kasb etayotir. 
Fransiya sanoati keng ko‘lamdagi va chukur o‘tkazilgan qayta qurish 
jarayon yangi yuksalish yo‘liga chiqib oldi. Bu o‘z navbatida fan-texnika 
taraqqiyoti bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borildi. Har yili davlat ilmiy–
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma (NIOKR) lari rivoji uchun ichki 
daromaddan 2,2 foiz miqdorida moliyaviy mablag‘ ajratadi. Katta bilim, salohiyat 
mushtarakligi samarasi o‘laroq tez orada elektrotexnologiya, transport ehtiyot 
qismlari, aerokosmik va harbiy sanoat uchun zarur jihozlar ishlab chiqarilishida 
rivojlanish ko‘zga tashlandi. So‘nggi paytda jahon oksoqlanishi sezilayotgan 
avtomobil sanoatida ham muhim siljishlar bo‘ldi. Dunyo ayniqsa iste’moli uchun 
o‘ta ahamiyatli bo‘lgan kemasozlik, charm poyabzal, oziq-ovqat, yog‘ochni qayta 
ishlash, metallurgiya, neft xomashyosi, shuningdek issiqlik – energetika resurslari 
lokalizatsiyasi, atom elektrostansiyasi kabi sohalarda yangi islohatlar jarayonini 
o‘tash talab etilayotgan edi. Hozirda kechayotgan bu jarayon Fransiyani kelgusida 
mazkur tarmoqlar bo‘yicha jahon bozorida yanada katta salohiyatga ega bo‘lishida 


114 
o‘z samarasini ko‘rsatadi. Birgina energetika zahirasi jihatidan mamlakat 77 foizlik 
ulushga ega. Fransiya har yili 490 mlrd. kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab 
chiqarish quvvatiga ega. Umuman olganda mamlakat elektr energiyasi ishlab 
chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Kanadadan 
keyingi 6-o‘rinni band etgan. 
Fransiya qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi va uni chetga eksport 
qiluvchi dunyodagi yetakchi davlatlardan biri. Uning tabiiy iqlim sharoiti bu yerda 
qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan mo‘l hosil yetishtirishning imkonini beradi. 
Chorvachilik Fransiya qishloq xo‘jaligining eng rivojlangan tarmog‘i bo‘lib, 
sohada qo‘lga kiritilayotgan sarmoyaning uchdan ikki qismi aynan shu tarmoqqa 
to‘g‘ri keladi. Chorvachilikda esa naslchilik, bo‘rdoqichilik va go‘sht-sut 
yo‘nalishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Fransiya mol go‘shti, yog‘, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
bo‘yicha dunyoda nufuzli mamlakat sirasiga kiradi. Masalan, u bu borada Yevropa 
Ittifokida ikkinchi, dunyoda esa beshinchi o‘rinni egallaydi. Don mahsulotlaridan - 
bug‘doy, arpa, sholi va makkajo‘xori, shu bilan birga qand lavlagi, kartoshka va 
sabzovat ekinlari yetishtirishda ham Fransiyada katta tajriba to‘plangan. Vino 
tayyorlashda u jahonda Italiyadan keyingi ikkinchi, konyak ishlab chiqarishda esa 
birinchi o‘rinni egallaydi. 
Mamlakatda qishloq xo‘jalik maydonlari ko‘pgina yer sohiblariga bo‘lib 
berilgan. Xo‘jalik yuritish ikki turda – oilaviy pudrat va sanoatlashgan usulda 
tashkil etilgan. Fransuz qishloq xo‘jaligi yangicha kechgan islohatlar tufayli soha 
juda tez sanotlashdi, hech qanday bank va savdo mablag‘larisiz rivojlandi. Agar 
ilgari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari monopolist tashkilotlar kapitali vositasida 
qayta ishlangan bo‘lsa, hozirda soha o‘z kapitali, o‘z korxonalariga ega. Fransiya 
qishloq xo‘jaligi mamlakatda yagona agrosanoat majmuasi tarkibiga kiradi. 
Bu yerda 7 foiz aholi qishloq xo‘jaligi sohasi bilan band. Kichik fermalar 
ko‘p yer egalarining o‘rtacha yer maydoni 23 gektarni tashkil etadi. Ammo, har 
yili xo‘jaliklar soni kamaymoqda (yillik 2,5 foiz). Shu bois so‘nggi yillarda kichik 
xo‘jaliklar kooperativlarga birlashmoqda, natijada esa soha zamonaviy qishloq
xo‘jalik texnikalari bilan boyimokda. 
Ayni paytda dehqonlarning 80 foizi ana shunday kooperativlarga birlashdi 
va ularning 600 tasi jami g‘allaning 70 foizini, sut va sut mahsulotlarining teng 
yarmini yetishtirib bermokda. Fransuz qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasiga 
uyushgan barcha kooperativlar qariyib 4 mingtani tashkil etadi va mamlakatda 
yetishtirilayotgan qand lavlagi, go‘sht, uzum, tamaki xom ashyosining salmoqli 
qismini yetkazib beradi. 
Fransiya tashqi iqtisodiyotida tashqi savdo asosiy o‘rin egallaydi. Bu esa 
mamlakat iqtisodiyotida katta mazmun kasb etadi. Fransiya-Xalqaro savdo 
faoliyatining faol a’zosi. Qariyib beshdan bir qismlik milliy mahsulot eksportga 
chiqariladi. Fransiya eksport salohiyati bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. 
Juda kam miqdorda energetik va xomashyo bazasiga ega. Shu bois yokilg‘i va 
ko‘pgina xomashyoni chetdan keltiradi. Masalan, mamlakat ichkarisiga 40 foiz 
yokilg‘i, 100 foiz qalay, 10 foiz xromli ruda, paxta xomashyosi va 100 foiz asal 


115 
import qilinadi. Mamlakat ko‘mir, koks, neft, temir rudasi, boksit, rangli metall, 
torf, yokoch importi bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. 
Tashqi savdoda mamlakat zamonaviy texnologiyalar sotish bo‘yicha 
yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shuningdek, Fransiya dunyoda qishloq
xo‘jalik mahsulotlari, kimyoviy tovarlar, yarimfabrikat mollar, metall va ulardan 
ishlangan buyumlar yetkazib beruvchi va harid qiluvchi yirik davlat bo‘lib 
qolmoqda. 
Ayni davrda tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotining asosiy kuchiga 
aylangan. U nafakat iqtisodni yuksaltirishda rol o‘ynaydi, balki Fransiyaning 
siyosiy maydondagi obrusini xalqaro miqyosda va Yevropa hamjamiyatida 
ko‘tarishga xizmat qiladi.
Fransiyaning eksport va import operatsiyalarida asosiy savdo sherigi 
Yevropa Ittifoqi davlatlari bo‘lib qolmoqda. Bu ittiofoqda Fransiyaning tashqi 
iqtisodiy aylanmasi beshdan uch qismga teng. Germaniya, Italiya, Buyuk 
Britaniya, Belgiya, Ispaniya, Lyuksemburg kabi davlatlarnikini solishtirganda, 
ularning tashqi savdodagi ulushlari uchdan bir qismga ega ekani yaqqol ko‘rinadi. 
AQSH – fransiyaning yirik iqtisodiy hamkori. U shuningdek, kapital 
eksport va import qiluvchi ko‘zga ko‘ringan davlat hamdir. Chetga kapital qo‘yish 
bobida u AQSH, Yaponiya, Shvesariya va Niderlandiyadan keyin turadi. 
Investitsiya berishdan maqsadi birinchi navbatda mamlakatni har tomonlama 
taraqqiyotini kafolatlash. Bu manfaat yo‘lida fransuz firmalari boshqa kapitalist 
mamlakatlardan farqli o‘laroq o‘z mablag‘laridan investitsiyalar kiritishadi. 
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti (OESR) 
yo‘nalishi bo‘yicha chetga bergan investitsiya salmog‘i 13 foizga o‘sdi.
Fransiya o‘zi uchun xorij investitsiyalarini ham kiritishdan manfaatdor. Bu 
mablag‘lar asosan mamlakatning bank, moliya, xizmat ko‘rsatish, sug‘urtalash 
faoliyatlariga yo‘naltirilmoqda. Kechagi bu sarmoyalar fransuz iqtisodiyotida 
muhim rol o‘ynash bilan birga yangi texnologiyalar, tajriba va ko‘nikmalar olib 
keladi. Bu esa fransuz firmalarining yanada rivojlanishi uchun asqotadi va savdo 
balansini yangicha muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlaydi.
5.§. Italiya iqtisodiyoti 
Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida, 
Sitsiliya, Sardiniya va kichik orollar qo‘ynida joylashgan. Hududi – 301 ming kv. 
km. Aholi soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir. 
Poytaxti – Rim. Asosiy dini katolik. 
Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig‘i-prezident. Qonun chiqaruvchi 
hokimiyat senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir. 
Italiya NATO bloki a’zosi. U G‘arbiy Yevropa integratsiyasining faol 
a’zosi. Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqida bitim 
imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi 
ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM 
qariyb 20 minng dolarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mahsuloti hajmini dunyo sanoati 


116 
mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o‘rin) tashkil etadi. Har xil 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib qaraganda, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: sanoat va 
qurilish-35 %, turli xizmatlar – 6%, qishloq xo‘jaligi -4%. 
Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida qariyib 18 mln. aholi band bo‘lib, o‘rtacha 
fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam 
ya’ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda 
asosan kam miqdorda ko‘mir, neft, rux, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, simob, boksid va 
marmar qazib olinadi. 
Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos tomoni aksariyat mulkning yirik 
monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma-
«Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil 
etadi. Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar 
Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza», 
«Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi 
kapital muammolarini nazorat qiladi.
Sanoat-Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi soha. U 
mamlakat yalpi ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat 
ishchilarining teng yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining 
muhim ko‘rinishi sanoatdagi mavjud barcha yo‘nalishlardagi zahiralarni katta 
miqdorda ishlab chiqarish va kam miqdorda foydali qazilmalarni qazishda aks 
etadi. Hozirda neft, neftkimyo, kimyo, metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil, 
mashinasozlikning bir necha sohalari, stanoksozlik, tabiiy va sintetik tola 
mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha Italiya sanoati yuqori suratda taraqqiy 
etmoqda. 
Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha Italiya dunyoda 
yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya’ni bu borada u AQSH va Yaponiyadan 
keyingi 3 o‘rinni egallaydi. 
Qishlok xo‘jaligi. Mamlakatning bu sohasi uchun ahamiyatli tomoni, 
faoliyat yuritishdagi kapitalistik tuzimiga xos eskicha usulining davom etib 
kelayotganidir. Davlatning janub va shimoli bu sohada asosiy kuch sanaladi. 
Qishloq xo‘jaligi xom ashyosining ko‘p qismi mamlakatning o‘zida qayta 
ishlanadi. Urug‘chilik rivoji esa alohida e’tiborga ega. G‘alla, makka, lavlagi, 
shuningdek, meva va uzum yetishtirishda yuqori madaniyatga erishilgan. Qishloq 
xo‘jaligini yangi texnologiyalar bilan ta’minlash va unumdorlikga erishish 
bo‘yicha Italiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Ish 
yuritish fermer xo‘jaliklari shaklida tashkil etilgan.
Italiya iqtisodiyoti mamlakatdagi mavjud kichik va o‘rta biznes taraqqiyoti 
bilan harakterlanadi. Bu xalq iste’moli mollari, yengil sanoat va ko‘pchilik 
kabilarida bozor konyunkturasiga tez moslashadigan soha har bir kichik 
tadbirkorlik firmasida o‘rtacha 100 kishi ishlaydi va ular bir yoki ikki xil mahsulot 
tayyorlashadi. Ixtisoslashgan kichik korxonalar «monopolistik birlashma»ga 
uyushgan. Bu uyushma-konglomerat o‘z zimmasiga ijtimoiy ta’lim va xalq 
iste’moli mahsulotlarini to‘liq yetkazishdek ma’suliyatni o‘z zimmasiga olgan. 
Italiya turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha jug‘rofiy-iqtisodiy 
imkoniyatga ega. Har yili bu yerga 30 miliondan ortiq sayyoh tashrif buyiradi.


117 
Xo‘jalik boshqaruvidagi islohat. Mamlakatda bu borada kechgan 
islohatlarning asosiy yo‘nalishi korporativ boshqaruvni yo‘lga qo‘yishda o‘z aksini 
topgan. Italiyada yirik kapital aholi qo‘lida ekani bilan harakterlanadi. Shu bois 
mamlakat bu mablag‘larni moliyaviy xolding kompaniyalari orqali nazorat tizimini 
yo‘lga qo‘ygan.
EI mamlakatlari ichida Italiya bozori boshqaruvchilik vazifasini o‘taydi. 
Istiqbolsiz va byudjetidan qarzi yuqori bo‘lgan davlat tasarrufidagi mulklarni 
xususiylashtirish o‘z samaralarini bermoqda. Hozirda bu jarayon natijasida 30 ta 
davlat sektori korxonalari, jumladan «Telekom» (1,5 mln. aksiyadorga ega), 
energetika guruhlari sug‘urta kompaniyalari xususiy maqomga ega bo‘ldi. 
Endilikda temir yo‘l tarmog‘ida ham korporativ bashqaruvni yo‘lga qo‘yish 
islohatlari bormoqda. 
Davlat mablag‘larini sog‘lomlashtirish. Qayta qurish har qanday 
mamlakatda xo‘jalik boshqaruvini yangilash bilan birga ma’muriy boshqaruvda 
ham islohatlar jarayoni kechishini talab etadi. Bu esa Italiya byudjet federalizmi 
modelini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida va bu orqali hududiy va mahalliy 
hokimiyat boshqaruviga ham talay huquqlarni berdi. Bu huquqlar mamlakatda ham 
iqtisodiy, ham ma’muriy boshqaruv borasida Italiyani YEI davlatlari orasida 
mavqeini oshirmoqda. Bu islohatlar samarasi ularoq mamlakat iqtisodiyoti 
Yevropa valyuta tizimiga a’zo davlatlar orasida byudjet to‘lovlari tanqisligi 7% 
dan 3% ga tushdi. 
Italiya iqtisodiyotida solik, sog‘liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti 
tizimlarida kechgan islohatlar o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatda kechayotgan 
soliq borasidagi o‘zgarishlar natijasida soliq to‘lovlari soddalashtirildi, investitsiya 
faoliyati kengayishiga zamin yaratdi. Soliqlar hajmi 53,2% dan 37% ga tushirildi. 
Aksiya, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari uchun soliq uchdan ikki qismga 
pasaytirildi. Tadbirkorlarning sog‘liqni saqlash jamg‘armasiga to‘lanadigan 
badallari olib tashlandi.
Maastrixt bitimiga ko‘ra Italiya hokimiyat sarf-harajatlari uchun yalpi 
daromaddan 1,4 % gacha badal to‘lovlari to‘lanishini joriy etgandi. U bozordagi 
mavqeini oshirdi. Inflyatsiya darajasi yillik 1,5 % ga kamaydi. Hozirgi kunda 
mamlakatni birgina muammo o‘ylantirmoqda: ichki iqtisodiyotda pul-moliya 
ko‘rsatkichlari dinamikasini barqaror holda ushlab turaoladimi? 
Mehnat bozori. Mamlakat janubida ishga yaroqli aholining 18 % i ishsizlik 
darajasida turibdi, bu esa iqtisodiy balansga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu 
nuqtai nazardan hokimiyat mehnat bozorini tashkil etishga oid qonunchilikda 
ko‘zda tutilgan jihatlarga alohida e’tibor qaratdi. Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun 
kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratdi. 
Mehnat bozori islohati 1992 yilda boshlandi va bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi natijasida ishsizlikka birmuncha barham berildi. Hatto chetda ishlash 
migratsiya va tashqi savdoda keng faoliyat yuritishga zamin yaratildi. Bunday 
sharoitlar uchun 1996 yilda boshqa davlatlar bilan kontraktlar tuzildi. Ish bilan 
ta’minlangan tadbirkorlik firmalar uch yillik ish haki solig‘idan ozod qilindi. 
Yer islohatini amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar mamlakatda 
yer zahiralaridan keng ko‘lamda foydalanish imkonini berdi. Bu quyidagi 


118 
yo‘nalishda o‘z aksini topgan: birinchidan, yer 30 yil muddatga yillik 3,5 % lik 
to‘lov bilan ijaraga berilgan. Ikkinchidan, yirik mulkdorlarga foydalanish imkoni 
bo‘lmagan ortiqcha yerlar berilib, kompensatsiya imkoniyati bilan 25 yil muddatga 
mo‘ljallangan 5 foizlik qimmatli qog‘ozlar joriy etilgan. Bundan ko‘zlangan 
maqsad unumsiz yerlarni manfaatdorlik evaziga madaniylashtirishdir. Islohatlar 
samarasi o‘laroq kooperativlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta 
ishlashda imtiyozlar va qo‘shimcha pul, texnik jihatlar bilan ta’minlandilar. 
Hozirda ham mavjud bo‘lgan «Shimol-Janub» muammosi aslida XIX 
asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Chunki Italiya 1361 yilgacha bitta 
knyazlikdan tarkib topgan, mamlakatning shimol va markazi kapitalistik, janubi 
esa feodalizm tuzumi ostida edi. 1860 yilda shimoliy Italiya qiroli Pemont qo‘lga 
kiritgan Garibaldi inqilobidan keyin Burbonov dinastiyasi, janubdagi Sitsiliya 
qirolligi va Neopol hamda Palermoni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Mana, 100 yildan 
oshiq vaqt o‘tibdiki, «Shimol-Janub» muammosi hokimiyat uchun aktual masala 
bo‘lib turibdi. Hozirda shimolda iqtisodiyotning barcha sohasida rivojlanish 
bo‘lgani, aksincha janubda bu borada yetarlicha muammo mavjudligi sabablari 
ko‘p. Bu o‘z navbatida Italiya siyosiy hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
XX asr o‘rtalarida bir oz muddat Shimol va Janub o‘rtasida birlashuv 
barham berilgandi. O‘shanda mahsulot ishlab chiqarishda, masalan ip-gazlama 
mollari tayyorlashda ikki tomon natijalarida qariyib tafovut sezilmagan. (G‘arb-
Shimolda-yillik 16 mln. metr, janubda -13 mln. metr) o‘shanda janubiy Italiya 
sanoatining ayrim turlari ishlab chiqarish bo‘yicha shimolni ortda qoldirishni ham 
uddalagan. 
Biz yuqorida hozirda shimol va janub borasidagi taraqqiyotning ikki 
xilligida bir necha sabablar borligini aytgandik. Bular quyidagilarda o‘z aksini 
topgan: 
1. XX asr boshlarida kechgan kapitalizmga o‘tish jarayoni qishloq
xo‘jaligi sohasida feodal tuzumiga singib ketgan janubliklar hayotida ziddiyatlarni 
keltirib chiqardi. Ya’ni, yirik yer egalari-feodolizm tasarruflaridagi yerlarni 
bo‘linib ketishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qildilar va o‘z maqsadlariga 
erishdilar. Bu paytga kelib shimolda kapitalistik jamiyatga o‘tish tez sur’atlar bilan 
amalga oshdi. 
2. Yangicha tuzumni o‘zlashtirgan shimoliy Italiyada korxonalar soni 
ortgani sayin ishchi kuchiga, xomashyoga talab ko‘paya bordi. Natijada janub 
xomashyo yetishtirib beradigan va o‘zaro mehnatni tashkil etadigan hududga 
aylandi. O‘tgan asrning 50-yillariga kelib, shimoliy Italiyada yuksalish 
janubliklardan bir necha hissa ortib ketdi. 
3. Ikkinchi jahon urushi Janub iqtisodiyotini yanada orqaga surdi. Italiya 
urushda ko‘p narsa yo‘qotdi. Milliy boyliklarning aksariyati yo‘q qilindi-aholi va 
jamoat inshootlari, ko‘priklar, portlar buzilib ketdi. Dengiz floti umuman inkirozga 
yuz tutdi. Yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hronga barham berish, iqtisodiyotni oyoqqa 
turg‘izish uchun asosiy kuch qishloq xo‘jaligi istiqbolli bo‘lib qoldi. Oqibatda 
janub yerlarida ko‘p hosil olinib, uni shimolda qayta ishlab, foyda olish, qurilish va 
bunyodkorlik ishlariga sarf etildi. Bu esa janubiy Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy 
turmushiga salbiy ta’sirini o‘tkazdi. 


119 
4. Ikki tomon iqtisodiyotidagi tafovutlardan yana biri-janubning shimolga 
qaraganda past darajada rivojlanganligidir. Bu yer port, temir yo‘l, boshqa 
telekommunikatsiya tizimlari shimoldan farqli ravishda kam imkoniyatga ega. 
Yerlari ham unumsiz, quruq yer. Bu yerda ortiqcha mehnat va ko‘p harajat evaziga 
hosil olinadi.
5. Aholining joylashishi va zichligi, shuningdek, janubda aholi soni ortishi 
shimolga qaraganda yillik 1,5 foiz yuqoriligi ham sabablardan biri hisoblanadi. 
Shunday qilib «Shimol-Janub» muammosi yechimiga urushdan keyin, 
1950-1960 yillarda faol kirishildi. Bu harakat «Vanino rejasi» deb ataldi va u 
quyidagi yo‘nalishda muammoni hal etishga kirishdi: 

janub rayonlariga qo‘shimcha kuvvatlar kiritishdi, shaxsiy kapitallarni 
hudud rivojlanishiga jalb etildi; 

davlat korxonalari daromad mablag‘lari mavjud sohalar taraqqiyotiga jalb 
etildi va shu maqsadda «Janub kassasi» tashkil topdi. Shimoldagi kichik 
korxonalar bu kassani mablag‘ bilan ta’minlovchilari bo‘ldi. 
Ammo «Vanino rejasi» Italiya iqtisodiyotini o‘sishi va janubning 
rivojlanishini ta’minlay oladi. Qaytanga bu urinish YEI davlatlari ichida 
mamlakatni ancha obrusizlantiradi va hududiy nomutanosiblikni yuzaga keltirdi. 
Masalan, 1980 yilda Janubning yalpi daromadi Shimolniki bilan solishtirganda 59 
% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 50 % ga tushib qoldi. 
Shimolda ishsizlik 1990 yillarda 10 % bo‘lgan bo‘lsa, Janubda 18 % ga yetdi. 
Iqtisodchilar ta’biricha, davlat Yevropa integratsiyalashuvi sari yurib, bu ikki 
iqtisodiy hududning munosabatlarini cheklasa Shimoliy Italiya Yevropa bozorida 
o‘z mavqeiga ega bo‘ladi, ammo Janubiy Italiyada iqtisodiy tanglik yuzaga keladi. 
Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik keltirib chiqarayotgan 
munosabatlarni yaxshilash uchun qator muammolar ko‘ndalang turibdi. Aniqrog‘i, 
1. Aloqalar mustahkamlashishi uchun Janubda keskin taraqqiyot yuzaga 
keltirilishi kerak. Hech bo‘lmaganda davlat boshqaruvi bu yerda yirik korxonalar 
barpo etilishini talab qilishi va o‘z nazoratiga olishi lozim. 
2. Janubdagi ishsizlik va migratsiya muammosi hukumat bu muammolar 
bo‘yicha qat’iy dasturga ega emas. Shu bois Janublik oilalar hatto oilaviy bo‘lib 
chetda ishlayapti. Hali bu muammo Italiya hukumati uchun yetarli tashvish 
tug‘diradi. 
3. Janubda kichik korxonalar kamligi muammosi. Shimolning yirik 
kompaniyalari har kanday YEI ga a’zo davlatlar firmalari bilan hamkorlikka 
kirisha oladi va ular bilan raqobatlasha oladi. Janub korxonalari esa bu korxonalar 
bilan tenglasha olmaydi. «Vanino rejasi» ga ko‘ra tashkil etilgan davlat korxonalari 
hatto ichki bozorga ham to‘la kirib borolmagan. Shuningdek, Italiya va xorijning 
aksariyat kompaniyalari bu hududga kapital va investitsiyalarini infratuzilma 
haminqadar, ishonchli hamkorlar kam, jinoiy vaziyat qaror topgan qo‘poruvchilik 
harakati mavjudligi bois Janubga xorij kapitali kirmaydi, G‘arbiy Yevropa, AQSH 
va boshqa davlatlardan keladigan sayyohlaridan tushadigan mablag‘lari esa ko‘p 
hollarda mafiya qo‘liga o‘tadi. 
4. Janubiy Italiya qishloq xo‘jaligi muammosi. Yuqorida ta’kidlaganidek, 
janub yerlarida ish haligacha eski feodallik tuzumi usulida yuritiladi. Bu esa 


120 
sohada yetarli natija bermayotir. Xususiy boylar ko‘paymokda. Italiya 1970 yilda 
qishloq xo‘jaligida chuqur islohatlar boshlagan, ya’ni yerlarni yirik kooperativlar 
ixtiyoriga bo‘lgandi. Bu islohat juda sekin davom etmoqda.
5. Mafiya va uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashish muammosi. 
Mana, mamlakat qirq yildan buyon Janubda qo‘nim topgan Sitsiliya mafiyasiga 
qarshi kurashadi. Ammo natijasi guyoki qumga sepilgan suvdek. Bu uyushgan 
jinoyat guruhi harakati Janub iqtisodiyotining taraqqiy etmayotgani ta’sirini 
ko‘rsatmokda.
Umuman, Italiya uchun muammo bo‘lgan «Shimol-Janub» Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotiga ham yetarli tashvish keltirmokda. Shu bois YEI 
ga a’zo davlatlar bu hududdagi tanglikni bartaraf etish uchun industriya, kapital 
mablag‘lar, ilmiy-texnik resurslar kiritishga shay. 
Italiyaning jo‘g‘rofiy joylashishi yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va 
Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqallar qilishga qulay. Uning 
taraqqiyoti bevosita tashqi aloqallarni yaxshilash bilan bog‘liq. Ammo, bu yerda 
tabiiy resurslarning yetishmasligi bu muddaoning keng ko‘lamda joriy etilishiga 
imkon bermaydi. Eksportsiz esa iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatda so‘nggi o‘n yillikda eksport o‘sishi 
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

1992 yil sentyabrda milliy valyuta – liraning qadrsizlanishi kuzatildi. 
Oqibatda 
xorijda 
Italiya 
mahsuloti 
narxi 
keskin 
pasaydi, 
raqobatbardoshligi kamaydi (Italiya banki bo‘yicha baho-18 % ni tashkil 
etdi). Ammo bu savdo balansini yaxshilashga zamin yaratdi. Mahsulot 
arzonligi bois eksport va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari 10 % gacha 
o‘sdi, import esa 1,3 % ga kamaydi; 

Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) doirasida mamlakat 1994 yil bahorida 
poshlina uchun bojlarni pasaytirdi. Natijada yalpi ichki mahsulot (YAIM) 
tayyorlashda so‘nggi sakkiz yil ichida 2 % lik o‘sish kuzatildi; 

1993 yilda transmilliy korporatsiya (TMK)lar bu yerdan barcha 
sohalardagi mahsulotlarni erkin sotib olishlari uchun eshiklar ochib 
qo‘yildi. Haridorlarni ko‘proq farmatsevtika, kosmetika va zamonaviy 
texnologiyalar sanoati qiziqtirdi. Natijada eksport ulushida AQSH, 
Shvesariya, Angliya, Fransiya va nemis firmalarining o‘rni salmoqli tus 
oldi.

eksport salohiyatida kredit va sug‘urta tizimida joriy etilgan imtiyozlar 
alohida mazmun kasb etdi. Bu sohalarni soddalashtirish va amaliyotga 
doimiy tadbiq etib borish maqsadida 1978 yilda tashkil etilgan kreditlarni 
sug‘urtalash milliy institutida ixtisoslashgan eksport kreditlarini 
sug‘urtalash (CAZE) bo‘limi ochildi. Bu bo‘lim faoliyatini davlat moliya 
vazirligi o‘z nazoratiga oldi. Uning asosiy funksiyasi uzoq, o‘rta va qisqa 
muddatli eksport kreditlarinini sug‘artalash, eksport mukofatlarini 
taqsimlashdan iborat bo‘ldi. CAZE hozirda ham 150 ta mamlakatning 
eksport kreditlarini sug‘urtalagan. 
Ayni kunda bu bo‘lim Italiyadan olib ketilayotgan zamonaviy 
texnologiyalar, litsenziya va patentlar, shuningdek, investitsiya va xomashyolarni 


121 
harid qilinishidagi mablag‘larni ham sug‘urta qilmoqda. Bu ilgaridek, uchinchi 
davlatning vositachilik faoliyatiga chek qo‘ydi, endilikda bu bo‘lim nufuzi ham 
oshgan. 
Italiya tajribasida eksport krediti ikki xil firmalar va banklar krediti 
yo‘nalishlariga ega. Firma kreditlari xorijlik ishbilarmonlar uchun vositachilik 
harajatlarini yo‘q qilgan holda taqdim etilgan kreditning 75-80 foizini davlat 
kafolati bo‘yicha saqlashni, bank krediti esa tuzilgan shartnoma bo‘yicha 80-85 
foizigacha davlat kafolatini berishni o‘z zimmasiga olgan: 

eksportni rag‘batlantirish uchun eksport qiluvchilar to‘lovlaridan ozod 
qilindi; 

muddatda ko‘rsatganidan ertaroq import qilishgan va mahsulotni qayta 
ishlab eksportga chiqargan mijozlar bojxona poshlinalarini 
to‘lamaydigan bo‘lishdi; 

davlat byudjetiga qaytarilmagan katta hajmdagi mablag‘ mamlakat 
sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar 
ishlab chiqarish va raqobatbardosh tovarlar salmog‘ini oshirishga 
yo‘naltirildi. 
Shunday qilib, Italiya siyosati milliy eksportni rag‘batlantirish orqali 
mamlakatning asosiy hududlarida tom ma’nodagi iqtisodiy siyosatni vujudga 
keltirdi. 
Nazorat savollari 
1. Jahon xo‘jaligida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining o‘rni va rolini ayting. 
2. G‘arbiy Yevropadagi integratsiya jarayoni qay mazmunda nihoyasiga yetdi? 
3. G‘arbiy Yevropa iqtisodiyoti qaysi mahsulotlari bilan o‘ziga xos xususiyat jalb 
etildi? 
4. Qo‘shilgan Germaniya iqtisodiyoti va siyosatini tahlil qiling. 
5. Ikkala Germaniyaning qo‘shilishi qanday natijalarni keltirib chiqaradi. 
6. Buyuk Britaniyaning jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni va rolini ayting. 
7. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti sohalariga ta’rif bering. 
8. Buyuk Britaniyaning turg‘un-degressiv holatdagi rayonlarini ayting. 
9. Fransiya iqtisodiyotining asosiy rivojlanish xususiyatlarini gapirib bering. 
10. Italiya iqtisodiyotiga qisqacha ta’rif bering. 


122 
XII Bob. RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR JAHON 
XO‘JALIK TIZIMIDA 
1.§. Jahon xo‘jaligida rivojlanayotgan mamlakatlarning
tutgan o‘rni va roli 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining taraqqiyoti tashqi iqtisodiy 
aloqalar rivoji bilan bevosita bog‘liq. Ular mavjud fond (mulk) larni 
zamonaviylashtirish va kengaytirishda, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy 
nomutanosiblikni yengillatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo eksportida 
rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi salkam 30 % ni tashkil etadi. Jumladan 
sanoat mollari – 21 % dan, mashinasozlik mahsulotlari 20 % dan iborat. So‘nggi 
yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardan tayyor mahsulotlar eksport qilinishi ancha 
mustahkamlandi. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, rivojlanish bosqichidagi 
mamlakatlarga yangi texnologiyalarni to‘liq joriy etish oson kechmaydi. Buning 
uchun ular avvalo muhim vazifa-sanoat taraqqiyotiga har tomonlama erishmoqlari 
lozim. Bunda ixtisoslashgan kadrlar, kommunikatsiya masalalari, zarur shart-
sharoitlar yaratilishi ma’lum vaqt o‘tishini talab etadi. Xalqaro mehnat taqsimoti 
(XMT) da barcha real import ehtiyojlari va eksport imkoniyatlar majmuida aks 
etadi. Bu mamlakatlar uchun xalqaro tashqi daromad olishdagi mustahkam, 
ishonarli manba bo‘lib qoladi.
Dunyo bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeining o‘zgarishi 
sanoatlashtirish strategiyasida eksport borasida qaramlik dinamikasining 
pasayishini ko‘rsatadi. Masalan, 1960 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda 
import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilishi rivojlangani bois, dunyo 
bozorida eksport hajmi 25 % gacha qisqardi. Albatta, bundan Xitoy mustasno. 
1970 yillarda esa bu ko‘rsatkich yana 10 % ga kamaydi. 80-yilga kelib esa bu 
borada rivojlanish yanada yuksaldi. Sanoat eksporti summa miqdori so‘nggi o‘n yil 
ichida 9,9 boravarga o‘sdi. Xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy tarkibiy o‘rnida 
sanoat mahsulotlari eksporti endilikda texnik murakkablik tomondan jadallashadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda an’anaviy tovarlar eksporti yangitdan 
taksimlanishni keltirib chiqardi. Bunda taraqqiy etayotgan davlatlarning jahon 
bozorida o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun qo‘shimcha eksport resurslarni izlab 
topish, dunyo bozoridagi narxlarda arzonlashayotgan xomashyo resurslari 
savdosidagi muhitni o‘zlashtirish, rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi 
savdodagi qattiqqo‘llikni cheklash va talabni o‘zgarib borishini o‘rganish qatiy 
talab etiladi. Bu yerda eksportning xilma-xilligi asosiy rolni o‘ynaydi: ya’ni 
xomashyoni qayta ishlash va jahon bozoriga turli-tuman tayyor sanoat mahsulotlari 
bilan kirib borish samara beradi.
So‘nggi o‘n yillikda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo bozorida xizmat 
ko‘rsatish turini mustahkam egallashga urinmoqdalar. Ya’ni birinchi navbatda 
sayyohlikni. Masalan, Misr davlati uchun turizm mamlakatga valyuta kiritish 
bo‘yicha uchunchi o‘rinda turadi. Ayniqsa bu soha Turkiyada gurkirab 
rivojlanmokda. 


123 
Rivojlanayotgan mamlakatlar eksportining eng o‘ziga xos xususiyati ishchi 
kuchi eksportda namoyon bo‘lmoqda. Bu mamlakatlarga kiritilayotgan chet el 
valyutasining yillik o‘sishi 10 % ni tashkil etmoqda. Pokistonda ishchi kuchi 
ortidan kelayotgan foyda xorijga eksport qilinayotgan tovar va ko‘rsatilayotgan 
xizmatlardan 5 baravar ko‘p bo‘lmoqda. Misr yalpi ichki mahsuloti ulushida bu 
yo‘nalish orqali 40 % foyda kelayotgan bo‘lsa, Marokkoda – 50 %, Turkiyada-
60%, Hindistonda bu ko‘rsatikich 80 % ni tashkil etmoqda. 
Mahsulot ishlab chiqarish tizimidagi siljish va o‘z ehtiyojini qondirish 
uchun rivojlanayotgan sanoatlashtirish jarayoni sifatli import mahsulotlarida ishlab 
chiqarish 
imkonini 
beradi. 
Rivojalanayotgan 
mamlakatlardagi 
o‘zini 
ta’minlashning o‘sishi chetdan tayyor mahsulotlar importini qisqarishiga olib 
kelyapti. Ayni paytda bu kabi mamlakatlarda importga fakat milliy xo‘jalik 
mahsulotlari, yonilg‘i, ma’danli va qishloq xo‘jalik xomashyolari kiritish 
mo‘ljallangan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda texnika importiga moyillik yuqori. Shu 
bois ham transmilliy korporatsiya (TMK) ichki savdosida texnika eksporti yuqori 
ko‘rsatkichni 
ko‘rsatmokda. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
yangi 
texnologiyalarni harid qilayotganligini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: 

Texnika va zamonaviy uskunalar – Osiyo mamlakatlariga. 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el kapitallari – Lotin Amerikasi mamlakatlariga. 

Tuhfa sifatida texnik yordamlar – Afrika mamlakatlariga. 
Importga keltirilgan texnologiyalar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, zarur 
moliya vositalarini talab etadi. Yalpi ish kuchlari yaratadi. Bu esa rivojlanayotgan 
mamlakatlarga katta imkoniyat beradi. Shuningdek, ishlash, intilish muhtojlikdan 
qutqaradi, iqtisodiyotni yuksalishi va mamlakatning barkaror rivojlanishiga katta 
turtki beradi. 
2.§. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining
asosiy xususiyatlari 
Dunyo xo‘jaligi rivojida asosiy yo‘nalishlardan biri rivojlanayotgan 
mamlakatlar aholisining bu yerda kechayotgan islohat jarayonlariga faol 
yondashuvidir. Bular kuchli tabaqalanishni keltirib chiqarishi ham mumkin. Agar 
1950 yilda o‘sish jarayonlarini o‘zlashtirgan aholi 34 ta mamlakatni tashkil etib, 
iqtisodiy o‘zgarish 2,4 barobarga oshgan bo‘lsa, uning aksi bo‘lgan mamlakatlar 
47 tani tashkil etgan. 2004 yilga kelib esa bu ko‘rsatkichlar -2,9 baravariga va 12,2 
baravarlarga ortishi kuzatilgan. Dunyo xo‘jaligida boy mamlakatlar va kambag‘al 
davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovut 2004 yilda 20:1 tenglikni tashkil etdi. 
BMT ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda rivojlanayotgan 
mamlakatlar jahon yalpi ichki mahsuloti (YAIM) dagi ulushi 48,9 % ni tashkil 
etadi. YAIM da bu aholining yillik mahsuloti 500-1500 AQSH dollariga teng. 
Aksariyat yirik mamlakatlarning YAIMdagi qayta ishlash sanoati borasida ulushi 
yiliga 10 gacha yuqorilamoqda, xolos. 


124 
Hozirda aksariyat mamlakatlarda, ayniqsa rivojlanayotganlarida tabiiy 
xomashyo zahiralari mamlakatning chekka va uzoq joylarida mavjud. Bu borada 
Rossiya alohida o‘rin tutadi. Masalan, uning 89 % neft zahirasi, 72 % - tabiiy gaz, 
45 % - temir rudasi, 70 % - mis, 94 % - qalay, 63 % - nikel, 38% - volfrom, 20 % -
uran rudasi, 73 % - alyumin rudasi, 74 % - fosfor va fasforli minerali ana shunday 
hududlarda joylashgan. Rivojlanayotgan davlatlar taxminan dunyo iste’moli uchun 
yetarli bo‘lgan gidroenergiya resurslarining teng yarimga ega. 
Har qancha bo‘lsin turli-tuman yo‘nalishlar bilan o‘z iqtisodiyotini 
rivojlantirayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu to‘rt xil 
ko‘rinishida o‘z aksini topadi: 
1. Ko‘p ukladli iqtisodiyot. Ya’ni turli mulk shakllari va har xil xo‘jalik 
turlarining yaxlitligini ta’minlovchi iqtisodiyotni tashkil etish. Qator 
rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat monopoliyasiga tegishli katta-kichik 
kooperativ, umumiy mulklar xususiy va individual mulkdorlarga beriladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat ukladlari yetakchi o‘rinni 
egallaydi. Ukladlar o‘zining bahosi, harakterli tomonlari bilan aholi turmush 
tarziga ham ta’sir etadi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi eng qadimgi ukladlardan 
sanaladi. Xususiy kapitalistik uklad esa mulkdorlikning asosiy shakli hisoblanadi. 
U asosan savdo, xususiylashtirish, sug‘urta va xizmat ko‘rsatishda rivojlanishni 
yaqqol namoyon etadi. 
2. Taraqqiyotga kichik tadbirkorlikni joriy etish kichik biznes sub’ektlarini 
vujudga keltirish sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirishni ta’minlaydi. Chunki kichik korxonalar yirik korxonalardan farqli 
o‘laroq, kam mablag‘ evaziga qisqa muddatda iste’molchi talabiga mos mahsulot 
ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Kichik va o‘rta korxonalar fan yutuqlarini 
ishlab chiqarishga tez joriy etishi qobiliyati bilan ham ahamiyatga molik. 
3. Dunyo xo‘jalik tizimida qaramlik holati tashqi iqtisodiy aloqalarda 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyot strukturani qoloqlikdan chiqarishda kichik 
tadbirkorlik taraqqiyoti, agrar-xomashyo zahirasini o‘zlashtirish, jamoaviy ishlab 
chiqarishni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun G‘arb davlatlari 
bu islohatlarni joriy etib bo‘lganlar va tashqi iqtisodiy aloqalarni yuqori saviyada 
yo‘lga qo‘yib olishgan. 
4. Ijtimoiy jamiyat tuzilishi. Jamoaviy mulkchilik ham zarur. Chunki u 
jamoa munosabatlari va fuqarolik tashkilotlarini shakllantiradi. Zero, 
kamabag‘allik, aholi ko‘payishi, ishsizlikning yuqori darajaga kelishi 
rivojlanayotgan mamlakatlar harakteriga xos xususiyat. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan 
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishdagi tobelik darajasi uch kategoriyaga bo‘linadi: 

aholi jon boshiga yuqori daromad oluvchi mamlakatlar (Bruney, Qatar, 
Quvayt, Birlashgan Arab amirligi, Singapur va boshqalar); 

aholi jon boshiga YAIM da o‘rtacha ko‘rsatkichga ega mamlakatlar 
(Liviya, Tunis, Urugvay, Paragvay va boshqalar). Ular faoliyati uchun 
xomashyo va agrar sohaga ixtisoslashuv, sanoat xilma-xilligiga erishuv 
asosiy xususiyat sanaladi; 


125 

qashshoq mamlakatlar. Bu guruhga tropik Afrika, Janubiy Osiyo va 
Okeaniya, hamda qator Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi. Qashshoq 
mamlakatlar hududida jahon aholisining 2,5 % i yashaydi va ularning 
dunyo YAIMidagi mahsulot ulushi 1% ni tashkil etadi. Rivojlanmagan 
mamlakatlar uchun tashqi omil taraqqiyot uchun asosiy rol o‘ynaydi. 
Afsuski, bu mamlakatlarda qashshoqlikdan qutulishga o‘z kuchlari bilan 
urinish kerakli natijani bermaydi. 
3.§. Chet el kapitali va uning milliy davlat taraqqiyotiga ta’siri. 
Transmilliy korporatsiya (TMK) va rivojlanayotgan mamlakatning 
ijtimomy-iqtisodiy taraqqiyotida xorij kapitali o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. 
1950 yillar boshida AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya kapitali rivojlanayotgan 
mamlakatlarning taxminan 70-100 % igacha neft, tabiiy gaz, mineral resurslar 
zahiralarini nazorat qilardi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar mablag‘lari Janubi-
Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi qishloq xo‘jaligining katta qismini o‘z 
izmiga olgandi. 1960 yillar oxiriga kelib chet el korxonalari va ular kiritgan kapital 
rivojalanayotgan mamlakatlarning jami 25 % lik mahsulotiga egalik qildi. Ammo, 
yildan yilga bu ko‘rsatkich kamayib bordi. 2002 yilda xorij korporatsiyalari 
filiallari kapitali bunday mamlakatlar YAIM ining 7 % ini tashkil etdi xolos. 
Mavjud ishlab chiqarilgan mahsulot eksportining 30 % i esa albatta TMK 
vositalari orqali amalga oshirildi. Markaziy Amerika, Karib havzasi va Osiyodagi 
TMK korxonalari ichki bozorning xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarini o‘z 
kapitali bilan nazorat qilib turadi. Jahon banki bergan ma’lumotlarga qaraganda, 
Sharqiy Osiyo mamlakatlariga 40 %, Lotin Amerikasi va Karib havzasi 
mamlakatlariga 37 %, Markaziy Osiyoga 18 %, Janubiy Osiyoga 3,5 %, Yaqin 
Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga 1% xususiy kapital mablag‘lari jalb 
etilgan. 
XX asr oxirlarida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivojida chet el 
kapitali katta o‘rin egallaydi. Dunyo mikyosidagi YAIM bo‘yicha bu o‘sish 
o‘rtacha 4% ni tashkil etdi. 
Iqtisodiy taraqqiyot qoloqlikni yengishda ishlab chiqarish va savdoni 
o‘zaro bog‘liqlik bilan olib borish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Shuningdek, 
iqtisodiy siyosat rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodi oyokka turib olishlarida 
davlat korxonalarini xususiylashtirish, tashqi dunyo bilan ochiq iqtisodiyot 
aloqalarni o‘rnatish, davlat taraqqiyotini ta’minlash uchun bozor munosabatlarini 
shakllantirish kabi islohatlarni tezlatishni talab etadi. 
1960 yil o‘rtalarida rivojlanayotgan mamlakatlar BMT tarkibida «77» 
nomli takomillashayotgan davlatlar guruhini tashkil etdi. Hozirda bu guruhdan 132 
mamlakat joy olgan. Takomillashayotgan mamlakatlar rivojlanayotgan 
mamlakatlarga o‘z YAIMlarida 1%, shu bilan birga yordam sifatida 0,7 % mablag‘ 
berayaptilar. Bu talabni rivojlangan mamlakatlar alohida ko‘llayotgani yo‘k. 
Ammo rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalarda bu ko‘maklar 
o‘z ifodasini topmokda. 


126 
Rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli investiyalarni kiritish 
YAIM salmog‘ining o‘sishiga katta yordam beradi. Investitsiya hisobiga umumiy 
tarzdagi ulush 27 % gacha bo‘ladigan bo‘lsa, undan keladigan foyda, ya’ni xususiy 
resurslar 72 % foizgacha oshadi. Shu jihatdan xorij kapitali Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasi iqtisodiyotida asosiy rolni o‘ynaydi. Shuni ham ta’kidlash joizki, kapital 
jalb qiluvchi mamlakatlarning ishlab chiqarish sohalariga bevosita xorijiy 
investitsiyalarning kiritilishi va uning o‘sib borishi, bu davlatlarni iqtisodiy 
qoloqlikdan tezroq qutilishining asosiy shartlaridan biri sanaladi. Chet el 
investorlari mamlakatning davlat korxonalarini xususiylashtirilishining tezlashishi 
va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xususiy mulkdorlar safi kengayishiga salmoqli 
hissa qo‘shadi. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida ham investitsiyalarning o‘rni beqiyos. 
Masalan, 2004 yilda ishlab chiqarishga 650 mlrd. AQSH dollari miqdorida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari kiritilgan bo‘lsa, rakam investitsiya 
kiritilishi borasida 1990 yilga nisbatan 4 baravarga oshganini ko‘ramiz. 
Hozirgacha esa investitsiya portfeli o‘sishidagi salmok 6 martaga ko‘pdir. Albatta, 
chet el investitsiyalari taqsimotida turlicha ko‘rinish kasb etgan, ya’ni: 341 mlrd. 
AQSH dollari Osiyo davlatlariga (Xitoy, Singapur, Indoneziya, Malayziya), 187 
mlrd, AQSH dollari Lotin Amerikasiga (Meksika, Braziliya, Bermud, Argentina), 
54 mlrd. AQSH dollari Afrika davlatlariga (Misr, Nigeriya). 
Chet el investitsiyalarni jalb etish bilan rivojlanayotgan mamlakatlar 
muammolari butkul yechilib qolmaydi. Albatta, qayta ayrim masalalarda 
keskinlashuv paydo bo‘lishi mumkin. Masalan: 

aksariyat investitsiyalar taraqqiyot jarayoni baravar bo‘lmagan, 
istiqbolli mamlakatlarga kiritiladi (Xitoy, Meksika, Braziliya kabi); 

chet el investitsiyasi jalb etishda raqobatni kuchaytiradi; 

imtiyozlardagi ziddiyatlar: xorij investitsiyasi ko‘proq xususiy korxona 
sohibalarini qiziqtiradi. Investitsiya portfeliga ega bo‘lgan mulkdor 
ko‘pgina imtiyozlarga ham ega bo‘ladi. O‘z navbatida bu imtiyozdan 
foydalanuvchilar ham borib-borib bir-biriga raqib bo‘lib qolishadi. 
Tan olib aytish kerak, jalb etilgan chet el investitsiyasi foydasi 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishida sezilarli ravishda natija berdi. 
So‘nggi yillarda ushbu sarmoyalar sabab ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar 
eksport salohiyatlarini oshrishga erishdilar. Hatto, tashkil etilgan qo‘shma 
korxonalar mahsuloti tashqi bozorda har qanday mamlakat tovarlari bilan to‘liq 
raqobatlasha oladigan darajadagi sifatga erishdi. 1990 yil oxirlarida 
rivojlanayotgan mamlakatlarga kapital eksporti yillik o‘rtacha 25-30 mlrd. AQSH 
dollarini tashkil etdi va xorijiy investitsiya jamg‘armasi 130 mlrd. AQSH 
dollaridan 
oshdi. 
Shunday 
qilib 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
xorij 
investitsiyalarining yangi manbalarini joriy etgan hududlar safiga kirishdi. 
Chet el investitsiyasini jalb etish borasidagi iqtisodiy siljishlarni Hindiston 
misolida ko‘rib o‘tsak. Bu yirik davlat-dunyo mahsulot va mehnat bozorida 
kattaligi jihatidan Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. 
Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, jalb etilgan chet el kapitali Hindiston 
iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’sirining o‘ziga xoslik tomoni bor. Bu xorij investorlari 


127 
uchun istiqbolli sanalgan aholining ko‘p qismi yoshlardan tashkil topganidir. 
(Hindiston aholisining 58 % i yoshlar, yohud o‘rtacha yosh – 24 ni tashkil etadi). 
Misol tariqasida keltirish mumkinki, rivojlangan G‘arbiy Yevropa davlatlari va 
Yaponiya doimiy ravishda qarrilar soni oshayotgan mamlakatlar sirasiga 
kirmoqda. Garchi shunday bo‘lsa-da ozchilik yoshlar nafaqat yirik korxonalarning 
iste’mol tovarlarida yetarlicha ulushga ega bo‘lishayotir, balki yuqori texnologiyali 
mahsulotlar (kompyuter, telekommunikatsiya vositalari), zamonaviy xizmat turlari 
(sug‘urta, axborot, turizm) ishlab chiqarishda ham yetakchi bo‘lishayotir. 
Muhimi, Hindistonda yuqori malakali ilmiy-texnologik bilimlarni va 
boshqaruvlikni o‘zlashtirayotgan xodimlar katta qismni egallaydi. Bu borada 
Hindiston AQShdan keyingi o‘rinda turadi. Beshta hind texnologiya instituti va 
to‘rtta boshqaruvni tashkil etishni o‘rgatadigan oliy o‘quv yurtlarida dunyoda 
shuhrat qozongan kasb sirlari o‘qitiladi. Ximiya, avtomobilsozlik, elektr va yadro 
sanoati, qurilish va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ixtisoslashgan kadrlar yetishib 
chiqadi. Chet el investitsiya jalb etilishida Hindistonning yutug‘i ham shunda. 
Ayni vaqtda Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ta’minot borasidagi 
qayta ishlash, texnologik va elektron vositalar axboroti bo‘yicha yetakchi sanaladi. 
Chet el investorlari Hindistonda asosan infratuzilmani rivojlantirish, 
mehnat madaniyatini shakllantirish va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash 
yo‘nalishida o‘z faoliyatlarini yurgizishayapti. Bu yerda barcha tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatishlar xususiy sektor qo‘lida. Davlat korxonalari asosiy 
kommunal xizmatlar va shu yo‘nalishdagi infratuzilmalar bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi Hindiston yaqin kelajakda chet el investitsiyasining jalb etish va 
o‘zi kapitalini eksport qilish bo‘yicha katta ishlar qilmoqda. Shu maqsadda 
hukumatning qariyib barcha mamlakatda vakolatxonalari ochildi va shu maqsadda 
seminar va tadbirlar o‘tkazmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi uchun qarzga katta 
mablag‘ olish odati alohida mazmun kasb etayotir. Ammo bu yo‘l bilan dunyo 
xo‘jaligi tizimida kreditor qarzdorlik yildan-yilga oshib bormoqda. Ko‘pgina 
rivojlanayotgan mamlakatlar bu kreditlarni olgach, har yili eksportdan kelayotgan 
daromadlarining 30-40 % ini shu qarzlardan qutilishga sarflashadi. Bu esa 
rivojlanish uchun nokulay vaziyatni, ya’ni kreditlar narxining oshishi, sug‘urta 
kafolatlarini talab etish, kredit summmalarini tarqatish muammolarini keltirib 
chiqaradi. Hozirda rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy qarzdorligi 1,8 trln. 
AQSH dollaridan oshgan. 
Jahon banki ekspertlari ma’lum qilishicha, so‘nggi o‘n yil ichida 
rivojlanayotgan mamlakatlar katta kuvvat bilan dunyo bozoriga kirib borishayapti, 
ayniqsa, «beshta yirik iqtisodiy salohiyatga ega» - Xitoy, Hindiston, Meksika, 
Braziliya va Rossiya mamlakatlari «Keyingi yuz yillik choragida yuzaga kelgan 
gigant iqtisodiyotli davlatlar» ga aylandi. Shuningdek, jahon banki xabarlariga 
qaraganda 2006 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti yillik o‘rtacha 5,4 
% ga o‘sadi. MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ulushi ortishi taxmin 
qilinmoqda. 
Ekspertlarning ishonch bildirishicha, yaqin yillar ichida global 
iqtisodiyotda Xitoy, Meksika, Braziliya, Hindiston va Rossiya boshqa mamlakatlar 


128 
tez integratsiyalashuvga kirib ketadi va jahon bozorida nufuzli o‘rin egallaydi. 
Bunday taraqqiyotga erishish bu mamlakatlarda so‘nggi chorak asr mabaynida 
qayta qurish va bozor tamoyillarini tez o‘zlashtirganlikda ko‘rinadi. Taxminlarga 
ko‘ra, bu besh mamlakat 2020 yilga borib, dunyo yalpi mahsuloti yetishtirish 
bo‘yicha 16 % lik ulushni egallaydi (1992 yilda ularning bu ko‘rsatkichi 7,2 % 
bo‘lgan). Bu natija esa dunyo mahsuloti tayyorlashda rivojlangan davlatlarning 
ulushini 81,5 % dan 66,7 % ga tushiradi. 
4.§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modeli
va taraqqiyotdagi yo‘li 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qoloqlikni tugatishning strategik vositasi-
xo‘jalikni sanoatlashtirish, ya’ni xalqaro mehnat taqsimoti (XMT)ni 
chuqurlashtirishda qayta ishlash sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish. Buning 
natijasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga barcha iqtisodiy 
tarmoklarning zamonaviylashgan tizimi yuzaga kelishini ta’minlaydi, yangi 
iqtisodiy tartib joriy etilishiga zamin hozirlaydi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishidagi o‘ziga munosiblik 
tamoyillariga ko‘ra sanoatlashtirish uch model asosida tashkil etilgan. 

Energetika, metallurgiya va ximiya kabi strategik ahamiyatga ega sanoat 
turlarini xususiylashtirish hamda iste’molga joriy etish. Bu model milliy 
mulkni yirik korxonalar xolida tashkil etib, uni ko‘rsatmalar tarzida 
boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda bu usul Jazoir, Efiopiya, Misr, 
V’etnam kabi davlatlarda o‘z aksini topgan. 

Xorij kapitalini cheklangan holda import o‘rnini bosuvchi iqtisodiyotning 
yetakchi tarmog‘i - og‘ir sanoat rivojlanishiga ahamiyat qaratish (Lotin 
Amerikasi davlatlari kabi). Bunda importyorlardan bu milliy sanoat 
tarmog‘ini takomillashtirish borasida ichki iste’mol uchun bo‘lgan 
ehtiyojini doimiy tarzda qondirish talab etiladi. 

Eksport yo‘nalishini aniqlash, ya’ni tashqi bozorga mahsulotlarning 
alohida turlarini chiqarishni belgilab, sanoatning shu turiga asosiy kuchni 
jalb etish. Shu maqsadda chet el investitsiyasini tarmoqning bilim va 
ko‘p mehnat talab qiluvchi mahsulot ishlab chiqarilishiga kiritish asosiy 
vazifa sanaladi. (Osiyo va Tinch Okeani hududi mamlakatlari singari). 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida kechayotgan islohatlarda Jahon 
banki (JB) va Xalqaro valyuta fondi (XVF) asosiy moliya muassasi rolini 
o‘ynamokda. Bu tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiylashtirish va 
sanoatlashtirish jarayonlarining faol ishtirokchisi bo‘layapti. Istaymizmi-yo‘qmi 
har qanday xo‘jalik taraqqiyotida tarmoqlarni sanoatlashtirish birinchi masala 
bo‘lib qoladi. Masalan, 1960 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar YAIMida ulush 
quyidagicha ko‘rinish kasb etgandi: qishloq xo‘jaligi tarmog‘i-31,6%, sanoat – 
26,6%, shundan qayta ishlash – 15,6 %, xizmat ko‘rsatish – 42,8 % bo‘lgan – 2004 
yilda esa bu holat boshqacha ko‘rinish namoyon etdi. Ya’ni, qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘i – 15,6 %, sanoat -34,5 % va shundan qayta ishlash -19,1 %, xizmat 


129 
ko‘rsatish esa 50,1 % ko‘rsatkichni tashkil etdi. O‘tgan davrdagi sanoatlashtirish 
tizimidagi o‘zgarishlarni taqqoslaydigan bo‘lsak Afrika va Janubiy – Sharqiy 
Osiyoda o‘sish bundan ham yuqori bo‘lganini ko‘ramiz. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar oldida o‘zida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar ko‘lamini kengaytirib, uni integratsiyalashuviga joriy etish vazifasi 
yuklangan. Ayniqsa xalqaro iste’mol ahamiyatiga molik bo‘lgan mahsulot 
eksportiga e’tibor qaratish yuqori natija beradi. Masalan, ko‘pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlar mikroelektron texnologiyalarni yuqori sifat bilan ishlab chiqarib, bu 
tovarlarni bozorga taklif etishi kutilgan natijani berdi. Bunday mamlakatlar 
qatoriga Hindiston, Meksika, Argentina, Janubiy Koreya davlatlarini kiritish 
mumkin. Ularda metall qirqish dastgohlari, metallurgiya uchun zamonaviy 
uskunalar, kimyoviy, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, 
traktorlar, transport vositalari ehtiyot qismlari va qishloq xo‘jalik texnikalari 
ishlab chiqarish va ularni eksportga chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuni ham 
qo‘shimcha qilish kerakki, bu mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlar orasida 
o‘ta murakkab hisoblangan mashinasozlik, yuk ko‘tarish kranlari, temir 
presslovchi dastgohlar, elektr va dizelli lokomotivlar, samolyotlar va tankerlar 
ishlab chiqarishda yagona sanaladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda po‘lat eritish sanoati ayniqsa yuqori 
saviyada rivojlanmoqda. Braziliya, Venesuela, Hindiston va Meksikadagi yirik 
korxonalarda mavjud bo‘lgan po‘lat erituvchi texnologiyalar zamonaviylariga 
almashtirilmokda. Buning uchun chet el investorlari o‘z sarmoyalarini ochiq 
ko‘ngil bilan kiritayotirlar. 
Mamlakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotida yirik korxonalar alohida o‘rin 
egallaydi. Shu bois trans milliy korporatsiya (TMK) Afrikaning ko‘pgina qashshoq 
mamlakatlarida yirik kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. 
Shu maqsadda so‘ngi yillarda Madakaskarda 50 % mahsulotni qayta ishlash 
quvvatiga ega korxona, Serra-Leoneda 35%, Liberiyada–36%, Mozambikda 10-
14% gacha quvvatga teng bo‘lgan yirik korxonalar tashkil etildi. Natijada bu 
mamlakatlarda ham sanoat rivojlana boshladi. Mayda mahsulotlar, qishloq
xo‘jalik xom ashyolarini yarim fabrika holatida qayta ishlash, mahalliy iste’molga 
zarur tovarlar ishlab chiqarish yo‘lga kuyilib, bu borada keng xizmat ko‘rsatish 
turlari ham joriy etildi. O‘z navbatida mahalliy aholi rivojlangan texnologiyalarda 
mehnat qila boshladi. 
Rivojlangan davlatlardan farqli ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarda 
xizmat ko‘rsatish sohasining taraqqiy etmagani xalqaro mehnat taqsimotida ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Masalan, bu mamlakatlarda yuqori texnologiya va 
ilmiy xizmatlarga, shuningdek, aloqa, telekommunikatsiya va moliya tizimi 
sohalarida xizmat ko‘rsatish qoniqarsiz ahvolda. Mavjud bo‘lgan oddiy xizmat 
turlari faqat mamlakat ichkarisi tadbirkorlari uchungina xizmat ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega xolos. Eng yomoni, bu mamlakatlarda transport va aloqa sohalari 
davlat monopoliyasi sirasiga kiradi.
Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni kiritish jahondagi 
barcha rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng og‘ir masala bo‘lib qolayapti. 
Masalan, bu hududlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi 80 % lik maydoni 


130 
irrigatsiya tizimini yangilashni taqozo etadi. Bu yerlarda suvning ifloslanishi 
oqibatida inson iste’mol qiladigan oddiy mahsulotlarning kaloriyasi tobora 
pasaymoqda. Bu holat 2004 yillar boshida aholi jon boshiga rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 100 % ni tashkil etdi. Albatta, keyingi paytlarda bu tomonga yaxshi 
o‘zgarishlar qilish uchun harakat qilinmoqda. Ammo, haligacha bu muammo 
Osiyo va ayniqsa Afrikada o‘tkir muammoligicha qolmokda. 
1970 yil oxirlariga kelib rivojlanayotgan mamlakatlarda «yashil inqilob» deb 
ataluvchi harakat amalga oshirildi. Buning natijasida yirik davlatlar va xalqaro
tashkilotlar moliyalari evaziga oziq-ovqat mollari tayyorlash muammosi qisman 
hal etiladi. «Yashil inqilob»ning bajargan ishlari asosan jadallik bilan rivojlanish 
mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik hududlarida o‘z aksini topdi. Tanlangan bunday 
rayonlarda avvalo ishchi kuchi yetarli bo‘ldi, bu yerga ilg‘or texnika va 
texnologiyalar kiritildi, sara urug‘chilik va yuqori hosildorlik manbalari joriy 
etildi. Bu esa tanlangan hududlarda yetishtirilgan mahsulotning nafakat ichki 
iste’mol bozorini ta’minlashga erishtirdi, balki sifatli tayyorlangan qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini chetga eksport qilish imkonini ham berdi.
O‘z navbatida «yashil inqilob»ning salbiy tomonlari ham bo‘ldi. Ya’ni, 
yuqorida aytilganidek, barcha imkoniyatlar qulay sharoitga ega bo‘lgan 
hududlargina yaratildi. Bu nomutanosiblik oqibatida boshqa hududlar bu joylarga 
tobe bo‘la boshladi. Qishloq xo‘jaligidagi taraqqiyotda ham ikki xil o‘zgarish ro‘y 
berdi, ya’ni bunday hududlar katta foyda tufayli zamonaviylasha borgan bo‘lsa, bu 
yerdan olis vohalar qishloq xo‘jaligi sohasida qoloqlik girdobiga tobora g‘arq 
bo‘laveradi. Masalan, Hindiston, Xitoy, Liviya, kabi mamlakatlarda bir tomondan 
yirik qishloq xo‘jalik korxonalari tashkil topib, rivojlana borgan bo‘lsa, ikkinchi 
tomonda xo‘jalik yuritish eskicha usulda qolaverdi. Faqatgina so‘nggi o‘n yil 
mobaynida Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda qishloq xo‘jaligini 
modernizatsiyalash (zamonaviylashtirish) keng yoyildi. Natijada bu hosildorlikka 
katta ta’sir ko‘rsatdi: 2004 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda g‘alla hosildorligi 
yillik 2,8 % ga o‘sdi. Jumladan, bu ko‘rsatkich Osiyoda – 3,1 % ni, Afrikada – 2,7 
%ni, Lotin Amerikasida esa 1,9 % ni tashkil etdi. 
Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarni umumiy iqtisodiy 
taraqqiyotga erishish darajasi va umumsoha tizimi rivojidagi mavjud imkoniyatlari 
o‘lchovi bo‘yicha katta ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi – neft eksport 
qilish imkoniga ega mamlakatlar, ikkinchisi – yangitdan sanoatlashayotgan 
mamlakatlar. 
5.§. Neft eksporti bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar
taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari 
Neft eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti – (OPEK) – neft kazib 
oluvchi, eksport qiluvchi va neft savdosiga sharoit yaratib beruvchi 
rivojlanayotgan mamlakatlar ishini muvofiqlab turish uchun tashkil etilgan. 
OPEKka a’zo davlatlar 13 tadir: Aljir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, 
Qatar, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Birlashgan Arab amrligi (BAA), Saudiya 


131 
Arabistoni va Ekvador. Dunyo neft mahsuloti iste’molida bu davlatlarning neft 
qazib olish ulushi 50 % ni, eksport qilish esa 80 % ni tashkil etadi. 
Neft eksport qiluvchi mamlakatlarning asosiy belgilari aholi jon boshiga 
daromadning yuqoriligi, mustahkam tabiiy—xomashyo imkoniyatiga ega ekanligi, 
qulay iqtisodiy-geografik sharoitda joylashuvi va energetik xomashyo va moliya 
bozorida yetakchi rol o‘ynashida namoyondir. Bu mamlakatlarda neftdan 
keladigan foyda evaziga aksariyat aholi yirik sarmoyadorga aylanishgan. 
1970 yilgacha yuqorida nomlari aytilgan davlatlar daromadi, past edi. 
Chunki u paytlarda ularga 1 barrel neftdan keladigan daromad 2,5 AQSH 
dollaridan oshmasdi. Bu paytda bu davlatlarda neft qazib olish uchun ilg‘or 
texnologiyalar yo‘q edi. Shu bois bu yumushni konsessiya olgan chet el 
investorlari bajarardi va qazib olishdan tushadigan yalpi foydaning 90 % ini o‘z 
ixtiyorlarida qoldirishadi. 
1970-1975 yillarda OPEKka a’zo davlatlarda kechgan energetik krizis neft 
narxining 1 barrelini 32 dollarga oshishiga olib keldi. Oqibatda konsessiya 
shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan investorlar bu yerda o‘zlarining ishlari bilan 
shug‘ullanishlaridan ko‘ra investitsiya kiritib, shundan foydalanishni lozim 
ko‘rishdi. Bu esa OPEK ka a’zo mamlakatlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Endi ular 
neft qazib olish uchun kerakli zamonaviy texnologiyalarni pul evaziga sotib 
olishdi. Jahon bozorida neftni yuqori narxda sotayotganliklari esa xalq 
xo‘jaligining boshqa turlarini ham rivojlantirish imkonini berdi. 
Neft narxining o‘sishi o‘z-o‘zidan neft import qiluvchi mamlakatlardan uni 
eksport qiluvchi mamlakatlarga katta foyda olishni keltirib chiqardi. Endi neftni 
import qiluvchi mamlakatlarda dollar kursining pasayishi, inflyatsiya darajasining 
o‘sishi bo‘y ko‘rsata boshladi. Hatto ayrim rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini 
neftning keskin o‘sishi boshi berk ko‘chaga olib keldi. 
1982-1986 yillarda neft narxi 34 dollardan 8 dollarga tushib ketdi. Bu paytda 
OPEK ka a’zo davlatlarda iqtisodiy qayta qurish kechayotganda va bu past narx 
ular iqtisodiyotiga hech kanday zarar yetkazmadi. Shundoq ham ularning o‘rtacha 
yillik rivojlanishi 4 % ni tashkil etib turdi. Jahonga asosiy neft eksport qiluvchi 
mamlakatlar Fors ko‘rfazida joylashgan Bahrayn, Quvayt, Ummon, Katar, Saudiya 
Arabistoni va Birlashgan Arab amirliklaridir. Ular bugun dunyo mamlakatlarining 
neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun 190 mlrd. AQSH dollariga 
teng neft eksportga chiqarishadi. Bu yerda «Shell», «Ekson», «Mitsui» kabi yirik 
kompaniyalar, ko‘pmillatli qo‘shma korxonalar faoliyat olib boradi. Fors 
ko‘rfazida mavjud ishchilarning ko‘p qismi chet el fuqarolari hisoblanadi.
Fors ko‘rfazi mamlakatlarida birgina neft qazib olish emas, balki gaz, 
energiya, moliya va bank sohalarida ham qo‘shma korxona va kompaniyalar 
tashkil etilganligi, natijada bu imkoniyatlar evaziga huddudda ilmiy-texnik 
inqilobi-yu xalqaro mehnat taqsimoti jabhalari siljishi sodir bo‘lmoqda.
Birlashgan Arab amirligi (ABB) – Fors ko‘rfazida anchayin taraqqiy etgan 
davlat. Ammo haligacha Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik munosabatlari bu 
yerda saqlanib qolgan BAA ning iqtisodiy holati qo‘yidagi uchta omilda aks etgan: 

juda katta energiya resursga egaligida; neft-zahirasi – 7 mlrd, gaz – 9,8 
trln. metr kub; 


132 

yirik moliyaviy kapitallar, energiya resurslari sotuvidan to‘plangan 
jamg‘armalar; 

zarur geosiyosiy holat, ya’ni amirlik yirik tranzit savdo markazi, havo va 
dengiz kommunikatsiya imkoniyatlariga ega hudud. Mamlakatda 14 ta 
dengiz porti va 16 ta xalqaro aeroport mavjud. 
BAA iqtisodiyotida davlat sektori asosiy tarmoq neft qazib olish, neft va 
gazni qayta ishlash, elektr energiyasi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda 
infratuzilmalar uchun qurilish ob’ektlarini o‘z ixtiyoriga olgan. Xususiy sektor esa 
asosan o‘z mablag‘larini xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat, charm-poyafzal 
mahsulotlari va tikuv faoliyatlariga jalb etgan neft sanoatidagi barqarorlikni «katta 
yettilik» deb ataluvchi kompaniyalar nazorat qiladi. Masalan, nufuzli «Anok» (Abi 
Labi Neyshnl Oyl Kompani») kompaniyasi o‘ziga tegishli «British Petroleum», 
«Total», «Mobil», va «Portok» kompaniyalari bilan birga 40 % aksiyaga egalik 
qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hukumat mavjud milliy iqtisodiyot 
sohalarini chet el tajavuzlaridan qattiq himoya qiladi. Bu yerda xorijlik investor 
korxonaning 49 % lik aksiyasidan ko‘p aksiyaga ega bo‘lmasligi shart qilib 
qo‘yilgan. Shuningdek, mamlakatdagi yirik kompaniyalar, qo‘shma korxonalar 
boshliqlari albatta BAA fuqarosi bo‘lmog‘i kerak. 
6.§. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar guruhining shaklanishi 
Keyingi 30 yilda qator Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish keskin o‘sdi. 1965 yildan 2004 yilgacha bu 
mamlakatlarning daromad darajasida o‘sish qariyib 100 baravarni tashkil etdi. 
O‘rtacha yillik iqtisodiy koeffitsiyent darajasi 5-7 % ga teng bo‘ldi. Bu hol ularni 
Yangi sanoatlashgan mamlakatlar (YASM) guruhiga bo‘lib yubordi. Bular – 
Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Tailand, Argentina, Meksika, 
Braziliya, Hindiston kabi mamlakatlardir. Bu guruhga mansub mamlakatlar avvalo 
bu yerga chet el kapitalining kiritilishiga erkinlik yaratdi, xususiy tadbirkorlik va 
bozor munosabatlariga keng yo‘l ochdi. 
YASM guruhiga kiruvchi mamlakatlar ichida Janubiy-Sharqiy Osiyo 
davlatlari alohida ajralib turadi. Bu mamlakatlarda sanoatlashish o‘sishning tenglik 
asosidagi iqtisodiy modeli tarzida kechdi, ya’ni: 

qishloq xo‘jaligida erishilgan taraqqiyotdan ketma-ketlik bilan yengil va 
og‘ir sanoatga o‘tildi. Bunda zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanish 
yetakchi o‘rinda qaraladi; 

mehnatdan kapitalga, kapital jamg‘arilganidan so‘ng esa ilmiy mahsulotlar 
ishlab chiqarishga o‘tildi; 

import siyosatidan eksport siyosatiga o‘tildi; 

bozor munosabatlariga o‘tish rag‘batlantirildi. 
Iqtisodiyotning o‘sib borishi mundarijalarga yondashuvni keltirib chiqaradi. 
Infratuzilmaning zamonaviylashuvi va sanoat bazalaridan qayta qurish ichki 
iste’mol ehtiyojlarini qondirishda, aholining o‘rta qatlamini harakatga keltiradi. 
Ularni mahsulot tayyorlashdagi ulushini orttiradi, bozorda muvaffaqiyatli faoliyat 


133 
yuritishni rag‘batlantiradi. YASM shaxsiy texnologik va ilmiy–texnik 
imkoniyatlarni shakllantiradi. 
YASMning investitsiya kirtish rejimlari o‘zlariga mos ravishda tanlangan 
bo‘lib, chet el kompaniyalarini ko‘proq iqtisodiy imkoniyatlar cheklangan va 
zaiflashgan hududlarga kirtishni lozim ko‘rishdi. Tajribadan ma’lumki, bunday 
hududlarda ko‘proq chet ellik ishtirokchilarning aksiyadorlik kapitallari oshishi 
ko‘zga tashlanadi. Ilg‘or hududlarda esa ular mavjud imkoniyatlar evaziga 
mahsulot ishlab chiqarib, uni 100% eksportga chiqarishni mo‘ljallaydilar. Yangi 
sanoatlashgan mamlakatlar (YASM) albatta birinchi yo‘lni lozim ko‘rishadi. 
Negaki xorij puli, sarmoyasi evaziga istiqbolsiz hududlar ham asta-sekin 
rivojlanish bosqichiga chiqib olishadi. Masalan, Indoneziya va Janubiy Koreya 
bunday hududlarda moliyaviy muammolar va kapital qo‘yilmalarning sug‘urtasini 
ta’minlangan bo‘lsa, Braziliya informatika, hisob-kitobni rivojlantirishga e’tibor 
qaratdi.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida rag‘batlantiruvchi investitsiyalar asosan 
yangi korxonalarga berildi. Bunday tanlangan korxonalar uchun uning 
daromadidan soliq olishda imtiyoz yaratildi. Masalan, Singapur mana shunday 
kompaniyalar to‘laydigan soliqning 40 % ini kechib yubordi. Bu imtiyoz tufayli 
kompaniyalar 5-10 yilda jahon bozorida chiqarilayot mahsulotlar bilan 
raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga erishdilar. 
Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish Braziliya, Hindiston, 
Malayziya, Janubiy Koreya, Meksika davlatlarida rivojlandi. Chunki, bu soha 
hukumat tomonidan quvvatlab turildi. Hatto bunday mahsulot bilan mashg‘ul 
kichik korxonalar ham raqobat maydonida himoya qilindi. Natijada kichik 
korxonalar ham eksport mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish imkoniyatiga ega 
bo‘la borishdi. Shuningdek, bu borada ularga poshlina, kvota va tayyor 
mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar uchun va shuningdek, chetdan import 
qilayotgan xomashyo, texnologiya va zamonaviy dastgohlar uchun bu to‘lovlarda 
keskin imkoniyatlar yaratib berdi. 
YASM ning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli Angliya-Saksoniya tipi 
singari davlat boshqaruvi ostida amalga oshmokda. Davlat asosan makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni rejalashtiradi, tashqi bozorga chiqarilayotgan tovarlar, sarmoya va 
pullarni nazorat qiladi. Ayrim mahsulotlar narxlarini belgilaydi va stavka foizlarini 
davlat nazoratiga oladi. Masalan, Janubiy Koreyada 1994 yil «XXI asrga barcha 
sohalarga ilg‘or texnologiyalarni kiritgan holda kirib borish» rejasi tuzildi. 
Natijada so‘nggi o‘n yil ichida Koreya sanoatining 9 xil sohasi dunyoda eng 
rivojlangan texnologiyalarga ega bo‘ldi. Bu esa dunyodagi yirik mahsulot 
yetishtiruvchi uchta mamlakatdan biriga aylanishiga zamin yaratdi. Avtomobil 
sanoati rivojlanishi bo‘yicha AQSH, Germaniya va Yaponiyadan keyingi to‘rtinchi 
o‘ringa chiqib oldi. Maishiy elektronika va kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish 
bo‘yicha esa Koreya dunyoda beshinchi mamlakat bo‘lib qoldi. 
Tan olib e’tirof etish kerak. Janubi-Sharkiy Osiyo YASMda geografik 
joylashuv, tarixiy manbalarga ega ekanligi, madaniyat va diniy kardoshlik 
rishtalari, iqtisodiy boy resurslarga ega ekanligi bilan ham alohida ajralib turadi. 


134 
7.§. Afrika mamlakatlari taraqqiyoti va ularda iqtisodiy 
islohatlarning kechishi 
Afrika mamlakatlarining aksariyati endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 
dahldor. Ularning ko‘pchiligi dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyatidan mustasno va 
tashqi dunyo bilan past aloqalda. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga daromad eng 
kam ko‘rsatkichga ega (100-500 AQSH dollari). Asosiy soha qishloq xo‘jaligi esa 
xo‘jayinlik, hukmronlik asosida shug‘ullanadi. Afrika rivojlanayotgan 
mamlakatlarga kiritilgan chet el investitsiyasi umumiy investitsiyaning 3 % ini 
tashkil etdi, xolos. Afrika davlatlariga nisbatan uzoq muddatli majburiyatlar 
jamg‘arma summasi 325 mlrd. dollardan oshgan. Ko‘pgina mamlakatlarda 
YAIMdagi tashqi qarz 70 % gacha ko‘tarilgan va eksport borasida esa qarzdorlik 
2,5 marta oshgan. 
So‘nggi yillarda Afrika iqtisodiyotida biroz ijobiy siljishga erishildi. 1990 
yilning 2-yarmida Afirika mamlakatlarining YAIM dagi o‘sish sur’ati 2-3 %ni 
tashkil etdi. Ayniqsa iqtisodiy o‘zgarishlar Mavrikiya, Botsvana, Lesoto va 
boshqa shular kabi kichik mamlakatlarda ancha sezildi. Afrikaning 27 ta 
mamlakatida iqtisodiy sur’at aholining o‘sish sur’atiga solishtirganda yaxshilandi. 
Jahon banki ekspertlari ta’kidlashicha, 2005 yilda Afrika davlatlarining YAIM 
o‘sishidagi sur’at o‘rtacha 3,8 % ga yetgan. 
Nazorat savollari 
1. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) da rivojlanayotgan mamlakatlarning 
o‘rni va roli qanday? 
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining umumiy jihatlariga ta’rif 
bering. 
3. Rivojlanayotgan mamlakatlarning eksport va import munosabatlarning 
o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib bering. 
4. Rivojlanyotgan mamlakatlar iqtisodiyotida chet el investitsiyasining roli 
qanday? 
5. Rivojlanayotgan mamlakatlar qarzlarini yechish muammosi yo‘llarini 
ayting. 
6. Rivojlanayotgan mamlakatlarni sanoatlashtirish modeli haqida gapirib 
bering. 
7. «Yashil inqilob» ning mohiyati qanday maqsadlarni ko‘zlaydi. 
8. qaysi davlatlar neft eksporti bilan mashg‘ul mamlakatlar (OPEK) qatoriga
kiradi va hozirda ularning nechasi OPEK tarkibida? 
9. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar (YASM) ni sanab o‘ting. 
10. Yangi sanoatlashgan mamlakatlarning sanoatlashish omillari qaysilar? 


135 
XIII Bob. XITOY IQTISODIYOTI 
1.§. Xitoy iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Xitoy xalq respublikasi (XXR) – hududi jihatidan dunyo mamlakatlari 
orasida uchinchi o‘rinda turadi. Uning umumiy maydoni – 9,6 mln. kv. km. 
Aholisi 1 mlrd. 350 mln. kishidan ziyod. Mamlakatda 50 dan ortiq millat vakillari 
yashaydi. Xitoy millatiga mansub aholi esa 94 %ni tashkil etadi.
Xitoyning uch ming yillik tarixi guvohlik berishicha, uzoq yillar o‘ta qoloq 
«hayot qurib podsholik»ka buysingan xitoyliklarning kattagina qismi milodiy 
yillarga kelib sivilizatsiyalashayotgan yangi hudud aholisiga yaqinlasha borgan. 
Natijada hech qaysi davlat tarixida uchramaydigan holatda, ya’ni qisqa davrda 
varvarlar (madaniyatdan chetda qolgan chet elliklar) kabilari turmush tarzini 
yaxshilovchi an’analar va madaniyatli hayot uchun «tez asirga tushgan» lar 
sirasiga kirgan. Hududlararo madaniyatli turmush kechirishga bo‘lgan o‘zaro 
ko‘maklar tufayli Xitoyning umumiy hududi kengayib borgan. 
Hozirgi Xitoy 26 ta provinsiya holda uchta markaziylashgan shaharlardan 
(Pekin, Shanxay, Tyanzin) tarkib topgan. Xitoy iqtisodiyoti umumiy mulkchilik 
tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Bu yerda hali ham besh yillik davlat rejalari 
mavjud bo‘lib, taraqqiyot shu reja asosida yuksalmoqda. Shu sababdan ham Xitoy 
dunyoda eng yirik sanoat korxonalariga ega davlat, deya ta’riflanadi. Umumiy 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda 4-o‘rinni, korxonalar 
soni ko‘pligi jihatidan esa 8-o‘rinni egallaydi.
Xitoy iqtisodiyotida energetika kompleksi (ko‘mir sanoati) yetakchi rol 
o‘ynaydi. Mamlakatning neft o‘chog‘i sanalgan – Datsan hududida Xitoyning teng 
yarim nefti qazib olinadi. Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi GES va GRESlar 
esa asosan Yanszi va Xuanxe daryolarida qurilgan. 1980 yillardan boshlab ximiya 
sanoati, mineral o‘g‘itlar (azot) mahsuloti, kimyoviy va farmatsevtikaga oid 
tovarlar ishlab chiqish rivojlana boshlandi. 
Xitoy yengil sanoatida to‘qimachilik (ipakchilik va paxtani qayta ishlash) 
sohasi asosiy tarmoq bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, Xitoy iqtisodiyotida qishloq 
xo‘jaligi ham yetakchi rol o‘ynaydi. Asosiy dehqonchilik qilinadigan yerlar 
mamlakatning sharqiy hududlari hisoblanib, u yerlarda ko‘p miqdorda sholi, g‘alla, 
makka va choy yetishtiriladi. Xitoy mamlakati hududi uch xil iqtisodiy mintaqaga 
bo‘linadi. 
1. Sharqiy (dengizbo‘yi) mintaqa. Bu mintaqada iqtisodiy munosabatlar 
ancha taraqqiy etgan. Bu yerda yirik sanoat markazi, erkin iqtisodiy hududlar 
(EIH), dengiz portlari, trans-milliy korporatsiya (TMK)larning xalqaro ofislari 
joylashgan. 
2. Markaziy mintaqada issiqlik va energiya ishlab chiqarish, kimyoviy 
mahsulotlar, xomashyo va yarim fabrikat tovarlar hamda savdo-sotiq rivojlangan. 
3. G‘arbiy mintaqa. Bu yerda esa chorvachilik tarmoqlari rivojlangan. 
Shuningdek, g‘arbiy mintaqada xilma-xil mineral xom ashyolar qayta ishlanadi. 


136 
XXR – barcha qadimiy ishlab chiqarish texnologik usullarini saqlab qolgan 
davlat sanaladi. Masalan, qishloq xo‘jaligida asosan qo‘l kuchi bilan mahsulot 
tayyorlanadi. Ayniqsa, qishloq joylarda bu juda ommalashgan. Faqat 
shaharlardagina mahsulotlarni tayyorlash mashinalashtirilgan, xolos. 
Hozirgi paytda Xitoy iqtisodiyoti yiliga 7-10 % gacha o‘smoqda. Bu 
yutuqning asosiy omillari bo‘lib ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va tizimli 
siljish holatlarida ko‘rinadi. Ayniksa hozirgi davrda Xitoyda yengil sanoatda qayta 
ishlash va sifatli xizmatlar ko‘rsatish sohalari benihoya ravnaq topmoqda. 2004 
yilda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida yangi tarmoqlar hissasi 
qariyib 30 foizgacha oshdi. (1990 yillar boshida u -10 % edi). 
Xitoy dunyodagi eng erkin iqtisodiy hududlar yaratgan mamlakatlardan biri 
sanaladi. Ayni paytda bu yerda 2100 dan ziyod xorij firmalari samarali faoliyat 
yuritmoqda. 
XXI asrning dunyo sanoat mahsulotlari YAIM tayyorlashdagi ulushi yildan-
yilga ortib bormoqda. Ammo, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarilishini 
hisoblaganda Xitoy rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichidan birmuncha past 
ekanligi ma’lum bo‘ladi. Har holda Xitoy o‘zida mavjud imkoniyatlardan uzoq 
kelajakni o‘ylagan holda foydalanilmoqda. Uning yalpi milliy mahsulot (YAMM) 
hajmida Yaponiyadan keyingi o‘rinda turishi ham bundan dalolat beradi. 
2.§. Xitoyda iqtisodiy islohatlarning kechishi 
1967 yildan boshlab Xitoy madaniyatidagi o‘zgarishlar uning iqtisodiyotiga 
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Aslida 1958 yilda Mao Szedun tomonidan taklif etilgan 
«Katta sakrash» yo‘nalishi Xitoyni 5-10 yil ichida dunyoning iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlari qatoriga olib chiqishi kerak edi. Mamlakat xalq xo‘jaligi oldiga 
amalda bajarib bo‘lmaydigan – cho‘yan va po‘lat eritish, ko‘mir-u, neft qazib 
chiqarishdek og‘ir vazifalar yuklatildi. O‘sha davr iqtisodiy siyosatiga ko‘ra, yer, 
suv, hatto hovli, uy-joylar ham jamoat mulki bo‘lib sanalardi. Xullas, sotsializm 
qurishning xitoycha usuli xalq xo‘jaligini batamom izdan chiqardi. Sanoat va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi pasayib ketdi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy 
hayotida jiddiy muammolar ko‘paydi. Mao Szedunning o‘limi (1976) dan so‘ngina 
Xitoy iqtisodiy taraqqiyotida ijobiy siljishlar ro‘y beraboshladi. 1978 yilda Xitoy 
kommunistik partiyasi esa «katta sakrash» ga milliy falokat deb baho berdi. Shu 
yildan boshlab mamlakatda iqtisodiy islohatlar amalga oshirila boshlandi. 
Islohatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir kishi boshiga olinadigan 
daromadni o‘rtacha rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazilishidan iborat edi.
Bu islohatlarda quyidagi muammolarni bartaraf etish mo‘ljallandi: 

rejali mahsulot tayyorlashda to‘liq aholi ehtiyoji uchun mahsulot 
ishlab chiqarishdan yarim ehtiyojni qondiruvchi tovar ishlab chiqarish 
tizimiga o‘tish; 

agrar sohadan sanoatlashuvga, qishloq ishlab chiqarishidan esa 
posyolka va shahar turiga o‘tish; 


137 

«o‘z kuchiga tayanish» yo‘nalishidan «ochiq eshiklar» siyosatiga 
o‘tish; 

«axloqiy prinsip» lar tashkiliy tuzilmasidan haq-huquqlarga ega 
tuzilmalarga o‘tish. 
Bu islohatlar tarixiy-madaniy, iqtisodiy-siyosiy an’analar bayrog‘i ostida 
amalga oshira boshlandi. Islohatlar «Rejali iqtisodiyot-asosiy, bozor boshqarilishi 
ko‘mak beruvchi» aqidasiga tayangan holda kechdi. 1984-1990 yillarda Xitoyda 
sotsialistik bozor iqtisodiy tizimi yaratildi. Unga ko‘ra tovarni baholash markaziy 
masala sanaldi. Bu tizimga o‘tish erkin narx va iste’molchi talabiga mos bahodagi 
mahsulot ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi. 
Bu islohat uch bosqichda amalga oshiriladi. 

davlat baholarini qilingan harajatga yaqinlashtrish; 

mamlakatda mavjud belgilangan narxlarni markazlashtiril-ganidan 
erkin narxlarga bosqichma bosqich o‘tkazish; 

mahsulot ishlab chiqarishdagi va iste’moldagi narxlar mutanosibligini 
doimiy ravishda nazorat qilish. 
Xitoyda 1990 yillar boshida bozor munosabatlaridagi islohatlar modeli 
sotsialistik bozor iqtisodiyoti nomini oldi. Uning asosiy xususiyati umumiy, 
jamoatchilik tarzida mahsulot ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish orqali 
iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat edi. Bu islohat bo‘yicha davlat korxonalarida 
faoliyat yuritayotgan kishilar mulkka davlat va umumiy mulk tarzida munosabatda 
bo‘lishlari shart qilib qo‘yildi. Metall qazib olish davlat monopoliyasiga aylandi. 
Xitoy davlatchiligi uzoq tarixdan buyon imperiya tizimida kelmoqda. Unda 
davlat mulki – asosiy shakl bo‘lib harbiy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
barcha mulklar davlat mulki hisoblanadi. Masalan, Xitoyda tovar-pul 
munosabatlari hech qachon aholi turmushi uchun xizmat qilmaydi. U faqat 
umumiy foydalanish masalalariga yo‘naltiriladi, xolos. 
Agrar sohadan sanoatlashuvga o‘tish. Xalq kommunalari yer shartnoma 
asosida dehqonga berilib, u esa ortiqcha mahsulotini o‘zi istaganicha tasarruf etish 
huquqiga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi. So‘nggi yillarda qishloqda ishlab 
chiqarish 1984 yillarga nisbatan 14 marta, aholi ish bilan bandligi 4 marta oshdi. 
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ulushi YAIM tayyorlashda 40 % gacha ortdi va bu 
ijtimoiy ta’minotda katta foyda berdi. Qishloq aholisi daromadlaridan 50 % soliq 
byudjetga undiriladigan bo‘ldi. 
Xitoyda qishloq ishlab chiqarishdan posyolka va shahar turiga o‘tish 
mamlakat iqtisodiyoti rivojida katta ahamiyat kasb etdi, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Mamlakatda «ochiq eshiklar» siyosati tufayli olis qishloq larga AQSH, 
Yaponiya va Yevropa davlatlarining kompaniya va firmalari kirib keldi. Bunga esa 
Xitoy hukmati yetarli darajada sharoit yaratdi. Ya’ni, ular har qanday soliq va 
bojlardan ozod etildi. Bu yerdagi arzon ishchi kuchi esa xorij ishbilarmonlariga 
xush yoqdi. Natijada Xitoydan aksariyat qishloqlar posyolka va shahar singari 
sanoatlashdi, zamonaviy texnologiyalar bilan boyidi. 
To‘lik o‘z aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqarishdan, yarim 
ehtiyojni qondirish tizimiga o‘tish ham xitoy iqtisodiyoti rivojiga ko‘mak berdi. 


138 
Endilikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy haridori davlat bo‘lib qoldi va 
u bu mahsulotlarni eksport qilishga qattiq e’tibor qaratdi. Natijada mamlakatga 
ko‘shimcha valyuta kiritildi. Aholi daromadi oshishi hisobiga hosildorlik va 
unumdor yerlardan foydalanish kuchaydi. Masalan, paxtaning yalpi hajmi 15 % 
gacha, choy bargini yig‘ish esa 22 % ga oshdi. 
1979 yillar boshida Xitoy davlati chet el investorlariga barcha eshiklarni 
ochib berdi. Xitoydan tashqarida yashayotgan 60 mln. xitoylikning barchasi o‘z 
investitsiyalarini Xitoyga olib kelib ish boshladi. Ular keyingi yillar ichida Xitoy 
iqtisodiyotini tezlik bilan rivojlantirish, jahon bozorlarida haridorbop, sifatli 
mahsulotlar, tovarlarning olib chiqilishiga asosiy dastak sifatida faoliyat yuritdi. 
Mamlakatga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish maqsadida Xitoy 
xukumati dengizbo‘yi rayonlaridagi 4 ta asosiy shahar – Shanxay, Chjuxay, 
Shantod, Xoykoularni «erkin iqtisodiy hudud» deya e’lon qildi. 1984 yilda xorij 
investorlari uchun 14 ta dengiz portlari tashkil etildi. Yaratilgan qulay imkoniyatlar 
evaziga g‘arblik ishbilarmon doiralar mamlakat ichki bozorlarini sifatli 
mahsulotlar bilan to‘ldirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan birga Xitoy 
eksportining 40 % ini uddalab keldi.
Xitoy xorij investorlari uchun yana 18 ta shaharlarni tashkil etdi. Aniqrog‘i, 
ishchi kuchi arzon bo‘lgan qishloqlarni shaharlashtirdi. Natijada, bu yerda 
transmilliy korporatsiya (TMK) majmuasiga kiruvchi butun boshli yirik zavodlar, 
korxonalar qurilib, ishga tushdi. Xitoy hukmati 22 holatda investorlarga sog‘lom 
sharoit yaratuvchi ro‘yxat tuzdi va buning amalini qat’iy nazoratga oldi. 
Shaharlarda alohida ular uchun valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etdiki, 
xorij investorlari bu yerdagi mavjud xomashyo va zarur mahsulotlarni milliy pul-
yuanda harid qilsin. 
Mamlakatda yangi korporativ siyosat joriy etildi va unga ko‘ra avtorlik 
huquqini muhofaza etuvchi me’yoriy akt qabul qilindi. Bu qulaylik sharofati bilan 
Yaponiya, AQSH va G‘arbiy Yevropa investitsiyalar oqimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kirib kelishi faollashdi. 
1992 yilda Xitoy jahon andozalariga mos, zamonaviy xizmat ko‘rsatishga 
yo‘naltirilgan va Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga to‘g‘ri keladigan yangi 
bozor yo‘nalishlariga ham keng yo‘l ochdi. Natijada xorijlik investorlar uchun 
ilgari mavjud bo‘lmagan iqtisodiy sektorlar xususiylashtirish, transport, 
telekommunikatsiya, yo‘l taraqqiyoti, erkin savdo, sug‘urta, buxgalterlik xizmatlari 
va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari bo‘yicha faoliyat yuritishga doimiy 
yo‘l ochildi. Bu borada qo‘shma korxonalar, yangi sohalar bo‘yicha ilk bor faoliyat 
boshlagan firmalarga alohida imtiyozlar, texnologiyalar keltirish va eksport qilish 
uchun qulayliklar yaratildi. Xitoy uchun harakterli jihati undaki, tez fursatda 
mamlakatdagi aksiyadorlik qo‘shma korxonalardagi chet ellik investorlar ulushi 22 
% dan 50 % ga o‘sdi. Ulardagi hissa investorlar tomonidan mablag‘, texnologiya 
va zamonaviy uskunalar bo‘lsa, shu yerlik tadbirkorlar tomoni esa infratuzilma, 
mehnat resurslari va zarur aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. 
So‘nggi yillarda Xitoyda 100 % xorij kapital evaziga faoliyat yuritayotgan 
korxonalar soni ko‘paydi. Ilgari bunday korxonalar faqat «erkin iqtisodiy hudud» 
lardagina bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ularni Xitoyning istalgan joyida ko‘rish mumkin. 


139 
Bungacha Xitoy hududiga yangi, texnologiya va zamonaviy dastgohlarni kirituvchi 
xorij tadbirkorlariga katta imtiyozlar, imkoniyatlar yaratilgan. Ular qonun bo‘yicha 
har qanday tahdidlardan muhofaza qilinadi.
1995 yilda Xitoyda chet el kompaniyalari tomonidan xolding kompaniya 
tashkil etish bo‘yicha qonun qabul qilindi. Unda yozilishicha, xolding 
tashkilotlarida uchta imkoniyat bo‘lishi shart qilib ko‘rsatildi. Birinchidan, 
kompaniya moliyaviy jihatdan albatta tetik bo‘lishi zarur. Uning aktivlari kamida 
400 mln. AQSH dollarini tashkil etishi shart; ikkinchidan, aksiyadorlik kapital 
jamg‘arma ulushida eng kam bo‘lganda 10 mln. dollarlik aksiyaga ega bo‘lishlik; 
uchinchidan esa Xitoydagi hech bo‘lmaganda uchta investitsiya loyihasini 
ma’qullashi kerak. 
Xitoyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasini jalb etish uchun turli 
rag‘batlarga moslashmoq talab etiladi. Ular o‘z ichiga soliqqa oid ta’tillar, import 
tariflari bo‘yicha imtiyozlar, chet el xodimlarini kabul qilish va kuzatish 
tartiblarida yengilliklar yaratishni qamrab olgan. 
Agar investitsiyalar hajmi mamlakat belgilagan darajadan past bo‘lsa, 
mahalliy hokimiyat hech qanday maxsus ruxsatnomasiz xorij investitsiyasi 
mablag‘lariga xususiy korxonalar mablag‘larini ham qo‘shishi mumkin. Bu 
holatda ishlab chiqarishdan kelayotgan foydaning ko‘proq ulushi mahalliy 
tadbirkorga tegadi. Bu esa shu yer bozorini to‘ldirish va ichki davlat xo‘jalik 
aylanmasining o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. 
Ijtimoiy jihatdan aholining ko‘chishi ham iqtisodiyotning yangi qirralarini 
ochishga ko‘mak beradi. Mamlakatda har yili 50 mln. aholi hududdan hududga, 
qishloqdan shaharga ko‘chadi. Bunga davlat qabul qilgan «bolalarini almashtirish» 
amaliyoti ham asosiy sabablardan biri edi. Chunki Xitoyda korxona yoki 
tashkilotda ishlayotgan har bir ishchi yoki xodim pensiyaga chiqadigan bo‘lsa, 
uning o‘rniga farzandi kelib ishlashi mumkin, degan konsepsiya qabul qilingandi. 
Bu tabaqachilik munosabatlarni saqlab qolgan bo‘lsada, ishda zamonaviy 
menejment usullarini taraqqiy ettirishda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois 1980 yillar 
boshida bu konsepsiya bekor qilindi, ishlash uchun erkin raqobat asosida tanlash 
imkoniyati yaratildi. 
Xitoyda ta’lim muammosi ham o‘tkir masala hisoblanadi. Ayniksa, qishloq
xo‘jaligi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi sohalarga qaraganda ikki barobar bilimsizlik 
yuqori hisoblanadi. Bu sohada taxminan 8,5 foiz aqliy yetuklik bilan ishlaydigan 
kishilar bor xolos. XXR da «yangi savodsizlar» tushunchasi mavjud. Har yili 4 
mln. dan ziyod bola boshlang‘ich maktabni, 2 mln. o‘quvchi to‘liqsiz o‘rta 
maktabni tark etadi. 2 mln. dan ortiq yoshlar esa umuman o‘qishni istashmaydi 
yoxud bunga sharoit topmaydi. So‘nggi yillarda Xitoyda ingliz tilini o‘rgatish keng 
ommalashmoqda. 
Keyingi 20 yil ichida kechgan iqtisodiy islohatlar tufayli Xitoyning YAIM i 
5,6 martaga ko‘paydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi 7 barobarga o‘sdi, aholi jon 
boshiga mahsulot taqsimoti 4,5 martaga oshdi. Islohatlar jarayoni boshida 
mamlakatning 250 mln. aholisi (5 dan 1 aholi) qashshoqlikda turmush kechirardi, 
ya’ni yillik daromad odam boshiga 50 AQSH dollarini tashkil etardi, xolos. Ayni 
kunda kambag‘allikda kun kechirayotgan aholi soni 36 mln. gacha kamaydi va bu 


140 
jami aholining 3 % ini tashkil etadi. Islohat davrida sinalgan yo‘l iqtisodiy nochor 
aholini ijtimoiy himoya qilish bundagi Xitoy siyosatining bosh yo‘nalishlaridan 
biri va mamlakatdagi kam ta’minlangan aholi qatlami muntazam himoyada. 
Hozirgi kunda qo‘shma korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmi 
jihatdan Xitoy dunyoda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va 
Angliyadan keyingi 7–o‘rinni egallaydi. Valyuta zahirasi jihatidan faqat 
Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi (150 mlrd. AQSH dollar). XXR 
xo‘jaligida po‘lat eritish, ko‘mir qazish, rangli televizorlar chiqarish bo‘yicha lider 
hisoblansa, elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 
ikkinchi o‘rinda turadi. So‘nggi 20 yilda g‘alla tayyorlash mamlakatda 2 
baravarga, go‘sht ishlab chiqarish 6 baravarga, baliq va dengiz mahsulotlari 
tayyorlash 7 baravarga ortdi.
Xullas, so‘nggi chorak asrda mamlakatda kechgan iqtisodiy islohatlar tufayli 
Xitoy xalq respublikasi olamshumul yutuqlarga erishdi va erishmoqda. Hatto 
bugungi kunda ayrim karomatgo‘ylar: «XXI asr-Xitoy asri bo‘ladi» deb 
aytishmoqda. Ammo nima bo‘lganda ham bu mamlakat imperiyaligicha qolib 
kelmoqda. Bir kun kelib Xitoy ham ozod huquqiy demokratik davlatga aylanishi 
shubhasiz. Zero, unda yashayotgan buyuk mahnatkash xalq shunga loyiq. Bugun 
esa iqtisodiy barqarorlik va jamoat qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar to‘liq 
davlat nazoratida. 
3.§. Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari 
Aytish mumkinki, tashqi iqtisodiy siyosat har qanday milliy iqtisodiyot 
taraqqiyotini ta’minlashning muhim vositasidir. Shu ma’noda Xitoyning tashqi 
iqtisodiy siyosati jahon bozori bilan mustahkam bog‘liq holda eksportga 
ishlaydigan tarmoqlari ustunlik qiladigan ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirishga 
qaratildi. Xitoy iqtisodiy islohatlar davrida katta hududga, ko‘p millionli aholiga va 
xilma-xil resurslarga ega bo‘lgan har qanday mamlakat ham boshqa davlatlar bilan 
doimiy va keng ko‘lamdagi iqtisodiy aloqallarni yo‘lga qo‘ymas ekan rivojlanish 
haqida o‘ylash ham ortiqcha, degan qarorga kelgandi. 
Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalarida «davlatning tuganmas quvvatlari 
majmuasi» degan aqida mavjud. Bu aqida tufayli mamlakat ichkarisidagi ishlab 
chiqarish korxonalarini yanada mukammalroq texnikalar bilan qurollantirishga, 
ilg‘or texnologiya va ilmiy-texnik tajribasi hamda ishlab chiqarishning yanada 
unumliroq tuzilishini joriy etishga tabiiy resurslarni o‘zlashtirishga, 
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam berib, yangi buyumlar 
chiqarishni tashkil etishga ketadigan vaqtni qisqartirib, ishlab chiqarish va butun 
xo‘jalik faoliyatini oshirishga, hosil qilingan milliy daromadni ko‘paytirishga 
erishilmoqda.
Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari taraqqiyotida tashqi savdo muhim rol 
o‘ynaydi. XXR ning tovar ayirboshlash hajmi 325 mlrd. dollarni tashkil etdi. (Bu 
dunyoda 10 o‘rin deganidir). Har yili xorijga mahsulot chiqarish 4 % dan 20 % 


141 
gacha oshib boradi. Tovar eksporti mamlakatga 75 % valyuta tushumini 
ta’minlaydi. Eksport hajmi jihatidan Xitoy jahonda 13-o‘rinda, import hajmi 
jihatidan esa 16-o‘rinni band etadi. 
Xitoy tashqi savdosi uchun eng muhim vazifa bu texnik va texnologiyalar 
yaratib, uni chetga sotishdir. Bu borada ham mamlakat ancha yuqori ko‘rsatkichga 
ega. Shuningdek, Xitoy chetdan zamonaviy texnikalar harid qilishni ham kanda 
qilmaydi. So‘nggi yillarda shunday texnologiyalar mamlakatga kiritilgani sababli 8 
ming xildan ziyod yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga erishildi. XXR 
dunyoda paxta mahsulotlari va tabiiy ipak gazlamalari hamda elektronika va 
mashinasozlik tovarlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Xitoy 
eksportida tayyor mahsulotlar jami tashqi savdoga chiqarilgan mahsulotlarning 2/3 
qismini tashkil etadi. Tashqi savdoda Xitoyning eng ishonchli sheriklari AQSH, 
Yaponiya va G‘arbiy Yevropa davlatlaridir. Masalan, Yaponiya bilan 
mashinasozlik va texnologiya bo‘yicha savdolar 50 % ni tashkil etsa, AQSH 
yuqori texnologik mahsulotlar, samolyot va elektron hisoblash texnikasini harid 
qilish bo‘yicha yetakchi sanaladi. 
XXR da chet el investitsiyasi 200 mlrd. dollarni tashkil etadi. Shuning 70 % 
i xalqaro tashkilotlar va xorij korxonalari kreditlari va zayomlari hajmida 
ko‘rinadi. Dengizbo‘yi rayonidagi 80 % korxonalar xorij kapitali hisobiga faoliyat 
yuritadi. Bu yer erkin iqtisodiy hudud sanalib, chet ellik ishbilarmonlar uchun bir 
qator imtiyozlar rejimi ishlab chiqarilgan. 
Ko‘p yillar davomida Xitoy hukumati uchun Gangkong (Syangan), Makao 
(Aomin) va Tayvan singari yirik hududlarni teng huquqli a’zo sifatida mamlakatga 
qo‘shib olish siyosati o‘z ishini yurgizdi. Chunki, Gonkong hududlari XIX asr 
oxirlarida Buyuk Britaniyaga uzoq muddatli ijaraga berilgandi. Bu muhim siyosat 
tufayli Gongkong 1997 yil 3 iyulda Xitoy ixtiyoriga qaytdi. Faqat hozirda «bir 
davlatda ikki tizim» formulasi mujassam. Tan olish kerakki, Gongkong so‘nggi 50 
yil ichida kuchli rivojlandi. Bugun bu yerdagi mavjud imkoniyatlar XXR 
iqtisodiyotining muhim ustunlaridan biri sanaladi. Syanganda chet el investitsiyasi 
hajmi mamlakatning qariyib 3 dan 2 qismiga teng. Investitsion kontraktlar esa 80 
% ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanma (oborot)da esa uning ulushi 40 % ni 
tashkil etadi.
Tayvan hududi esa 1940 yilgacha Xitoyning bir bo‘lagi sifatida bo‘lib, ko‘p 
yillar XXR oppozitsiyasi hisoblandi. 1990 yilda ikki mamlakat o‘rtasida aloqallar 
yaxshilandi. Tayvan bugungi Xitoy iqtisodiyotida investitsiya hajmi jihatidan 
Syangandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 
Resurslarning qo‘shilishi, Tayvan kapitali va texnologiyalari, Syangan va 
Makao (Aomin)ning tashqi savdo aloqalari birlashishi «Katta Xitoy» ni 
yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan hudud bo‘lib qoldi. 
AQSH Xitoy bilan 1979 yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. 1980 yillar 
boshida Xitoy va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin kuchaydi. Xitoy xalq 
xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun mashinasozlik va 
elektronika mahsulotlari import qilindi. O‘z navbatida AQSH ga birinchi darajali 
xomashyo mahsulotlari yetkazildi. O‘sha paytda Xitoy va AQSH savdo saldo 
balansi barqarorlashdi va bu 60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. 


142 
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar siyosiy munosabatlarning yaxshilanishiga 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Boshqa sohalar bo‘yicha ham keng ko‘lamdagi 
ayirboshlash siyosati amalga oshirildi. Ammo, 1992 yillarda Xitoy rivojlanish 
yo‘liga chikib olgach, har qanday ishlab chiqarish sohasida Amerika bilan 
raqobatlashish darajasiga yetdi. Oqibatda ikki davlat o‘rtasida «savdo urushi» avj 
oldi. Bunga Xitoyning AQSH dan import qilinadigan tovarlar yo‘lidagi bevosita 
taqiqlashlar, kvotalar, litsenziyalar, sifat andozalariga rioya qilishga ortiqcha 
talablardan iborat g‘ovlarni olib tashlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Chunki 
XXP ma’murlari AQSH bilan savdoda katta ustunlikka erishgan edi va o‘zaro 
savdodagi ahvol xitoyliklar foydasiga hal bo‘lardi. Oxir-oqibat AQSH xalqaro
savdoda eksportni sezilarli tarzda cheklashni lozim ko‘rdi. 
Yaponiya Xitoy bilan o‘zining tashqi iqtisodiy aloqalarini 1972 yildayoq 
me’yorlashtirgan edi. 1979 yilda esa ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik 
shartnomasi imzolandi. Yapon firmalari Xitoy bozoriga faol kirib bordi. XXRning 
tashqi savdo oborotida Yaponiya ulushi 20 % ni tashkil etadi. Yaponiya Xitoyga 
texnologik uskunalarni eksport qilsa, u yerdan katta hajmda xomashyo va 
yarimfabrikat mahsulotlarni import qiladi. Xitoyda Yaponiyaning imtiyozli 
kreditlari mavjud. Bir so‘z bilan aytganda barcha sohalarda bu ikki mamlakat 
o‘rtasida istiqbolli munosabatlar yo‘nalishida shakllangan. 
XXR ning Janubiy Koreya bilan aloqallari ham yildan-yilga yaxshilanib 
bormoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasida birinchi qo‘shma korxona 1985 yilda 
tashkil topdi. Janubiy Koreyadan 50 dan ortiq to‘qimachilik, elektrotexnika va 
terini qayta ishlovchi korxonalar texnologiyalari keltirildi. 1992 yil avgustda bu 
mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va bu iqtisodiy sohalar 
rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd. 
dollarga yetdi. 
Nazorat savollari 
1. Xitoyning zamonaviy shart-sharoitga ega iqtisodiy imkoniyatlari qanday 
baholandi? 
2. Xitoy iqtisodiyotida 1970-80 yillarda qanday siljish tizimi amalga 
oshirildi? 
3. Xitoy qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida o‘ziga xos qanday jihatlar 
mujasssam, deb o‘ylaysiz? 
4. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarish modeli nechog‘li e’tiborga, 
afzallikka ega deb o‘ylaysiz? 
5. Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojidagi asosiy xususiyatlarni sanab 
o‘ting? 
6. Xitoy iqtisodiyoti rivojida xalqaro munosabatlarning o‘rni haqida
gapirib bering. 


143 
XIV Bob. ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIYOTI 
1.§. Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli 
Rossiya Federatsiyasi (RF) 17,1 mln. kv. km. lik katta hududga ega bo‘lib, u 
egalab turgan terrritoriyasi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Rossiya 
Sharqiy Yevropaning katta qismini va Osiyo qit’asining ma’lum maydonini 
tasarruf etgan. Rossiya hududi jihatidan butun G‘arbiy Yevropa davlatlari egallab 
turgan maydondan ham bir necha bor ziyod va 14 ta chet el davlatlari bilan 
chegaradoshdir. 
Mamlakat aholisi – 146 mln. kishidan iborat bo‘lib, u aholi soni jihatidan 
dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin 6-o‘rinda 
turadi. Aholi tarkibi xilma-xil bo‘lib, unda 100 dan ortiq turli millat vakillari 
istiqomat qiladi. Shuning 83 foizi ruslardan iborat. 75 foiz aholi esa shaharlarda 
yashaydi. 
Rossiya Federatsiyasi mustakil davlat sifatida 1991 yil 12 iyulda e’lon 
qilindi. U BMT va MDH a’zosi. Davlat tuzumi – federativ respublika. Rossiya 
Federatsiya 20 ta avtonom respublika va 10 ta avtonom okrugi ma’muriy 
hududdan iborat. 
Rossiya jahon iqtisodiyotida jiddiy o‘rin tutadi. Dunyo xo‘jaligidagi 
YAIMda Rossiyaning ulushini solishtirganda, u AQSH ulushidan 10 martaga, 
Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Eron ulushidan 5 martaga kam ekanligi ma’lum 
bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida Rossiya investitsiyasining solishtirma salmog‘i bor-
yo‘g‘i 1 % ni tashkil etadi. Tashqi savdo borasida ham u jiddiy ulushga ega, 1,4 %. 
Bu esa rivojlangan mamlakatlar salmog‘idan ancha kam, janubiy Koreya ulushidan 
esa 2 baravar kam ekanini ko‘rsatadi. Ammo Rossiya qurol-aslaha zihirasiga 
egaligi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi (55%), harbiy harajatlari esa 
AQShnikidan 16 baravarga, Xitoy qiladigan harajatdan esa 4 baravarga past. 
Rossiyaning tashqi dunyodagi qarzi deyarli yo‘q hisobida. 
Dunyo YAIMida rivojlangan g‘arb mamlakatlarining ulushi tobora 
pasayayotgani jahonda Rossiya singari rivojlanayotgan mamlakatlarning 
kuchayotgani bilan harakterlanmoqda. Ekspertlar ta’kidlashicha, ularning ulushi 
2015 yilga borib 7,8 foizga qisqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 3,5 
% ga ortadi. YAIMda umumiy ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Rossiya bu davr 
ichida 15-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilishi taxmin etilmoqda. RF aholi jon boshiga 
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida kuchli oltilikka 
kirishi kutilayotir. 
2.§. Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish
imkoniyatlarining o‘ziga xosligi 
Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo‘yicha 
asosiy rol o‘ynaydi. Mamlakatning bugunda mavjud bo‘lgan qimmatbaho yerosti 
va yer usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi. Hozirda Rossiya 


144 
dunyodagi jami yerosti qazilmalarini qazib olish bo‘yicha yetakchi sanaladi. 
Xususan, bu yerda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko‘miri, 14 
% temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar qazib olinadi. Rossiya 
MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. 
U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 
% - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o‘rmonlar aholi jon boshiga 5 
gektardan ortiqroq to‘g‘ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8 
gektarni tashkil etadi). 
Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30-
60 %i zahira esa rentabellsiz hisoblanadi. Shu bois milliy boylik summasining 8-10 
%ini ma’danli – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin qilingan 28 trln. 
dolaridan 1,5 trln. dollarigina hozirda foydalanishga yaroqli sanaladi. 
Rossiya toshko‘mir va ko‘mirni qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilik 
qiladi. Ammo, so‘nggi yillarda mamlakatda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
vaziyatlar tufayli ko‘mir qazib olish shaxtalari va kar’erlaridagi ish unumli 
pasaydi. Mamlakat 1980 – yillarda temir rudasi qazib olish va po‘lat eritish 
bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egalladi. Biroq bu foydali qazilmalarni qazib olishda 
1990 yillar o‘rtasida Rossiyada ikki hissaga kamaydi. Ayniqsa, po‘lat eritish 
borasida mamlakat hatto Qozog‘iston va Ukraina ko‘rsatkichidan ham pasaydi. 
Hozirgi paytda Rossiyada qimmatli, ammo kam uchraydigan metallar qazib 
chiqarish deyarli to‘xtagan. Biroq, bu xomashyolar mavjud. Oltin, kumush, platina, 
olmos, qimmatbaho toshlar har qanday davlat uchun valyuta xomashyo sanaladi. 
Rossiya bu mineral qazilmalarga boy. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida oltin qazib olish 
bo‘yicha (yillik-300-400 tonna) mamlakat dunyodagi Janubiy Afrika Respublikasi 
(JAR) dan keyingi 2-o‘rinda edi. Hozir esa Rossiyada yiliga 100 tonna atrofida 
oltin qazib olinadi. U bu borada dunyoda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), 
AQSH, Avstraliya, Kanada va Xitoydan keyingi 6-o‘rinni egallaydi. 
Issiqlik va energetika majmuasi mavjudligi jihatidan ham Rossiya oldingi 
o‘rinlardan joy olgan. U aholi jon boshiga elektr energiya va boshqa elektr 
mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha G‘arbiy Yevropaning rivojlangan 
mamlakatlari va Shimoliy Amerika davlatlaridan 1,5-2 marta ko‘p ishlab chiqarish 
salohiyatiga ega.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatda mavjud bo‘lgan asosiy 
ma’danli qazilmalarni qazib olish va uni iste’mol uchun ta’minlash borasida 
Rossiya xorij mamlakatlaridan ancha orqada qolgan. Masalan, Rossiyada shunday 
qazilma boyliklarni izlash – geoglogik ishlari hali talab darajasida emas. 
Rossiyada sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik sohalaridagi mavjud 
texnologiyalarning eskirgani (50% gacha) va transport xizmati borasidagi eskirish 
(46% gacha) ancha achinarli holatni keltirib chiqargan. Bu yerda texnologiyalardan 
foydalanish muddati o‘rtacha 17 yil (AQShda 6-8 yil) ni tashkil etadi. Bu esa o‘z 
navbatida ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatbardosh bo‘lishida salbiy ta’sir 
ko‘rsatmokda. Chet el mahsulotlari bilan solishtirganda ularning sifatliligi 30% 
gacha kam tarzda qabul qilinmoqda. 
Qishloq xo‘jaligida investitsiya kiritilishi yildan-yilga qisqarib bordi, ammo 
uning oldini olishning iloji topilmayapti. Masalan, 1992 yildan buyon sohaga 


145 
mablag‘ va kapital kiritish hajmi yiliga 16% dan 60% gacha kamayib bordi. 
Oqibatda Rossiya iste’mol uchun oziq-ovqat mahsulotlarining 60% ini import 
qilishga majbur bo‘ldi. Umuman olganda, Rossiyada qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirish 1990 yilda 35 % ga kamaydi. Jumladan, g‘alla-46% ga, 
qand lavlagi-40% ga, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 40% ga, sut mahsulotlari-30% 
ga qisqardi. Mamlakatda qoramollar soni esa 31 % ga, cho‘chqachilik-40%ga, qo‘y 
va echkichilik – 39% ga kamayib ketdi. Buning barchasi Rossiya iqtisodiyotini 
xavfli holatga keltirdi. Shu bilan birga, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilishi ham mamlakatga katta talofat yetkazdirdi. 
Qishlok 
xo‘jaligi mahsulotlarining nobudgarchilik darajasi rivojlangan 
mamlakatlarnikiga nisbatan 10-20 martaga ortig‘icha kuzatildi. 
Sanoati rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar qishloq xo‘jaligini albatta 
moliyaviy mablag‘ bilan ta’min etadilar. Rossiyada esa bu sohani moliyalashtirish 
darajasi 9% ni tashkil etadi, xolos. Vaholanki bu holat Shvesariyada -52, 
Yaponiyada -74, Avstriyada esa -44 % ko‘rsatkichga ega. Qishloq xo‘jaligida 
yaratilgan dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xo‘jalik yuritishning bir turidan 
ikkinchi turiga o‘tib turish sohada o‘zgarishini ta’minlaydi. Rossiyada esa yer 
munosabatlariga ko‘p yillardan buyon e’tibor berilmayotir. Bugun esa mamlakat 
oldida qishloq xo‘jaligida yuzaga kelgan ko‘pchilik tanazzulni yengib o‘tish, 
yerga egasizlik siyosatiga barham berish, sohadagi mavjud imkoniyatlardan 
unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamli islohatni 
amalga oshirish vazifasi turibdi. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallovchi masalalardan 
biri – bu ishchi kuchidir. Rossiya esa dunyoda keksa fuqarolari soni ko‘payayotgan 
birinchi davlatdir. Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyadagi 146 mln. aholining 40 
mln. i nafaqaxo‘rlar hisoblanadi. Mamlakat YAIM aholi jon boshiga yillik 
daromad 1,5 ming AQSH dollari, o‘rtacha yosh esa bu yerda 66 yoshni tashkil 
etadi. Savodxonlik darajasi 99% ni tashkil etib, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar 
yoshlarning 77 % ni tashkil qiladi. Rossiyada ta’limni rivojlantirish uchun 
YAIMdan 3,5 % mablag‘ ajratiladi. 
Hozirda davlat hukumati asosiy e’tiborini ijtimoiy (uy-joy, ta’lim, nafaqa, 
ish haqi, meditsina, demografiya kabi) siyosatga qaratgan. Onalik va bolalikni 
asrash hatto iqtisodiy muammolarga ham daxl qilmokda. Aynan shu borada davlat 
alohida dastur ishlab chiqqan. Negaki mamlakatda o‘lish ko‘p, tug‘ilish kam. Agar 
bugunda buning oldi olinmas ekan 2050 yilga borib, mamlakat aholisi umumiy 
soni 100 mln. nafarga tushib qolish ehtimoli bor. Bu -17 mln. kvadrat kilometr 
hududdagi juda katta aholi soni yo‘qoldi degandir. Ekspertlar ma’lumot berishicha, 
Rossiya hududida 300 mln. dan ortiq aholi yashashi va yaxshi turmush kechirishi 
mumkin ekan. 
3.§. Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari 
Ma’lumki, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 1990 yillar boshidan o‘ta 
boshlagandi. Mamlakatda pala-partish holatda bozor munosabatlariga o‘tilishi 


146 
mayda korxonalarni, zamonaviylashmagan ishlab chiqarish tizimini, tashqi 
iqtisodiy aloqalarda tartibsizlik va korxonalarni xususiylashtirishda qiymat va 
baholash borasidagi mutanosibliklarni keltirib chiqardi. Bu esa mamlakatni ancha 
obro‘sizlantirdi. Endi Rossiya hukumati oldida bu muammoni hal etish uchun 
ikkita yo‘l mavjud edi. Birinchidan, iqtisodiy ahvolni to‘la o‘zgartirish uchun 
aksariyat korxonalarni ishlab chiqarilgan qat’iy tartiblar ostida xususiylashtirish. 
Ikkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish. 
Davlat byudjeti amalda iqtisodiy siyosatga qaratilgan bo‘ladi. Aksariyat 
mamlakatlarda davlat byudjeti shitob bilan o‘smoqda. Dunyo tajribasidan 
ma’lumki, agarda mamlakatda iqtisodiy tahchillik sezilsa, davlat ushbu byudjet 
hisobidan aholi turmush tarzini ma’lum muddatlargacha barqaror ushlab turadi. 
Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib qoldi va hozirgi 
kunda u ijobiy holga kelmoqda. 
Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan 
undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu 
jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda 
isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera 
boshladi. 
Pul-kredit siyosati-davlatni moliyaviy tartibga solishning g‘oyat muhim 
usullaridan biridir. U pirovordida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka 
erishishga qaratilgan. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa 
Markaziy Bank (MB) hisoblanadi. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi: 
mavjud pul zahirasi, MB ning stavkalaridagi foiz darajasi, tijorat banklari 
moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish. 
Davlat qurilishi tofoautlari nuqtai nazaridan hozirda rivojlanayotgan 
mamlakatlarda iqtisodiy munosabatlarni boshqarish vazirlik va idoralarga 
yuklatilgan. Chet el tajribasining ko‘rsatilishicha, bu borada boshqaruv 12-15 ta 
vazirlikdan oshmasligi kerak. Rossiyada esa buning aksi, bu yurtda davlat 
boshqaruvi -24 ta federal vazirlik, 18 ta davlat ko‘mitasi, 17 ta federal xizmat, 5 ta 
federal agentlik, 3 ta federal komissiya va 1 ta boshqarma faoliyat yuritib keladi. 
So‘nggi yillarda boshqaruv tizimida ham juda katta qisqarish ro‘y berdi va u ijobiy 
tomoniga o‘zgardi.
Rossiyada davlat boshqaruvida ma’muriy islohatlarni amalga oshirish uchun 
bugun zamin yetarli. Buning uchun birinchi navbatda iqtisodiy taraqqiyotda davlat 
aralashuvini kamaytirish lozim. Bunga erishish uchun esa zarur qonunchilik 
bazalari ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish, barqaror raqobat muhitini 
shakllantirish, xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l berish va sanoatlashtirish 
faoliyatida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasini hal etish talab 
etiladi. 
Sir emaski, sanoat mahsulotlari rivojlanishi iqtisodiyotning yuksalish omili 
sanaladi. Rossiyada bu borada ichki talab haligacha past ko‘rsatkichda qolmokda. 
Davlat iste’moli uchun real daromadlar va investitsiyadagi asosiy kapitallar o‘sishi 
ham sezilarli darajaga ko‘tarilmagan. 
Har qanday iqtisodiyotning rivojlanishida iste’mol darajasi muhim rol 
o‘ynaydi. Rossiyada esa aholi har qanday mahsulotga nisbatan kuchli ehtiyoj 


147 
sezmaydi. Mahsulot ishlab chiqarishni harakatga keltiruvchi kuch-bu asosan 
investitsiya sanaladi. Investitsiyani mamlakatga kiritish tizimini muqarar yaratgan, 
ya’ni o‘rta va uzoq muddatga sarmoya kiritilishiga erishgan davlatlar yuksalganini 
jahon tajribasi ko‘rsatib turibdi. Biroq, Rossiyada xorijliklar uchun sarmoyani 
joylashtirishga ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sharoitlar talab darajasida 
yaratilgan. Ayniksa bu holat 1998 yilgacha juda xunuk manzara kasb etardi. 
Ammo, 2000 yilga kelib mamlakatga investitsiya kiritish dinamikasi eng yuqori 
cho‘qqiga chiqdi, natijada sanoat ishlab chiqarish salmog‘i 108,1 % ga o‘sdi. 
Keyingi paytlarda yana sarmoya jalb etish borasida qator muammolar ko‘ndalang 
turibdi. Davlat hukumati hozirda bu to‘siqlarni bartaraf etish yo‘larini qidirmoqda. 
4.§. Rossiyaning tashqi savdo aloqalari 
Rossiya iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy aloqalari muhim rol o‘ynaydi. 
Mamlakat YAIMida eksport masshtabi 38 % ni, import esa 16 % ni tashkil etadi. 
Eksport qilinadigan mahsulotlar ichida mineral o‘g‘itlar yetakchi sanaladi, ya’ni 75 
%, qazib olingan neftning esa yarmi, neft mahsulotlari, gaz, sanoatbop yog‘ochlar 
va sellyuloza eksporti esa 30 % ni tashkil etadi. 
Import ulushida esa go‘shtga bo‘lgan talab 20 % ga oshgan bo‘lsa, o‘simlik 
yog‘i, sut mahsulotlari, shakar va sabzavotlarga talab 10% ga ko‘paygan. Tashqi 
savdo vositalaridan keladigan tushum (tariflar, NDS, aksiz) taxminan 30% 
atrofida. 
Tovar ayirboshlash borasida Rossiya dunyoda jiddiy o‘rinni egallaydi. Bu 
jihatdan AQShga dunyo tovarlari eksporti hajmi 12,2 % ga, Germaniyaga-9,7, 
Yaponiyaga-7,3, Fransiyaga -5,5, Buyuk Britaniyaga -4,8% ga va Rossiyaga esa 
atigi 1,2 % ga teng (19-o‘rin). Dunyo tovarlari importi hajmi esa AQShga -18%, 
Germaniyaga – 7,8 %, Fransiyaga-5,3 %, Buyuk Britaniyaga -5,2 %, Yaponiyaga-
4,7 %, Rossiyaga esa 0,5 % kiritiladi (27-o‘rin). 
Rossiya uchun saldo savdo balanslari ijobiy ekani alohida harakterga ega. 
Bu tovar xom-ashyo bozoridagi yaxshi aloqallar samarasidir. Masalan, mamlakat 
uzoq davlatlarga neft, tabiiy gaz, mineral o‘g‘it, yog‘och materiallari, simob, 
alyuminiy xomashyolari yetkazib beradi. Ammo, bunday tovarlar eksporti tizimi 
nomuvofiqlik holatida qolmoqda. 
Rossiya eksporti hajmida issiqlik-energetika resurslari, metallar va ulardan 
tayyorlangan mollar 65%ni tashkil etadi. Mashinasozlik mahsulotlari ulushi esa 
11% dan oshmayotir. Bular garchi pul tushumi borasida mamlakat byudjetini 
to‘ldirish imkoniyatini yaratayotgan bo‘lsada, u milliy boyliklarni qayta ishlanmay, 
arzon narxlarda ketishi jihatidan xavf tug‘dirmoqda. Bular dunyo mamlakatlari 
bilan sog‘lom raqobatni yuzaga keltirmaydi, faqat xomashyoga ixtisoslashgan 
Markaziy va Sharqiy bozorlarida Rossiya Ukraina va Belorussiya bilangina 
raqobatga kelishlari mumkin.
Rossiya savdo munosabatlari yo‘lida rivojlangan mamlakatlar bilan bir 
necha yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Bularning asosiylari Yevropa 
mintaqasidir. Rossiya bilan rivojlangan Yevropa mamlakatlari o‘rtasida to‘rt 


148 
xildagi yo‘l bilan savdo aloqalari o‘rnatilgan. Bular: Yevropa ittifoqi, Markaziy va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Boltiqbo‘yi mamlakatlari hamda Bolqan 
mintaqasidagi davlatlardir. 
Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan aloqalar Rossiya uchun tashqi savdo va tashqi 
iqtisodiy aloqallarda istiqbolli yo‘l sanaladi. YEI Rossiyani yirik savdo sherigi deb 
biladi (bu yerda jami tovar aylanmasining 3 dan 1 qismi Rossiya eksporti ulushiga 
to‘g‘ri keladi). YEI mamlakatlari firmalari Rossiya iqtisodiyotining yirik 
investorlari hisoblanishadi.
Rossiyaning tashqi savdo aylanmasi Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari 
iqtisodiy hamjamiyati (ATES) dagi ulushi 17% ni, Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlaridagi ulushi esa 13 % ni tashkil etadi. 
Mamlakatning eng nufuzli savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Xitoy, 
Niderlandiya, Shvesariya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, AQSH va 
Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga 
tengdir. 
Germaniya Rossiyaning asosiy savdo sherigi sanaladi. Hududi yaqinligi va 
ulgurji narxlari pastligi bois bu rivojlangan davlat Rossiya bilan yuqori sifatga ega 
avtomobillar, maishiy elektronika, kosmetika, parfyumeriya, mebel, kiyim-kechak, 
poyafzal, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar bo‘yicha o‘zaro yaqin aloqalar qiladi. 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari geosiyosiy muhit va hududiy 
yaqinlik jihatidan Rossiya tashqi savdosida alohida o‘rin tutadi. Sharkiy Yevropa 
davlatlari 1990 yillar boshida Rossiya bilan savdo aloqalarini ancha qisqartirgan 
edi, ammo 1995 yildan boshlab bu mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlari 
keskin rivojlandi. Rossiya u tomonga energiya resurslari (neft, tabiiy gaz) eksport 
qilgan bo‘lsa, importga oziq-ovqatlar, kimyoviy mahsulotlar, mashina-texnologiya 
mahsulotlari harid qiladi. 
Polsha ham Rossiya uchun yirik savdo sherigi sanaladi. Rossiya eksporti 
tizimida Polshaga asosan xomashyolar sotilayotgan bo‘lsa, Polshadan esa oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (salkam 40%), dori-darmonlar, kosmetika 
va xalq iste’moli mollari, mashina va texnologiya, qurilish materiallari import 
qilinmoqda. 
Baltikbuyi mamlakatlari va Bolqon mintaqasi bilan Rossiyaning savdo 
munosabatlari yangi iqtisodiy xususiyat kasb etadi. Shuningdek, Rossiya tashqi 
savdosi uchun AQSH va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Yevropa 
davlatlaridan tashqari asosiy savdo sheriklariga aylanmoqda. 
Rossiyaning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi. Mustakil Davlatlar 
Hamdo‘stligi (MDH)ning integratsiyalashuv jarayonlari taraqqiyoti nafakat 
Rossiyaning, balki barcha unga a’zo mamlakatlarning ichki siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi. 
Ma’lumki, MDH tarkibiga 12 ta mamlakat kiradi. Ularning o‘zaro 
munosabatlari tenglik asosida shakllantirilgan va davlat ham, g‘ayridavlat tuzilma 
ham bo‘lmagan hamdo‘stlik a’zolari o‘rtasida bitimlar bilan belgilangan tartibda 
ish olib boradigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali teng huquqlik prinsipi 
asosida amalga oshiriladi. Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida ikkitomonlama 
iqtisodiy munosabatlar, davlatlar o‘rtasida alohida tashkilotlar (ittifoqlar, 


149 
sherikchilik, alyanslar) tuzilgan. Masalan, Belorussiya va Rossiya itifoqi, Rossiya, 
Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston, Xitoy o‘rtasida YevroOsiyo 
iqtisodiy tashkiloti. Bugungi kunda Rossiyaning jami tashqi savdo aylanmasida 
MDH davlatlari ulushi salkam 1/4 qismi tashkil etadi. 
Rossiya savdo faoliyati uchun eng yaqin sherikchilik qilayotgan 
mamlakatlar Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston hisoblanadi. 
Nazorat savollari: 
1. Dunyo xo‘jaligida Rossiyaning o‘rni va rolini ko‘rsatib o‘ting. 
2. Rossiyaning mavjud tabiiy-xom ashyo resurslari va mahsulot tayyorlashga 
doir imkoniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bering. 
3. Iqtisodiy islohatlar o‘tkazilishida Rossiyada kechgan oxirgi yillardagi o‘ziga 
xos xususiyat va yo‘nalishlarni ayting. 
4. Rossiya iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning roli va mohiyatini 
qanday baholaysiz? 
5. Rossiyaning uzoq xorij mamlakatlaridagi savdo sheriklarini sanab o‘ting. 
6. Rossiya Federatsiyasi tashqi iqtisodiy aloqalarida yakin xorij 
mamlakatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini baholang. 


150 
XV Bob. XALQARO VALYUTA-KREDIT MUNOSABATLARI 
1.§. Xalqaro valyuta tizimining tuzilishi va mazmun mohiyati. 
XX asrning o‘rtalarida xalqaro iqtisodiy, moliyaviy va valyuta 
munosabatlari taraqqiyotni haraktga keltiruvchi yangi kuchga aylandi. Umumiy 
bozor va ochiq iqtisodiyot yo‘nalishiga keng yo‘l ochish uchun savdo 
ayirboshlashni jadallashtirish, xalqaro moliyaviy tizimni rivojlantirish, yangi 
valyuta bozorlarini tashkil qilish va turli mamlakatlar o‘rtasida valyuta-pul 
munosabatlarini kengaytirish shartlarini amalga oshirish lozimligini ko‘rsatdi. 
Mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarning turli-tuman shakllarida,ya’ni tovarlar 
va xizmatalar bilan savdo-sotiq qilish, ssuda sarmoyasi va investitsiyalarning 
harakati, ishlab chiqarish va fan-texnika borasidagi hamkorlik, ishchi kuchlarining 
ko‘chishi (migratsiyasi) va xalqaro turizm-bularning hammasi valyuta 
munosabatlarni yuzaga keltiradi. 
Valyuta munosabatlari milliy hamda xalqaro darajada amalga oshiriladi. 
Milliy darajadagi munosabat milliy valyuta tizimi (MVT)ni o‘z ichiga qamrab 
oladi. Milliy valyuta tizimi - milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish shu 
bilan birga almashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, chet el valyutasiga doir boshqa 
operatsiyalarni tartibga soluvchi qonuniy mustahkamlangan tizim hisoblanadi
MVT ning o‘ziga xos xususiyatlari ichki iqtisodiy taraqqiyotga erishish va tashqi 
iqtisodiy aloqalarda ikki mamlakat munosabatlarini barqarorlashtirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Milliy valyuta tizimi qo‘yidagi ko‘rinishlarda o‘z aksini topadi: 

milliy valyuta birligi; 

oltin valyuta rezervlari tuzilmasi; 

milliy valyuta va valyuta kursi mexanizmning tengligi; 

valyutalarni avvalgi holatiga qaytarishga sharoit yaratish; 

naqd va po‘l o‘tkazish yo‘li bilan valyutaga nisbatan muammolarni 
cheklash; 

mamlakatlar o‘rtasida tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarda tartibni saqlash va 
boshqalar. 
Moliyaviy aloqalarda milliy valyuta tizimi valyuta kurslari va ularning 
tengligi bilan namoyon bo‘ladi. Valyuta kursi – bir mamlakatning boshqa 
mamlakat pul birliklarida ifolangan pul birligi narxi. 
Paritet-bu valyuta kursining asosi hisoblangan nisbat. U valyutaning oltin 
rezervlari tuzilmasining asosini ham belgilaydi. 
2.§. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil 
qilishga doir davlatlararo tuzilgan tashkilotdir. U mamlakatlararo barcha tashqi 
iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi jarayonida shakllanadi. 
Xalqaro valyuta tizimining asosiy elementlari quyidagilardir: 


151 

milliy va jamoa valyuta rezervlari birligi; 

xalqaro likvidli aktivlarning tuzilmasi va xususiyati. 

valyuta tengligi va kursi mexanizmi; 

valyutaning dastlabki holatiga qaytarishga sharoit yaratish; 

xalqaro hisob-kitob qilish shakli; 

xalqaro valyuta bozori va xalqaro oltin bozori rejimi; 

Xalqaro valyuta fondi (XVF) va xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
(XTTB) singari moliyaviy tashkilotlarda valyuta – pul munosabatlarini 
boshqarish. 
Xalqaro valyuta tizimining asosiy ishi xalqaro hisob-kitob va valyuta 
bozorida iqtisodiy o‘suvchi omillarini doim barqaror ushlash uchun inflyatsiya yuz 
bermasligi, tashqi iqtisodiy almashinuv va pul muammolarini doim tartibga 
solishni boshqarishdan iborat. XVT savdo borasida imkoniyatlarni kengaytirish va 
aksincha xalqaro iqtisodiy munosabatlarni cheklash mexanizmlaridan biri 
hisoblanadi. 
Xalqaro valyuta tizimi o‘suvchi va rivojlanuvchi tarmoq. U doim almashib 
va o‘zgarib turadi. XVT evolyutsiyasi ko‘proq g‘arb mamlakatlari iqtisodiyotida 
yuz berganki, okibat natijada dunyo xo‘jaligi pul munosabatlariga bu hol o‘z 
ta’sirini ko‘rsatgan. Xalqaro valyuta tizimi o‘z taraqqiyotida to‘rt bosqichdagi 
tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. 
Birinchi bosqich oltin andoza tizimi bo‘lib, u XIX asr oxirlarida amalda 
bo‘lgan. Bu davrda mamlakatlar o‘z ichki bozorlarida savdo sotiqni oltinlar orqali 
erkin yuritishgan. Oltin andoza tizimining asosiy alomatlari quyidagilar deb 
belgilanadi: 

oltin orqali valyuta birligini taqsimlash; 

har qanday pulni oltinga almashtirish va boshqa davlat chegarasida ham 
bu ishni bajarish; 

oltin muomilasi orqali o‘z millati qadrini oshirish; 
Oltin andoza tizimi xalqaro hisob-kitob mexnazmida mustahkam kurs joriy 
qildi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Chunki, oltinning qadri hech qachon 
tushmaydi. Eng e’tiborlisi aynan moliya, savdo munosabatlarida joriy etilgan bu 
tizim kapitalizm rivojlanishiga asosiy sabablardan bo‘ldi. 
Kapitalistik ish yuritish uchun qo‘layligi-oltin andoza valyuta kurslarining 
ma’lum darajada barqarorligiga va uni oldindan bilib turish mumkinligiga 
ko‘maklashdi, bu esa xalqaro savdo rivojida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, 
oltin andoza mexanizmi fakat qisqa muddatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
to‘lov balansi taqchilliklari va aktivlarini o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanishga yordam berdi. 
Bu holatlar kapitalizm rivojida erkin raqobatni yuzaga keltirdi va ular oltin orqali 
har qanday valyuta kursi tizimini boshqarilgan bo‘ladi. 
Ikkinchi bosqich-oltin deviz andoza tizimi bo‘lib, u Genuya (Italiya) 
konferensiyasi qaroridan so‘ng tashkil etildi. Unga ko‘ra mavjud banknotlar endi 
oltinga emas, balki devizlar (ya’ni, veksel, chek, banknotlar)ga almashtiriladigan, 
ular esa kelishuvga ko‘ra oltin tengligida qabul qilinadigan bo‘ldi. Asta-sekin bu 
butun jahon bozorida dollar va funt sterlingni moliyaviy muomila sifatida yuzaga 


152 
kelishini ta’minladi. Umuman olganda, oltin deviz andoza davrida chek va 
veksellar tufayli tovar aylanmalari barqaror harakatda bo‘ldi. 
Uchinchi bosqich oltin valyuta andoza tizimi bo‘lib, u 1930-yillardan to 50-
yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Endi bu davrga kelib qog‘oz pullar 
oltinga aylantiriladigan bo‘ldi. Valyuta kurslarining huquqiy erkin tizimi esa 1944 
yilda Bretton – Vuds (AQSH) xalqaro konferensiyasida belgilanadi. Uning asosiy 
e’tiborli tomoni qo‘yida valyuta yuritish tartiblarida aks etdi: 

mamlakatlar o‘rtasida pullik hisob-kitoblar oltin orqali bajarilishi 
saqlanib qoldi; 

turli mamlakatlar valyuta vositalarida Amerika dollari oltin o‘rnini 
egallaydi; 

1 troy unsiya (31,1 gr) oltin Markaziy bank orqali 1944 yilda belgilangan 
AQSH dollari kursi bo‘yicha 35 dollarga almashtiriladigan bo‘ldi. Bu pul 
oltin almashtirish operatsiyalarini davlat organi yoki har qanday fuqaro 
bajarishi mumkinligi belgilandi. Fakatgina bu holat 1988 yildagina 
barham topdi; 

har bir mamlakat o‘z puli qadrini boshqa valyutalar muomilada barqaror 
ushlashi shartligi belgilandi. Bozor kurslarida valyuta, oltin va dollar 
tengligidan na u, na bu tomonga 1 % ham o‘zgarmasligi qat’iy joriy 
qilindi. Borib-borib dollar pul-tovar munosabatlarida o‘z mavqiyega ega 
bo‘ldi; 

davlatlararo valyuta munosabatlarining boshqaruvi Bretton Vuds 
konferensiyasida tashkil etilgan. Xalqaro valyuta fondi (XVF) orqali 
amalga oshiriladi. U valyutalarni erkin almashtiruvchi mamlakatlarni o‘z 
a’zoligiga oladi va valyutaga bo‘lgan mamlakat talabini qondirishga 
xizmat qiladi; 

Bretton-Vuds kelishuvi o‘zida Xalqaro valyuta tizimi (XVT) 
taraqqiyotini nomoyon etadigan bo‘ldi; 

Xalqaro valyuta tizimi hukumatlararo bitimlar tuzilishiga asoslardan biri 
bo‘ldi; 

oltin va dollar munosabatiga yakun yasab, Bretton-Vuds tizimi xalqaro
savdo oboroti va rivojlanayotgan mamlakatlar sanoati hamda 
mahsulotlari o‘sishida asosiy rol o‘ynaydi. 
XX asrning 60-yillar oxiriga kelib tovar oboroti va sarmoya ko‘chishi 
ehtiyojlarining AQSH valyutasiga talabni tobora ko‘paytirilganligi Bretton-Vuds 
tizimi tangligi va tanazulligiga olib keldi. G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada 
taraqqiyot yuksalgani ham bu tizimning yemirilishiga sabab bo‘ldi. Bu omillar 
oltin andozasi qoldiklariga hamda qat’iy o‘rnatilgan kurslar tizimiga so‘nggi zarba 
bo‘ldi. Bretton-Vuds tizimi 70-yillar boshiga kelib rasman to‘xtadi. AQSH dollarni 
oltinga almatirishda belgilangan narxdan voz kechdi. Natijada jahon bozorida
oltinning qadri tezda yuksaldi. 
1976 yilda XVFning Kingston (Yamayka) da bo‘lgan yig‘ilishi yangi dunyo 
valyuta tizimini vujudga keltirdi. Ushbu tadbirdan keyin xalqaro valyuta 
mexanizmlarini joriy etish quyidagi shakllarda o‘z ifodasini topdi: 


153 

oltinga nisbatan erkin mahsulot deya qaraldi. Uni xohlagan mamlakat 
valyutaga almashtirishi mumkin. Oltinning bahosi narxlar sifatini 
belgilashda foydalanishi mumkinligi ham qabul qilindi. 

maxsus o‘zlashtirish huquqi (SDR) andozasi iqtisodiy jarayonlar, 
aniqrog‘i valyuta munosabatlariga joriy etildi. Bundan ko‘zlangan 
maqsad avuar va valyutalar rezervini qisqartirish bo‘ldi; 

mamlakatlar o‘z valyutalarini xohlagan boshqa valyutalarga almashtirishi 
erkinlashdi. Bugungi iqtisodiyotda boshqariladigan valyuta kurslari deb 
atash mumkin bo‘lgan har xil valyuta tizimlari mavjud. Bir tomondan 
to‘lov balansining musbat yoki manfiy saldosi tarzidagi turg‘un 
nomutanosibligi vujudga kelmasligi uchun valyuta kurslari suzish 
imkoniga ega bo‘lishi lozim deb hisoblandi. 
O‘tgan asrning 90-yillar boshida xalqaro valyuta tizimi tashkiliy 
tuzilmasida suzuvchi valyuta kurslari murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi. 
Birinchidan-alohida milliy valyutalarning pul almashtirishdan bahosini 
yuqori darajaga ko‘tarish hissi kuchaydi. 
Ikkinchidan valyuta tebranishlarining keng ko‘lamda yoyilishi oqibatida 
xalqaro savdoda nomutanosibona valyuta kurslari tizimi bo‘yicha alohida 
muammoni keltirib chiqardi. 
Shulardan kelib chiqib, 1988 yildayok 58 ta mamlakat o‘z pullarini 
sherikchilik asosida bir xil valyuta shakliga o‘tishi bo‘yicha shartnoma imzolashdi. 
Unga ko‘ra, 39 ta mamlakat – AQSH dollari, 14 ta mamlakat Fransiya franki, 5 ta 
mamlakat esa boshqa valyuta rejimiga birlashishdi. Ko‘pgina mamlakatlar o‘z 
valyutalarini boshqa valyuta qarzina (savat) lariga, 4 ta mamlakat esa faqat 
chegaralarda valyutalari birligiga kelishib olishdi. O‘z navbatida 8 mamlakat 
Yevropa Ittifoqini tashkil etishdi. Unga ko‘ra o‘z valyutalari qadrini 
barqarorlashtirish va valyuta mexanizmlari borasida hamkorlik yuzaga keltirildi. 
19 ta mamlakat esa «suzuvchi» valyuta rejimli yo‘ldan ketdi, ya’ni bular, AQSH, 
Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiyadir. 
Yamayka kelishuvi «maxsus o‘zlashtirish huquqi» (SDR) deb ataluvchi 
jamoaviy valyuta birligiga asos soldi. Aslida SDR 1969 yilda oddiy kredit vositasi 
sifatida tashkil etilgandi. Ammo kiyinchalik uning zimmasiga «Xalqaro valyuta 
tizimi aktivlarining asosiy rezervi» sifatida oltin va dollarning muqobilligini 
ta’minlashdek vazifa qo‘yildi. 1970-yillar boshida siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar 
tufayli SDR jadallashdi. Dollar qadri tushib, oltinning narxi oshdi. 1974 yilga kelib 
esa «suzuvchi» valyuta kurslari mavqei oshib, endi oltin ular bilan tenglashdi. 
Natijada 16 ta mamlakatning valyuta qiymati bir xil bo‘ldi, ularning tashqi 
savdodagi tutgan o‘rni mustahkamlandi. 1981 yildan 5 ta valyuta (AQSH dollari, 
nemis markasi, yapon iyenasi, fransuz franki va ingliz funt-sterlingi) mustaqil 
«suzuvchi» valyuta hisoblandi.
Belgilangan almashtirish kurslari tizimi amaldagi valyutaning chet el 
valyutasi savatiga (korzina) nisbatan qat’iy kurs belgilash qoidasini ko‘zda tutadi. 
Valyuta savati hisobi uning tuzilmasi valyuta tarkibiy qismi o‘lchovi hamda 
valyutaning dollarga nisbatan bozordagi kursi bilan o‘lchanadi. 


154 
Maxsus o‘zlashtirish huquqi (SDR) foizlar keltiradi. Agar mamlakatning 
biror maqsad uchun ajratilgan pul mablag‘lari SDRdan yuqori bo‘lsa va aksincha 
past bo‘lsa ham bu foizi olinadi. Demak, SDR nisbiy bo‘lmasligi lozim. U XVFda 
unga a’zo mamlakatlar uchun kvota vazifasini bajaradi. 
Bu kvotalar esa o‘z navbatida ular pulni konvertatsiya (almashish) qilish 
harajatlari yoki pul balanslaridagi qarzlarini uzishlari uchun ajratiladi. Hozirda 
uning bu ulushi sanoati rivojlangan mamlakatlar dunyo valyuta rezervida salkam 6 
% ni tashkil etadi. 
Ko‘pgina iqtisodchilarning fikricha, bu SDR foiz keltirish bilan birga, 
barcha ayrim mamlakatlar uchun kam foizli kredit vazifasini ham o‘taydi. 
Valyuta soveti (ittifoki) tarzida e’tirof etiladigan yana bir jamoaviy valyuta 
rezervi mavjud. U –EKYudir. EKYU Yevropadagi 12 ta mamlakat valyutasidan 
tashkil topgan. Muhimi, bu mamlakatlarning aksariyati Yevropa itifoqi (YEI) ga 
a’zo davlatlardir. Valyuta savatidan unga a’zo barcha mamlakatlar Yevropa Ittifoqi 
hududida milliy mahsulotlarni ko‘paytirish va Ittifok ichida eksport qilish uchun 
teng huquq bilan foydalanib kelingan. 1 EKYU 1,3 dollarga tenglashgan. EKYU 
oltin va dollar almashinuvida ham yuqori qiymati ega bo‘lgan.
EKYuning tashkil etilishi YEIga a’zo davlatlarning valyuta kurslari 
barqarorligini ta’minladi. Bir paytlar oltin almashtirishda yagona valyuta birligi 
hisoblangan AQSH dollaridan ham qadrli bo‘la boshladi. Endi unga oltin 
almashtiradigan davlatlar ham paydo bo‘ldi. 
Bu yerda boshqa bir sabablar yuzaga keldi. Bundan keyin EKYU Yevropa 
valyuta tizimini AQSH dollari «mustamlakasidan ozod» qilishi kerak edi. Hamda 
keng faoliyat turiga tarqalishi ko‘zda tutilgan. Shu bois EKYU nafaqat alohida 
valyuta operatsiyalari uchun balki, xususiy sektorda ham muomilaga keng tadbiq 
etildi. Natijada tezda valyuta birligi sifatida qo‘shma jamg‘armalar va xalqaro
valyuta – kreditli moliya tashkilotlarida, shuningdek, markaziy banklarda ham 
davlatlararo hisob-kitob vositasiga aylandi. 
Tijoratdagi EKYU yevro valyuta sifatida zayom obligatsiyalari, bank 
depozitlari va kreditlar vazifasini o‘tay boshladi. 500 dan ziyod yirik xalqaro
tashkilotlarda EKYU kredit oldi-berdisida muomilada bo‘ldi. 1970-yillar 
o‘rtalarida yagona valyuta ittifokini tashkil etish uchun faollik yo‘li izlangandi. 
Yevropaning ilg‘or davlatlari nafaqat valyuta birligini, balki muqobil tarzda AQSH 
dollarini 
ham 
faollashtirishga 
intilgandi. 
Faqat 
bu 
valyutaning 
integratsiyalashuvdagi va muomiladagi nazoratini shu ilg‘or davlatlar o‘z 
qo‘llarida saqlashni istashgandi. 
Jahon savdosida bunday murakkab vaziyatlar paydo bo‘lishi 1979 yil 
martida Yevropa valyuta tizimi (YEVT) ning tarkib topishiga olib keldi. YEVT – 
bu xalqaro (hududiy) valyuta tizimi bo‘lib, uni tashkil etishdan asosiy maqsad-
almashtirish kurslarining o‘zaro tebranishlari ko‘lamini cheklashdan iborat edi. 
YEVT – jahon valyuta tizimida bundan buyon asosiy rol o‘ynovchi tarkibiy qism 
bo‘lib qoldi. 
1972 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) u yoki bu darajada 
belgilangan valyuta «suzishi» yoki boshqariluvchi valyuta kursi tartibini 
qisqartirish taraddudiga tushdi. Markaziy banklar orqali endi hamjamiyatning o‘z 


155 
a’zolariga tegishli valyutalar bozorilarda muomilada bo‘lishi shart edi. Bunday 
maqsad oqibatida «Yevropa valyuta iloni» paydo bo‘ldi. Shundan keyin YEIHga 
a’zo mamlakatlar valyuta kursi har yili 1,13 % dan 4% gacha o‘sa boshladi. «Ilon» 
grafik tasviri YEIHga a’zo 6 ta mamlakatda (GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, 
Belgiya, Lyuksemburg) ayniqsa o‘z kuchini ko‘rsatdi. 
«Valyuta iloni» 1979 yilda V.Jikard Eston va G. Shmidtlar tashabbusi bilan 
Yevropa valyuta tizimi tashkil etilishi bilan yakun topdi. YEVT quyidagi uchta 
asosiy elementni o‘z ichiga qamrab oladi: 

EKYU – Yevropa valyuta tizimining asosiy valyuta birligi; 

valyuta kursi mexanizmi sifatida boshqa hududlarni ham egallash. 
Yevropa valyuta tizimida qator markaziy banklarda kredit davlatlararo 
hududiy valyuta boshqaruvchiligi yo‘lidan borish. 
Barqaror valyuta kurslari uchun kreditlash mexanizmi. Bugun Yevropa 
valyuta tizimi oldida quyidagi vazifalarni amalga oshirish turibdi: 

Yevropa ittifoqi ichkarisida valyuta barqarorligini yuqori darajada ushlab 
turish; 

barqarorlik shart-sharoitlarida strategiya o‘sishning asosiy elementi 
sifatida turish; 

iqtisodiy taraqqiyot jarayonida aloqaladorlikni kuchaytirish va Yevropa 
rivojiga yangi turtki qo‘shish; 

xalqaro iqtisodiy va valyuta munosabatlarida barqarorlik ta’sirini 
kuchaytirish. 
Yevropa valyuta tizimi mexanizmining amalga oshirilishi joriy etilgan 
EKYU va uning barqaror narxi, ammmo, YEIga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi 
valyuta kurslarining boshqariluviga qaratilgan. Shu jihatdan YEVT valyuta 
rezervlarini umumiy ixtiyorlikka imkon beradi. Tizimning tashkil etilishi YEIda 
ichki kreditning ta’minlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yevropa valyuta tizimi taraqqiyoti va harakati jarayonida «Delor plani» 
alohida e’tiborga ega. 1989 yil J.Delor ya’ni, YEI ning atoqli arbobi Yevropa 
qo‘shma valyuta rejasini amalga oshirishida uchta muhim shartning bajarilishini 
maqsad qilib qo‘ydi. Ular quyidagilardan iborat: 

EI mamlakatlarida muvofiqlashgan, iqtisodiyot va valyuta siyosatini 
amalga oshirish; 

EI markaziy bankini ta’sis etish; 

milliy valyutani yagona YEI valyutasiga almashtirish. 
1990 yilda Yevropa valyuta tizimi Angliya, Ispaniya, Portugaliya qo‘shilishi 
natijasida kengaydi. 1991 yilda yagona Yevropa makonini tashkil etish bo‘yicha 
Maastrixt (Niderlandiya) shartnomasi imzolandi. Bu shartnomani tuzishdan YEI 
a’zolarining bosh hukumati bitta maqsadni – valyuta ittifoqi tashkil etishni 
ko‘zlaydi. 
Umuman G‘arbiy Yevropa valyutasi, ya’ni Yevropa valyuta tizimi qariyb 15 
yil ushbu mamlakatlar iqtisodiy aloqallarida muvaffaqiyatli faoliyatda bo‘ldi. 1992 
yil kuziga kelib bu tizim barbod bo‘la boshladi. YEVT dan o‘sha yilning 


156 
sentyabrida ingliz funt-sterlingi chiqib ketdi, ispan pesetasi va portugal eskudosi 
devalvatsiya (pul birligi kursining keskin pasayishi) ga uchraydi. 
1990-yil o‘rtalarida YEIda yagona valyuta ittifoqi tuzishga imkon 
tug‘ilgandek bo‘ldi. Tuzilgan Maastrixt shartnomasidagi talablar amalga oshishi, 
milliy valyuta birliklarining davlatdan-davlatga o‘tishi munosabatlariga ko‘nikish 
uchun ma’lum vaqt o‘tish albatta zarur edi. Bu jarayon yilning oxiriga kelib, 
valyuta ittifoqiga shu mahalda kirilishi kerak edi. Ammo, YEI ning rejasi to‘liq 
amalga oshmadi. Valyuta ittifoqining tashkil etilishiga quyidagi uchta bosqichlar 
sabab bo‘ldi.
Birinchi bosqich 1998 yilda boshlandi. Shartnomaga ko‘ra ittifoqchilar 
xo‘jjatlardagi mavjud mezonlarga javob beruvchi shart-sharoitlarni yaratishlari 
lozim edi. Maastrixt shartnomasida bu mezonlar quyidagilarni tashkil etardi: 
inflyatsiya darajasini barqaror ushlash, davlat byudjetida yetishmovchilikni (3% 
dan oshmagan holda) yuzaga keltirmaslik. Stavkalar o‘lchovi va milliy valyutaning 
bir xil qadrini saqlash. O‘sha paytda bu talablarni bajarishga faqat Germaniya va 
Lyuksemburg, shuningdek Avstriya va Irlandiya davlatlarigina qodir bo‘ldi xolos. 
1998 yilning oxiriga kelib Markaziy Yevropa bankini tashkil etishga, markaziy 
bankning Yevropa tizimi faoliyatini esa shu bank orqali davom ettirishga kirishildi. 
Ikkinchi bosqich (1999-2001 y.y.) tashkil etilgan Markaziy Yevropa 
bankining birinchi qadami valyuta operatsiyalarini yagona valyuta orqali 
almashtirishni amaliyotga tadbiq etdi. Moliyaviy tashkilotlar va tijorat banklari 
ham valyuta bozorlarida almashtirish ishlarini shu shaklga o‘tkazishdi.
Ikkinchi qadami esa (2002-2003 y.y.) milliy monet va kupyurlarni yagona 
YEVRO (Yevropa) pul birligi belgisida almashtirishdan boshladi. Bu yagona pul 
birligiga 2002 yil yanvardan kirishildi. Unga a’zo bo‘luvchi mamlakatlar huquqlari 
qayd etib o‘tildi. Yagona pul muomalasiga o‘tishning birinchi bosqichida 6 
oygacha ham milliy valyuta, ham Yevro savdo munosabatlarida ishlatildi. Bu 
davrdan keyin YEVRO o‘z o‘rnini mustahkamlab, Yevropaning rivojlangan 
mamlakatlarida to‘liq muomilada bo‘lishga erishildi. 
Uchinchi bosqich. Ilgari bunday shaxsiy tashabbus yuz bermagan bo‘lsa, 
endi Yevropa valyuta iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar banklardagi barcha hisob-
raqamlaridagi pullar Yevropa valyutasi (YEVRO)ga konvertatsiya qilinadigan 
bo‘ldi. 
Yevropa valyuta birligi, iqtisodchilar farazicha, dunyoda pul bilan bog‘liq 
yetakchi imkoniyatlarni o‘z domiga oladi. U YEI ning barqarorligini ta’minlovchi 
asosiy manba, shuningdek inflyatsiyaga qarshi kurashni yengillashtiruvchi kuch, 
hamda jahon bozorida YEI davlatlarining raqobatbardosh mahsulot va xizmatlari 
bilan AQSH va Yaponiya mahsulotlarini ancha cheklanishini ta’minlashdan iborat 
edi. 
EVROning paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlarning ham qadrini anchayin 
oshirdi. Hozirgi kunda Yevropa moliya bozorida dunyo investitsiyasi bir-biridan 
tarqoq bo‘lgan holatni yuzaga keltirgan. Bunday vaziyat YEI ning real iqtisodiyoti 
va moliya qurdratiga soya solmay qolmaydi albatta. Chunki dunyoning nufuzli 
investorlari barcha mamlakatdagi singari YEI ham birgina valyuta orqali o‘z 
investitsiyalarini kiritish va hisob-kitob qilishni ma’qul ko‘rishadi. 


157 
EVROning joriy etilishi jahon valyuta bozorida birdan o‘z mavqiyeni tiklash 
lozim edi. Asosiy maqsad bozorda yagona lider bo‘lib turgan dollarga teng 
ravishda raqobatlasha oladigan pul birligini bozorga kiritish va dollarning valyuta 
bozoridagi o‘rnini egallashdir. Ma’lum vaqt o‘tib bu amalda o‘z isbotini topishi, 
jahon valyuta bozorida YEVRO ning qiymati dollardan bir necha hissasigacha 
ortishi kutilgandi. Endi dunyo bozorida Yevropa valyutasi ham dollar, hammasi 
bilan raqobatlasha olish quvvatiga ega bo‘ldi. Bunday valyuta holati yuzaga 
kelishidan banklar ham katta manfaat ko‘ra boshladi. Ilgari ular investitsiya 
kiritilishi jarayoni uchun valyutani, masalan dollarni bozordan foizi bilan 
olishayotgan bo‘lishsa, endilikda YEVRO orqali har qanday investitsion harakat 
yoki oldi-berdi uchun shu valyutadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 
Yangi pul birligi joriy etilishi tufayli YEIdagi har bir mamlakat bir yilda 40-
50 mlrd. dollar ortiqcha harajatdan qutuldi. Masalan, bir fransuz fuqarosi 10-12 ta 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga safarga chiqquday bo‘lsa, u sarf etishi lozim 
bo‘lgan 2 ming dollarning teng yarmi pullarni almashtirish harajatlariga sarf etilar 
edi. 
Endi Yevropada yagona pul birligi–EVRO paydo bo‘lgani ayrim moliya 
tashkilotlariga, masalan birja maklerlarining kam foyda ko‘rishlariga olib keldi. 
Chunki dollar va milliy pullar bilan bajariladigan operatsiyalar davomida ular 
salmoqli iqtisodiy foyda ko‘rardilar. 
Xullas, uchinchi bosqich amalga oshirilgani tufayli Yevropa valyuta 
itifoqiga a’zo davlatlarning banklardagi barcha hisob raqamlaridagi pullar Yevropa 
valyutasi (YEVRO)ga konvertatsiya qilindi. Yevropa valyuta biriligi dunyoda pul 
bilan bog‘liq yetakchi imkoniyatlarni o‘z domiga oldi.U YEI mamlakatlari 
iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi asosiy manba bo‘lib qoldi. 
Shuningdek, pul inflyatsiyasiga qarshi kurashni yengillatuvchi kuch hamda jahon 
bozorida YEI davlatlarining raqobatbardosh mahsulot va xizmatlari bilan AQSH 
va Yaponiya mahsulotlarini ancha cheklashini ta’min etdi.
EVRO joriy etilishi bilanoq jahon valyuta bozorida o‘z mavqiyega tezda 
erishdi. Dunyo bozorida yagona lider bo‘lib turgan AQSH dollariga teng ravishda 
raqobatlasha oladigan pulni bozorga kiritdi. Kelajakda hatto dollar o‘rnini ham 
egallaydi. Bugungi kunga kelib YEVRO ning qiymati jahon valyuta bozorida 
dollardan 1,3 hissasigacha ortdi. Dunyo moliya bozorida esa Yevropa valyutasi 
ham dollar, ham yapon iyenasi bilan raqobatlasha olish quvvatiga ega bo‘ldi. 
3.§. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari 
Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari dunyo xo‘jaligi hamda xalqaro
iqtisodiy munosabatlarda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
So‘nggi yigirma yil ichida moliya bozori taraqqiyotida keskin burilish yili 
bo‘ldi. 1980 yillardan buyon yalpi ichki mahsulot (YAIM) tayyorlashga nisbatan 
moliyaviy aktivlar narxining o‘sishi 2,5 barobarga oshdi. 
Ob’ektiv munosabatlarga ega moliya bozori taraqqiyoti amaldagi 
kapitalning oborotini ob’ektiv qonuniyatlarga asosladi. Ayrim joylarda erkin 


158 
kapitalga ehtiyojni oshirgan bo‘lsa, aksincha boshqa joylarda esa unga nisbatan 
talab keskin pasaydi. Jahon valyuta, moliya-kredit bozori dunyo xo‘jaligida ish 
yuritish darajasida bunday tafovutlarga yo‘l ochdi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar, ya’ni jahon bozori, xizmatlar ko‘rsatish, 
kapitallar harakati jarayonida milliy valyutalarni oldi-sotdi va boshqa valyuta bilan 
bog‘liq munosabatlardagi aloqalarni tenglashtirdi. 
Jahon valyuta bozori, krediti va qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga 
kelishidagi dastlabki shartlar quyidagilar edi: 

mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur kapital va bank ishi bir joyda 
to‘planishi; 

xo‘jalik aloqalarida baynalminallikni yuzaga keltirish; 

xalqaro banklar taraqqiyotini telekommunikatsiyalar va axborot 
vositalari bilan ta’minlash. 
Jahon valyuta bozori o‘zida nimalarni aks ettiradi? Ya’ni jahon Valyuta 
bozori-keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qilib, muayyan moliya-
valyuta idoralari orqali o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan chet el investorlari bilan oldi-
sotdi operatsiyalarini bajaruvchi mulkdor o‘rtasida xorij valyutasini ayirboshlovchi 
munosabatlarni tasvirlaydi. Milliy valyuta bozori bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
barcha mamlakatlarda mavjud. Shu narsa aniqki, rivojlangan milliy valyuta 
bozorlari dunyoda yagona valyuta bozori bilan aloqalarni albatta mustahkamlaydi 
va o‘z navbatida yagona bozor o‘zida xalqaro, hududiy milliy (mahalliy) valyuta 
bozorlari faoliyatini ham aks ettiradi. Bu bozor endi valyuta operatsiyalari hajmi, 
xususiyati, soni va qatnashuvchilari bilan alohida ajralib turadi. 
Jahon valyuta bozori faoliyatini Jahon moliya markazi (JMM) jamlaydi. 
JMM-bu kredit-moliya institutlari jamlangan banklar joyi hisoblanadi. Ular 
xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalarini hamda qimmatli qog‘ozlar va oltin 
bo‘yicha bitimlar tuzilishini amalga oshiradi. Dunyoda bunday jahon moliya 
markazlari London, Nyu-York, Frankfurt-na-Mayn, Parij, Syurix va Tokioda o‘z 
faoliyatlarini olib borishayotibdi. 
Valyuta bozorlari xalqaro hisob-kitoblar va jahon valyuta bozoridagi kredit 
va moliya bozori yordami bilan banklarning valyuta rezervlari, shuningdek davlat 
va tadbirkorlarning valyutaga talabi qondiriladi. Qo‘shimcha tarzda aytish 
mumkinki, valyuta bozori mexanizmi davlat iqtisodiyoti boshqaruvi uchun ham 
askotadi, uning birja, brokerlik firmalari, bank korporatsiyalar faoliyatini to‘g‘ri, 
mukammal tashkil etilishida ham hissasi anchagina. 
Xalqaro moliya-kredit bozori. Xalqaro moliya-kredit munosabatlari jahon 
kreditlash va moliyalash bozorining imtiyozli kapital bilan ta’minlash 
munosabatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Xalqaro kredit bozorida mamlakatlar o‘rtasidagi pul harakatlari, qarzni tez 
qaytarish, uzish va foizlar to‘lovini vaqtida to‘lash bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb 
etadi. 
Xalqaro kredit bozori-bu bozorning imtiyozli kapital beruvchi qismi 
sanaladi. U o‘zida quyidagi jihatlarni aks ettiradi: 

Jahon pul bozori. Qiska muddatli depozit-ssuda operatsiyalarini bir 
kundan to bir yilgacha kredit shaklida berish; 


159 

Jahon kapital bozori. U chet el kreditlarini va yevrokreditlarni o‘rta va 
uzoq muddatga beradi (1 yildan 15 yilgacha); 
Jahon moliya bozori – bu bozor ssuda kapital beruvchi sub’ektlarning bir 
qismi bo‘lib, emissiyaga uchramaydigan va qimmatbaho kog‘ozlar oldi-sotdi 
operatsiyalarini bajarishda tezkor faoliyatiga ega bo‘lgan bozorning bir qismi. Bu 
bozor milliy valyutalarda xalqaro ssuda kapitali operatsiyalarini ham bajaradiki, 
bu baynalminallik jihatlarini ham rivojlantiradi. 
Jahon ssuda kapitali so‘nggi o‘n yillar ichida keskin rivojlandi. U dunyo 
xo‘jaligida turli kompaniyalar, banklar, valyuta-kredit muassasalarini qisqa 
muddatli ssuda kapitallari bilan ta’minlab, iqtisodiy harakatni kuchaytirayotir. 
Aytish mumkinki, so‘nggi yuz yillikda dunyo xo‘jaligi taraqqiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarish sanoat rivojlanishi va xalqaro savdo faoliyati 
taraqqiy etgani kabi xalqaro moliya-kredit munosabatlari o‘sishiga ham katta 
raqobat keltirdi. 
XX asrning 50-yillar oxiriga kelib xalqaro moliya-kredit bozori taraqqiyoti 
yevrobozor deb ataluvchi jahon bozoridagi ssuda kapital jamg‘armasiga ega 
moliyaviy tarkibni yuzaga keltirdi va uning faoliyatini avj oldirdi. 
Yevrobozor – bu kredit va zayomlarni yevrovalyutalar orkali valyuta-kredit 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi bozor makonidir. 
Yevrovalyuta esa bir qator rivojlangan mamlakatlar o‘z chegarasidan 
tashqaridagi muomilada qarz va hisob-kitob harakatlarida, ayniqsa banklararo 
qarzlar va transmilliy korporatsiyalarni kreditlashda foydalaniladigan valyuta. 
Yevrobozorning hukumatlararo va davlatlararo bozorlarida qatnashishga 
huquqi yo‘q. U bir necha mamlakatlardagi investor va korxonalar uchun ko‘proq 
xizmat qiladi. Yevrobozordagi operatsiyalar davlat valyuta boshqaruvi va soliq 
qonunchiliklari ta’siriga tushmaydi. 
Yevrobozorning faol taraqqiyoti o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi 
desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki 80-yillar va 90-yillar boshiga kelib u o‘z 
faoliyatini biroz o‘zgartirdi. Masalan, 80-yillar boshida qimmatli qog‘ozlar 
bozorida keskin taraqqiyot yuzaga keldi. Natijada yevroobligatsiya, yevroaksiya, 
yevroveksel va moliyaviy innovatsiyalar salmog‘i ortdi. 
Yevrobozorning taraqqiy etishi butun jahon ko‘lami bo‘ylab erkin moliya 
resurslarini amalga tadbiq etishga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, u korxonalarni 
ichki bozor kapitallariga emas, balki Yevrobozorga murojat etishni taklif etdi, toki 
ular moliya resurslarini oqilona tarzda joylashtirsinlar. 
Yevrobozorlar bugunda barcha yirik xalqaro banklar, jahondagi barcha 
moliyaviy markazlar va valyutani konvertatsiya qiluvchi moliya muassasalarini 
o‘zaro aloqalariga kirishtirgan. Yevrobozorning taraqqiy etgani yangi xalqaro
moliya markazlari (Singapur, Gongkong, Quvayt, Kayman orollari)ning vujudga 
kelishiga omil bo‘ldi. 1982 yil dekabrda esa Nyu-York (AQSH)da xalqaro bank 
xizmatlarining erkin hududi tashkil etildi. 1980-yillarning oxirida vujudga kelgan 
yangi jahon moliya markazi endilikda butun dunyodagi xalqaro moliya-kredit 
operatsiyalarining uchdan bir qismini amalga oshirishni tashkil etmoqda. 


160 
Nazorat savollari 
1. Milliy valyuta tizimining asosiy xususiyatlarini ayting. 
2. Valyuta kursi va paritet (tenglik) o‘zida nimalarni namoyon etadi? 
3. Xalqaro valyuta tizimining alohida elementlarini ayting. 
4. Xalqaro valyuta tizimining asosiy vaziflarini sanab o‘ting. 
5. Xalqaro valyuta tizimining asosiy bosqichlariga baho bering. 
6. Oltin standart tizimi haqida tushuncha bering. 
1. Genuya shartnomasining xalqaro hisob-kitobidagi muhim jihatlarini aytib 
bering. 
2. Bretton-Vuds tizimining o‘ziga xos va muhim xususiyatlarini so‘zlab bering. 
10. Yamayka tizimi valyuta bozorida qanday yangiliklar olib
keldi. 
11. Yevropa valyuta tizimi qachon tashkil topdi? 
12. Yevropa valyuta tizimining harakterli jihatlari
haqida gapiring. 
13. Yevropa milliy moneta va kupyuralari qachondan boshlab YEVROga 
almashtirila boshlandi? 
14. Dunyodagi eng yirik moliya markazlarini sanab o‘ting. 


161 
XVI Bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYALAR 
1.§. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari 
Zamonaviy jahon xo‘jaligi ikki qarama-qarshi iqtisodiy tendensiyalari bilan 
ajralib turadi. Ularning biri-o‘sib borayotgan jahon iqtisodiyotining bir butunligi, 
yiriklashuvi bo‘lsa, ikkinchisi, xolislik, ya’ni boshqalardan ajralib turadigan, jahon 
iqtisodiy markazlarining vujudga kelishi, xalqaro integratsion guruhlarni tashkil 
etuvchi alohida mamlakat va hududlarning o‘zaro ta’sirlashuvi va yaqinlashuvi 
bilan harakterlanadi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar jahon iqtisodiyotining asosiy tarifi 
(harakteristikasi) 
bo‘lib 
hisoblanadi. 

o‘zida 
jahon 
xo‘jaligi 
baynalminallashuvining alohida, yangi bosqichini mujassam etadi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo‘jalik hayoti 
baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a’zolari bo‘lgan mamlakatlar 
o‘rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar, 
xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo‘ladi. 
Integratsion birlashuv a’zolari bo‘lmish mamlakatlar o‘rtasida kapital va 
ishlab chiqarishning markazlashuvi va jamlashuvi jarayoni yanada tezrok kechadi. 
Bu esa ushbu mamlakatlar integratsion guruhlari chegarasida yagona iqtisodiy 
siyosatning vujudga kelishini ob’ektiv tarzda talab qiladi. Xalqaro iqtisodiy 
integratsiyalar birlashayotgan davlatlarni ishlab chiqarish jarayonlarining qayta 
qo‘shilishiga, o‘zaro ta’sirlashuvi va aralashuvini taqazo etadi va uni keltirib 
chiqaradi. Integratsiyalar jarayoni to‘laqonli tizimning turli bo‘g‘inlarini, ya’ni 
shaxsiy ishlab chiqarishlar, mahsulotlar va kapitalning, ishchi kuchlari va 
texnologiyalar munosabatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari o‘tgan asrning 50- yillarda 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini 
o‘sishi va sifat o‘zgarishlari, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi va 
chuqurlashuvi, kapital va ishlab chiqarishni baynalminallashuv jarayonlari, sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarda 
baynalminallashuviga bo‘lgan harakati bilan bog‘liqdir. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy sabablari fan texnika taraqqiyoti 
(FTT) bo‘lib, u moddiy, moliyaviy, mehnat kabi ahamiyatli resurslar rivojini, 
shuningdek, ilmiy texnikaviy sohada alohida mamlakatlarning birgalashib faoliyat 
yuritishlaridagi katta bozorlar yuzaga kelishini taqazo etadi. Iqtisodiy 
integratsiyaning bosh sabablaridan biri-transmilliy korporatsiya (TMK)lar ya’ni 
yirik xalqaro monopoliyalarning taraqqiyotidir. 
Davlat, monopoliya kapitali iqtisodiy integratsiya yordami bilan yangi mol-
mahsulot bozori, xom-ashyo bozorini egallashni, o‘z foydasini eng yuqori darajada 
oshirishga umid qiladi va bunda u davlat hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashiga 
tayandi. Iqtisodiy integratsiyaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan sababi - siyosiy 
omildir. Bu omil-davlatlarning integratsiya yordamida nufuzli siyosiy obro‘y 


162 
qozonishga, dunyo hamjamiyatida yuqori mavqega ega bo‘lishga intilishdan 
iboratdir. 
Ma’lumki, 
integratsiyalashayotgan 
mamlakatlar 
o‘rtasida 
bozor 
munosabatlari taraqqiyotining taxminan bir xil va yaqin darajasi mavjuddir. 
Qoidadagiday, xalqaro hududiy integratsion guruhlanish yoki mahsulot 
ishlab chiqarish taraqqiy etgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib 
o‘tadi. Masalan, Yevropa iqtisodiy tashkiloti (YEIT)–G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari o‘rtasida, Afrikada–tropik Afrikaning iqtisodiy chegrasida 
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida va boshqalar. Integratsiyalashayotgan 
mamlakatlar o‘rtasida asosiy masala bo‘lib, u yoki bu davlatlarning integratsion 
birlashuvi va iqtisodiy, ijtimoiy, shu bilan bir qatorda siyosiy harakterga ega 
muammolarning umumiyligi xizmat qiladi. Hududiy yaqinlik, turli shakllarda 
uzilmas iqtisodiy munosabatlarning an’analari, - bularning hammasi integratsiyaga 
birinchi turtki bo‘ladi. Odatdagiday, iqtisodiy integratsiyaning jarayonlari bitta 
hududdagi bir necha qo‘shni davlatlardan (Markaziy Osiyo), bitta kontinentdan 
(G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika singari) boshlanadi. Chunki ular umumiy 
chegaralarga yoki savdo-iqtisodiy aloqalarning tarixan tarkib topishiga bevosita 
aloqadordir. 
2.§. Iqtisodiy integratsiyaning maqsadi va asosiy shakllari. 
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan dunyoning deyarli barcha integratsion 
guruhlarida ularning asosiy maqsad va masalalari bir-biriga to‘g‘ri keladi. Ular 
integratsion ittifoqqa a’zo bo‘lgan mamlakatlarning daromadlari oshishi 
ko‘rinishda iqtisodiy boylik olish, ishlab chiqarish va talablarning pasayishidagi 
harakatda ifodalanadi. Bu maqsadlar Yevropa mamlakatlari kabi Osiyo-Tinch 
okeani 
hududi 
(OTOH), 
Afrika 
va 
Markaziy 
Amerika 
iqtisodiy 
integratsiyalashuvida ham yorqin ko‘rinadi. Integratsiya hamkorlik integratsion 
birlashuv a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda cheklanishlarning 
doimiy yo‘qotilishi, o‘zaro savdo sohasida umumiy siyosatning o‘tkazilishi va 
ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Iqtisodiy guruhlarda qatnashayotgan mamlakatlarga 
jahon hamjamiyatida Butunjahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta fondi 
(XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va boshqa turli xalqaro
tashkilotlarda o‘z nuktai nazarini bayon etib turish osonroq. 
Integratsion birlashuvga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiyotning 
tizimlarida qayta qurish o‘tkazilishi integratsiya maqsadlarining amalga oshirilishi 
uchun muhim vosita sifatida qaralishi mumkin. Bu iqtisodiyotning turli jabhalariga 
tegishli: ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar. Ularning 
mujassamlashuvi, sohalashuvi, yanada samaraliroq tizimlar yaratish rejasidadir. 
Juda ko‘plab integratsion guruhlar a’zosi bo‘lgan mamlakatlar uchun 
iqtisodiyotdagi hamkorlikni kengaytirish nafaqat uni mustahkamlashda, balki u 
siyosat, harbiy soha, madaniyat va boshqa soahalarda ham juda muhim sanaladi. 
Ushbu maqsadlar sanoati rivojlangan mamlakatlar birlashuvini keltirib chiqaradi. 


163 
Masalan, Yevropa Itifoqi (YEI), Yaqin Sharq mamlakatlari va Osiyo-Tinch okeani 
hududi (ATR) birolashuvi kabilar. 
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiyalar 
qo‘yidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 

erkin savdo hududi; 

bojxona ittifoqi; 

umumiy bozor; 

iqtisodiy ittifoq; 

to‘liq iqtisodiy integratsiya. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya rivojlanishi savdo va iqtisodiy ittifoqdagi 
mamlakatlar o‘rtasida bitimlar hamda davlatlararo ittifoqni huquqiy 
mustahkamlovchi kelishuvlar bilan ifodalanadi. 
Erkin savdo hududi – iqtisodiy integratsiyalarning boshlang‘ich darajasi 
bo‘lib, u mamlakatlarning soliq to‘lashda maxsus imtiyoz tartibiga amal qiladigan 
alohida hududidir. Unga kiritilgan tovarlar boj va kvotalar to‘lovidan ozod etiladi 
va bojxona nazoratidan xoli bo‘ladi. Bunda har bir davlat shaxsiy savdo-iqtisodiy 
siyosatini uchinchi mamlakat munosabatlariga ham o‘tkazish imkoniyatiga ega. 
Ko‘p hollarda erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qariyib 
barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Bundan faqatgina qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari mustasno xolos. Savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga 
joylashgan uncha katta bo‘lmagan davlatlararo kotibiyatda markazlashishi 
mumkin. Ammo, tegishli hujjatlarga doir rahbariyat davriy yig‘ilishlarda o‘z 
taraqqiyotining asosiy parametrlariga xayrixoh bo‘lib, ularning ba’zilari busiz ham 
o‘z savdo faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligi ayon bo‘ladi. 
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa erkin savdo 
assotsiatsiyasi (YEAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya, 
Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvesiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Yevropa 
iqtisodiy hududi (1994 y) da esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va 
Lixtenshteynlar mavjud. 
Boltiq bo‘yi erkin savdo hududi (1993 y) ga Estoniya, Latviya, Litva 
davlatlari kiradi; 
Markaziy Yevropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo‘lib, uning 
tarkibiga - Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi; 
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo‘lib Kanada, 
Meksika, AQSH davlatlari hisoblanadi; 
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992 y.) – Bruney, 
Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi; 
Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya 
savdo kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan; 
Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, 
Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat. 
Bojxona ittifoqi – ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo‘yicha o‘zaro 
chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o‘azro 
kelishuvi. Uchinchi mamlakat uchun joriy etilgan alohida yagona tarif va kvotlar 


164 
esa ularni erkin savdo hududidagi boj ittifoqidan ajratib turadi. Bojxona itifoqi 
poshlinasiz ichki integratsiyaviy xizmatlar, tovarlar va ularning hudud ichida to‘liq 
erkinligini nazorat qilib turadi. Odatda bojxona itifoqi tashqi savdoga kelishilgan 
markazlashuv joriy qiluvchi davlatlararo organlarning rivojlangan tizimini 
yaratishni talab qiladi. Hammasidan ham ko‘proq ular hujjatlarga javob beradigan 
boshqaruv ministlarining yig‘ilishlari davriyligini qabul qiladi. Ular har doim o‘z 
faoliyatlarida harakat qiluvchi davlatlararo kotibiyatga tayanishadi. 
Bojxona ittifoqlari (BI) dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida rivojlangan. 
Ular quyidagilar: Turkiya bilan YEI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga YEI 
mamlakatlari va Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, 
Iordaniya, Liviya, Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy 
bozori (1961) – Kosta Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. 
Kolumbiya, Ekvador, Venesuela mamlakatlari o‘rtasida tuzilgan erkin savdo 
hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela. Sharqiy Karib havzasi 
mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, 
Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsenva Grenadinalar. 
Umumiy bozor-iqtisodiy integratsiyaning hammadan ko‘proq rivojlangan 
turi. Integratsiyalashgan mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati 
haqida kelishishadi, balki ishlab chiqarish faktorlari-davlatlar o‘rtasida kapital va 
ishchi kuchlar borasida ham almashuvlar qilishadi. Umumiy bozorning iqtisodiy 
integratsiyasiga qo‘yidagi dunyo tashkilotlari kiradi: Fors ko‘rfazidagi arab 
mamlakatlari hamkorligi (1981y) – Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya 
Arabistoni, BAA; And umumiy bozori (1990) – Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, 
Peru, Venesuela; Lotin Amerikasi integratsion assotsiatsiyasi – LAIA (1990y) – 
Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Meksika, Peru, 
Urugvay, Venesuela; Janubiy konusning MERKOSUR umumiy bozori (1991y) – 
Argentina, Braziliya, Paragvay, Urugvay; Karib hamjamiyati va KARIKOM bilan 
Karib mumiy bozori (1993y) – Antigua va Barbuda, Bagam orollari, Barbados, 
Beliz, Dominika, Grenada, Gayana, Yamayka, Monserrat, Sent-kits va Navis, 
Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinalar, Trinidad va Tobago. 
Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo‘lib, bunda qatnashuvchi 
mamlakatlar o‘z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan pul, soliq va ijtimoiy 
siyosatlarini, shuningdek savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya ko‘chib 
yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar. Unda bojxona tariflari, tovar va 
ishlab chiqarish faktorlari, mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, 
byudjet, pul sohalarida qonunchilikning unifikatsiyasi ko‘rib chiqiladi. 
Dunyoning iqtisodiy ittifoqiga – Yevropa hamjamiyati (YES), keyinroq 
Yevropa itifoqi (1993y) a’zo bo‘ldi. Hozirgi kunda Yevropa ittifoqqiga 27 ta 
mamlakatlar qo‘shilgan. Ular quyidagilar hisoblanadi: Avstriya, Belgiya, 
Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, 
Lyuksemburg, Litva, Latviya, Kipr, Niderlandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, 
Sloveniya, Slovakiya, Serbiya, Fransiya, Finlyandiya, Shvesiya, Chexiya, 
Estoniya, Harvatiya. Benilyuks iqtisodiy ittifoqi (1948y) - Belgiya, Niderlandiya, 
Lyuksemburg. Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) 1992 y. - Armaniston, 
Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, 


165 
Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston. Mag‘rib arab ittifoqi (1989y) – 
Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunis. Lagos harakat rejasi (1973) – Afrika 
janubidan Saharagacha bo‘lgan mamlakatlar. Manu daryosi itifoqi (1973)-Gvineya, 
Liberiya, Sverra-Leone. G‘arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi (1994y) – 
Benin, Burkina-Faso, Kot-d Ivuar, Mali, Niger, Senegal, Togo. 
To‘liq iqtisodiy integratsiya – a’zo mamlakatlar guruhlari yagona iqtisodiy 
siyosatini o‘tkazilishida qarab chiqilgan tiplari aralashadi. Ular integratsion ittifoq 
chegarasida huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab qiladi. To‘liq iqtisodiy 
integratsiya barcha a’zo mamlakatlar uchun valyuta siyosatini talab qiladi. Yagona 
valyuta munosabatlarida yagona valyuta tizimi va yagona valyuta mexanizmi 
mavjud. Yagona valyuta, valyuta nazoratining yagona qoidalari, umumiy markaziy 
bank va boshqalar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, integratsion jarayonlar 
makroiqtisodiy darajada ham, mikro iqtisodiy darajada ham muhim harakterga ega. 
Shuning uchun bu integratsiyaning ikki darajasi parallel ravishda o‘tadi. Ular ko‘p 
kesishmaydi, bir-biri bilan yaqinlashadi va bir-birini to‘ldiradi. Integratsiyaning 
makroiqtisodiy darajasini egallash an’anasi aniq integratsion guruhga a’zo 
mamlakatlar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarini nazorat qilishni ko‘chaytirishga 
to‘la mos keladi. Yo‘nalishlarning turli shakllari, makro va mikro integratsiyaning 
mos kelishi iqtisodiy jihatdan ham, integratsion birlashuv jihatdan ham harakter 
kasb etadi. U yoki bu iqtisodiy integratsiya tiplarining yaratilishi va amal qilishida 
siyosiy faktorlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
3.§.Xalqaro integratsiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari 
Dunyo xujaligi tizimida iqtisodiy integratsiyalar jarayonlari G‘arbiy 
Yevropada ancha yuqori darajada taraqqiy etdi. Bu boradagi rivojlanish va 
madaniyat Yevropa Ittifoqida 1951 yilda boshlandi. Shu yilning aprelida 6 ta 
mamlakat, ya’ni-Fransiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Belgiya va 
Niderlandiya o‘rtasida ko‘mir va po‘lat ishlab chiqaruvchi Yevropa 
hamkorligi(YEOUS) shartnomasi imzolandi. Bu G‘arbiy Yevropa integratsiyasi 
tarixida o‘ziga xos ma’no kasb etdi. To‘g‘ri, bu hududning integratsiyalashuv 
munosabatlari rivoji 1957 yilda, ya’niki ushbu mamlakatlar o‘rtasida Yevropa 
iqtisodiy hamkorligi (YEIH) hamda Yevropa atom energiyasi hamkorligi 
(Yevrotom)ni tuzish bo‘yicha shartnoma imzolangandan keyin avj oldi. Shundan 
keyin, ya’ni 1960 yilda bu shartnomaga zid bo‘lgan Buyuk Britaniya, Avstriya, 
Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvesiya, Shvesariya mamlakatlari o‘rtasida 
imzolangan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEESA) bitimi bekor qilinadi. 
G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi taraqqiyoti jarayonini to‘rt 
bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
Birinchi bosqich (XX asrning 50 yillar oxiri va 70 yillar boshi) Yevropa 
iqtisodiy hamkorligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ayrim savdo mahsulotlaridan 
olinadigan poshlinalarning doimiy ravishda o‘zgarib turishi, bojxona ittifoqining 
tashkil topishi, hamda yagona boj siyosatini yurgizish va savdo borasida yagona 
boj tariflarini amaliyotga tadbiq etish bilan harakterlanadi. Uchinchi mamlakat 


166 
bilan ham savdo munosabatlari yaxshilangan. Boj to‘lovlari borasida erkin 
harakterlanish nafakat mahsulot sotuvida, balki kapital, ishchi kuchlari, xizmatlar 
va shu kabilarda ham o‘z aksini topdi. Shuningdek, bu mamlakatlar o‘rtasida erkin 
ishchi kuchlari va ularning erkin yashashlari uchun zarur sharoitlar yaratib berildi. 
1960 yillarning boshida Yevropa ittifoqi mamlakatlarida yagona agrar 
siyosat boshlandi. YEIning bu siyosati tufayli mazkur itifok hududi bo‘yicha 
qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bir xil narxlar belgilandi. Natijada hamkorlikka 
a’zo mamlakatlar ichki bozorida, shu bilan AQShda ham mahsulot sotish va 
kapital jamg‘arish jarayonlari ancha shiddatli tus oldi. 1973 yilda Yevropa 
iqtisodiy hamkorligi uchta yangi mamlakat, ya’ni Buyuk Britaniya, Irlandiya va 
Daniyalar bilan ko‘paydi. Natijada Yevropada kuchli to‘qqizlik vujudga keldi. 
Ikkinchi bosqich (70-yillar va 80-yillar o‘rtalari) Yevropa Ittifoqi tarixiga 
turg‘unlik va inqirozlik davri sifatida kiritildi. Bu davr G‘arbiy Yevropa 
integratsiyasida asabbuzarlik nomini oldi. YEIHga a’zo mamlakatlarda birdan 
sodir bo‘lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishining tushib ketishi bu 
hamkorlikka a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy taraqqiyot nomutanosiblik 
darajasini kuchaytirdi. Faqatgina 1981 yilda YEIga Gresiyaning qo‘shilishi 
natijasida bu davlatlar o‘rtasida iqtisodiy taraqqiyot biroz mo‘’tadillashdi. 
Yevropa Iqtisodiy hamkorligi (YEIH) yuzaga kelgan iqtisodiy sust holatiga 
integratsiyalashuv jarayonlaridan imkoniyat qidirdi. Natijada 1979 yilda YEIHda 
Yevropa valyuta tizimi valyuta integratsiyasi jarayonlarini keng ravishda olib bora 
boshladi. 
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi va 90-yillar boshi) keyingi 
yillarda integratsiya jarayonlari muvaffaqiyatli kechgani natijasida YEIH ga a’zo 
davlatlar soni 12 taga yetgani bilan harakterlanadi. Ya’ni, 1986 yilda bu 
hamkorlikka Ispaniya va Portugaliya qo‘shildi. Bu davr G‘arbiy Yevropa 
integratsiyasi taraqqiyotida yangi intilishlar, birikuv Yagona Yevropa akt 
(YAYEA) ini tuzilishi bilan farqlanadi. 
Yagona Yevropa akti YEIHga a’zo davlatlarning umumiy mohiyati 
ittifoqning siyosiy va iqtisodiy ko‘rinishi moliya-valyuta va gumanitar hududlarda 
ham integratsiyalashuvning yuqori darajasiga ko‘tarilishidan dalolat beradi. 
Yagona Yevropa aktiga binoan hamjamiyatga yangi a’zolar kirganda, 
uyushgan a’zolik haqida shartnoma tuzilganda va uchinchi mamlakatlar bilan 
savdo bitimlari tuzilganda Yevroparlamentining ma’qullashi talab qilinadi. U YEI 
ning eng muhim mohiyati bo‘lgan yagona iqtisodiy kenglik (ichki chegaralarsiz 
hudud, ya’ni mahsulot, kapital, fukarolik va xizmatlarni erkin bajaruvchi) kabi 
erkin ichki bozorni keng suratda bildiradi. Yana ham aniqrog‘i, a’zo davlatlar 
ittifoqini bir butun xo‘jalik organizmi sifatida kashf etadi. Shunday qilib, uchinchi 
bosqichda YEIH ga a’zo mamlakatlar 1992 yilning oxiridan yagona ichki bozor, 
valyuta – iqtisodiy va siyosiy ittifoqini vujudga keltirib, uni amaliyotda tashkil 
etishdi, desak xato bo‘lmaydi. 
To‘rtinchi bosqich (90-yillar o‘rtalaridan hozirgi vaqtgacha). Yagona 
Yevropa akti tuzilgach, 1993 yil 1 yanvaridan YEIH ichki chegaralarida ancha 
erkin savdo harakatlarini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratiladi. Bu esa G‘arbiy 
Yevropa iqtisodiy integratsiyasi taraqqiyotida yangi, samarali yo‘lni ochib berdi. 


167 
1992 yil fevraldagi Maastrixt shartnomasining bekor qilinishi 1994 yilning 1 
yanvaridan YEI ga a’zo mamlakatlar sonining 15 taga yetishini ta’minladi.
EIH ga a’zo mamlakatlar endilikda yagona Yevropa banki va yagona 
valyuta-Yevroni tashkil etgani kabi yagona ichki bozorni ham vujudga keltirishdi. 
2002 yil yanvaridan boshlab milliy valyuta – Yevro joriy etilgan bo‘lsa, shu 
yilning avgustiga kelib u to‘liq muammolaga kiritildi. Bir vaqtning o‘zida YEI 
davlatlari o‘rtasida ayrim siyosiy va iqtisodiy masalalarni boshqarish 5 ta nufuzli 
siyosiy institutlar ham tashkil etildi. Bular: Yevropa parlamenti, YEI komissiyasi, 
Yevropa soveti, Vazirlar soveti, YEI sudi kabi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatlaridir. 
4.§. Jahondagi asosiy hududiy integratsiyalashgan uyushmalar 
Iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv jarayonlari dunyoning boshqa 
hududlarida ham rivoj topayotir. Masalan, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikada 
o‘ttizdan ziyod erkin savdo, boj va iqtisodiy itifoq zonalari faoliyat yuritmokda. 
Iqtisodiy integratsiya rivoj topgan guruhlardan biri-1994 yanvarida AQSH, Kanada 
va Meksika mamlakatlarida tashkil etilgan shimoliy Amerika erkin savdo hududi – 
NAFTAdir. Mazkur blok aholisi 400 mln. dan ortiq va yirik iqtisodiy imkoniyatga 
ega hududni o‘z ichiga olgan. Bu mamlakatlarning yillik mahsuloti va ko‘rsatgan 
xizmati 3 trln. dollardan oshadi. Dunyo savdo hajmida bu mamlakatlar ulushi 
qariyib 20% ni tashkil etadi. 
NAFTA dagi integratsiyalashuv jarayonlari AQSH, Kanada va Meksikadagi 
mavjud texnologiyalar, ishchi kuchlari, kapital va umumiy mol-mahsulot 
bozoridagi holatni YEIga a’zo mamlakatlar bozoriga kiritishni ham o‘z ichiga 
oladi. NAFTA kelishuvining eng muhim vositasi, bu – unga a’zo uchala 
mamlakatdagi mavjud integratsiya munosabatlarida investitsion barerlar hamda 
integratsiya bo‘layotgan mahsulotlar savdosini 2010 yilgacha zamonaviylashtirib 
borishdan iborat. 
NAFTA kelgusida «Merkosur» (u 1991 yil Argentina, Braziliya, Urugvay, 
Paragvay o‘rtasida tashkil topgan) bloki bilan savdo-iqtisodiy borada 
integratsiyalashuvga ko‘ra, 2020 yillarda AQSH uchun asosiy integratsion 
yo‘nalish hisoblangan–Osiyo-Tinch okeani hududi (ATR)ning «integratsion 
to‘g‘on»ini zabt etish mo‘ljallangan. 
XX asr oxirlariga kelib integratsiyalar jarayonining asosiy kuchi Osiyo-
Tinch okeani (OTOH) hududida birlashdi. Ular o‘zlarida mavjud gigant imkoniyat 
va kuchlar hamda 3,5 mlrd.ga ega bo‘lgan aholisi bilan katta hududga ega 
bo‘lishdi. Ushbu hudud hisobiga hozirda 565 turdagi dunyo yalpi ichki 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon eksporti va importining 45%lik ulushi 
to‘g‘ri kelmoqda.
Osiyo-Tinch okeani hududi integratsion jarayonlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

bu integratsiyaga iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar 
jalb etiladi; 


168 

integratsiya jarayonlari hududidagi mamlakatlar firma va korporatsiyalari 
o‘rtasida asosan makroiqtisodiy darajalarning yuqoriligi; 

integratsiya jarayonlarining maxsus alohida hududlarda yuqori darajada 
kechishi; 

integratsion jarayonlari ham yuqori tayyorgarlikda tashkil etilmagan 
hududlarni rivojlantirishi; 

mavjud integratsion guruhlarning aniq rasmiylashtirilmaganligidandir. 
Osiyo-Tinch okeani hududi bir qator subregional birlashmalar, ya’ni Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN). Osiyo-Tinch okeani 
iqtisodiy hamjamiyati tashkiloti (ATES) – Avstraliya, Yangi Zelandiya erkin savdo 
hududi, Janubi-Tinch okean forumi (YUTF), Tinch okeani iqtisodiy soveti 
(TES)dan tashkil topgan. 
Osiyo-Tinch okeani hududi jarayonlarida asosiy rolni Yaponiya o‘ynaydi. 
So‘nggi yillarda uning yoniga «Osiyo yo‘lbars»lari (Janubiy Koreya, Tayvan, 
Singapur, Gonkong) hamda AQSH va Xitoy qo‘shildi. Hozirda integratsiya 
jarayonlari faollashayotgan yana bir birlashma Janubiy-Sharqiy Osiyo (ASEAN) 
mamlakatlari bo‘lib, u 1967 yilda olti mamlakat-Bruney, Indoneziya, Malayziya, 
Filippin, Singapur, Tailand negizida tashkil topgandi. 1995 yilga kelib, ular safiga 
Vetnam ham qo‘shildi. ASEAN mamlakatlari bir-biri bilan o‘zaro yuqori darajada 
integratsiyalashuvga kirishdilar va shu bilan birga Yaponiya, AQSH, Janubiy 
Koreya, Tayvan va so‘nggi yillarda Xitoy bilan ham bu aloqalarni kuchaytirgan. 
1989 yilda tashkil topgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati 
tashkiloti (ATES) janubiy Osiyoda iqtisodiy integratsiya taraqqiyotini rivojlantirdi. 
Uning tarkibiga 21 ta Osiyo va Janubiy hamda Shimoliy Amerika mamlakatlari 
kiradi. 1997 yilda esa, ular qatoriga Rossiya ham qo‘shildi. ATES rejasiga ko‘ra 
dunyo erkin savdo hududida bu mamlakatlar boj va ichki barerlar to‘lovidan ozod 
etilgandir. 
Integratsion jarayonlar yer sharining turli hududlarida, turli kontinentlarda 
jadal holda rivojlanmokda. Ya’ni, Afrika, Yakin Sharq, Lotin Amerikasi, 
Avstraliya va Okeaniya, Markaziy Osiyoda, 1989 yilda Afrika kontinentining 
shimoliy qismida Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunislardan iborat 
Mag‘rib arab ittifoqi tuziladi. 1981 yilda esa Fors ko‘rfazi atrofidagi arab davlatlari 
(Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahreyn, BAA, O‘mmon)dan iborat 
hamjamiyat kengashi (soveti) tashkil etilgandi. Sobiq Sovet Ittifoqi resuplikalari 
1991-1993 yillar mobaynida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) doirasida 
Iqtisodiy ittifoqni shakllantirishga harakat qildilar. 1992 yilda esa Eron, Pokiston, 
Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘rta Osiyo mamlakatlaridan iborat 
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyat tashkiloti tuzilganligi e’lon qilindi. 
1996 yilda Rossiya va Belorussiya hamkorligi, biroz o‘tgach 1997 yili 
Belorussiya va Rossiya ittifoqi davtlari, 1995 yilda esa Yevroosiyo iqtisodiy 
hamkorligi (Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davtlari) 
bojxona ittifoqi va yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida, 1998 yilda Markaziy Osiyo 
iqtisodiy hamkorligi (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston 
davlatlari) tashkilotini tuzdilar. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston 
Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari Shanxay iqtisodiy hamkorligini keyinchalik 


169 
esa uning negizida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotini barpo etdilar. 
Kelajakda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirish uchun Mo‘g‘iliston, Hindiston, 
Pokiston, Afg‘oniston, Eron kabi mamlakatlar o‘z xohish-istaklarini bildirishdilar. 
Nazorat savollari 
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga umumiy ta’rif bering. Uning sabablari, 
maqsadi nimalardan iborat? 
2. Integratsion birlashmalar bosqichlarini ayting va ularni ta’riflang. 
3. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy rivoj topgan iqtisodiy markazlarni ayting. Bu 
markazlar qaysi integratsion guruhlarga mansub? 
4. Xalqaro integratsion birlashmalarda ko‘proq qaysi integratsiya jarayonlari 
shakllari rivoj topadi. Bu jarayon haqida qisqacha gapirib o‘ting. 
5. Yevropa Ittifoqi (YEI) ga a’zo mamlakatlarni sanab o‘ting. 
6. MDH davlatlari integratsion taraqqiyotida kanday imkoniyatlar mavjud? 
7. Osiyo-Tinch okeani hududi (ATR) integratsiya jarayonlarining o‘ziga xos 
tomonlari nimalarda aks etadi? 
8. Xalqaro integratsiya birlashmalarida O‘zbekiston imkoniyatlari qanday 
kuchga ega deb o‘ylaysiz? 


170 
XVII Bob. XALQARO ISHCHI KUCHLARI MIGRATSIYASI 
1.§. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining tushunchasi 
Aholi migratsiyasi – bu doimiy yashaydigan joyiga qaytib kelish sharti bilan 
boshqa chegara hududlariga ko‘chib o‘tish va vaqtincha ishlash tushuniladi. 
Xalqaro migratsiya mehnat, oilaviy, sayyohlik kabi shaklarga bo‘linadi. Bu 
borada asosiy e’tibor xalqaro mehnat migratsiyasi va xalqaro ishchi kuchlari 
bozori muammosiga ko‘proq qaratiladi. Xalqaro ishchi kuchi bozori mehnat 
resurslari hamda milliy chegaralardan o‘tishda turli yo‘nalish bo‘yicha shakllanadi. 
Xalqaro mehnat bozori esa mehnat migratsiyasi shakliga bo‘ysinadi. 
So‘nggi yillarda migrantlar faoliyati ancha pasaygani kuzatilmokda. 
Masalan, 90-yillar o‘tralarida (aniqrog‘i 1995 yil boshlarida) mamlakatdan 
mamlakatga ko‘chib yuruvchi aholi 125 mln. atrofida edi. Keyingi paytlarda jahon 
bo‘yicha bu holat 20-30 mln. kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunda AQSH da 
chet ellik ishchilar soni 7 mln. ni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich G‘arbiy Yevropada 
6,5 mln. ni, Lotin Amerikasida 4 mln., Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 3 mln. 
odamni tashkil etadi. Xorijlik ishchilar ko‘plab sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarishda faol sanalishadi. Masalan, Fransiyaning qurilish sohasida 25 %, 
avtomobilsozlik sohasida esa 33 % ishchi immigrant sanalishadi. Shuningdek, 
Belgiya konchilarining teng yarmi, Shveysariya qurilish tarmog‘ida ishlayotgan 
ishchilarning 40% i xorij immigrantlaridir. 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ikki xil shakl (forma)dan iborat bo‘ladi, 
ya’ni immigratsiya va emigratsiya. 
Immigratsiya – bu ishlash uchun aholining boshqa bir mamlakatdan ikkinchi 
bir mamlakat hududga ko‘chib kelishi. Emigratsiya esa aholining ishlash va 
yashash uchun boshqa birorta mamlakatga ko‘chib ketishi tushuniladi. Bu ikki 
holat o‘rtasidagi farq esa iqtisodiy tilda migratsiya saldosi deb nomlanadi. 
Emigrantning o‘z yurtiga kaytib kelishi reemigratsiya deb ataladi. Xalqaro
migratsiyada yuqori malakali migrantlarni «aqlli muhojirlar» deyishadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasi iqtisodiy harakterga ega bo‘lmagan omillarda ham 
o‘z aksini topadi. Iqtisodiy maqsadni ko‘zlovchi migratsiyada esa arzon ishchi 
kuchi tufayli mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi kuzatiladi. Sir emaski, biror 
mamlakatga ish izlab borgan kishi o‘sha yerlik tub aholi olayotgan maoshdan 
albatta kam oylik oladi. Shu bilan birga davlat yoki korxonadan shu yerlik 
ishchidan ko‘ra ancha kam bo‘lgan ijtimoiy himoya talab qiladi. 
Iqtisodiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘proq ishchi kuchlari chiqib 
ketayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti sustlashadi, o‘z o‘rnida ishchi 
kuchlari kirib kelayotgan davlatlar boyiydi. Xalqaro mehnat migratsiyasining 
asosiy omillar-kapital yuritilishining tezlashishida o‘z aksini topadi. Transmilliy 
korporatsiya (TMK)lar ishchi kuchlari qo‘shilishi natijasida davlatga kapital oqib 
kelishi jadallashgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 


171 
2.§. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining sabablari 
Xalqaro mehnat migratsiyasi darstlab guyo bir xilli ko‘rinishdek namoyon 
bo‘ladi. Aslida bu doimo davlat boshqaruviga ta’sir etib turadi. O‘z o‘rnida so‘nggi 
paytlarda migratsiya oqimi bozorining asosiy boshqaruv elementlaridan bir bo‘lib 
qoladi. 
O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asr o‘rtalarida aholi migratsiyasi 
tarixida juda ahamiyatli voqealar sodir bo‘ldi. O‘sha asrning 40-yillarida 
Irlandiyalik emigrantlar AQShga kelmay ko‘yishdi.
Keng masshtabli migratsiya okimining pasayishi XIX asrning 80-yillariga 
to‘g‘ri keladi. Bunga sabab AQShda Italiya va sharqiy Yevropadan keltirilayotgan 
bo‘g‘doyning narxi juda kamayganida aks etadi. G‘alla narxi tushgach mehnatga 
hak to‘lash ham keskin pasaydi va bu jarayon AQSH iqtisodiyotiga sezilarli salbiy 
ta’sir ko‘rsatdi.
AQSH mamlakati migrantlar kuchidan umidvor va iqtisodiy foyda ko‘rishni 
yaxshi bilishadi. Shu bois endi u agrar soha uchun immigrantlarga sharoit yaratadi 
va natijada Yevropa mamlakatlarining keng masshtabli ishchi kuchlari AQSH ga 
oqib kela boshladi. Bu yangi migratsiya okimi AQShda XX asrning 20-yillaridan 
rivojlandi. Endi Yevropada 1-jahon urushidan keyin bu yer aholisi ko‘proq 
Amerikada ishlashni lozim ko‘rishdi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin AQShda mavjud ishchi kuchlari migratsiyasi 
uch xil oqimga bo‘lindi. Birinchisi, bu – aqlli muhojirlar. Ular ko‘proq shimoliy 
Amerikadan ish topishdi. Chunki bu migratsiyalar yuqori malakaga ega edilar. 
Ikkinchi oqim – bu Vengriyada antikommunistik qo‘zg‘olon sodir etilgan 1956 
yilgi voqealardan keyin mamlakatdan chiqib ketgan qochoqlar, shuningdek 
Vetnamda (1974-75 yillar) kechgan «janublik» va «shimollik»lar o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklardan keyingi paydo bo‘lgan qochoqlar tashkil etadi. Uchinchi 
oqim esa Karib havzasi davlatlaridan ish izlab kelgan muhojirlar sanaladi. 
Agar birinchi va ikkinchi oqimlar sababi siyosiy va ko‘chishga majbur 
bo‘lish bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi holatda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy maqsad 
sabab bo‘lingan. 
XIX va XX asr mehnat migratsiyasi jarayonida Xitoydan Janubi-Sharqiy 
Osiyo va Shimoliy Amerikaga aholi migratsiyasi sodir bo‘lgani asosiy rol 
o‘ynaydi. U asosan ko‘chishga majburlik jihatidan ahamiyatli va bu paytda 70 mln. 
dan 100 mln. xitoylikgacha aholi shu mamlakatlarga ko‘chgan va ko‘chirilgan. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida II jahon urushidan keyin, aniqrog‘i o‘tgan 
asrning 60-yilarida yetarlicha ishchi kuchlari migratsiyasi jarayoni avj oldi. 
Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Yugoslaviya ishchi kuchlari Yevropa mamlakatlari 
iqtisodiy ishlab chiqarish rivojida faol ishtirok etdi. Bugungi kunda ham xorijlik 
ishchi kuchlari dunyo xo‘jaligi harakatining asosiy me’yoriy elementlaridan biri 
hisoblanadi. 
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi boshqaruvini quyidagi holatlarda 
ko‘rish mumkin: 

rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan davlatlarga ko‘chish; 


172 

sanoati rivojlangan mamlakatlarga migratsiya; 

rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishchi kuchi migratsiyasi 
almashish; 

sobiq sotsialistik mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga ishchi 
kuchi migratsiyasi; 

sanoati taraqqiy etgan rivojlangan mamlakatlarga ilmli ishchilar, yuqori 
malakali mutaxassislar migratsiyasi. 
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
ba’zan noiqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaganlikda ham aks etadi. Masalan, 
Yevropadan AQShga ko‘chib kelgan «aqlli muhojirlar» o‘zlari uchun iqtisodiy 
foyda ko‘rish uchun emas, balki shu mamlakat taklifi bilan mahalliy aholidek 
yashayapti va ishlayapti. 
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasida Yevropa Ittifoqiga a’zo 
mamlakatlardagi ko‘chish holatlari ham ahamiyat kasb etadi. YEIda 1989 yil 9 
dekabrda Hartiya, deb nomlangan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) ga a’zo 
mamlakatlar ishchilarining ijtimoiy huquqi imzolandi. Unda yozilishicha, «har bir 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyatga ahzo mamlakat ishchisi hamjamiyat hududida 
mavjud qonun-qoida va chegara intizomi, jamoa tartibini saqlash, jamoatchilik 
xavfsizligini ta’minlash va sog‘ligini asrash huquqlariga ega»; «EIH hududida 
ishga kirishini hoxlovchi fuqaro kasbi va qo‘lidan keladigan hunariga qarab, har 
qanday ishni bajarishi va mehnat sharoitlari hamda ijtimoiy himoya 
imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanish huquqiga ega». 
So‘nggi yillarda ishchi kuchlari migratsiyasi rivojalanayotgan mamlakatlar 
o‘rtasida ancha o‘sdi. Asosiy ko‘rsatkich yangi sanoatlashgan mamlakatlar 
(YASM), jumladan arab mamlakatlari, OPEKka a’zo mamlakatlar, hamda u yoki 
bu sohalarda keskin rivojlanish bosqichida bo‘lgan mamlakatlarda yuqori 
bo‘lmoqda. 
Ishchi kuchlari migratsiyasining «aqlli muhojir» lik okimi hozirda ko‘proq 
harakatda va ular asosan Yevropa mamlakatlari va Shimoliy Amerikadan OPEKka 
a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga borishmoqda. 
Sobiq sotsialistik mamlakatlar, xususan MDH davlatlarida kechayotgan 
ishchi kuchlari migratsiyasi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Bugungi 
kunda asosiy ishchi kuchlari oqimi Rossiyada kuchaymoqda. Masalan, birgina 
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida hozirgi paytda dunyoning 78 
mamlakatidan xorijlik ishchilar va immigrantlar poytaxtdagi qurilishlarning 46 % 
ish o‘rnini tashkil qiladi. 
So‘nggi yillarda Rossiyaga yaqin bo‘lgan Ukraina, Belorus, Moldova, 
Armaniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan juda 
ko‘pgina ishchi kuchlari kirib kelmoqda. Bu migratsiyaning sabablari-iqtisodiy 
maqsad bo‘lib, ular pul topish uchun bu yerga ish izlab kelayotir. Shuningdek, 
Rossiyada qochoqlar va turli qo‘zg‘olonlar oqibatida jabr ko‘rganlar va ko‘chishga 
majbur bo‘lganlar ham bor. Bularning umumiy soni salkam 5 mln. kishidan ortiq 
bo‘lib, ular asosan MDH davlatlari fuqarolaridir. 


173 
3.§. Ishchi kuchlarini o‘ziga jalb etuvchi zamonaviy markazlar 
Boshqa davlatlardan ishchi kuchlarini o‘ziga jalb qiluvchi mamlakatlar va 
hududlar quyidagilar: 
AQSH, Kanada. Har yili AQSH ga dunyoning boshqa mamlakatlariga 
qaraganda eng ko‘p immigrantlar tashrif buyurishdi. G‘arbiy Yevropa, Rossiya, 
Lotin Amerikasi va boshqa mamlakatlarning yuqori malakali immigrantlari 
AQShda ishlashni ko‘proq xush ko‘rishadi. Unchalik malakaga ega bo‘lmagan 
ishchilar esa asosan bu yerga Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlaridan 
ishlash va yashashga kelishadi. AQShga qonuniy yo‘l bilan har yili 740 ming 
atrofida aholi ishlash uchun ko‘chib kelgan bo‘lsa, shu maqsadda 160 ming kishi 
esa ko‘chib ketishadi. Yillik migratsiya saldosi 580 ming kishini tashkil etadi. 
Yillik immigrantlar oqimi birgina Kanada va AQSH o‘rtasida (90-yillar o‘rtasida)
100 ming aholini tashkil etgan. 
G‘arbiy Yevropa. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarga, asosan YEIga 
Malta hamda sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridan tortib, shuningdek, Shimoliy 
Afrika va Yaqin Sharqdagi arab mamlakatlari hamda, Afrikaning Saharagacha 
bo‘lgan mamlakatlaridan har yili bir necha yuz minglab immigrantlar kelishadi. 
G‘arbiy Yevropa integratsiyalashuvining natijasida ishchi kuchlari migratsiyasi 
YEIga a’zo mamlakatlarda erkin va mehnat qonunchiliklari huquqlaridan to‘la 
foydalangan holda faoliyat yuritadilar. 
Yakin Sharq. Neft qazib oluvchi mamlakatlar hududida og‘ir ishlarni 
bajarishga asosan arzon bo‘lgan xorijlik ishchi kuchlari jalb etilgan. Bu yerda 
mavjud ishchi kuchlarining 50 % ini qo‘shni arab mamlakatlari, ya’ni Saudiya 
Arabistoni, Birlashgan Arab amirligi (BAA), Bahrayn, Quvayt va Ummon 
davlatlarining fuqarolari tashkil etadi. 
Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar. 1990-yillarda endi rivojlanayotgan 
mamlakatlar o‘rtasida mehnat migratsiyasi borasida favqulodda hodisa yuz berdi. 
Odatda ishchilar oqimi sanoati jadal rivojlanayotgan iqtisodiy islohatlar izchil 
kechayotgan mamlakatlarga yo‘l olishadi. Masalan, mavsumiy ishchilar va biror 
korxona ishchi-jamoasi Lotin Amerikasidan Argentina va Meksikaga boradi. 
Shuningdek, Nigeriya, Janubiy Afrika resupublikasi (JAR), Fil suyagi qirg‘og‘i 
kabi mamlakatlariga mavsum chog‘i paytida barcha immigrantlarning 50% i 
ko‘chib kelishadi. Ammo, siyosiy «o‘yin»lar kechayotgan ayrim mamlakatlarda 
buning aksi vujudga keladi. Masalan, 1991 yilgi Fors ko‘rfazida bo‘lgan urush 
oqibatida salkam 1 mln. dan ortiq misrlik aholi Iroqdan, 800 mingga yaqin 
yamanlik aholi Saudiya Arabistonidan, 500 ming atrofida falastin va iordaniyalik 
aholilar Quvaytdan ko‘chib ketishadi. Keyinchalik ularning o‘rnini Hindiston va 
Misrdan kelgan immigrantlar egalladi. 
Yangi sanoatlashayotgan mamlakatlar. Ishchi kuchlar migratsiyasi asosan 
Janubi-sharqiy Osiyo (Malayziya, Janubiy Koreya va boshq.) da ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Asosan ish mavsumi paytlarida bu yerga Meksikadan va 
rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridan ham ish izlab keluvchilarning soni ortib 
boradi.


174 
Jahonda ishchi kuchlarini o‘ziga jalb qiluvchi markazlardan biri-Avstraliya 
sanaladi. Har yili bu yerga 200 mingdan ziyod immigrantlar ishlash uchun 
kelishadi. 
Hozirgi kunda Yevrosiyoda ishchi kuchlarini o‘ziga tortuvchi yangi 
markaz-Rossiya Federatsiyasi bo‘lib kolmokda. Bu yerda qonuniy mehnat 
qilayotgan immigrantlarning umumiy soni qariyib bir million kishidan ziyodni 
tashkil etadi. 
4.§. Xalqaro ishchi kuchlarini boshqarish 
Albatta, xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi ko‘p hollarda davlat va 
davlatlararo boshqaruvida ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalaga 
davlat aralashuvi xalqaro savdoni boshqarishdan ancha ilgari xalqaro mehnat 
bozori tashkil etilgandayoq amalga oshgan edi. Chunki u mamlakatdan bu 
mamlakatga o‘tgan fuqarolar albatta biror tushunmovchiliklar oqibatida 
muammoni yuzaga keltiradi. Shu bois, XVIII asrdayok davlat chegaralaridan 
immigrantlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha qat’iy qonun ishlab chiqilgan. Bunga yaqin 
o‘xshash qonunlar XIX asrda ham ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida amal 
qilingan. Ammo hozirgi kunda dunyoning barcha yirik mamlakatlari o‘z ichki 
mehnat bozorlarini to‘ldirish, iqtisodini mustaxkamlash uchun immigrant va 
emigrantlar uchun hamda ularni qonuniy boshqarish uchun tartib-qoidalar ishlab 
chiqib, yo‘llarni ochganlar.
Ko‘pgina mamlakatlarda milliy hokimiyatlar migratsiya jarayoniga faol 
nazar solayotirlar. Ular boshqarayotgan tartiblarga ko‘ra nafaqat immigrantlarning 
umumiy soni, kasb-kori, yoshi etiborga olinayotir, balki ularni shu yerga doimiy 
kelib ishlashlarini taminlovchi qonun-qoidalarga ham amal qilinmokda. 
Ishchi kuchlari import qilinayotgin mamlakatlarda davlat migratsiyasi 
boshqaruvi tizimida qo‘yidagi elementlar e’tiborda bo‘ladi: 

immigrantlar uchun yuridik, siyosiy va kasbiy qonunchiliklarni joriy 
etish; 

milliy immigratsiya xizmati; 

migratsiya mavjud bo‘lgan davlatlar o‘rtasida kelishuvni amalga 
oshirish.
Odatda davlvt boshqaruvi byudjet bo‘yicha moliyalashtirilgan holatda xorij 
ishchi kuchlarini jalb etishga kirishiladi. Shuningdek, immigrantning shartnoma 
vaqti tugagach o‘z uyiga qaytishi kafolatlanadi.
Yirik ishchi kuchlari migratsiyasidan foydalanayotgan mamlakatlarda 
immigrantlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishadilar. 
Birinchidan, ishchining mutaxassisligi, bilimi, yoshi, salomatligi inobatga 
olinib, ularga erkin ishlashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdilar. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma 
(kontraktlar) muddati tugagach, unga maoshidan tashqari moddiy konpensatsiya va 
uning mamlakatiga ham immigratsiya yordami sifatida pul mablag‘i o‘tkazadi. 


175 
Immigratsion siyosat bevosita immigratsiya milliy xizmati, ya’ni mehnat 
vazirligi, adliya yoki ichki ishlar hodimlaridan tashkil topgan nufuzli xizmat orqali 
nazorat qilinadi. Bu organ ham federal migratsiyasi xizmati singari faoliyat 
yuritadi. 
Nazorat savollari 
1. «Ishchi 
kuchi 
migratsiyasi», 
«Emigratsiya», 
«Immigratsiya», 
«Reemigratsiya», «Migratsiya-saldosi», «Aqlli muhojir» tushunchalarini 
izohlab bering. 
2. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining iqtisodiy maqsadli va noiqtisodiy 
sabablarni aytib bering. 
3. Jahon iqtisodiyoti uchun migratsiyaning qanday iqtisodiy samaralari 
mavjud? Ular to‘g‘risida gapirib bering. 
4. Ishchi kuchlari eksportining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri qanday? 
5. Ishchi kuchlari importining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirichi? 
6. Ishchi kuchlarini o‘ziga jalb etuvchi asosiy markazlar nomini ayting va izoh 
bering. 
7. Davlat tomonidan boshqariladigan immigrantlikning asosiy xususiyatlarini 
ayting. 
8. Reemigratsiya davlat boshqaruvi qanday imkoniyatlar beradi? 


176 
XVIII Bob. JAHON XO‘JALIGIDA XALQARO KORPORATSIYALAR 
(MONOPOLIYALAR) 
1.§. Transmilliy korporatsiya (TMK) larning mohiyati,
turlari va vujudga kelish sabablari 
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) BMT ekspertlari fikricha «Jahon 
iqtisodiyotining dvigateli» hisoblanadi. Ayni paytda jahonda 40 mingdan ziyod 
TMK lar faoliyat ko‘rsatadi. Ular taxminan 250 ming xorij korxonalariga ega. 
Transmilliy korporatsiyalarning asosiy qismi AQSH, Yevropa Ittofoqi va 
Yaponiyada tashkil topgan. Transmilliy korporatsiyalar dunyo sanoat 
mahsulotlariining 40 % ini, xalqaro savdo hajmining teng yarmini ishlab 
chiqaradi. Umumiy ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmida TMK korxonalari 
ulushi har yili 1 trln. dollarga teng. Ularda 75 mln.ga yaqin ishchi-xodimlar 
faoliyat yuritadi. Bu degani dunyodagi ishga yaroqli aholining har o‘ntasidan biri 
TMK korxonalarida ishlaydi, deganidir. 
Xo‘sh, transmilliy korporatsiyalar o‘zida nimalarni aks ettiradi, ularning 
tarkibiga qaysi korxonalar kiradi? BMT mana bir necha yildirki xalqaro
korporatsiyalar faoliyati bilan qiziqib keladi. Shu bois unga tovar aylanmasi yillik 
100 mln. dollarni tashkil etadigan ko‘plab korxona va firmalar murojaat etadi. 
Ularning filiallari bugungi kunda 6 mamlakatda tashkil etilgan. Dastlabki BMT 
yirik korporatsiyalar faoliyati bilan qiziqib, ularni o‘z a’zoligiga olgan bo‘lsa, 
endilikda bunday korxonalar bu nufuzli uyushmaga a’zo bo‘lish uchun yelib-
yugurayotirlar. Bunda transmilliy korporatsiyalar orasida Shvesariyaning «Nestle» 
firmasi yetakchilik qilmokda. 
BMT metodologiyasidan bilish mumkinki, xalqaro korporatsiyalar o‘z 
aktivlarini ham TMK ga yo‘naltirayotirlar. Hozirda TMK lar o‘rtasida yuqori 
aktivga ega muassasa, bu – transmilliy banklar sanaladi, ya’ni bular – «Royal-
Datch shell» ingliz-golland konserni, hamda AQShdagi «Ford», «Jeneral-Motors», 
«Ekson» va «IBM» lardir.
Xalqaro monopoliyalar ta’rifi. G‘arb iqtisodiyoti adabiyotlarida ko‘pgina 
xalqaro monopoliyalar mavjud, degan iboraga ko‘zingiz tushadi. Bular-transmilliy 
korporatsiyalar, baynalminal korporatsiyalar, transmilliy kompaniyalar, global 
kompaniyalar va boshqalar. Taniqli amerikalik marketing fani bilimdoni F.Kotlyar, 
xalqaro kompaniyalar tashkil topishi jihatidan to‘rt turga bo‘linadi, degan edi: 
ular-global kompaniya, trans milliy kompaniya, ko‘p millatli kompaniya va 
baynalminal kompaniya. 
Rossiyalik iqtisodchilar ham ularni odatdagicha tasnif etadilar. Transmilliy 
korporatsiyalar-bu xorij aktivlaridan tashkil topgan milliy monopoliyalar bo‘lib, 
ularning mahsulot ishlab chiqarishi va savdo faoliyati bir mamlakatdan tashqarida 
amalga oshiriladi.
AQSH korporatsiyalari aksiyadorlik jamiyat deb yuritiladi. Aksariyat 
qo‘shma TMK larning Amerika kompaniyalari bilan qo‘shilganiga xalqaro
maydonda shu nom bilan yoyilishi kuzatilmokda. 


177 
Bu tuzilmalar rivojlanayotgan mamlakatlarda arzon ishchi kuchlari, kapital 
va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash umumlashtirish uchun asosiy vosita 
bo‘ldi. Uning tarkibidagi kompaniyalar alohida, mustaqil ravishda mahsulot ishlab 
chiqaradilar, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar, ista’molchilarga xizmatlar 
ko‘rsatadilar va hakazo. 
Ular bir butun bo‘lib yoxud yagona yirik ishlab chiqarish, sotish majmuasi 
sifatida va mulkdorlarning aksiya kapitallari yig‘ilmasi bilan yagona TMK ga 
birlashishlari mumkin. Bunday paytda ham kompaniya filiallari va sho‘’balari 
qo‘shma korxonalar tashkil etishlari mumkin bo‘ladi. 
Ko‘p millatli korporatsiyalar (KMK) – bu xususiy bo‘lgan Xalqaro
korporatsiyalardir. Bunda ikki mamlakatning umumiy strategik maqsadlarga 
erishishini ko‘zlagan qo‘shma milliy kompaniyalar mavjud. Masalan, 1907 yilda 
tashkil topgan ingliz-golland konserni – «Royal-Datch shelll». Bu ikki millatning 
bu korporatsiyadagi kapitali 60 ga 40 sanaladi. Ko‘pmillatli korporatsiyalar 
tarkibiga mashhur va yirik Yevropaning Shveysar-shved «AVV» (Asia Bromn 
Bovary) kompaniyasini ham qo‘shish mumkin. Bu qo‘shma korporatsiya 
mashinasozlik va elektr-muhandislik xizmatlarini amalga oshiradi va uning filail 
va qo‘shma korxonalari MDH davlatlarida ham mavjud. Yevropadagi yana bir 
yirik ko‘pmillatli korporatsiya ingliz-golland konserni hisoblangan «Yunilever» 
dir. 
Ko‘pmillatli korporatsiyalar o‘zida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi: 

naqd bo‘lgan ko‘p millatli aksiyadorlik kapitalini; 

mavjud ko‘pmillatli markazlar boshqaruvini; 

mahalliy shart-sharoitlar ma’muriyatining jamlashni. 
Oxirgisi, ko‘pgina transmilliy korporatsiyalarga xos bo‘lmagan tomonlari 
mavjud. Umuman olganda ko‘pmillatli korporatsiyalar o‘rtasida chegara amal 
qilinadi, faqatgina u firmaga ish yoki mahsulot eltish yuzasidan borilganda chegra 
bo‘lmaydi, xolos. 
Transmilliy korporatsiyani xalqaro kompaniyalar orasida keng tarqalgan 
global korporatsiyalar to‘ldiradi. Ular XX asrning 80-yillarida ancha kuchaydi. 
Global korporatsiyalar o‘zlarida dunyo moliya kapitalining barcha qudratlarini aks 
ettirgan. U ko‘pgina sohalarni, ya’ni ximiyaviy, elektrotexnika, elektronika, neft, 
avtomobil, axborot, bank tarmoqlarini globallashtirmoqda, ya’ni dunyo miqyosida 
ko‘paymoqda. 
Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelish sabablari milliy davlat 
chegaralarida mahsulotlar ayirboshlash va sotish, o‘tkazishda baynalminallik 
an’analarini ro‘yobga chiqarishda ko‘riladi.
Mahsulotlarning erkinlashuvi va baynalminallashuvi chegaralarda yirik 
kompaniyalarni tashkil etilishiga va transmilliy korporatsiyalarning tobora 
iqtisoddan baquvvat va rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kapitallarning 
almashinuvi esa xalqaro korporatsiyalar taraqqiyotida alohida vosita bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 
TMK ning vujudga kelishini aniq sababi – yuqori daromad ko‘rishlikda, 
desak bo‘ladi. Shuningdek, mustahkam raqobat, mahsulot va pul mablag‘ 
TMKning vujudga kelishini ta’minladi. 


178 
2.§. Transmilliy korporatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari 
Transmilliy korporatsiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular 
xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanishida faol rol o‘ynaydi. TMK xalqaro
mahsulot tizimida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mahsulot ishlab chiqarishni 
va xizmat ko‘rsatuvchi sho‘’ba kompaniyalar tashkil etishni amalga oshiradi.
TMK yuqori texnologiyali tarmoqlar, yuqori ilmiy salohiyat natijasida 
vujudga keladigan mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqaradiki, bunga bo‘lgan 
mijozlar ham ixtisoslashgan shaxslar bo‘ladi. Buning natijasida bu sohalardagi 
xalqaro korporatsiyalarda monopollik ruhi hukm suradi. 
XX asr oxirlarida jahondagi rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqargan 
sanoat mahsulotlarining to‘rtdan uch qismi 2000 ta yirik korporatsiya ulushiga 
to‘g‘ri keldi. Ularning yuzdan ortig‘i 50-80 % mahsulot turlarini ishlab chikardi. 
Bu transmilliy korporatsiyalar ichki va tashqi savdoda ham katta nufuzga egadir. 
Eng baquvvat sanalgan 500 ta TMKlar xorij investitsiyasi ulushining 4 dan 3 
qismiga egalik qiladi. Bu gigant TMK lar dunyodagi mavjud elektronika va ximiya 
mahsulotlarining 5 dan 4 qismini, farmatsevtika mahsulotlarining 10 dan 9, 
mashinasozlik mahsulotlarining 10 dan 8 qismini ishlab chiqaradi. 
2004 yil ma’lumotlariga qaraganda, dunyo xo‘jaligida 600 tadan ortiq 
TMKlar hukmronlik qilgan. Ularning 300 tasi dunyo yalpi mahsulotining 4 dan 3 
qismini ishlab chiqargan va o‘z mahsulotlari va xizmatlari – nurini keskin 
ko‘paytirgan. Masalan, «Volvo» nomli shved avtomobil konserni hozirgi kunda 
nafaqat jahonda mashhur bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish bilan kifoyalanayapti, 
balki u Shvesiyaning o‘zida 30 dan ortiq yirik sho‘’ba kompaniyalari va o‘ndan 
ortiq davlatlardagi korporatsiyalari katerlar uchun dvigatellar, aviatsiya motorlari, 
hatto pivo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Shu bilan birga, AQShdagi 500 ta eng 
yirik TMKlar 11 xil o‘rta tadbirkorlik sohalarida va 30-50 ta kuchli sohalarda 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Yoki 100 xil sanoat guruhlarida ish yuritayotgan firmalar 
Angliyada jami 96 sohada, Germaniyada – 28, Fransiyada – 84, Italiyada esa 90 xil 
soahalarda mahsulot tayyorlash bo‘yicha yetakchi sanalishadi. Muhimi, ularning 
soni va harakteri iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. 
TNKlarning kuchli mahsulot bazasi mo‘ljali yuqori samara beruvchi 
mahsulot bozorini vujudga keltirib, ana shunday mahsulot ishlab chiqarish - savdo 
siyosati yurgizishni ko‘zlaydi. Shuningdek uning rejasida kompaniyalar tuzish va 
firmalar tashkil etish masalasi ham bor. 
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari va 
kapitallar rivoji bo‘yicha siyosiy dinamika vazifasini o‘taydi. Masalan, 
«Elektrolyuks» transmilliy korporatsiyasini olaylik. U ayni paytda dunyo 
bozoridagi maishiy elektro mahsulotlar va sanoat texnologiyasining 25 %ini o‘z 
qo‘lida ushlab turibdi. 1912 yilda tashkil etilgan bu shved kompaniyasi XX asrning 
20–yillardayoq Astraliya va Yangi Zelandiya bozorini o‘z mahsuloti bilan egallab 
olgandi. So‘nggi o‘n yilda esa «Elektrolyuks» «Uayt Konsolideyted» 
kompaniyasini, AQShda esa maishiy texnika ishlab chiqaradigan «Vestingauz», 
«Gibson» kompaniyasini, shuningdek, yirik elektr tovarlari ishlab chiqaradigan 


179 
«Zanussi» (Italiya va barcha janubiy Yevropada mavjud) hamda elektr tovarlari 
ishlab chiqaradigan «AEG» (Germaniyada) kompaniyalarini o‘ziga qo‘shib oldi. 
Bu firmalarning qo‘shilishi natijasida «Elektrolyuks» dunyoda o‘zi ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlar tarmog‘i bo‘yicha lider bo‘ldi. 75 mamlakatni 
elektrotexnika mahsulotlari va xizmatlari bilan ta’minlab kelmoqda. 90 yillar 
oxirida bu TMKlarning barcha korxonalarida 110 ming dan ziyod kishi mehnat 
qilib va uning yillik mahsulot hajmi 16 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. 
3.§. Jahon xo‘jaligida TMKlarning tutgan o‘rni va roli 
Ma’lumki, TMKlar o‘z faoliyatini kengaytirish orqali jahon bozorida yangi 
shakllarni o‘zlashtiradi. Bu shakllar TMKlarga a’zo bo‘lmagan firmalar bilan 
aloqallar o‘rnatish, shartnomalar imzolash munosabatlari bilan amalga oshiriladi. 
Endi bunday firmalar TMKlarning odatdagi iqtisodiy variantlariga tanlashlari 
mumkin bo‘ladi: 

litsenziyalash; 

franchayzing; 

boshqariladigan kontraktlar; 

texnik va marketing xizmatlarga e’tibor qaratish; 

«kaliti bilan» sanalgan korxonalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish; 

ko‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar va alohida amalga 
oshiriladigan operatsiyalardagi cheklovga rioya qilish. 
Litsenziya bitimi yuridik shartnoma bo‘lib, litsenziya egasi o‘ziga tegishli 
hududda bemolol faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Litsenziya 
munosabatlari soddalashtirilgan bo‘lib, bu hujjat ichki firma shartnomasidagi kabi, 
tashqi texnologik yo‘nalishlarda ham to‘la-to‘kis kuchga ega hisoblanadi. 
Litsenziya bitimining asosiy ko‘rinishi franchayzing (franshiza) deb 
yuritiladi. 
Franchayzing – bu litsenziyaviy bitim, davomiylik asosidagi muddatga ega. 
U ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotini biron-bir firma yoki korxonaga sotish 
huquqini berishi va mahsulotni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo firmasi yoki 
korxonasi. Franchayzing biznesni tashkil etish va amalga oshirish usuli sifatida 
1990 yillar oxirida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan TMKlarning bu shakli 
boshqaruv va marketing xizmatlariga e’tiborni kuchaytirishni talab etgan. 
Texnik ko‘maklashish haqidagi shartnomaga ko‘ra TMKlar mavjud
firmalarga texnik xizmatlar ko‘rsatish va ular faoliyati nuqtai nazaridan zarur 
yordamni beradi. Aksariyat bitimlar mashina va texnologiyalarni profilaktik 
ta’mirlash, «nou-xou» ni amalga oshirishga maslahat berish, xavf-xatarlarning 
oldini olish va sifatli nazorat o‘rnatish borasida tuziladi. 
Eng yirik bitimlar zavodlarning «kaliti bilan» deb nomlangan iqtisodiy 
aloqallari bo‘yicha tuzilishi kuzatilmoqda. Bu holatda TMKlar o‘z zimmasiga 
firmaning barcha faoliyatini yuzaga chiqarish, rejalashtirish yoki kurish uchun 
zarur bo‘lgan ob’ektlarning saqlanish javobgarligini oladi. 


180 
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida 
mehnatni yuqori baholash bo‘yicha jahon xo‘jaligi taomiliga mos bo‘lgan tarzda 
asosiy rol o‘ynaydi. Barcha TMK lardagi yirik xorij investitsiyalari hozirgi vaqtda 
savdodan ko‘ra bandlik masalalariga ko‘proq jalb etiladi. TMKlar hozirda 
dunyodagi barcha xususiy sektorga tegishli investitsiyalarning 90% dan ko‘proq 
ulushini o‘z nazoratiga olgan. 
TMKlar mahsulotlari tizimi sohasi yetarlicha keltirilgan. Dunyodagi 60 % 
xalqaro kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan, 37 % i xizmatlar ko‘rsatish 
bilan, 3% i esa qazib olish sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasi bilan band. 
Amerikada chiqadigan «Fortun» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi 
500 ta yirik TMKlar o‘rtasida to‘rtta kompleks asosiy rol o‘ynaydi. Bular: 
elektronika, neftni qayta ishlash, ximiya va avtomobilsozlik. Ular 500 ta TMKlar 
ichida bu mahsulotlarni sotish bo‘yicha 80 % ulushga ega. 
TMKlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi rolida hududiy – 
sohalarga investitsiya kiritish bilan ham alohida harakterlanadi. Qoidadagidek, ular 
asosan «yangi sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar» hamda taraqqiy etayotgan 
davlatlarga sanoat sohasida qayta qurishni jadallashtirish uchun kapital ajratmoqda. 
O‘z-o‘zidan bu holatda kapital oluvchi mamlakatlar o‘rtasida investitsion rakobat 
yuzaga kelmoqda. 
Qashshoq mamlakatlar uchun transmilliy korporatsiyalar ko‘proq qazilma 
sanoat tarmoqlari va mahsulot eksporti yo‘nalishiga mablag‘ kiritadi. Bu holatda 
ham jadal raqobat yuzaga keladi. Fakat bu raqobat mahalliy bozorlarni mahsulotlar 
bilan to‘ldirish uchun TMK larning o‘zlarida vujudga keladi. 
TMKlar barcha jabhalarda xalqaro iqtisodiy aloqallar tizimida u yoki bu 
mamlakat uchun ular takdirini belgilovchi faktor sifatida gavdalanadi. Faol ishlab 
chiqarish, investitsiya, savdo yo‘nalishida TMKlar ular uchun katta ko‘mak 
bo‘luvchi dastak rolini bajaradi. BMT ekspertlari ta’kidlashicha, dunyo iqtisodiy 
integratsiyasiga ko‘shilishda bu mamlakatlar uchun TMK larning ahamiyati 
bekiyos. 
TMKlar ayrim davlatlar an’analariga buysunmay u sohaga bostirib kiradi – 
degan edi BMT eksperti YUNKTAD ya’ni, BMTning savdo va taraqqiyot 
bo‘yicha konferensiyasida. Darhakikat, TMKlarning faoliyati integratsiyalashuv, 
chegaralararo baynalminallik va shular orqali yuqori foydaga ega bo‘lishdan 
iborat. 
O‘z o‘rnida TMKlar harakatining jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlari mavjud. Bu borada mutaxassislar 
quyidagicha fikrlaydilar: 

davlatning siyosiy – iqtisodiy munosabatiga TMKlar o‘z faoliyati bilan 
zid yuradi; 

davlat qonunlari buzuladi, qo‘l kuchi transferter bahosini 
nomutanosiblashtiradi. Qator mamlakatlarda tashkil etilgan TMKlar 
sho‘’ba kompaniyalari milliy qonunchiliklarni pisand etmaydi, aksincha 
mamlakat ichidagi soliq muammolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 

rivojlanayotgan mamlakatlarda monopolistik baho joriy etadi, 
diktaturaga xos sharoit vujudga keltiradi. 


181 
Xullas, trasmilliy korporatsiyalar – bu ancha murakkab va doimo xalqaro
xo‘jalik aloqalari tizimida rivojlanib boruvchi xususiyatni talab etuvchi hamda 
doimiy ravishda xalqaro nazoratni, o‘zlashtirib borishni va e’tiborni qaratishni 
talab qiladigan uyushma, birlashma hisoblanadi. 
4.§. Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar)
Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) dunyoning ko‘plab davlatlarida keng 
yoyilgan. XX asrning oxirlarida dunyoda turli xildagi 4 mingdan ortiq EIH lar 
mavjud edi. G‘arb mutaxassislarining fikricha 2004 yilga kelib jahon tovar 
aylanmasining 30%i turli erkin iqtisodiy hududlarda ro‘y berdi. Xalqaro 
korporatsiyalar o‘z faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni qidirib, EIHlarni ko‘p 
foyda olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishadi. Yirik xalqaro korporatsiyalar 
erkin iqtisodiy hududlarda o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qilishni 
ekspansiyalarining muhim yunalishi deb hisoblaydilar. 
Erkin iqtisodiy hududlar mamlakatning boshqa qismlarida ishlatilmaydigan 
imtiyoz va rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi qo‘llaniladigan milliy iqtisodiy 
hududning bir qismidir. Odatda EIHlar jug‘rofiy jihatdan u yoki bu darajada 
alohida hududdir. 
Erkin iqtisodiy hududlar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq 
iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‘riladi. 
Ularning faoliyat ko‘rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va 
erkinlashtirish bilan bog‘lanadi. Erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiyoti tashqi 
dunyoga ochiqligi katta darajada bo‘ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa 
tashqi va ichki investitsiyalar uchun qo‘laydir. 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning muhim sabablaridan biri 
shundaki, ko‘pincha davlat iqtisodiyotini kapital oqimi uchun to‘liq ochishni, 
o‘ziga xos investitsiya oqimini hamma joyda ishlatishni istamaydi. Shuning uchun 
ham maxsus hudud sifatida qisman ochiqlikni ishlatadi. 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita konseptual yondoshish
qo‘llaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda hududdagi barcha 
rezident korxonalar xo‘jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar. 
Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona 
(bojsiz) hududlari (EBX) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi 
birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. 
Bunday hududlarni ko‘pincha bond omborlari yoki erkin bojxona hududlari deb 
ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod 
qilinadi. Ular ko‘plab mamlakatlarda mavjud. 
Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo 
hududlari AQShda eng ko‘p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus 
qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag‘batlantirish, savdo 
operatsiyalarini tezlashtirish, savdo harajatlarini kamaytirishdan iborat. 
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus 
«dyuti fri» magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat 


182 
chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga 
imtiyozli holatga ega bo‘lgan an’anaviy erkin portlarni kiritish mumkin. 
Sanoat ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi. Ular 
erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda 
faqat savdo bilan emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanilishi 
oqibatida erkin savdo hududlarining evolyutsiyasi natijasida vujudga keladi. 
Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‘lgan 
hududlarda tashkil qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‘rnini bosuvchi 
tovarlar ishlab chiqiladi. Bu hududlar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega 
bo‘ladilar.
Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida 
bu yerda sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy kapital oqimi yordamida 
bandlik darajasini oshrish zaruriyati tug‘ilgan edi. 
Texnika kiritish hududlari uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80-
yillar). Ular stixiyali tarzda hosil bo‘ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida 
yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy 
tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyixa, ilmiy-ishlab 
chiqarish firmalari jamlanadi. 
Eng ko‘p texnika kiritish hududlari AQSH, Yaponiya, Xitoyda faoliyat 
ko‘rsatmokda. AQShda ularni texnoparklar, Yaponiyada-texnopolislar, Xitoyda-
yangi va ilg‘or texnologiyalar hududi deb ataladi. 
Jahonda eng mashhur va AQShda eng yirik «Silikon Velli» nomli texnopark 
jahon hisoblash texnikasi vositalari va komp’yuterlar ishlab chiqarishining 20 %ini 
beradi. Umuman AQShda 80 dan ortiq bunday hududlar mavjud. Yaponiyada 
mahsus hukumat dasturlari doirasida ilg‘or ilmiy tashkilotlar asosida yigirmaga 
yaqin texnopolislar tashkil qilingan. Xitoyda ham bunday hududlar odatda 
davlatning ilm va texnikani rivojlantirish rejalarini amalga oshirish paytida tashkil 
qilinadi. 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab Xitoyda 50dan ortiq yangi va ilg‘or 
texnologiyalarni rivojlantirish hududlari ishlamoqda. 
Turli moliya-iqtisodiy, sug‘urta va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi firma va 
tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan 
hududlar servis hududlari deb ataladi. 
Servis hududlar qatoriga offshor hududlar (OH) va solih gavanlari (SG) 
kiradi. OH va SG tadbirkorlarni qo‘lay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va 
tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o‘ziga jalb 
qiladi.
Offshor kompaniyalar faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlar qatoriga 
Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil 
orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveysariya va boshqalar kiradi. 
Oxirgi o‘n yillikda bularga Malta, Mavrikiya, G‘arbiy Samoa, Isroil, Malayziya 
(Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo‘shildi. 
Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank, sug‘urta va boshqa kompaniyalar 
yo umuman soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya) yoki kichik miqdordagi 
soliqlar to‘laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va boshqalar). 


183 
Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar qo‘shimcha xorijiy kapital jalb qilish, 
offshor hududida ro‘yxatga olingan korxonadan foyda olish, mahalliy 
mutaxassislar uchun qo‘shimcha ish joylari tashqiqilinishi orqali foyda ko‘radilar. 
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda offshor biznesda band bo‘lgan kapital 500 mlrd. 
doll.ga yetadi. Unda qariyib 2 mln. kishi qatnashadi va har yili bir necha ming 
yangi kompaniya ro‘yxatga olinadi. 
Majmuaviy hududlar alohida ma’muriy tumanlar hududida umumiy 
xo‘jalik yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o‘rnatish bilan tashkil 
qilinadi. Ularga Xitoyning 5 ta mahsus iqtisodiy hududlarini, Braziliyadagi 
«Manuas» hududini, Argentinadagi «Olovli yer»ni, sanoati rivojlangan 
davlatlarning kam rivojlangan hududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini kiritish 
mumkin. 
Turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlarning o‘xshash tomonlari ularda 
o‘zida tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga 
nisbatan ustunliklar bo‘lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli 
hududlarda imtiyoz va rag‘batlantirishlar ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. 
Imtiyozlar turtta asosiy guruhga ajratiladi: 

Tashqi savdo imtiyozlari. Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (ekport-
import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo 
operatsiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish; 

Soliq imtiyozlari. Bunda faoliyatning ma’lum ko‘rinishlari soliq imtiyozlari 
orqali rag‘batlantiriladi. Bu imtiyozlar soliq bazasi (daromad, mulk qiymati 
va h.k.), uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga 
harajat, transport), soliq stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy 
va vaqtinchalik ozod qilish masalalari; 

Moliyaviy imtiyozlar. U o‘z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. 
Ularga kommunal xizmatlarning arzonligi, yer maydonlari va ishlab 
chiqarish binolari, ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi; 

Ma’muriy imtiyozlar. Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy fuqarolar 
kirib-chiqishini yengillashtirish, shuningdek turli xizmatlar ko‘rsatish 
maqsadida ma’muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi. 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy 
yutuqlari, umumiy xususiyatlari va rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari haqida 
ma’lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi 
erkin iqtisodiy hududlar yaxshi rejalashtirilganligi va ularni boshqarishning 
moslashuvchanligiga bog‘liqdir.
Bu hududlarni tashkil qilish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan juda foydali bo‘lib, 
ko‘plab ish o‘rinlarini tashkil qilishda, halqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, 
tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirishda katta rol o‘ynaydi. 
Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar ham o‘ziga xos qator 
o‘xshashliklarga egadirlar. 
Birinchidan, bu davlatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari (EICHH) 
keng tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EICHH tashkil qilishga qator iqtisodiy 
sabablar, avvalambor, eksport uchun sanoat tovarlari ishlab chiqarishni 


184 
rivojlantirish, mamlakatga xorijiy kapital, ilgor fan va texnika, zamonaviy texnik 
axborotlar jalb qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo‘ladi. 
Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hududlardagi xo‘jalik yuritish rejimi xorijiy 
ishbilarmonlar uchun erkinroq va imtiyozli bo‘ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar 
orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog‘liqdir. 
Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyati davomida ular faoliyatining 
tovar-sanoat diversifikatsiyasi ro‘y beradi. Zamonaviy ITI yangi va yuqori 
texnologiya ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmtalab ishlab chiqarish 
jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o‘rinlarga olib chiqadi. 
Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoyda maxsus iqtisodiy hududlar 
sezilarli rivojlandi. 80-yillarning boshlarida maxsus hududlarga birlashtirilgan 
kichik-kichik hududlar bilan boshlagan Xitoy hukumati 90-yillarning boshlarida 
bunday hududlarni yuzlab kvadrat kilometrga yoydi. Malakatda va xorijda 
mashhur bo‘lgan «Shenchjen», «Chjuxay», «Syamen», «Shantou», «Xaynan»dan 
tashqari mamlakatda texnik-iqtisodiy hududlar (yigirmadan ortiq) va yangi va 
yuqori texnikani rivojlantirish hududlari - texnoparklar ham sezilarli rivojlandi. 
Shanxaydagi «Pudun» iqtisodiy rivojlanish hududiga alohida rol ajratilgan. Bu 
loyihaga ko‘ra «Pudun» hududi bir necha o‘n yil mobaynida Shanxayni Osiyo-
Tinch okeani mintaqasidagi yirik savdo va moliyaviy markazga aylantiradi. 
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilish Xitoy hukumati tomonidan 70-yillar 
oxirida e’lon qilingan «ochiq eshiklar» tashqi iqtisodiy siyosatning tashqiliy bir 
qismi bo‘lib qoldi. Erkin iqtisodiy hududlar rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy 
rahbariyati mamlakatning joriy ehtiyojlari va bunday hududlar tashkil qilishning 
xorijiy tajribalarini e’tiborga oldi. Singapur, Tayvan va AQSH tajribasi alohida 
e’tibor bilan o‘rganildi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishga tayoyrgarlik 
davrida ular faoliyatining bir necha variantlari taklif qilindi. Natijada eksportga, 
xorijiy kapitalni jalb qilishga, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasini 
yaxshilashga yunaltirilgan EIH tanlab olindi. Maxsus iqtisodiy hududlar «ochiq 
eshiklar» siyosatini amalga oshirgan holda, mamlakatning boshqa tumanlarini 
bog‘lab turuvchi rolini o‘ynay boshladi. 
Xitoydagi maxsus iqtisodiy hududlar va boshqa imtiyozli investitsion 
iqlimdagi tumanlar faoliyatining amaliyoti shubhasiz muvaffaqiyatga erishdi. 
Xitoylik va xorijiy mutaxassislar EIH erishgan yutuqlar qatoriga avvalo, barqaror 
iqtisodiy o‘sish sur’ati, hududlarga ko‘p miqdorda xorijiy investitsyalarning jalb 
qilinishi, mehnat unumdorligining sezilarli o‘sishi va nihoyat, aholi turmush 
darajasining o‘sishini kiritishadi. 
Erkin iqtisodiy hududlar muvaffaqiyati haqida guvohlik beruvchi 
misollardan tashqari ularni tashkil qilishda muvaffaqiyatsizlikka ham uchralgan. 
Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli 
ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi balki 
umuman faoliyatini to‘xtatdi. Buning asosiy sabablariga siyosiy, iqtisodiy, 
tashkiliy sabablarni ko‘rsatish mumkin. 
Siyosiy sabablar mamlakatdagi umumiy siyosiy beqarorlik, fuqarolar 
kelishmovchiliklari va boshqalardir. Iqtisodiy sabablarga avvalo, erkin iqtisodiy 
hududlardagi investor nuqtai nazaridan juda murakkab investitsion rejim haqidagi 


185 
qonunchilik kiradi. EIXdagi byurokratik bashqaruv, hududda investorlarni 
ro‘yxatga olishda kerak bo‘lmagan protseduralar mavjudligi, hudud ustunliklarini 
yomon reklama qilinishi ham erkin iqtisodiy hududlar taqdiriga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Nazorat savollari 
1. Nima uchun transmilliy korporatsiyalar (TMK) «jahon iqtisodiyotining 
dvigateli» deb ataladi? 
2. Dunyodagi jami TMKlarning sonini ayting. 
3. TMKlarning asosiy qismi qayerda to‘plangan? 
4. Dunyodagi qaysi xalqaro savdo va sanoat mahsulotlari hajmida transmilliy 
korporatsiyaning ulushi qancha? 
5. Xalqaro monopoliya iborasiga ta’rif bering. 
6. Yirik va gigant xalqaro transmilliy korporatsiyalarni aytib o‘ting? 
7. TMKlar faoliyatining asosiy xususiyatlariga ta’rif bering. 
8. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda TMKlarning ma’no va rolini ayting. 
9. Mamlakat iqtisodiyotiga TMKlarning salbiy ta’sir etuvchi jihatlarini gapirib 
bering. 


186 
XIX Bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTIDA XALQARO
TASHKILOTLARNING O‘RNI VA ROLI 
1.§. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari 
Xalqaro valyuta fondi (XVF). Xalqaro valyuta fondi 1944 yil iyulida 
AQSH ning Bretton-Vudse shahrida o‘tkazilgan BMT ning konferensiyasida 
tashkil etilgan. XVF ning nizomi esa 1945 yil dekabrda 29 ta mamlakat imzosi 
bilan tasdiqlangan. U 1947 yil mart oyida faoliyat boshladi va bosh binosi 
Vashingtondan joy oldi. 
Bu davrda XVF ning asosiy yo‘nalishi (Nizom bo‘yicha) quyidagilardan 
iborat edi: 

Xalqaro valyuta hamkorligiga ko‘maklashish, dunyo savdo 
taraqqiyotiga yordam berish; 

valyuta kurslarini boshqarish; 

to‘lovlarning ko‘p xilli tizimining amal qilinishiga ko‘maklashish; 

valyuta cheklovlaridan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish. 
XVF ga a’zo mamlakatlarning xorijiy valyutadan foydalangan chog‘ida 
to‘lov balanslarning har bir kvotalar uchun to‘lagan a’zolik badallari tashkil etadi. 
Kvotalar o‘lchami esa mamlakatlar iqtisodiyoti taraqqiyoti darajasini (YAIM 
hajmida) hamda ularning jahon xo‘jaligi va xalqaro savdodagi rolini belgilaydi. 
A’zolik badallar-kvota ovozlari soni va hajmi XVF organida rahbarlik 
qilish o‘rnini belgilaydi. Ayni vaqtda AQSH ning XVF kapitalidagi ulushi-17,7 % 
ni tashkil etadi va shu bois u shu organga rahbarlik qiladi. Germaniya va Yaponiya 
ulushi – 5,5 % dan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariniki esa – 26 % dan ziyod. Bu 
fondda O‘zbekiston ulushi qariyb 296 mln. dollarini tashkil etadi.
XVF yuqori rahbarlik organi barcha a’zo davlatlarning moliya vazirlari 
yoki markaziy banklari rahbarlaridan tarkib topgan maslahat boshqaruvchilaridir. 
XVF–dunyodagi eng yirik kreditor tashkilot bo‘lib hisoblanadi. Hozirda u 
dunyodagi mavjud 200 dan ortiq mamlakatlarga kreditlar, ko‘maklashuvchi 
mablag‘lar ajratadi. 
XVF kreditlari asosan mamlakatlarning chet el valyutalaridan 
foydalanganlarida to‘lov balanslarini barqaror holda turishi uchun beriladi. 
Kreditni olish uchun mamlakat avvalo o‘z hududida siyosiy va iqtisodiy qulay 
sharoitlarni saqlashi talab etiladi. XVF hozirda quyidagi funksiyalarni amalga 
oshiradi: 

xalqaro valyuta tizimini nazoratga olishni; 

valyuta kurslarini barqarorligi va fondga a’zo mamlakatlarning valyuta 
munosabatlarini tartibga solishni; 

o‘zining barcha a’zolariga ko‘maklashishni, to‘lov balanslari borasida 
yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni, ularga qisqa va uzoq 
muddatli kreditlar berishni; 

a’zo mamlakatlaridan valyuta zahiralarini to‘ldirishni va SDR ni 
taqsimlashni; 


187 

kvotalar badali hisobidan o‘zining moliyaviy resursini tashkil etishni. 
Ayni paytda XVF oldida bir qator operativ masalalarni hal etish 
muammosi ko‘ndalang turibdi. Chunki xalqaro valyuta fondi - bu valyuta–moliya 
munosabatlari sohasida ancha obro‘li xalqaro tashkilot sanaladi. 
Jahon banki (JB). Jahon banki XVF dan tashqari xalqaro valyuta-moliya 
munosabatlarida asosiy boshqaruvchi institutlardan biri sanaladi. U bir necha 
moliyaviy tashkilotlardan tashkil topgan: 

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki MBRR-XTTB); 

XTTB ning 1945 yilda tashkil etilgan uchta filiali; 

1956 yilda tuzilgan xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK); 

xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU; 1960 yilda tashkil etilgan); 

1988 yilda asos solingan Investitsiyalarni kafolatlash Xalqaro agentligi 
(IKXA); 

shuningdek, MBRR- XTTB ning Amerika, Osiyo, Afrika va 
Yevropadagi kontinental filiallari. Vashington sh.- Jahon bankining 
shtab-kvartirasi.
Jahon banki tizimida ya’ni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-
XTTB) asosiy tashkiliy qismi hisoblanadi. MBRR a’zosi-xalqaro valyuta fondiga 
a’zo bo‘lgan mamlakat hamdir. MBRR ni boshqaruvchi yuqori-maslahat 
rahbariyati va direktoratdir. Uni AQSH hukumati – MBRR prezidenti boshqardi. 
MBRRda ham XVF dagi singari kvotalar ovozi – a’zolik badallari muhim 
rol o‘ynaydi. Faqat farqi shundaki, MBRR a’zo mamlakatlar badallaridan tashqari 
xususiy kompaniyalar, turli moliya uyushmalari, jamoat va hukumat 
tashkilotlarining obligatsiyalari vositalarini ham qabul qiladi. Bu nufuzli bankda 
AQSH bilan birga, «kuchli yettilik» - Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Fransiya, Kanada, Italiya liderlik qiladi. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki XVF singari BMTning 
ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. U mustaqil moliya tashkilotidir. Bu o‘zida 
xususiy maxsus yo‘nalish va vazifalarni bajarishni aks ettiradi. 
MBRRning asosiy faoliyati-davlat kafolati bilan hukumatlarga uzoq 
muddatli kreditlar ajratish va bankka a’zo mamlakatlarning xususiy 
kompaniyalariga muddatli qarz berishdan iborat. 
Jahon savdosi faoliyatidagi xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi boshqaruvni 
Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim (GATT) tartibga soladi. U 1948 yilda tashkil 
etilgan. Dastlab unga 23 ta davlat a’zo edi. 1949 yildan 1995 yilgacha GAAT 
dunyodagi savdo qoidalarini joriy etuvchi, siyosiy savdoni tashkil etuvchi va unga 
a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarib turuvchi yagona xalqaro
targ‘ibot organi hisoblanadi. 
GAATning asosiy faoliyat shakli esa raund deb nomlanuvchi 
konsultatsiyalar berish, o‘zaro suhbatlar o‘tkazish yo‘nalishidir. GAAT faoliyat 
boshlagandan buyon sakkizta raundni o‘tadi. Shulardan eng so‘nggisi 1986 yilda 
amalga oshirilgan Urugvay raundidir.
1995 yilda GAAT tarkibida Marakko shartnomasiga ko‘ra Jahon savdo 
tashkiloti (JST) tashkil etildi. Unga 131 mamlakat a’zo bo‘ldi. 


188 
JSTning asosiy funksiyalari: 

ko‘ptaraflama savdo bitimlari bajarilishi tartiblarini nazoratga olish; 

savdo borasidagi kelishmovchiliklarga barham berish; 

xalqaro savdo va savdo siyosati taraqqiyoti nazoratini olib borish; 

maqsadga texnik yondoshish va mutaxassislar o‘kuvini tashkil etish; 

savdo siyosati masalalarida boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 
o‘rnatish; 
Manzili: Jeneva sh. Shvesariya. 
1964 yilda BMTning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi bo‘ldi va 
YUNKTAD tashkil etildi. 
Uning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:

rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuviga kirishishi 
va mamlakatlarning xalqaro savdo tizimiga kirishuviga ko‘maklashish; 

rivojlangan mamlakatlarda savdoga chiqariladigan mahsulot turlarini 
qoniqarli ekanini tasdiqlash va xalqaro savdo faoliyatini rivojlantirish; 

globallashuv va taraqqiyot, xalqaro savdo, investesiya va xizmat 
ko‘rsatuv muammolari bo‘yicha ko‘p yoqlama suhbatlar o‘tkazish. 
Manzili: Jeneva sh. Shvesariya 
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT). XMT 1919 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 
unga 171 mamlakat a’zo sanaladi. 
Asosiy faoliyati: 

ish bilan ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish uchun milliy 
dasturlar ishlab chiqish; 

bilim olish va kasbiy tayyorgarlik uchun zarur sharoitlarni yaratish; 

mehnat, sog‘liqni saqlash va turmushdagi sharoitlarni yaxshilash; 

jamoalarda kelishilgan huquqiy munosabatlar va menejment va mehnat 
o‘rtasidagi hamkorlikka e’tirof etish. 
Manzili: Jeneva sh. Shvesariya. 
Iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS). EKOSOS a’zolari BMT a’zolariga 
tarkib topgan 54 ta mamlakat. 
EKASOS faoliyati quyidagi uchta asosiy funksiyada o‘z aksini topadi: 

davlatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolardir, qayta 
ishlashga yo‘naltirilgan siyosiy liniyalar uchun muzokara va forumlar 
tashkil etish; 

BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy masalalari, shuningdek, BMTning 
ixtisoslashgan idoralari masalalarini muvofiqlashtirib borish; 

xalqaro hamkorlikka va umumiy hamda maxsus iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotga malakali tadqiqotlarni tayyorlash. 
Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha Milliy hamkorlik tashkiloti (YUNIDO). U 
1966 yilda tashkil etilgan. YUNIDO rivojlanayotgan mamlakatlarni 
sanoatlashtiradi va ularning bu taraqqiyot yo‘liga milliy va xalqaro resurslarni 
safarbar etadi. 
Milliy hamkorlik tashkiloti taraqqiyot dasturi (PROON) rivojlanayotgan 
mamlakatlarning asosiy iqtisodiy sektoriga texnik va investitsiya yordami 


189 
ko‘rsatadi. PROON 1965 yilda tashkil etildi. U ixtiyoriy badallar va faqat 
hukumatning aralashuvi va iltimosiga ko‘ra tushadigan mablag‘lar bilan 
moliyalashtiriladi. 
BMTning savdo-sotiq va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO). U hukumat 
tashkilotlari o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi borasidagi mehnat masalalari bilan 
ta’minlashda yagona va jamoa mehnati munosabatini muvofiqlashtirish. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo-sotik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
taraqqiyotiga ko‘maklashish, mutaxassislar tayyorlash va talab-takliflarni ishlash 
FAOning asosiy faoliyatlaridan sanaladi. 
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) 1947 yilda tashkil etilgan. 
Uning faoliyati urushdan keyingi Yevropaning iqtisodiy yuksalishiga 
ko‘maklashishdan iborat. 
Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi (EKA, EKLAK) uchun iqtisodiy 
komissiya, Osiyo va Tinch okeani (ESKATO) uchun va Parij klubi (1956) uchun 
iqtisodiy va ijtimoiy komissiya va boshqalar. 
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari o‘rtasida Xalqaro hisob 
banki (XHB) alohida o‘rin egallaydi. 
XHB ikkita funksiyani bajaradi: 

markaziy banklar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashish va 
xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qulay shart-
sharoitlarni yaratish; 

Xalqaro hisob ishlarida ishonchli shaxs yoki anketalar rolini bajarish; 
XHB aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan. 
2.§. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi roli 
Bugungi kunda O‘zbekiston Halqaro valyuta fondi XVF, 1992 yil 21 
sentyabr) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) a’zosi. Bu nufuzli 
moliya tashqilotlariga ochilgan yo‘l respublikamiz iqtisodiyoti taraqqiyoti va bu 
boradagi islohatlarni jadallashtirish uchun katta imkoniyat yaratdi. Bu hamkorlik 
O‘zbekiston uchun valyuta va moliya sohasida yangi tajribalarni o‘zlashtirish 
imkonini ham berdi. 
O‘zbekistonda XVF faoliyati respublika Markaziy banki va hukumatning 
texnik va konsultativ xizmatlarini yuqori darajaga ko‘tarishga qaratilgan. XVF 
mamlakatlar bank tizimlari taraqqiyotiga statistik ma’lumotlarni yengillashtirish, 
bank faoliyati nazoratlarini takomillashtirish, moliya tizimida kadrlarni o‘qitish, 
me’yoriy-huquqiy aktlar ishlanmasini tayyorlash kabi yumushlarda ko‘maklashadi. 
O‘zbekiston uchun MBRR va xalqaro tiklanish uyushmasi (MAR) bilan 
hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon banki (JB). O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil sentyabr oyida Jahon 
bankiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirdi. Bugun O‘zbekistonda Jahon bankining 
moliyaviy institut guruhlari hamda xorij investitsiyalari kafolati bo‘yicha ko‘p 


190 
yoklama agentlik va xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) o‘z faoliyatlarini olib 
borishmoqda. 
Jahon bankining hamkorlik strategiyasi quyidagi yo‘nalishlarda belgilab 
berilgan: 

valyuta va savdo tartibini erkinlashtirish sohasida istiqbollarni amalga 
oshirish uchun tahlilni, siyosiy va institutsion negizlarni tayyorlashga 
ko‘maklashish; 

xususiy sarmoyalar uchun yanada maqbul investitsion muhitni 
yaratishga ko‘maklashish; 

munitsipal infratuzilma taraqqiyoti va kommunal xizmat tizimining 
ishini takomillashtirish; 

mamlakatning kengaytirilgan drenaj va irrigatsiya infratuzilmasi 
saqlanishiga ko‘maklashish va uning samaradorligini yaxshilash. 
Islom taraqqiyot banki (ITB). O‘zbekiston Respublikasi 2003 yil 27 
avgustda ITB ga a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMM). 1993 yil oktyabr oyidan boshlab 
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro moliyaviy korporatsiyaga (XMK) a’zo bo‘lib 
kirdi. XMK ning O‘zbekistondagi faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan: 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish; 

sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmatning barcha tarmoqlarini 
moliyalashtirish . 
Osiyo taraqqiyot banki (OTB). O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 29 
iyuldan boshlab OTB bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 
O‘zbekistonda OTB moliyalash strategiyasining asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilardan iborat: 

qishloq xo‘jaligi sohasi; 

transport (temir yo‘l va avtomobil) sohasi; 

ta’lim sohasi; 

moliya va bank sohasi;

ijtimoiy soha; 

mikromoliyalash; 

energetika infratuzilmasi. 
O‘zbekiston BMTning va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE) 
ning tenghuquqli a’zosi. Ularning byurosi Toshkentda ochilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) ga 
1992 yil 30 apreldan a’zo. 1993 yildan esa YETTB loyihasi qatoridan joy olgan. 
YETTBning O‘zbekistonga berayotgan moliyaviy va texnikaviy yordami ustivor 
sohalar-moliya, ma’danli xomashyo konlarini o‘zlashtirish va ularni sanoat yo‘li 
bilan qayta ishlash, energetika majmuasi, agrobiznes, paxtani qayta ishlash, 
sayyohlik, transport va aloqa tarmoqlariga sarflanmoqda. Bugungi kunda 
O‘zbekistonga jami summasi 550 mln. dollar, YETTB ulushi esa 250 mln. dollar 
bo‘lgan undan ziyod yirik loyihalar kiritilgan. O‘zbekistonning integratsion 
taraqqiyoti dinamikasi jahon iqtisodiyotiga jadallik bilan kirib bormoqda. 


191 
Nazorat savollari 
1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tuzilishiga nimalar sabab bo‘lgan? 
2. Siz qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz? 
3. XVF qachon tashkil etilgan? XVF ning dunyo iqtisodiyotidagi roli haqida
gapirib bering. 
4. XVF fondida O‘zbekiston kvota summasi qancha? 
5. Aytingchi, Jahon banki qanday tashkilotlardan tashkil topgan. 
6. GAATning qanday yo‘nalishi va vazifalari bor? GAAT tarkibida qachon 
VTO-JST tashkil etildi? 
7. XVF, XTTB, OTB YETTB va boshqa xalqaro valyuta – moliya va kredit 
tashkilotlari zamonaviy jahon iqtisodiyoti maydonida qanday rol o‘ynaydi? 
8. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida dunyo valyuta-moliya va kredit 
uyushmalarining o‘rni va roli haqida qisqacha ma’lumot bering. 


192 
ASOSIY TUSHUNCHALAR LUG‘ATI 
Absolyut (mutloq) ustunlik – manfaatlar, ya’ni tashqi savdoda 
mamlakatlarining asosiy mahsulotdan keladigan foydadan yuqori ulush olishi. 
Aksiya – qimmatbaho qog‘oz. U aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirishga 
mablag‘ sarflanganligi dalolati bo‘lib, uning egasi aksiyadorlik jamiyati 
foydasining bir qismini divedend tariqasida olish huquqini beradi. 
Aksiyadorlik jamiyati (AJ) – korxona, tashkilot va boshqa idoralarning 
mablag‘larini sherikchilik asosida va egalik maqsadida birlashtiradigan jamiyat. 
AJda xususiy kapitaldan boshqa zayomli kapitallarning bank krediti va chiqarilgan 
obligatsiyalari mulk sifatida hisoblanadi. 
AJ aksiyadorlari odatda yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘ladi, ammo 
ba’zida banklar, ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta kompaniyalari ham aksiyador 
bo‘lishi mumkin. AJning yuqori organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
sanaladi va asosiy masalalar ushbu aksiyadorlar yig‘ilishida muhokama qilinadi. 
Asosiy mablag‘laridan iborat investitsiya – ishlab chiqarishni rivojlantirish 
maqsadida mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotining turli tarmoqlariga uzoq 
muddatli kapital kiritish. 
Aniq investitsiyalar-qurilish-montaj, loyiha smeta ishlari, texnologiyalar, 
asbob-uskunalar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikni yuksaltirish 
kabi sohalarni rivojlantirishga kiritiladi. 
Aholining tabiiy ravishda ko‘payishi – bir yilda aholining tug‘ilishi va 
o‘limi orasidagi farqlanish. Bu borada o‘zgaruvchanlik ijobiy yoxud salbiy holatda 
bo‘lishi mumkin. 
Aholining migratsion o‘sishi – ma’lum hududga va chaqirilgan mamlakatga 
chetdan kelgan aholining mahalliy aholi o‘rtasidagi tafovuti. Bu indikator majmui 
ham salbiy, ham ijobiy holatni yuzaga keltiradi.
«Aqlli migrantlar» («Brain drain») – Xalqaro migratsiya bozorida yuqori 
malakaga ega ishchilar (bilimli, mutaxassis, menejer va boshq.). 
Barter – tovar ayirboshlash, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovarni tovarga pul 
almashtirib olish. Bu savdo sxemasida «tovar ketidan tovar» deb ataluvchi so‘nggi 
shartnoma savdosi amal qilinadi. 
Barter faoliyati o‘zida mamlakatlar, firmalar, korxonalar o‘rtasida 
valyutaning inqirozga uchramasligi va ularning rivojlanmagan mahsulotlari 
munosabatlarini aks ettiradi. Hozirgi zamon barter kelishuvining aniq shakllari – 
valyutasiz ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, turli xil kirishlar. Barter 
hozirgi sharoitda aholini iste’mol mollari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb 
etayotir. 
Birja – strandartlar yoki namunalar asosida savdo qilinadigan ommaviy 
tovarlarning muntazam ulgurji bozori yoki qimmatli qog‘ozlar, oltin, chet el 
valyutalari (fond birjasi) bozori. 
Byudjet harajatlari – ma’lum sohaga yo‘naltirilgan davlat harajatlari majmui. 
Bojxona – chegara orqali o‘tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj, 
pochta, jo‘natmalar, savdodagi mahsulotlarni nazorat qiladigan davlat idorasi. U 


193 
o‘tkazilayotgan yuklarni tekshirish, ulardan bojxona yig‘imlari undirish bilan 
shug‘ullanadi. 
Valyuta – tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalarning boshqa shakllarida 
ishtirok etuvchi mamlakat milliy pul birligi. 
Valyuta kursi – mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida 
ifodalangan bahosi. Mutaxassislar fikricha, valyuta kurslari fiksirlangan va 
«suzuvchi» bo‘ladi. 
Venchur korxonalar – firmalar, ya’ni ilmiy-tadqiqot, muhandislik ishlari, 
innovatsiyalarning yirik kompaniya yoki davlatlar shartnomasi asosida 
tayyorlovchi korxonalar. Bunday firmalar odatda keng miqyosda marketing, 
konsultatsiya va reklamalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘ladi. 
Davlatning iqtisodiy dasturi – iqtisodiyotni davlat tomonidan 
boshqarilishining yuqori shakli – Bunda iqtisodiyot barcha ustivor sohalar yaxlit 
tarzda, oddiy elementlargacha majmua shaklida amalga oshiriladi. 
Devalvatsiya – pul birligi kursining boshqa mamlakatlarning valyutalariga 
nisbatan pasayishi. Bu to‘lov balanslarining inflyatsiyasi va yetishmovchiligi 
oqibatida yuzaga keladi. 
Daromadlar joylashish koeffitsiyenti (Jin indeksi) – aholining keng 
qatlamiga mavjud foyda summasini teng holatda taqsimlash ko‘rsatkichi. 
Jamoatchilik orasida ba’zida teng tarzda foyda ko‘rish yuz bermasligi mumkin, shu 
bois koeffitsiyent o‘lchami 0 dan 1 gacha o‘zgarishda bo‘ladi. 
Deflyator – mamlakat yalpi mahsulotining real va nominal hajmidagi 
bahosi. U muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va kredit 
tadbirlarni qo‘llab, muomaladagi naqd pulning qadrsizlanishi oldini oladi. 
Diversifikatsiya – turlicha, turli xil rivojlanish. Masalan, ishlab chiqarishni 
diversifikatsiyalash-ishlab 
chiqarishning 
ko‘pdan-ko‘p, 
bir-biri 
bilan 
bog‘lanmagan turlarini birvarakayiga rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
buyumlar turini kengaytirish. 
Dividend – AJdan tushadigan foyda, ya’ni har yili aksiyadorlar o‘rtasida 
aksiyalarning turi va soniga qarab bo‘linadigan foyda qismi. Tajribaga ko‘ra 
dividend miqdori oddiy aksiyalar bo‘yicha korxonaning o‘sha yilda ko‘rgan 
foydasiga bog‘liq bo‘lsa, imtiyozli aksiyalarning dividend miqdori esa 
aksiyalarning nominal bahosiga qat’iy tarzda stavka miqdorida oldindan qayd 
etilgan bo‘ladi. 
Ishsizlik (Xalqaro mehnat taqsimoti talablari darajasida) – 16 yosh va 
undan katta aholining o‘ziga ish topa olmasdan kolishi. U esa uch kategoriyaga 
bo‘linadi:

Foyda keltiruvchi ish topolmaydiganlar; 

Yo‘llanma bilangina ishlaydiganlar (ya’ni, mehnatni tashkil etish 
idorasiga murojaat etib, korxona ma’muriyatida vositasiz ishlaydilar, 
xullas biror yo‘llanma bilan xususiy ish bajaradilar); 

Ishga kirishga tayyor turadiganlar. 
Ish tashlash (zabastovka) – vaqtincha ishlashdan to‘xtash, ya’ni joyi yoki ish 
borasida biror sharoit yaratilishini talab qilib, ish tashlash. 


194 
Ishsizlik darajasi – iqtisodiy faol aholining ish yo‘qligi oqibatida ular 
safining kengayib borishi, ishsizlar soni oshishi.
Ishsizlik davomiyligi – aholi iqtisodiy faol qismining o‘ziga ish topa 
olmasdan qolishi, mehnat rezerv armiyasiga aylanib qolishi. 
Ish bilan bandlik to‘g‘risida ma’lumotlar manbai aholini ro‘yxatga olish va 
davlat, korxona va tashkilotlarning hisobotidir. Mehnatga yaroqli aholi tarkibida 
ish bilan band bo‘lganlar hissasi mehnat potensiallidan foydalanish me’yorini 
harakterlaydi. Ishsizlik darajasini pasaytirish uchun ish o‘rinlarini yaratish, ishga 
tushirish aholi tabiiy o‘sishidan orqada qolmaslik lozim. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish – bozor-iqtisodiyoti 
jarayonlarida davlatga qarashli tashkilot va jamoaviy uyushma, korxonalar 
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilinishi va unga doir qonun-qoidalarni davlat 
tomonidan bajarilishini ta’minlash. 
Immigratsiya – ishlash uchun boshqa mamlakatga ketgan aholi.
Import – xorijdan mahsulot va xizmatlarning kelishi (shuningdek, 
kapitallar, texnologiyalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar). Ichki bozorda bu 
mamlakatlar tovarlarining sotilishi. 
Iste’mol baho indeksi – biror mahsulot yoki xizmatning iste’molchi 
tomonidan barkaror harid qilish qobiliyatiga egalik ko‘rsatkichi. 
Iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ulanish – fuqaroning ma’lum davrda 
taqdirlanishi uchun mehnat bilan shug‘ulanishi yoki o‘zicha o‘z foydasi uchun 
alohida sherikchilik asosida ish bilan shug‘ullanishi. Mamlakat iqtisodiyotiga 
ijobiy ta’sir etuvchi har qanday faoliyat bilan shug‘ulanish va bunda o‘zi pul 
topishi, aksincha davlatdan maosh talab qilmasligi tushuniladi. 
Ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmat) hajmi – ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanuvchi 
korxonalarning 
moddiy 
manfaatdorlik 
va 
xizmatlar 
harakteristikasi, mo‘ljallangan davrda narx-navolarning o‘sish hisob-kitobi; tayyor 
mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ishlab chiqarish xizmati ko‘rinishlari, sotish va 
kapital qurilishlar majmui. Bu davrda korxona mavjud ishlab chiqarish turlaridan 
tashqari boshqa xil mahsulotlarni ham ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi. 
Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi) – mavjud tovar va xizmatlarni bajarish 
uchun jalb etiladigan qo‘l kuchi aholisi. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiyotda band 
bo‘lgan va ishsiz bo‘lgan ishchi kuchlariga nisbatan aytiladi. 
Iqtisodiy aylanma (oborot) – xo‘jalik sohasida foyda va harajat, pul-mablag‘, 
resurs va mahsulotlarning harakati. 
Iqtisodiy taraqqiyot – ko‘p omilli jarayon, evolyutsion xo‘jalik mexanizmi, 
iqtisodiy tizimning yuqori tasviri. 
Iqtisodiy o‘sish sifati – iqtisodiy o‘sishning umumlashgan sifat 
harakteristikasi, uning qanday sarflar bilan ta’minlangan va qanday iqtisodiy-
ijtimoiy natija berganligini ifodalaydi. 
O‘tgan asrning so‘nggi yillarida iqtisodiy o‘sishning yangi sifati paydo 
bo‘ladi. Bu mahsulotlarning inson uchun ekologik tozaligi, ya’ni sog‘ligiga zarar 
keltirmasligi, ishlab chiqarishning esa atrof-muhitga zarar keltirmasligi, ekologik 
muvozanatni buzmasligidan iboratdir. 


195 
Klering – tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz 
hisob – kitob qilish tizimi. Bu tizim o‘zaro talablar va majburiyatlarni bajarilishiga 
asoslangan. Aytish mumkinki, kliring rivojlanayotgan mamlakatlarning 
ayrimlarida valyutani erkin konvertatsiya qilish borasida chegaralanishlarni keltirib 
chiqarishi mumkin.
Kompensatsion bitim – uzoq muddatli tashqi savdo kelishuvlari shakli 
haridorga takdim etilgan mahsulot yoki ko‘rsatilish lozim bo‘lgan xizmatning 
to‘lov borasidagi yengilligi.
Tajribada ko‘rinishicha, tomonlarning aniq kelishuvlari so‘nggida 
ro‘yxatdagi tovarlarning soni va bahosi sifat darajalariga mos kelishi shart etib 
belgilangan. 
Kon’yuktura – ayni paytdagi iqtisodiyotda kechayotgan qandaydir 
o‘zgarishlar va ob’ektiv ahvolning holati. 
Kuponli foyda keltiruvchi federal obligatsiya zayomlari (OFZ) – Rossiya 
Federatsiyasining davlat shaklidagi qimmatli qog‘ozi (zayomi) bo‘lib, u zayomni 
olgan kishiga o‘z nominal qiymatini saqlagan holda foyda keltirishi mumkin. 
Yutuk chiqmasa uning qiymati saklanadi, yutuq chiqqanda esa aniqlangan pul 
kupon shaklida zayom sohibiga beriladi. 
Litsenziya – texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni 
ishlatish uchun beradigan ruxsati. Davlat yoki korxona, tashkilotlar tomonidan 
biror iqtisodiy faoliyatni bajarishga rozilik berish, ixtirolarga, texnik yangiliklarga, 
ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlaridan ma’lum 
vaqtga foydalanish uchun beriladi. 
Mashina va uskunalar ijarasi – kredit eksporti shakli, mol-mulkni ma’lum 
muddatda va haq to‘lab ishlatib turish yuzasidan bo‘lgan iqtisodiy munosabat. 
Bunday ijara usuli qisqa muddatli (reyting), o‘rta muddatli (xayring) va 
uzoq muddatli (lizing) bo‘lishi mumkin. Ijara haki korxona daromadining bir qismi 
bo‘lib, ijarachi va ijaraga beruvchi o‘rtasida shartnoma yo‘li bilan korxonaning 
rentabelligi va rivojlanish istiqbolini hisobga olib o‘rnatiladi. 
Muddatli qarz – qarzdorlik, sheriklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomaga ko‘ra 
muddati o‘zgarmas qarz. 
Mahsulot negizi bahosi indeksi – ayni paytdagi mahsulot bahosini uning 
negizi tengligiga bo‘lgan mutanosibligi.
Milliy boylik – mamlakatning jami resursi ya’ni ishlatilgan va 
ishlatilmagan potensiallar, aholi turmush tarzi uchun zarur mahsulot va xizmatlar. 
Milliy boylik hajmiga doirasida moliyasiz aktivlar (asosiy fondlar, zahiralar, 
boyliklar) va moliyali aktivlar (yer, yerosti qazilmalar, tabiiy resurslar, moddiy va 
mavjud aktivlar), shuningdek aholining o‘zlarida mavjud bo‘lgan xususiy mulklar 
kiradi. 
Mumkin qadar qulaylik berish rejimi – Xalqaro savdo tajribasida o‘zida 
qulay sharoitli bozorni vujudga keltiruvchi omil; savdo borasida kelishilgan 
bitimga ko‘ra ikki davlatning barcha huquqi, afzalligi, imtiyozli va bu rejimning 
uchinchi davlatga ham bo‘lgan ta’siri. 
Milliy hisob-kitob tizimi (SNS-MHT) – ichki aloqallar va qo‘shma 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning integratsiyalashgan tizimi. U hisob-kitoblar turi, 


196 
balans va jadval, xalqaro hamkorlik borasida qabul qilingan tushuncha va 
aniqliklarni o‘zida aks ettiradi. Milliy hisob-kitob tizimi mikroiqtisodiy tahlillar, 
iqtisodiy siyosatni shakllantirish va ular uchun qarorlar qabul qilish uchun 
tanlangan. 
Moliyalash stavkasi – Markaziy bank tomonidan qisqa muddatga kredit 
berish, tijorat banklaridagi mavjud kreditga ajratiladigan summalarni markazlash 
kredit resursiga jalb etish stavkasi. 
«Narx-navo qaychisi» - savdo borasida yaratiladigan sharoitlarning asosiy 
shaklaridan biri. Savdo ishida sheriklarning iqtisodiy kelishuvi bilan eksport va 
import faoliyatida narxlar o‘zaro tushiriladi. 
Bu ko‘rsatkich tashqi savdo statistikasiga bir necha ilgari to‘g‘ri kelmagan, alohida 
ajralib turuvchi mahsulotlarni-da kiritilishini texnikaviy, konstruktorlik va boshqa 
sirlari, mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo‘lgan texnikaviy tijorat 
va boshqa bilimlar
Norezidentlar–davlatning xorijiy mamlakatlarini boshqarish, ya’ni xorijdagi 
korporatsiyalar, hukumat ofislari, elchixonalar, qo‘shma korxonalar, chet 
mamlakatlar chegralaridagi korxona egalari, shuningdek, xorijda doimiy 
yashovchilar va bu yurtga keluvchilar norezident sanalishadi. 
Nisbiy afzallik – manfaat, foyda. U tashqi savdoga a’zo mamlakatlarning 
turli mahsulotlarni sotishdan oladigan daromadlari tushuniladi. 
«Ofset» bitimi – muqobil bozor shakli; u nafaqat tovarlar yoki xizmatlar 
ayirboshlash 
borasida, 
balki 
mamlakat 
ichkarisiga 
foydali 
bo‘lgan 
investitsiyalarning kiritilishi va javob tarzida ularga imtiyoz va sharoitlar yaratish 
masalasida o‘ziga xos kelishuv vazifasini o‘taydi. U ishlab chiqarish 
kooperatsiyalarini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanishi yuzasidan ham 
shartnomalar imzolanishiga sabab bo‘luvchi faoliyat hamdir. 
Proteksionizm – tashqi savdo siyosati prinsipi, davlatning milliy 
iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el tovarining kirib kelishidan 
himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat. 
Revalvatsiya – pul birligi kursining boshqa mamlakatlar valyutalariga 
nisbatan ko‘tarilishi. 
Rezidentlar – jismoniy yoki yuridik shaxslar, ya’ni boshqa mamlakatda 
doimiy yashayotgan fuqarolar. 
Reimport – ichki bozorda sotish, importdan farqli o‘laroq mamlakatga 
xorijiy tovarlarni qayta ishlash va xizmatlarni ko‘rsatish uchun kirtish. Reimport 
miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rniga 
bog‘liq. Uning tarkibini yarim fabrikatlar, xomashyolar, mashina va asbob-
uskunalar, yarim qayta ishlangan iste’mol mollari tashkil qiladi. 
Reeksport – eksportga qarang. 
Real ish haqi – tovar va xizmatlar uchun haq to‘lash majmuasi, ayni davrda 
ish haqi uchun berilayotgan summa. Bu summa soliqlar iste’molchi indeksi va 
boshqa to‘lovlardan tashqari bo‘lgan mehnati haqidir. 
Savdo to‘sig‘i – odatda tariflar, cheklashlar yoki valyuta nazorati tarzida 
mamlakatlar o‘rtasida tovarlar va xizmatlar erkin almashinuvining sun’iy 
cheklanishi. 


197 
Savdo haqida gap ketar ekan, ular barter faoliyati, harid baholari, 
kompensatsion bitimlar, kliring, «ofset» faoliyati kabi yo‘nalishlarda bo‘ladi. 
Sanoat mahsulotlari hajmining harakatdagi indeksi – nisbiy ko‘rsatkich, 
ya’ni ayni paytda muomilada bo‘lgan sanoat mollarining ishlab chiqarish 
harakteristikasi. 
SIF»(«Cost. lnsuranct, Frtiqlrt) – Xalqaro savdoda mahsulotlarni olish va 
ular uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibidagi tijoriy sharoitlar yaratuvchi 
tashkilot. SIFlar xalqaro bozorda mahsulotlarning sotuvdagi bahosini barqaror 
ushlash, ularni sug‘urtalash va portlargacha transportirovka qilish faoliyati bilan 
shug‘ullanishadi. 
Siyosiy narx – narx, u yig‘imdagi mavjud narxlar axboroti va 
indeksatsiyalangan baho o‘rtasida taqqoslanib, chiqariladigan narx. 
SPOT – mahsulotlarni nakd pul orqali biror summada sotish va harid qilish 
uchun kelishish. Bu kelishish tezda bajariladigan ish. 
Savdo foydasi – tovarlarni iste’molchiga yetkazishda sotib olish bahosi bilan 
sotish o‘rtasidagi farq hisobga olinadigan foyda. Savdo foydasining o‘sishi-savdo 
ishining moddiy bazasini mustahkamlashga ham bog‘liq. 
Savdo - harid qilish borasidagi musobaqalashuv shakli; mahsulotni 
oluvchilarga go‘yo konkurs shaklida ta’riflab sotish. Chet el firmalari orasida bu 
yo‘l bilan mahsulotni ko‘z-ko‘z qilish xalqaro darajaga chiqqan. Bunday 
tenderlarda ochiq (qiziqqan kompaniyalarga barcha mahsulotlari ta’rifini keltirish) 
va yopiq (faqat dunyoning mashhur kompaniyalariga mahsulotlarini ta’riflash) 
usullari mavjud.
Tashqi savdo balansi – eksport (mamlakatdan chiqariladigan mahsulot va 
xizmat bahosi) va import (chetdan mamlakatga kiritiladigan mahsulot va xizmat 
bahosi) o‘rtasida pul shaklida ifodalangan nisbat. Savdo balansi ikki turga 
bo‘linadi: aktiv balans – eksport importdan ortiq bo‘lishi va mamlakatga 
tashqaridan oqib kelishi, moliyaviy ahvol faollashadi, passiv balansda esa import 
eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol 
zaiflashadi. Shuningdek, eksport va importdagi mahsulot va xizmatlar bahosini 
tenglashtirib turuvchi Netto balans ham bor. 
Tashqi qarz – davlatning xorijiy mamlakatlar qarz beruvchi bank va 
moliya muassasalaridan zayom va kreditlar olishi, natijasida paydo bo‘lgan qarzi. 
Bu borada mutaxassislar kapital va kundalik deya ataluvchi davlat qarzlari 
mavjudligini aytishadi. Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarning tashqi 
iqtisodiyotdagi qarzi ancha oshgan, «bu esa ular uchun 20-30 % lik yillik 
daromadini shu qarzni to‘lashga jalb etishlariga to‘g‘ri kelmoqda». 
Tashqi savdoni kreditlash – pul vositalarini, tovar va xizmatlarni ma’lum 
foiz to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish. Bu Xalqaro
pul ayirboshlashda asosiy vositalardan sanaladi. 
Tashqi savdo kreditlari eksportli va importli shakllarda bo‘lib, u firma yoki 
korxonalarga qisqa (1 yilgacha), o‘rta (2 yildan 7 yilgacha) va uzoq muddatlarga 
beriladi. 


198 
Turmush xo‘jaligini globallashtirish – mamlakatlar, hududlar va firmalar 
o‘rtasida turli iqtisodiy aloqalar taraqqiyotini yaxlit dunyo xo‘jaligi tarzida 
joylashtirish. 
Tovar dempingi – tovar, mahsulot narxlarining xalqaro kamsitilishi. Bunda 
eksport bilan shug‘ullanadigan firma ayrim mamlakatlarda o‘zining molini boshqa 
yordamchilarga nisbatan arzon baholarda sotadi. 
Takomillashgan investitsiya kapitali – pul vositasi, ya’ni qurilish 
(yuksalish, ta’mirlash, zamonaviylashtirish) uchun va investor kiritgan mablag‘ 
hisobidan o‘sha ob’ektni texnologiya – va zarur uskunalar bilan ta’minlashdagi 
yirik kapital. Bu sarmoya korxona yoki tashkilot uchun aktiv sanalgan mablag‘dir. 
Tovar ayirboshlash hajmi harakati indeksi – nisbiy ko‘rsatkich, ayni 
vaqtdagi muammolarda bo‘lgan sanoat mahsulotlarining sotuvdagi xajmi 
kursatkichi. Bunda faqat individual indeks mavjud bo‘lib, bir mahsulotning 
sotuvdagi hajmini boshqa mahsulot ayirboshlashdagi hajmi majmuiga qiyoslanishi 
va ularning narxlaridagi tafovut tovarlar hajmidagi bahoga nisbatan dinamik 
o‘sish.
Tabiiy suratda o‘sish koeffitsiyenti-tug‘ilish va o‘lim borasidagi umumiy 
o‘zgarish koeffitsiyenti.
Transmilliy korporatsiya (TMK) – yirik kompaniya, u xalqaro miqyosda 
faoliyat ko‘rsatadi, ammo mamlakatning milliy kapitali hisobidan moliyalanadi. 
Transfertlar – iqtisodiy boylik, bir tomonlama tartibda ikkinchi tomon 
ishtirokini ta’minlash. 
Tashkil etilmagan eksport (import) – jismoniy shaxslar tomonidan qonuniy 
tarzda mamlakatga kiritgan yoki mamlakatdan chiqargan holdagi mahsulotlar 
savdosi. 
Tarif cheklovlari – iqtisodiy va ma’muriy qonunchiligiga asoslangan summa, 
u tashqi savdo boshqaruvida boj-tarif siyosatini aks ettiruvchi funksiyadir. 
Mutaxassislar tarif cheklovlarini quyidagi guruhlarga bo‘ladi: 

tashqi savdo operatsiyalariga davlat aralashuvi (mahsulot ishlab 
chiqarishga pul mablag‘lari berish. tovarlar eksporti, poshlinalarga 
imtiyoz berish va h.k.); 

bojxona va ma’muriy tartiblarni amalga oshirish; (dempinga qarshi 
tartiblar, bojxona va elchilik masalalaridagi qonunchilik cheklovlari va 
boshq.); 

tashqi savdoda texnik ko‘riklar tashkil etish (sanitariya-veterinariya 
me’yorlari, mahsulotlarni qadoqlash va markirovkalashni talab qilish); 

alohida qonuniy cheklovlar (import litsenziyalari, cheklovlar soni va 
boshq); 

import jarayonida yig‘im va to‘lov mexanizmini ijro etish (chegaralararo 
soliq rejimi, importdagi depozitlar, statistik tadqiqotlar va boshq.). 
Bu kabi cheklovlar barcha import mahsulotlarida, asosan esa savdo-sotiq, 
mineral xomashyolar, cho‘yan, po‘lat, to‘qimachilik tekstil mahsulotlarida mavjud. 
To‘lov balansi – mamlakatning chet elga to‘laydigan puli bilan unga chet 
eldan tushadigan pul o‘rtasidagi nisbat. Mamlakatning xorijiy sarf-harajatlari 


199 
to‘lov yo‘li bilan qoplanadi. To‘lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chetdan 
olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorij invenstitsiyasi, xorijda diplomatik ishlarni, 
iqtisodiy aloqalarni yuritish, fuqarolarning chet elga pul o‘tkazishlari kabilar 
kiradi. 
To‘lov balansi mamlakatning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy mavqei kuchli 
yoki zaifligini, xalqaro hamjamiyatdagi obru-e’tiborini ifodalaydi. 
Umumiy migratsiyaning jadallik koeffitsiyenti-indikator, ya’ni ayni davrda 
aholi yashash joyidan chetga ishlashga yoki ko‘chib borish munosabatlarini 
o‘lchash ma’nosidagi ko‘rsatkich. 
Uy xo‘jaligi harajati – iste’mol munosabatlar uchun qilinadigan jami 
harajatlar. Bunda turmush kechirish uchun qilinadigan barcha pul mablag‘lari, ish 
va xizmatlarga sarflanadigan summalar tushuniladi. Uy xo‘jaligi harajatlariga 
jamg‘arilgan pulning solikdan tashqari bo‘lgan pensiyalar, ijtimoiy sug‘urtalanish 
badallari, pul o‘tkazmalari sovg‘alar uchun qilinadigan harajatlar majmui asos 
bo‘ladi. 
Fermer xo‘jaligi – o‘z xususiy yeri yoki ijaraga olingan yerda tadbirkorlik 
faoliyati bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jalik korxonasi. Fermer 
xo‘jaliklari sohib (fermer) va oila a’zolari kuchi bilan yuritiladi. 
Foyda (zarar) – qo‘shimcha mahsulotning pul shakli, korxona, (tashqilot), 
biror soha va jami halq xo‘jaligi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi. Foyda daromadning bir qismi, yalpi mahsulot 
qiymati bilan uni ishlab chiqarish va sotish harajatlari o‘rtasidagi farq sifatida 
aniqlanadi. Agar ishlab chiqarish va sotish harajatlari yalpi mahsulot kiymatidan 
ustun bo‘lsa, foyda o‘rniga zarar ko‘riladi. Foydaning muvozanat, hisob-kitob va 
qoldik shakllari mavjud. 
FOB («Free on Board») – Xalqaro bozorda mahsulotlarni olish va ular 
uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibidagi tijoriy sharoitlar yaratuvchi tashkilot. 
U asosan dengiz portlarida mol-mahsulotlarni tushirish va yuklash yumushlarini 
bajaradi. FOB trasnsport xizmatlari ko‘rsatgani uchun franko-vagon deyiladi. Bu 
tashkilot o‘z xizmatlari bilan buyurtmachining bozordagi mahsulotlari narxini 
ko‘tarilishiga sabab bo‘lmaydi. Xizmat hisob-kitobi, umuman olganda mavjud 
tovar narxiga ta’sir o‘tkazmaydi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi – ishlash uchun bir davlatdan ikkinchi 
davlatga uzog‘i bilan bir yil muddatga ketgan aholi. Ular iqtisodiy sabablar yoxud 
boshqa masalalar bo‘yicha chiqarilishi ham mumkin. 
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) – alohida mahsulot turi ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatlarning jahon bozorida boshqa mamlakatlar 
bilan o‘zaro mehnat taqsimotiga kirishishi. MRT jahon bozori taraqqiyotida, 
xalqaro iqtisodiy aloqalarda va dunyo xo‘jaligidagi milliy iqtisodiy hamkorlikda 
asosiy rollardan birini o‘ynaydi. 
Xalqaro korporatsiya (XK) – xalqaro va milliy iqtisodiyot sohasida yirik 
sanoat uyushmalari, savdo, transport va bank kompaniyalarining faoliyati. 
Xalqaro auksion – alohida xususiyatlarga ega mahsulotlarni ommaviy 
sotuvga qo‘yish yo‘li bilan sotish uchun muayyan joylarda tashkil etilgan maxsus 
kimoshdi savdo bozorlari. Jahon kimoshdi savdo faoliyati tajribalariga ko‘ra, 


200 
auksion savdo tovarlarning mo‘yna, qorako‘l teri, tamaki, choy, badiiy 
hunarmandchilik buyumlari, ot kabi nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha 
o‘tkazildi. 
Ko‘pgina xalqaro auksionlar Londonda (Buyuk Britaniya), Nyu-York 
(AQSH), Monreal (Kanada), Amsterdam (Niderlandiya), Kalkutta (Hindiston) va 
Kolombo (Shri-Lanka) da o‘tkaziladi. 
Harid baholari – savdo yo‘nalishining asosiy shakllaridan biri. U 5 yilgacha 
belgilanadi. Harid baholari odatda markazlashgan tartibda mahsulot ishlab 
chiqarishga iqtisodiy asoslangan harajatlarni qoplash, kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish uchun zaruriy jamg‘arishni ta’minlash bo‘yicha belgilanadi. 
«Qochkin kapital» - migratsiya munosabati bilan kreditga berilgan 
kapitalning bozor iqtisodiyotidagi alohida mamlakatlar o‘rtasidagi ajratmasi. 
Bunday kapitallar ba’zan bank foizida yuqori stavkali bo‘ladi. Oqibatda xalqaro
kapital bozorida balanslar borasida me’yoriy qoidalarni buzilishiga olib keladi. 
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – biror mamlakatda bir yilda yaratilgan 
barcha mahsulot va xizmatlarning barqaror ulgurji baholarda o‘lchangan qiymati. 
YAIM hisob-kitobi uch xil uslubda amalga oshiriladi. Ya’ni foyda 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin