Mavzu: Yorug’likning kvant xususiyatlari. Fotoeffekt Maqsad: Fotoeffekt qonunlarini o’rganish Mavzuni mustaqil o’rganish uchun tavsiya qilinadigan mavzular 1. Fotoeffekt va uning qonunlari
2. Yorug’lik bosimi.
3. Kompton effekti.
Mavzuga doir topshiriqlar I – topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Fotoeffekt qanday fizik hodisa?
2. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasini yozib tushuntiring.
3. Fotoeffekt qonunlarini ta’riflang. Fotoeffektning “qizil chegarasi” nima ?
4. Fotoeffektdan Fan va texnikada qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Fotoelement nima?
5. Tashqi fotoeffektning ichki fotoeffektdan farqini ayting.
6. Yorug’lik bosimi nima?
II – topshiriq. Quyidagi masalalarni yeching. 1 – masala ( 19.14 ) Muayyan metall uchun fotoeffektning qizil chegarasi 2750 А
0
ga teng. 1) Shu metalldan elektron chiqayotganda bajarilgan ish, 2) to’lqin uzunligi
1800А
0
bo’lgan yorug’lik bilan shu metalldan ajratib olinadigan elektronlarning
maksimal tezligi, 3) mazkur elektronlarning maksimal energiyasi topilsin.
2 – masala (19.19 ) Agar biror metall sirtidan 2,2 10
15
sek
-1
chastotali yorug’lik
bilan ajralib chiqadigan fotoelektronlar 6,6 v teskari potensiallar bilan , 4,6 10
15
sek
-1
chastotali yorug’lik bilan ajralib chiqadigan fotoelektronlar 16,5 v teskari
potensial bilan butunlay tutilsa, Plank doimiysi h aniqlansin.
III – topshiriq. Fotoelementlar va ularning texnikada qo’llanilishini tushuntiring.
IV – tоpshiriq Yulduzlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi mavzusiga referat
yozish. Adabiyotlar: 1.I.V.Savelyev Umumiy fizika kursi 3 – qism T. O’zbekiston 1975.
2. V.S. Volkenshteyn. Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami
Toshkent “O’qituvchi” 1969.
3.O.Ahmadjonov. Fizika kursi Toshkent “O’qituvchi” 1983 3-qism.