O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 311,5 Kb.
səhifə1/6
tarix06.04.2023
ölçüsü311,5 Kb.
#94028
  1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyev Daler


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Kurash fakulteti MK 51-19-guruh bosqich talabasi Xudoyberdiyev Daler Qodir o‘g‘li
Kurashchi musobaqa faoliyatida xujum xarakatlarini ekspert baholash yo‘li bilan aniqlash





Toshkent-2023
KIRISH

Ma’lumki, kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Bundan tashqari, kurash eng qadimiy, hammabop va keng tarqalgan sport turidir. Qadimda xalqimiz ichida epchillik, chaqqonlik, kuchlilik va irodaviy fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan kishilar ko‘p bo‘lgan. Ushbu fazilatlar va yuksak texnik-taktik mahoratga ega bo‘lgan mashhur kurashchilarni o‘zbek xalqi polvonlar deb atashgan.


Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim vositasidir deya e’tirof etilgan. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi yetakchi mutaxassislar A.Atoyev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov, U.Ibrohimov, Z.Jumayevlarning ilmiy-uslubiy manbalarida tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa kurash, xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda an’analardan alohida ajratib o‘rganib bo‘lmaydi.
Mustaqillik sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz sa’y- harakatlari natijasida kurash jahonda yangi sport turi sifatida taraqqiy topdi. Ayniqsa, 1992-yilning 14-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zbek kurashining jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga chorlagani va 1999- yilning 1-fevralida “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi farmonini imzolagan.
1. Hakamlar hay’ati tarkibi va ularning vazifalari
Har bir musobaqani o‘tkazishdan oldin shu musobaqani o‘z hududida tashkil qilayotgan davlat musobaqada xizmat qiladigan hakamlar ro‘yxatini musobaqa miqiyosiga qarab kurash federatsiyasiga taqdim qiladi va bu federatsiyalar tomonidan tasdiqlangan hakamlar ana shu musobaqada xizmat qilishga haqlidirlar. Har bir xalqaro turnir, qit’alar chempionati va birinchiligi, jahon chempionat va birinchiliklarida faqatgina Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan va maxsus sertifikatga ega bo‘lgan hakamlar faoliyat ko‘rsatadi.
Hakamlar hay’ati tarkibi:

      • bosh hakam;

      • bosh hakam yordamchilari, ularning soni, musobaqalar o‘tkaziladigan gilamlar sonidan bir kishiga ko‘p bo‘lishi lozim;

      • bosh kotib va gilamlar kotiblari;

      • gilamdagi hakamlar va yon hakamlar;

      • vaqtni nazorat qiluvchi hakam;

      • tablodagi hakam;

      • e’lon qiluvchi hakam;

      • musobaqa komendanti;

      • musobaqaning tibbiy xodimi (shifokor).


Yüklə 311,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin