O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 311,5 Kb.
səhifə5/6
tarix06.04.2023
ölçüsü311,5 Kb.
#94028
1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyev Daler

Musobaqa komendanti – musobaqa o‘tadigan sport zali, stadion yoki maydon, kurash tushadigan gilam (tatami), hakamlar uchun stol- stul, zang (gong) va boshqa jihozlarning tayyorgarligiga mas’ul shaxsdir;

  • musobaqaning tinch o‘tishiga ham javobgar shaxs;

  • musobaqa komendanti bosh hakam topshirig‘iga binoan ish olib boradi.

Musobaqa shifokori. Musobaqalar boshlanishidan oldin kurashchilar sog‘ligi haqidagi hujjatni, qo‘yilgan imzo va muhrlarni tekshirib chiqadi, agar kamchilik bo‘lsa o‘sha kurashchiga olishuvga chiqishga ruxsat berilmaydi.

  • Kurashchilar vaznlari o‘lchanayotgan vaqtda ularni ko‘zdan kechirib boradi;

  • musobaqa o‘tadigan inshootini va kurash gilamlarini hamda kurashchilar formalarining tozaligini nazorat qiladi;

  • musobaqa davomida olingan jarohatlarni davolab boradi;

    • kurashchi jarohat olib, 3 minut davomida gilamga chiqmasa, shifokorning ruhsati bilan musobaqadan chetlashtirilib, g‘alaba raqibiga beriladi.

2. Hakamlar va kurashchilar formasi (kiyimi)



Hakamlar formasi – qora kostyum va shim, qora paypoq, oq ko‘ylak va qora galstuk.

Kurashchilar formasi.


  1. Kurashchilar ko‘k yoki yashil yaktak, qizil belbog‘ va oq rangli ishton kiyishlari shart. Gilamga birinchi chaqirilgan qatnashchi ko‘k yaktakni kiyadi, ikkinchisi esa yashilni kiyadi. (1-rasm)

  2. Kurash formasi paxtadan tayyorlangan bo‘lishi, yaxshi holatda bo‘lishi, mato o‘ta qattiq bo‘lmasligi shart.

  3. Quyidagicha belgilashga ruxsat beriladi;

    • davlat gerbi (chap ko‘krakda, maksimal o‘lchami 10x10 sm);

    • ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (3x3 sm, yaktakning oldi pastki qismida);

    • yelkadagi belgi (25 sm dan ko‘p bo‘lmagan, 5 sm eniga);

    • tikishlar (25x25 sm, orqa tarafda ruhsat beriladi, kurashchining familiyasini joylashtirish mumkin).

  1. Yaktakning uzunligi tizzadan 10-15 sm balanda bo‘lishi kerak. Yaktak ustidan bel atrofida ikki marta o‘ralib bog‘langan belbog‘ning tugundan uchigacha bo‘lgan qismi 20 sm dan kam bo‘lmasligi, yaktak yenglari uzunligi ko‘pi bilan qo‘l tirsagidan 20-25 sm pastda bo‘lishi, qo‘l va yeng orasi 5 sm bo‘lishi, ishton uzunligi oyoq to‘pig‘igacha

bo‘lishi, oyoq va ishton orasidagi bo‘shliq butun uzunligi bo‘yicha 10- 15 sm, belbog‘eniga 4-5 sm, rangi qizil bo‘lishi kerak.

  1. Kurashchi ayollar yaktak ichidan oq rangli, mahkam futbolka kiyishi kerak.

  2. Agar kurashchining kiyimi (yaktak va ishton) talabga javob bermasa, hakam kurashchidan uni almashtirishni talab qilishi shart. Kurashchi qo‘llarni oldinga uzatib, hakamni yaktak yenglari belgilangan qoidalarga mos ekanligiga ishontirishi shart.

  3. Har ikkala jinsdagi kurashchilar ham oyoq kiyimsiz kurashadilar. Agar kutilmagan ob-havo bo‘lsa, bosh hakam ruhsati bilan oyog‘iga yengil oyoq kiyimi kiyishi mumkin.
















Yüklə 311,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin