O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 311,5 Kb.
səhifə4/6
tarix06.04.2023
ölçüsü311,5 Kb.
#94028
1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyev Daler

Yon tomondagi hakamlar. 1. Yon tomondagi hakamlar o‘rtadagi hakamga yordam beradilar, kurashchilarning hamma harakatlarini baholab boradilar.

  1. Kurashchilar harakatini baholashda gilamdagi uchta hakamdan ko‘pchilik fikri bilan ish yuritiladi. Agar fikrlar har xil bo‘lsa, bir fikrga kelishish uchun maslahatlashib olishlari kerak.

  2. Yon tomondagi hakamlar bir-biriga qarama-qarshi tomonlardagi kursilarda o‘tirishadi, olishuv davomida zarurat tug‘ilib qolsa, yon tomondagi hakam olishuvni tik turib kuzatishi ham mumkin.

  3. Agar kurashchilarning biriga yoki ikkalasiga ham qisqa fursatga gilamdan chiqish zarur bo‘lib qolsa, yon tomondagi hakamlardan biri hamrohlik qilishi zarur.

Vaqtni kuzatuvchi hakam. 1. Vaqtni kuzatuvchi hakam kurashchilar olishuvga chaqirilgandan keyin gilamga qancha vaqt mobaynida kelishini nazorat qiladi. Agar uzrsiz kechikib kelsalar bu haqida darrov hakamni ogohlantirishi kerak.

  1. Olishuv vaqtini har bir daqiqasini nazorat qilib hisoblab boradi. Agar olishuv davomida kurashchi tibbiy yordam olsa yoki boshqa sabablar bilan olishuv to‘xtatilsa hammasini hisoblab bosh hakamni habardor qilishi shart.

  2. Kurashchi 1 minutda gilamga chiqmasa “Tanbeh”, 2 minutda “Dakki” 3 minutda “G‘irrom” ogohlantirilishi beriladi.

Tablodagi hakam.


  • o‘rtadagi hakam e’lon qilgan har bir bahoni yoki ogohlantirishlarni tabloda ko‘rsatib boradi;

  • agar o‘rtadagi hakam e’lon qilgan natijalarni ko‘rolmay yoki eshitolmay qolsa, gilam boshqaruvchi hakamdan aniqlab oladi;

  • tabloda aks ettirilgan baholar gilamda kurashchilardan birining g‘olib chiqqanligini e’lon qilguncha turishi shart.

E’lon qiluvchi hakam. 1.Musobaqaning kun tartibini, qaysi vazn toifasida, kimlar o‘rtasida olishuv bo‘lishini, qaysi kurashchilar olishuvga tayyorlanib turishini e’lon qilib boradi. Gilamga chiqqan har bir kurashchi haqida ma’lumot berib boradi. Gilamni boshqarayotgan hakam va gilamdagi hakamlar haqida ham tomoshabinlarga ma’lumot berib boradi.

  1. Olishuv natijalarini e’lon qiluvchi hakam tomonidan e’lon qilingandan so‘ng hakamlar qarori qat’iy hisoblanadi va qayta muhokama qilinmaydi.

  2. Musobaqa va kurashga taalluqli bo‘lmagan e’lonlar faqat bosh hakam yoki uning o‘rinbosarlari ruhsati bilan e’lon qilinadi.


Yüklə 311,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin