O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Eslatma: Bosh hakam kurash qoidasini bekor qilishi yoki unga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin emas. Bosh hakam o‘rinbosari



Yüklə 311,5 Kb.
səhifə3/6
tarix06.04.2023
ölçüsü311,5 Kb.
#94028
1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyev Daler

Eslatma: Bosh hakam kurash qoidasini bekor qilishi yoki unga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin emas.

Bosh hakam o‘rinbosari - bosh hakam musobaqada vaqtincha bo‘lmagan paytda uning ruxsati bilan bergan vakolatiga asosan uning vazifalarini bajaradi;

      • olishuv natijasi va keyingi olishuvga tayyorlanib turuvchilarni e’lon qilib boradi;

      • o‘rtadagi hakamlarni, kotibni, vaqtni nazorat qiluvchi hakamni, tablodagi hakamni harakatini nazorat qilib boradi va almashtiradi.

Bosh kotib va kotiblar.


1. Bosh kotib musobaqa qatnashchilari mandat komissiyasidan o‘tayotgan vaqtda kurashchilarning hujjatlarini tekshirib boradi.

  1. Bosh kotib, hakamlar hay’ati majlisini, musobaqa va olishuv bayonnomalarini, kurashish tartibini va boshqa hujjatlarni yozib boradi.

  2. Kotiblar o‘z gilamidagi bayonnomalarni yozib boradilar.

  3. Kotiblar olishuv baholarini va ogohlantirishlarini nazorat qog‘oziga yozib boradilar.

  4. Bosh kotib bosh hakam bilan birga musobaqaning hisobot bayonnomasini to‘ldirib, unga imzo qo‘yib topshirishga mas’ul shaxsdir.

Gilamdagi hakamlar.


  1. Musobaqa vaqtida hakamlar kurash gilamiga chiqqan vaqtlarida, o‘rtadagi hakam o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yishi bilan chetdagi ikkala hakam ham qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, barobariga tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab ta’zim qiladi.

  2. Hakamlar harakati, bosh hakam va hakamlar hay’ati tomonidan nazorat. qilib boriladi. Agarda ular musobaqa qoidalariga zid xatti- harakat qilsalar, hakamlik hujjatidan mahrum qilinib, ushbu musobaqadan chetlashtiriladi va tegishli tashkilotga yuboriladi.

O‘rtadagi hakam.
1. Olishuv boshlanishidan oldin gilamga chiqqan kurashchilarning gigiyenik holati, kurash formasining qoida talablariga javob berishini tekshiradi, agarda kurash qoidasi talabiga javob bermasa, qayta kiyinib (ruxsat qilingan vaqt ichida) chiqishni talab qiladi.
Olishuvning qanday borishini va olishuv davomida kurash qoidalariga qat’iy rioya qilinishini kuzatib boradi.

  1. Olishuv davomida yon tomonlarda o‘tirgan hakamlarning baholarini ham kuzatib boradi.

  2. Kurashchi tomonidan qo‘llanilgan har bir usulni baholashda kurashni “TO‘XTA” buyrug‘i bilan to‘xtatib, 2-3 sekund ichida tegishli bahoni berib, “KURASH” deb qaytadan olishuvni boshlash kerak.

  3. Olishuv davomida qoida buzganlik uchun beriladigan ogohlantirishlarni e’lon qilish uchun o‘rtadagi hakam bellashuvni “TO‘XTA” buyrug‘i bilan to‘xtatib, 8-10 sekund vaqt ichida tegishli ogohlantirishni berib (bu vaqt ichida kurashchilar kiyimlarini tartibga solib o‘z joylarida turishlari lozim), “KURASH” deb qaytadan olishuvni boshlashi kerak,

  4. Vaqtni kuzatib boruvchi hakamning bildirishi bilan o‘rtadagi hakam belgilangan olishuv vaqti tugaganligini “VAQT” iborasini aytib, ishorasini qo‘l bilan ko‘rsatib, olishuvni to‘xtatishi kerak.


Yüklə 311,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin