O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


-rasm. Kurashchilar formasi



Yüklə 311,5 Kb.
səhifə6/6
tarix06.04.2023
ölçüsü311,5 Kb.
#94028
1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyev Daler

1-rasm. Kurashchilar formasi


Kurashchining kiyimi (yaktak va ishton) toza quriq, yoqimsiz hid bo‘lmasligi, qo‘l va oyoq tirnoqlari kalta olingan bo‘lishi, uzun sochlar boshqa kurashchiga halaqit bermaydigan qilib yig‘ishtirib olinishi kerak. Gigiyena qoidalarini bajarmagan har qaysi kurashchi musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum bo‘ladi.
3. Kurash gilami va uning o‘lchamlari

  1. Kurash gilamining minimal o‘lchami 10x10 metr, 12x12 metr, 14x14 metr bo‘lishi, maksimal o‘lchami 16x16 metr bo‘ladi. Kurash gilami odatda qizil, yashil, ko‘k va och yashil ranglardan iborat material bilan qoplanishi shart (2-rasm).

  2. Kurash gilami ikkita maydonga bo‘linadi. Bu maydonlarni ajratib turadigan chiziq “xavfli chiziq” deyiladi, u har doim qizil rangda va eniga 1 metr bo‘ladi.

  3. Xavfli chiziq ichidagi maydon “xavfsiz maydon” deyiladi, uning minimal o‘lchamlari 8x8 metr, maksimal o‘lchamlari esa 10x10 metr.

  4. “Xavfli chiziq” tashqarisidagi maydon “xavfli maydon” deyiladi va eniga 3 metr bo‘ladi.

  5. Kurash gilami yumshoq polda yoki maxsus platformada joylashishi, kurash gilami atrofida 1 metrdan kam bo‘lmagan bo‘sh maydon bo‘lishi shart.

Kurash gilami 2 metrga 1 metrli qalinligi 5 yoki 4 santimetrli tatamidan tashkil topadi.





























































































































































































































Minimal 12x12 metrli kurash gilami



































































































































































































































































































































































































Maksimal 16x16 metrli kurash gilami

rasm. Kurash gilami o‘lchamlari



4. Kurashchining chaqqonligi va uni rivojlantirish uslubiyati

Kurashchining chaqqonligi harakatlarni nazorat qila olish, bellashuvda to‘satdan o‘zgarib turadigan vaziyatda tez hamda aniq yo‘l tutish va tegishli harakatlarni oqilona bajarish qobiliyatidir.


Chaqqonlik deganda sportchining koordinatsion qobiliyatlari yig‘indisi tushuniladi. Shunday qobiliyatlardan biri yangi harakatlarni egallash tezligi, ikkinchisi - to‘satdan o‘zgaradigan vaziyat talablariga muvofiq harakatlarni tez qayta qurish hisoblanadi.
Chaqqonlik kurashchini o‘rgatish jarayonida rivojlantiriladi. Buning uchun yangi harakatlarni muntazam egallab borish lozim.
Chaqqonlikni rivojlantirish uchun har qanday mashqdan foydalanish mumkin, lekin ularda yangilik elementlari bo‘lishi shart.
Chaqqonlikni rivojlantirishning ikkinchi yo‘li mashqning koordinatsion murakkabligini oshirishdan iborat. Bunday murakkablik harakatlarni yuqori darajada aniq bajarish, ularning o‘zaro muvofiqligi, to‘satdan o‘zgarib turadigan vaziyatga mosligiga bo‘lgan talablarni oshirish bilan aniqlanishi mumkin.
Uchinchi yo‘li - bu nooqilona mushak kuchlanishi bilan kurashish, chunki chaqqonlikni namoyon qilish ko‘p jihatdan mushaklarni zarur hollarda bo‘shashtirish malakasiga bog‘liq.
Kurashchi koordinatsiyasini rivojlantirishning to‘rttinchi yo‘li - uning gavda muvozanatini ushlab turish qobiliyatini oshirishdir. Bunday qobiliyatni rivojlantirishning bir nechta usullari mavjud:
1) muvozanatni ushlab turishni qiyinlashtiruvchi harakatlardagi mashqlar;
2) akrobatika va gimnastika mashqlari;
3) hamma tekisliklarda boshni tez harakatlantirish yordamida bajariladigan mashqlar.
A.I.Yaroskiy majmuasiga beshta mashq kiradi:
• boshni chapga va o‘ngga burish;
• boshni oldinga va orqaga egish;
• boshni yon tomonlarga egish;
• soat millari bo‘ylab aylanma harakatlar;
• soat millariga qarishi tomonga aylanma harakatlar. Bu mashqlar tez sur’atda kuniga uch marta 10 minutgacha bajariladi.
Kurashchi chaqqonligini rivojlantirishning hamma vositalarini ikkita bo‘limga ajratish maqsadga muvofiqdir: umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari va maxsus chaqqonlikni rivojlantirish vositalari.
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari umuman harakatlanish tajribasi va harakat koordinatsiyasini boytishga qaratilgan. Maxsus chaqqonlikni rivojlantirish vositalari kurashchining o‘ziga xos maxsus harakatlanish koordinatsiyasini hamda musobaqa faoliyatining favqulodda sharoitlarida o‘zining harakatlarini baholay olish va qayta qurish qobiliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Egiluvchanlik bu kurashchining katta amplitudada harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Egiluvchanlik bo‘g‘imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. U o‘z navbatida, bir qator omillarga bog‘liq: bo‘g‘im sumkalarining tuzilishi, paylar, mushaklar cho‘ziluvchanligi va ularning cho‘zilish qobiliyati. Bir nechta egiluvchanlik turlari mavjud.
Faol egiluvchanlik bu shaxsiy mushak kuchlanishlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir.
Sust egiluvchanlik bu tashqi kuchlar, og‘irliklar, raqib harakatlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol egiluvchanlikning tegishli ko‘rsatkichlaridan yuqori.
Dinamik egiluvchanlik - dinamik xususiyatlarga ega mashqlarda namoyon bo‘ladigan egiluvchanlikdir.
Statik egiluvchanlik – statik egiluvchanlikka ega mashqlarda namoyon bo‘ladigan egiluvchanlikdir.
Umumiy egiluvchanlik – turli yo‘nalishlarda eng yirik bo‘g‘imlarda katta amplituda bilan harakatlarni bajarish qobiliyatidir.
Maxsus egiluvchanlik – kurashchining texnik-taktik xususiyatlarga tegishli bo‘g‘imlar va yo‘nalishlarda harakatlarni katta amplituda bilan bajarish qobiliyatidir. Cho‘ziltiruvchi mashqlar: oddiy, prujinali harakatlar, o‘zini ushlagan holda siltanishli, tashqi yordam bilan bajariladigan harakatlar, egiluvchanlikni rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Bunday mashqlar bilan shug‘ullanish paytida bir qator uslubiy shartlarni bajarish lozim:
1) mashqlarni boshlashdan oldin, albatta, badan qizdirish mashqlarini bajarish;
2) muayyan maqsadlarni oldinga qo‘yish, masalan, gavda yoki buyumning ma’lum bir nuqtasiga qo‘lni tekkazish;
3) cho‘ziltirish mashqlarini ma’lum bir ketma-ketlikda yondashishlab bajarish: qo‘llar uchun, gavda uchun, oyoqlar uchun;
4) cho‘ziltirish mashqlari yondashishlari orasida bo‘shashtirish mashqlarini bajarish;
5) mashqlarni bajarish paytida asta-sekin ularning amplitudasini oshirish;
6) mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki, harakatchanlikni rivojlantirishning eng asosiy uslubi takrorlash uslubi hisoblanadi.
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug‘ullanuvchilarning alohida qobiliyatlariga qarab 25-50 takrorlashdan iborat me’yordagi cho‘ziltirishga qaratilgan mashqlardan tashkil topgan mashg‘ulotlar davomida egiluvchanlik ancha o‘sishi mumkin.
Kurashchining texnik tayyorgarligi kurashchi tomonidan yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlovchi harakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Kurashchilarning umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi mavjud. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har xil harakat malakalari hamda ko‘nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik milliy kurashda texnik mahoratga erishishga qaratilgan.
Milliy kurashda texnik tayyorgarlik bir qator murakkab vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
• maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini oshirish;
• ish kuchlanishini tejash;
• musobaqa faoliyatini, o‘zgaruvchan holat va sharoitlarida harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish.
Kurash texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u milliy kurashda texnik mahoratni oshirishga qaratiladi.
Texnik mahorat deganda, keskin bellashuv sharoitlarida eng oqilona harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi.
Texnik mahoratni takomillashtirish uchta bosqichdan iborat:
-izlanish;
-barqarorlashtirish;
-moslashishni takomillashtirish.
Birinchi bosqichda texnik tayyorgarlik musobaqa harakatlarining yangi texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda egallash shart- sharoitlarini yaxshilashga, musobaqa harakatlari tizimiga kiruvchi ayrim harakatlarni o‘rganishga (yoki qayta o‘rganishga) qaratilgan.
Ikkinchi bosqichda texnik tayyorgarlik, musobaqa harakatlarining butun malakalarini chuqur o‘zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Uchinchi bosqichda texnik tayyorgarlik shakllangan malakallarni takomillashtirish, ularning asosiy musobaqalar sharoitlariga mos holda
maqsadga muvofiq variantliligi, barqarorligi, ishonchliligi chegaralarini kengaytirishga qaratilgan.
Har bir texnik tayyorgarlik bosqichining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Kurash texnikasi asosini tashkil etadigan harakat malakalarining yuqori barqarorligi hamda oqilona variantivligiga erishish, musobaqa sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish.
2. Harakat malakalarini qisman qayta ko‘rish, musobaqa faoliyati talablarini hisobga olgan holda usullarning ayrim qismlarini takomillashtirish.
Birinchi vazifani hal etish uchun tashqi vaziyatni murakkablashtirish uslubi, organizmning turli holatlarida mashqlarni bajarish uslubi qo‘llaniladi. Ikkinchi vazifani hal etish uchun texnik harakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga ta’sir ko‘rsatish uslubi qo‘llaniladi.
Texnik usullarni bajarishda tashqi vaziyatni murakkablashtirish uslubi quyidagi bir qator usullarda amalga oshiriladi:
1. Shartli raqib qarshiligining uslubiy usuli kurashchiga texnik harakatni bajarish tuzilmasi va maromini takomillashtirishga, barqarorlik va natijalilikka tezroq erishishga yordam beradi.
2. Qiyin dastlabki holatlar va tayyorgarlik harakatlarining uslubiy usuli. Masalan, yelkadan oshirib tashlashni takomillashtirishda ushlab olish joyi va kurashchilar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish lozim.
3. Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi, malakani takomillashtirishga mo‘ljallangan shartlarini murakablashtirishga yordam beradi. Milliy kurashda, kichraytirilgan o‘lchamdagi gilamlar qo‘llaniladi.
Texnik harakatlarning bajarilishini qiyinlashtiruvchi kurashchi organizmining turli holatlarida mashqlarni bajarish uslubi ham turli xildagi usullarda amalga oshiriladi:
Harakatni ancha toliqqan holda bajarishning uslubiy usuli. Bu holda katta hajm va shiddatdagi jismoniy yuklamadan keyin kurashchiga texnikani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar taklif qilinadi.
Nazorat o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari o‘tkazilgandan so‘ng katta emotsional zo‘riqish holatida harakatlarni bajarishning uslubiy usuli. Musobaqa vaziyatida ayrim usullar yoki harakatlarni majburan bajarish usuli malakani takomillashtirish jarayonida kurashchi faolligini rag‘batlantiradi. O‘quv-mashg‘ulot bellashuvlarida kurashchi himoyaning texnik usullari yoki aksincha, hujum usullariga ko‘proq diqqatni to‘plashga ko‘rsatma oladi.
Texnik harakatlarni bajarish shartlarini yengillashtirish uslubi bir qator uslubiy usullardan iborat:

    1. Harakat elementini ajratish uslubi. Masalan, milliy kurashda belbog‘dan va qo‘ldan ushlab olishni amalga oshirish.

    2. Mushak zo‘riqishini pasaytirish uslubi kurashchiga harakatlanish malakasidagi ayrim harakatlarga yanada aniq tuzatishlarni kiritishga yordam beradi. Texnik harakatlarni takomillashtirish uchun kurashchiga ancha yengil vazn toifasidagi raqib tanlanadi.

    3. Tezkor axborot uslubi zarur harakat kengligi, maromi, sur’atini tez egallab olishga yordam beradi, bajariladigan harakatni anglash jarayonini faollashtiradi.

Texnik harakat to‘g‘risidagi tezkor axborot uchun videokamera va kompyuterlardan foydalanish qulaydir.
Birga ta’sir ko‘rsatish uslubi sport mashg‘ulotida o‘zaro birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirish va harakat malakalarini takomillashtirishga asoslangan uslubi yordamida amalga oshiriladi. Bu holda usullarni takomillashtirishda kurashchiga ancha og‘ir vazn toifasidagi raqib tanlanadi.
Kurash texnikasi bu musobaqa qoidalarida ruhsat etiladigan usullar, qarshi usullar va himoyalanishlar yig‘indisidir.
Usullar bu maqsadga yo‘naltirilgan hujum harakatlari bo‘lib, ular yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul ikki qismdan iborat. Birinchi qism - usul qo‘llash uchun ushlab olish. Ushlab olishlar yuqoridan, pastdan, orqadan, oldindan, yon tomondan va boshqa ushlab olishlarga bo‘linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli bajarishda katta ahamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning qay darajada oqilona amalga oshirilganligiga bog‘liq. Ikkinchi qismda turli xildagi harakatlar: tashlashlar, chalishlar, uloqtirishlar bo‘lishi mumkin.
Milliy kurashda usullarni amalga oshirish paytida bir vaqtning o‘zida oyoqlar bilan turli harakatlar ham bajariladi, ya’ni chalishlar, qoqishlar, ilishlar, oldindan ilib otishlar, orqadan ilib otishlar. Bu harakatlarning ko‘pchiligi orqadan, oldindan, yondan, ichkaridan, tashqaridan bajarilishi mumkin.
Bir xildagi ushlash bilan bir qator harakatlarni bajarish mumkin va aksincha, bir xil harakatning o‘zi turli ushlashlar bilan bajarilishi mumkin. Masalan, qo‘ldan va gavdadan ushlab tashlashni, zarba bilan ag‘darishni amalga oshirish mumkin. Lekin raqibni egilib qo‘l, gavda, qo‘l va bo‘yindan ushlab tashlash ham mumkin.
Kurashchi har qanday usulni hujum va qarshi hujum uchun qo‘llashi mumkin. Usul yoki uning bir qismini aldamchi harakat sifatida qo‘llab, kurashchi haqiqiy niyatidan raqib diqqatini chalg‘itish va boshqa usul bilan hujumni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni tayyorlashi mumkin.
Qarshi usullar raqib hujumiga javob tariqasida bajariladigan maqsadli harakatlar bo‘lib, ular yordamida kurashchi raqibi ustidan ustunlikka erishadi.
Qarshi usullar murakkab texnik harakatlarga kiradi. Qarshi hujum uyushtirayotgan kurashchi bir zumda to‘g‘ri qaror chiqarishi va raqibi usulni amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o‘z harakatlarini hujum qilayotgan raqib harakatlari bilan aniq moslashtirishi lozim.
Himoyalanishlar raqibning usullarni (qarshi usullarni) bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir.
Himoyalanishlar dastlabki va bevosita himoyalanishlarga ajratiladi. Dastlabki himoyalanish oldindan, ya’ni raqib usulni amalga oshirishdan avval bajariladi. Bevosita himoyalanish raqib hujumini to‘xtatishga qaratilgan. Bunday himoyalanish samaradorligi uning o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liq. Bevosita himoyalanish usul boshida, usulni bajarish davomida yoki usulni bajarish oxirida amalga oshirilishi mumkin.
Hamma texnik harakatlar kurashchilar tomonidan tik turgan holatdan turib bajariladi.
Tik turish kurashchining holati bo‘lib, unda u oyoqlarda tik turadi. Tik turishlar o‘ng, chap va yalpi tik turishlarga ajratiladi. Ularning har biri, o‘z navbatida, baland, o‘rta va past bo‘lishi mumkin. Tik turishda kurashish yaqin, o‘rta va uzoq masofalarda olib borilishi mumkin.
Kurashchilarning texnik harakatlari zaxirasi ko‘p bo‘lishi va ularni katta mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak. Shundagina kurashchining texnik mahorati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kurash texnikasi kurashchi mahoratining asosi hisoblanadi va ko‘p jihatdan uning imkoniyatlarini belgilab beradi. Kurashda o‘nlab usullar va ularning variantlari mavjud. Biroq bu kurashchi ularning hammasini mukammal bilishi lozim degani emas.
Kurashchi yanada yangi va yangi usullar, qarshi usullar hamda himoyalanishlarni egallab borishi bilan uning alohida xususiyatlari va odatlariga javob beradigan hamda uning tomonidan muvaffaqiyatli bajariladigan usullarning bir qismi keyinchalik takomillashtirish maqsadida rejaga kiritiladi.
Kurashchining har tomonlama texnik tayyorgarligi turli kurash turlarini rivojlantirishning zamonaviy darajasiga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. Texnik mahoratni mustahkam egallash uchun texnik harakatlarni tanlashda, quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

  • amaldagi musobaqa qoidalarida qaysi bir texnik harakat muvaffaqiyatli hisoblangan bo‘lsa o‘sha texnik harakatlarni egallash;

  • texnikaning hamma turlari ichidan kurashchining alohida xususiyatlariga eng yaxshi javob beradigan usullar, qarshi usullar va himoyalanishlarning variantlarini egallash;

  • asosiy raqobatchilarning mahorati xususiyatlarini hisobga olish va ular bilan kurashishda yaxshi natija beradigan texnik harakatlarni tanlash;

  • avval o‘rganilgan usullar va qarshi usullarni qo‘llash imkoniyatini kengaytirish mumkin bo‘lgan texnik harakatlarga ko‘proq e’tibor qaratish;

  • kurashchi zahirasida mavjud bo‘lgan usullar bilan kombinatsiyalar hamda bog‘lanishlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik harakatlarni o‘rganish;

  • harakat vazifasini eng oqilona hal etish xususiyatiga ega bo‘lgan harakat texnikasiga o‘rgatish lozim, bu kelgusida qayta o‘rganishdan xolos qiladi;

  • kerak bo‘lmagan harakatlar va ortiqcha mushak zo‘riqishini bartaraf etib, texnika asoslari hamda umumiy harakat maromini egallash;

  • usullarga o‘rgatish vaqt oralig‘ida jamlangan bo‘lishi zarur, chunki mashg‘ulot orasidagi uzoq tanaffuslar uning ta’sirini pasaytiradi. Boshqa tomondan, bitta mashg‘ulot darsi davomida usullarni juda tez- tez takrorlash maqsadga muvofiq emas, chunki yangi koordinatsiyalarni yaratish asab tizimini tez toliqtiradigan qiyinchilikni yengib o‘tish bilan bog‘liq;

  • jismoniy shart-sharoitlar yetarlicha bo‘lmasligi oqibatida yuzaga keladigan texnik holatlarni oldini olish maqsadida harakatlarning dinamik tavsiflariga mos keladigan yuqori darajadagi maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish lozim.

Kurashchining texnik mahoratini oshirish uchun harakatlarni bajarish paytida harakatlanishdagi xatolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni paydo bo‘lish sabablarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bunday xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish ko‘p jihatdan texnik takomillshtirish jarayoni samaradorligiga sabab bo‘ladi. Harakatlarga o‘rgatishda yuzaga keladigan hamma harakatlanish xatolari beshta guruhga bo‘linadi: harakatlanish yetishmasligi sababli xatolar; o‘qitishdagi kamchiliklar sababli xatolar; sharoitlarning g‘ayritabiiyligi sababli xatolar hamda kutilmagan xatolar (2 – jadval).
Shu bilan birga texnik takomillashtirish jarayonida yuzaga kelgan harakatlanishdagi xatolarni bartaraf etish uchun uslubiy qoidalarni ishlab chiqish zarur.

2 - jadval


Harakatlarga o‘rgatishda yuzaga keladigan xatolar tarkibi




Harakatlanishdagi xatolar

Harakatlarning
yetishmasligi sababli

O‘qitishdagi
kamchilik sababli

Ruhiy gen

Sharoitlarning
g‘ayritabiiyligi sababli

Kutilmagan

Jismoniy sifatlarning yetishmasligi

Noto‘g‘ri bajarish texnikasiga
o‘rgatish

Qoniqarsiz o‘z-o‘zini nazorat qilish

Tashqi jismoniy sharoitlar xususiyatlari

O‘z-o‘zidan ixtiyoriy

Koordinatsiya yetishmasligi

O‘qitishdagi uslubiy xatolar

Ruhiy ta’sirlar

Sherik yoki raqib xususiyatlari

Kutilmagan tashqi omillardan kelib
chiqqan

Gavda tuzilishi xususiyatlari

Mos bo‘lmagan malakani ko‘chirish

Ishonchsizli, xavotirlanish, qo‘rquv

Tartibga solish xususiyatlari

Kutilmagan tashqi va ichki omillarning to‘g‘ri kelishidan
paydo bo‘lgan

Malakaning qashshoqligi

Malakani qoniqarsiz nazorat qilish

Emotsional zo‘riqish va ruhiy toliqish

Ruhiy va harakatlanish ko‘rsatmasidagi
kamchiliklar

Muntazam bo‘lmagan, kelib chiqishi
noaniq

Yüklə 311,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin